rashli
v a q f
yerlari hisoblangan. Xonliklardagi yirik
amaldorlar, harbiy sarkardalarga davlat tomonidan
yerlar in’om etilgan. V aqf yerlaridan olinadigan
foydaning hisob-kitobi va taqsimoti bilan
mutavalli
shug‘ullangan. Aholi soliq va to ‘lovlam i mahsulot
yoki pul ko‘rinishida to ‘lagan. Bundan tashqari
sug‘orish inshootlari, y o ‘llar, ko‘priklar qurish va
ulam i ta ’mirlash kabi ishlami majburiyat tarzida
bajarganlar. Mehnat majburiyati aholining ishlab
berishi bo‘lib, u
begar
deb ham nomlangan.
Bu davrda aholidan
xiroj, zakot, suv, tegirmon,
Yerga ishlov bensh
tuz, mulk, tomorqa, bog ‘ solig
7 va boshqa soliqlar
y ig‘ilgan. Xiva xonligida asosiy soliq
solg ‘lit
deb atalgan. Harbiy majburiyatda
har bir erkak kishi oziq-ovqati, qurol-aslahasi bilan birga qatnashishi kerak
bo‘lgan. Chorvador aholi chorva mollaridan
zakot
solig‘i, yaylov va suvdan
foydalangani uchun ham soliqlar to‘lagan. Shaharlar aholisi — hunarmand va
savdogarlardan
savdo p u li, do ‘kon puli, tarozi p uli
kabi soliqlar olingan.
0 ‘rta Osiyo hududi va uning iqlimi qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtirishga qulay bo‘lgan. Bu soha
taraqqiyoti sug‘orish ishlarining holati va suv ta ’mino-
tining qay darajada ekanligiga bog‘liq edi. Shuning uchun ham sug‘orish va
suv ta ’minoti sohasi 0 ‘rta Osiyoda muhim hamda davlat ahamiyati darajasiga
ko‘tarilgan. Qolaversa, xazinaga tushadigan asosiy daromadni dehqonlardan
y ig‘iladigan soliqlar tashkil qilgan.
Har bir hududda aholi va m a’muriyat vakillari sug‘orish sohasiga m as’ul
va javobgar bo‘lgan. Sug‘orish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan bu
sohaning mutaxassislari —
miroblar
shug‘ullanganlar. Ular sug‘orish ishlari,
suv inshootlarining qurilishi, ta ’minoti, ta’mirlanishi, tozalanishi, suv taqsi-
motini yaxshi bilgan kishilar bo‘lgan. 0 ‘rta Osiyoda sug‘orish tizimi qadim-
dan rivojlanib kelgan soha hisoblanadi. Mazkur
ishlar, asosan, hashar y o ‘li bilan bajarilgan.
Aholisi, asosan, sug‘orma dehqonchilik bilan
shug‘ullangan Farg‘ona vodiysida sug‘orish tizi-
miga katta e ’tibor qaratilgan. Vodiy hududida
yirik sug‘orish inshootlari — Shahrixonsoy, Andi-
jonsoy, M arg‘ilonsoy, Yangiariq, Ulug‘nor, Qora-
daiyo kabilar bo‘lgan. Suv chiqishi qiyin bo‘lgan
joylarga maxsus qurilmalar