• I.Bob.Talim jarayonida informatika oqitish metodikasi
  • Ta'lim jarayonida informatika o'qitish metodikasi mundarija




    Download 302,86 Kb.
    bet2/5
    Sana29.11.2023
    Hajmi302,86 Kb.
    #107826
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    TA\'LIM JARAYONIDA INFORMATIKA O\'QITISH METODIKASI
    5-sinf 9-dars shablon na\'muna (2), 3-mavzu ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojl, 3-mavzu-obektga-yonaltirilgan-loyihalash, IbrayımYusupov Slayd, BOYMURODOVA MADINABONUNING ESSE, AZIMOVA NOZIMA, fizika 17 talik, Bozorova Durdona Musurmonqul, Mashinaning puxtalik koʻrsatkichlariga foydalanish sharoitining taʼsirini tahlil qilish, KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINING AXBOROT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH, Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish, kapalak, Reja Sinxron mashinalar-fayllar.org
    Kurs ishining maqsadi: O’quvchilarga informatika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalardan foydalanishni o’rgatish.
    Kurs ishining vazifasi: Informatika o‘qitishda ta’lim texnologiyalari-ning o‘rni va ulardan to’g’ri foydalanish masalalarini yoritish
    Kurs ishining ob'ekti: Informatika fanini o‘qitishda noan’anaviy darslardan foydalanish
    Kurs ishining predmeti: Kompyuter imitatsion modellari asosida faol o`qitish texnologiyasining nazariy asoslari
    Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kiris qismi, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

    I.Bob.Ta'lim jarayonida informatika o'qitish metodikasi

    1.1.Informatika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar

    Informatika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o'qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo'l ochib beradi. Keyingi o'n yillikda matematika fanini o'qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo'nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamidabilimni baholash, turli tipdagi o'rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish varivojlantirish, bilishgaoid matematikaviy o'yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.


    Informatika o'qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo'nalishi ayrim o'quv holatlarini modellashtirishdir. Modellashtirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o'qitishning boshqa usullari qo'llanganda tasavvur qilish, ko'z oldiga keltirilishi qiyin bo'lgan materiallarni tushunarli bo'lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o'quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko'rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o'rganish va o'quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo'ladilar.
    Ko'p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda
    hal etish uchun professional matematikdan o'z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo'lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari, grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin. Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o'xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o'qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda.
    Haqiqatdan o'qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar, multimedia vositalari yordamida yengilgina o'z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin. Buning natijasida o'quvchilarda fanga bo'lgan qiziqish ortadi, o'tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani anglash va o'zlashtirish jarayoni tez kechadi.
    Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo'ljallangan bo'lsada. Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo'yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi. Exceldagi avtomatik to'ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadval-lashtirishda katta yordam beradi. Funksiya qiymatlarini ma'lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda ko'p bo'limlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning
    xossalarini ekranda aniq ko'rishlari mumkin. Excel dagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qo'llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to'g`ri tartibda kiritilishini ta'minlaydi. Bu esa o'z navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda o'rganishlariga juda katta yordam beradi.



    Download 302,86 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 302,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta'lim jarayonida informatika o'qitish metodikasi mundarija

    Download 302,86 Kb.