|
Guruhning xususiyatlariga quyidagilar kiradi
|
bet | 58/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Guruhning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: guruh kompozitsiyasi (tarkibi), strukturasi (tuzilishi), guruhiy jarayonlar.
Guruh kompozitsiyasi yoki uning tarkibi - bu butun guruhni tahlil qilish nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan guruh a’zolarining xususiyatlari to‘plami.
Guruhning strukturasi (tuzilishi) guruhning alohida a’zolari tomonidan bajariladigan funksiyalar nuqtai nazaridan, shuningdek, undagi shaxslararo munosabatlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Guruhiy jarayonlarga guruh rivojlanish jarayoni va birlashishi, guruhdagi bosim, qaror qabul qilish jarayoni kabi guruh dinamikasining ko‘rsatkichlari kiradi.
Shaxsning guruh munosabatlari tizimidagi mavqei, avvalo, uning statusi va bajaradigan rollari bilan tavsiflanadi.
Status (yoki mavqe) bu shaxsning guruhdagi o‘rnini va guruhning boshqa a’zolari uni qanday qabul qilishini belgilaydigan psixologik xususiyatlarning yig‘indisi yoki to‘plami.
Status rollar tizimi orqali amalga oshiriladi, ya’ni odam guruhdagi mavqeiga muvofiq bajarishi kerak bo‘lgan turli funksiyalar.
Guruh ichidagi tanlanishlar tizimini tavsiflovchi eng muhim xususiyatlar.
Tizimning birinchi tavsifi - bu guruh a’zolarining sotsiometrik statusi.
Sotsiometriya ko‘ra, guruh a’zosi tomonidan qabul qilingan tanlanishlar va rad etishlarning yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqiladi . Statuslar ijobiy tanlovlar ulushiga qarab har xil “vazn”ga ega va guruhning barcha a’zolarining mavqelarining umumiyligi statusli iyerarxiyani belgilaydi, ular quyidagilar bilan ajralib turadi:
sotsiometrik “yulduzlar” - iyerarxiyaning yuqori qismida turgan guruhning eng ko‘p tanlangan a’zolari;
ijobiy holatlar soni bilan belgilanadigan va ko‘p sonli rad etishlarga ega bo‘lmagan yuqori, o‘rtacha va past mavqeli;
ajratilgan - ijobiy ham salbiy ham tanlovga ega bo‘lmagan guruh a’zolari;
g) e’tiborsiz qoldirilgan - ko‘p sonli salbiy va oz miqdordagi ijobiy tanlovlarga ega bo‘lgan guruh a’zolari;
rad etilgan - sotsiometriya natijalariga ko‘ra ijobiy tanlovlarga ega bo‘lmagan, biroq faqat salbiy tanlovga ega bo‘lgan guruh a’zolari.
Biroq, sotsiometrik mavqening miqdorini bilish guruhdagi hissiy munosabatlar tizimi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun yetarli emas.
|
| |