• 1.3 Informatika fanini o‘qitishda noan’anaviy darslardan foydalanish
  • II.Bob.Informatika va AT fanini o‘qitishda tushunchalar tahlili metodini qo‘llash haqida
  • 2.2 Kompyuter imitatsion modellari asosida faol o`qitish texnologiyasining nazariy asoslari
  • Informatika o‘qitishda ta’lim texnologiyalarining o‘rni




    Download 302,86 Kb.
    bet3/5
    Sana29.11.2023
    Hajmi302,86 Kb.
    #107826
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    TA\'LIM JARAYONIDA INFORMATIKA O\'QITISH METODIKASI
    5-sinf 9-dars shablon na\'muna (2), 3-mavzu ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojl, 3-mavzu-obektga-yonaltirilgan-loyihalash, IbrayımYusupov Slayd, BOYMURODOVA MADINABONUNING ESSE, AZIMOVA NOZIMA, fizika 17 talik, Bozorova Durdona Musurmonqul, Mashinaning puxtalik koʻrsatkichlariga foydalanish sharoitining taʼsirini tahlil qilish, KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINING AXBOROT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH, Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish, kapalak, Reja Sinxron mashinalar-fayllar.org

    1.2 Informatika o‘qitishda ta’lim texnologiyalarining o‘rni

    Bugungi hayotimizning har bir jabhasi, har bir soha va barcha faoliyat turlari bevosita axborot texnologiyalari bilan bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan, axborot texnologiyalarni yaratish va ularni boshqarishga oid bilim, ko‘nikma va layoqatning har bir insonda shakllanishi fundamental ahamiyat kasb etadi. Ta’lim tizimini axborotlashtirish - texnologik va ijtimoiy bilimlarni uzatish jarayonini tezlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida o‘qitish sifatini oshirish bilan birga insonni turli ijtimoiy muhitga moslashuvini osonlashtirish imkoniyatlarini yaratadi.


    Bugungi kunda informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda xususiy metodikalarni ishlab chiqish, ta’lim tizimida bilim, ko‘nikma va malakalarning to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarga asoslangan ma’ruza, munozara, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini loyihalash va pedagogik faoliyatda qo‘llash, bu yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish kerakligini davr taqozo etmoqda [1].
    Buning uchun o‘quv mashg‘ulotlarida innovatsion texnologiyalardan
    foydalanish mahorati, ijodkorligini oshirish, o‘quv fanlarini integratsiyalash turlari, yo‘nalishlari, tiplari, funksiyalari hamda kelgusida rivojlantirish istiqbollarini belgilash, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishda o‘quv axborotini qayta ishlash, muammoli savol, keys-stadi topshiriqlarini ishlab chiqish, ushbu fanlarni o‘qitishda talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining uzviyligini ta’minlash, mazkur fanlardan masalalar yechish metodikasini takomillashtirish, bu fanlarni o‘qitishda talabalarning bilimlarini ob’ektiv baholash mexanizmlarini takomillashtirish, standart va nostandart o‘quv va test topshiriqlari majmuasini ishlab chiqish, didaktik ta’minotini yaratish, bu fanlardan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar, elektron darsliklar, portfolio, o‘quv kursining elektron - ta’lim resurslarini va sillabusini yaratish kabi vazifalarni amalga oshirish lozim.
    - o‘qituvchilarni informatika fanlarini ijodiy o‘qitish va o‘zlarining amaliy
    faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish;
    - informatika fanlari o‘qituvchilarini informatika sohasi bo‘yicha turli shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish hamda o‘tkazishga tayyorlash;
    - ularni ta’lim-tarbiya tizimini axborotlashtirishning zamonaviy yo‘llari va ulkan istiqbollari haqida tassavvurlarini rivojlantirish xamda chuqurlashtirish;
    - oliy ta’limda informatika fanlarini o‘qitish metodikasiiga doir bilimlarini takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirish, joriy etish, ta’lim amaliyotida qo‘llash va yaratish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish lozim.
    Shu bilan bir qatorda:
    - informatika fanlari o‘qituvchilari o‘sib kelayotgan avlodning umum ta’lim
    maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan informatika fanlarining ahamiyatini, uning mazmunini ajratish tamoyillarini, informatika fanlarining o‘zaro va boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushuntirish;
    - informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida pedagog kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini uzluksiz yangilash va rivojlantirish mexanizmlarini yaratish;
    - zamonaviy talablarga mos holda oliy ta’limning sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pedagoglarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirish;
    - pedagog kadrlar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni samarali o‘zlashtirilishini ta’minlash;
    - maxsus fanlar sohasidagi o‘qitishning innovasion texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish;
    - mazkur yo‘nalishida malaka oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash muhim hisoblanadi [4].
    Darsga bo‘lgan o‘qituvchining puxta tayyorgarligi ta’limning samarasini ta’minlaydi, shuning uchun dasrga kirishdan oldin o‘qituvchi ham psixologik, ham fani bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rishi, ya’ni o‘qituvchining kasbiy bilimdonligi va qobiliyati mezonlarini rivojlantirish lozim.
    Ijtimoiy bilimdonligi:
    - dars mobaynida auditoriya bilan samarali o‘zaro muomala shaklini tashkil
    etishi;
    - talabalar bilan til topishi;
    - sog‘lom ma’naviy muhitini yaratish.
    Uslubiy bilimdonligi:
    - barcha bilimlarini, ko‘rgan-kechirganlarni talabalarga tushunarli, ravon tilda
    yetkazishi;
    - ta’lim texnologiyasi va metodlaridan samarali foydalanishi.
    Ixtisoslik bilimdonligi:
    - o‘z fani va predmeti sohasi bo‘yicha chuqur va har tomonlama mukammal
    bilimlarga egaligi;
    - o‘z ustida ishlashi;
    - ilmga, yangiliklarga bo‘lgan qiziqishi;
    - zamonaviy AKTlari yangiliklaridan boxabarligi;
    - uning ehtiyojlar tizimini, o‘qituvchiga bo‘lgan talab-takliflarini aniq bilib til
    topisha olishi.
    Bilish qobiliyati:
    - o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib borishi;
    - materialni mukammal bilishi, unga qiziqishi;
    - ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi.
    Tushuntira olish qobiliyati:
    - o‘quv materialini talabalarga tushunarli qilib bayon etishi;
    - ularda mustaqil ravishda to‘g‘ri fikrlashga qiziqish uyg‘ota bilishi. Kuzatuvchanlik qobiliyati:
    - talaba shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini tushuna bilish bilan
    bog‘lik bo‘lgan psixologik kuzatuvchanligi.
    Nutq qobiliyati:
    - nutq yordamida, imo-ishora vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan
    ifodalashi;
    - nutqi darsda talabalarga qaratilganligi.
    Tashkilotchilik qobiliyati:
    - talabalar jamoasini uyushtirishi, jipslashtirishi, muhim vazifalarni hal etishga
    ruhlantirishi;
    - o‘z ishini tashkil etishda ishni to‘g‘ri rejalashtirishi va uni nazorat qilishi;
    - vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi, belgilangan muddatda ulgurishi.
    Obro‘ orttira olish qobiliyati:
    - talabalarga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir ko‘rsatishi;
    - fanni yaxshi bilishi;
    - mehribonligi, halol-pokizaligi.
    To‘g‘ri muomala qila olish qobiliyati:
    - talabalarga yaqinlashishi, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan samarali o‘zaro
    munosabatlar o‘rnatishi.
    Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati:
    - o‘z harakatlarining oqibatini ko‘rishi;
    - talabaning kelgusida qanday odam bo‘lishini tasavvur qilishi va boshqalar. Psixologik jihatdan tayyorgarlik deganda quyidagilarni tushunish lozim. Dars
    murakkab jarayon bo‘lib, unda turli psixik xususiyatlarga xarakterga, irodaviy xislatlarga, xotiraga, diqqatga, tafakkur va temperamentga ega bo‘lgan talabalar ishtirok etishadi. Dars davomida yuqorida qayd etilgan xususiyatlar u yoki bu ko‘rinishda talabalar tomonidan namoyon etiladi. Qolaversa, darsning har bir daqiqasida hech kim, hech kaysi yo‘l bilan oldindan rejalashtira olmaydigan vaziyatlar yuzaga chiqadi. Ammo, o‘qituvchi psixik jihatdan har qanday vaziyatda o‘zini yo‘qotmasdan muammoni to‘g‘ri yo‘l bilan hal etishga tayyor bo‘lishi lozim. Buning uchun har bir o‘qituvchi bo‘lajak darsning muhitini tasavvur etishi va unga o‘zini oldindan tayyorlashi lozim bo‘ladi.
    Fan bo‘yicha tayyorgarlik deganda esa quyidagilar tushuniladi: darsni tashkil etishdan oldin o‘qituvchi belgilangan guruhda o‘z fani bo‘yicha o‘quv dasturidan qaysi mavzuni o‘tishi lozimligini ko‘rib oladi. So‘ng ushbu mavzu bo‘yicha Davlat ta’lim standartlariga murojaat etib, nima to‘g‘risida talabalarga bilim berishni aniqlab oladi. Mavjud darslik yoki adabiyotlar, shuningdek, ko‘rgazmali yoki boshqa ta’lim vositalari o‘quv dasturi talablariga qanchalik javob berishini aniqlab, mavzuni
    yoritishga yordam berish imkoniyatlarini bilib oladi. Darslikda bayon etilgan o‘quv materiali bilan tanishib, uni bugungi kun vazifalari hamda guruh talabalarining bilim darajasiga moslashtirib, zaruriyat bo‘lsa o‘zgarishlar, tuzatishlar kiritadi [3].
    O‘quvchilarni mashq qildirish uchun amaliy vazifalarni belgilaydi, so‘ng mavzu yuzasidan xulosalar chiqarish, qonun-qoidalarning ta’rifini belgilab oladi. Talabalar dars davomida va uyda olib boriladigan mustaqil ishlari uchun vazifalar tayyorlaydi. Dars turi hamda uning davomida qo‘llaniladigan metodlar aniq belgilab qo‘yiladi.
    Shu bilan birga dars mavzusini oldingi o‘tilgan mavzular bilan hamda fanlararo aloqalarni ayrim talabalar bilan yakka tartibda olib boriladigan ishlar rejalashtiriladi va dars rejasini yozishga kirishiladi. Kundalik dars rejasi o‘qituvchi tomonidan har bir darsga alohida yoziladi.
    Darsning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o‘rganiladigan bilimlar hozirgi zamon fani yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayoni maqsadi hamda talabalarning real bilish imkoniyatlariga mos bo‘lishi zarur. Dars ijodiy jarayon. Dars-jamoa mehnati jarayoni.
    Darsni ijodiy tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida o‘tkazish talabalarda jamoa bo‘lib ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘zaro yordam va talabalar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish yo‘llari bilan mashg‘ulotlar jamoa mehnati jarayoniga aylantiriladi. Dars ta’limning boshqa shakllaridan o‘zining ichki va tashqi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Muayyan yoshdagi va ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lgan talabalar guruhi, rejim, dars tartibi, mashg‘ulotlarni ma’lum xonada o‘tkazish kabilar darsning tashqi xususiyatlari, darsning maqsadi, ta’lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, tushunish uning ichki xususiyatlari sanaladi. Dars ana shu ikki xil tashqi va ichki xususiyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida tashkil etiladi. Darsga quyiladigan talablar kiradi:
    - har bir darsning maqsadini aniq belgilash;
    - darslarning optimal mazmunini, o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami,
    shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‘yish;
    - darsni tashkil etishga oid ta’lim metodlarini, vositalarini tanlash, talabalar
    bilish faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta’limga tatbiq etish.
    Jamiyatning turli sohalari to‘xtovsiz rivojlanishda bo‘lib, o‘z ustida ishlamagan va soha yangiliklaridan bexabar mutaxassis esa zamondan orqada qolishi tayin. Shu sababli ham informatika fanlarini ham zamon bilan hamnafas yangilab borish va o‘zgartirishlar kiritish talab qilinadi.
    Informatika o‘quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy
    bog‘lik. Shuning uchun “Informatika o‘qitish metodikasi” fani birinchi navbatda informatika fanining metodologiyasiga asoslanadi [2]. O‘zining xulosalarida u ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, mazkur fan fiziologiya va psixologiya fanlari tomonidan qabul qilingan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi. Ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan informatikaning fan sifatida o‘ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o‘rni va ahamiyatidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda informatika fanini o‘qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
    - o‘quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;
    - o‘quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish
    jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o‘zlashtirib olishlarini ta’minlash;
    - o‘quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko‘rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va kommunikasion texnologiyalarning ahamiyatini ochib berish;
    - komp’yuterlardan ongli va samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.

    1.3 Informatika fanini o‘qitishda noan’anaviy darslardan foydalanish

    Hozirgi kunda oliy ta’lim muassalaridagi o‘quv jarayonini jadallashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bu o‘qitishni individuallashtirish va bo‘lajak mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Bunga erishish esa o‘qitishning faol shakllari va usullarini joriy qilish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy-ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyasini tashkil etish hamda talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning yangi va samarali shakllarini yaratishni taqozo etadi. Ta’lim muassasalarining zamonaviy texnik vositalar, axborot-kommunikatsion texnologiyalar va o‘quv laboratoriya jihozlari bilan qaytadan ta’minlanishi talabalarning bilim samaradorligini oshirishga muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida pedagog–o‘qituvchilar zimmasiga yana bir qo‘shimcha ma’suliyat yuklaydi. Bugungi kun o‘qituvchisi endi nafaqat o‘z fanini mukammal bilishi, balki zamonaviy texnik vositalar bo‘yicha ham zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarurdir. Shuningdek bugungi kun o‘qituvchisi an’anaviy o‘qitish usullarini yanada takomillashtirib, informatika fanini o‘rgatishda yangi pedagogik innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga izchil qo‘llashi va jadal rivojlanib, shakllanib borayotgan o‘qitish usullaridan muntazam xabardor bo‘lib turish muhimdir.


    Aksariyat hollarda informatika fanini o‘qitishda ma’ruza usuli qo‘llaniladi. Bu usul ayrim
    talabalarning darsda faolligini susaytiradi va tinglovchining diqqatini shu mavzuga va u bilan bog’lik bo‘lgan texnik jarayonlarni tushunishga jalb qilish qiyin ekanligi ma’lum. Endilikda bizning nazarimizda mavzuni bayon qilishda va yoritib berishda ko‘proq axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish o‘qitish samaradorligini yanada yaxshilaydi va
    oshiradi. Shunday ekan informatika va texnika fanlarini o‘qitishga e’tiborni jalb qiladigan ayrim xulosalar to‘g‘risida fikr yuritamiz.
    O‘rganilayotgan mavzularga doir materiallarning elektron variantlarini internetga joylashtirish ham o‘qitish sifat va samaradorligini oshirish omillaridan biridir. Talaba mustaqil o‘rganish jarayonida internetdan foydalanib berilgan topshiriqlarni bajarish uchun izlanish olib boradi, yoki ma’lum uzrli bir sabablarga ko‘ra, darsga qatnasha olmagan talaba elektron manbalardan kerakli ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu talabaga qulaylik yaratish bilan birga undagi bo‘shliqni to‘ldirish imkonini beradi. An’anaviy darsda aksariyat hollarda o‘qituvchi gapiradi. Bu esa talabalarning faolligini ma’lum darajada susaytiradi. Noan’anaviy dars esa asosan talabani darsda mustaqil faol ishlashga, erkin fikrlashga va muloqotda bo‘lishga imkon beradi. Texnik vositalar yordamida dars o‘tish berilgan qisqa vaqtdan unumli foydalanishga sharoit yaratib beradi.
    An’anaviy o'qitishning usul va metodlari respublikamizda keng tarqalgan va ular oʻzining ma'lum tarixiga ham egadirlar. Biroq ta'lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda an’anaviy ta’limning imkoniyatlari cheklanayotganligini, muhim ta'limiy muammolar oʻz yechimini topmayotganligi, qator ilgʻor pedagogik tajribalar ommalashmayotganligini ko'rishimiz mumkin.
    Pedagogik texnologiyaning an'anaviy oʻqitish metodikasidan farqlovchi belgilari ko'p. Pedagogik texnologiya an'anaviy metodikadan, avvalo, maqsadlarning qo'yilishi va unga erishishi bilan farqlanadi[2]. Pedagogik texnologiyaning usul va metodlari ta'limning umumiy maqsadlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va natijalarni nazorat qilish, kuzatish hamda baholashga xizmat qiladi.
    An’anaviy darslarda ko‘rgazmali vosita sifatida plakatlardan foydalanib kelingan bo‘lsa, hozirgi paytda kompyuter, slayd, multimedia vositalar kabi zamonaviy axborot–kommunikatsion texnologiyalari keng tadbiq etilmoqda. Noan’anaviy darslarda an’anaviy darsdan farqli ravishda tasvir va tovush uyg‘unligi talabaning faolligini va ularning o‘tilayotgan mavzuga qiziqishini oshiradi hamda berilayotgan ma’lumotlarning uzoq muddatga xotiralarida saqlanib qolishiga xizmat qiladi[3]. Eng muhimi har bir talabani mustaqil ishlashga va fikrlashga undaydi.
    Informatika va texnika fanlarni o‘qitishda axborot – kommunikatsion vositalardan unumli foydalanish va uni dars jarayonida qo‘llash uchun eng birinchi o‘rinda pedogog–o‘qituchilarning o‘zlari texnik vositalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. Bir so‘z bilan aytganda o‘qituvchi muntazam ilmiy, ilmiy – ijodiy izlanishda bo‘lishi kerak. Aks holda o‘qituvchining mehnat samarasi talabga javob bermay qoladi.
    Axborot – kommunikatsion vositalarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, bunda faqatgina dars jarayonida emas, balki darsga tayyorgarlik jarayonida ham o‘qituvchining eng yaqin va qulay ko‘makchisidir. Bu jihatlari bilan ushbu texnik vositalar o‘qituvchi faoliyati samaradorligini oshirishga hissasi beqiyos kattadir.
    Shuni qayd qilish kerakki, darsda texnik vositalardan foydalanish talabaning o‘zlashtirish koeffitsentini bir necha barobar oshiradi. Ilmiy asoslarga ko‘ra inson taxminan 70 foiz ma’lumotlarni ko‘rish va kuzatish orqali oladi. Xususan, informatika va texnika fanlarini o‘rgatishda noa’nanaviy usullarni va axborot – kommunikatsion vositalarni keng joriy etish har bir o‘qituvchining kundalik uslubiga aylanishi zarur deb hisoblaymiz. Shundagina biz tayyorlab jamiyatga yetkazib berayotgan kadrlarimiz bugungi kun talabiga javob bera oladigan rakobatbardosh mutaxasislar bo‘lib shakllanadi deb o‘ylaymiz.


    II.Bob.Informatika va AT fanini o‘qitishda tushunchalar tahlili metodini qo‘llash haqida

    2.1 Informatika va AT fanini o‘qitishda tushunchalar tahlili metodini qo‘llash haqida


    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:
    o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;
    o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish orqali ularda umuminsoniy qadriyatlarga rioya etishni rivojlantirishga qaratilgan va ta’lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. [1: -B. 24].
    Informatika va AT fanini o‘qitishning konseptual asoslari sifatida shuni
    qayd etish joizki, informatika fanini zamonaviy talablar asosida o‘rganish:
    zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida hayotiy muammolarni yechish, loyihalashtirish, modellashtirish, algoritmlash va boshqarish kabi universal faoliyatlarni o‘zlashtirish; raqamli jamiyatdagi masalalarini yechish mahoratini namoyon qilish orqali samarador texnologiyalarni tanlash; kreativ fikrlash va innovatsion faoliyat yuritish ko‘nikmasini shakllantirish orqali maqsadli axborot tizimlarini va mehnatga ta’sir o‘tkazishning innovatsion uslublarini yaratish; ta’lim jarayonida har xil kasbiy ko‘nikmalarni egallash orqali mustaqil hayotda zarur bo‘ladigan bo‘lajak kasbni to‘g‘ri tanlash;mehnat qilish, yangi bilimlarni egallash, mukamallikka erishish uchun raqamli texnologiyalar asosida o‘z ustida mustaqil ishlash va amaliy faoliyat yuritish; tez o‘zgaradigan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchan, noaniq vaziyatlarda mustaqil ta’lim olishga tayyor va umri davomida tahsil oladigan yoshlarni tarbiyalashdan iborat. [2: -B. 14].
    Shu sababli, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini mustaqil bilim olishiga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim.
    Biz quyida quyida 9-sinf o‘quvchilariga “Model va uning turlari” mavzusini o‘qitishda interfaol metodlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni keltiramiz [3: -B. 17].
    “Model va uning turlari” mavzusidan dars mashg`ulotini tashkil etishda o‘tilganlarni takrorlash bosqichida “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanilsa o‘quvchilarni mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo‘yicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi. [4: -B. 84].
    Metodni amalga oshirish tartibi:
     o‘quvchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
     o‘quvchilarga mavzuga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi
    tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli tartibda) (1-rasm);
     o‘quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma`no anglatishi, qachon,
    qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma`lumot beradilar;
     belgilangan vaqt yakuniga yetgach o‘qituvchi berilgan tushunchalarning
    to‘g‘ri va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
     har bir ishtirokchi berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy
    munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.

    O‘quvchilar yakka tartibda yangi mavzu bo‘yicha yuqoridagi topshiriqlarda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar. Mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan bilimlari asosida izoh yozadilar (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday). O‘qituvchi topshiriqda berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g`ri izohni belgilaydi va ekranda slayd orqali tanishtiriladi (2-rasm).

    “Tushunchalar tahlili” metodidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.
    Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli natijalarga erishishdir, bu talabni yuzaga keltirishda pedagogik texnologiyalar to‘la ishonchli vosita bo‘la oladi.
    Umumiy holda xulosa chiqarish mumkinki, zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li - bu mashg‘ulotlarni innovatsion metodlar yordamida tashkil etish va o‘quv jarayonida foydalanishdir.

    2.2 Kompyuter imitatsion modellari asosida faol o`qitish texnologiyasining nazariy asoslari


    O'zbekistonda axborot rivojlanishining hozirgi bosqichida zamonaviy
    mutaxassisning kompetentsiyasi bevosita uning axborot jamiyatida axborot texnologiyalaridan foydalanishga tayyorligi darajasiga bog'liq. Yuqorida aytilganlar zamonaviy pedagoglarni yuqori malakali tayyorlashning dolzarbligini belgilaydi. Eng samarali, mos keladigan "pedagogik texnologiyalarni, pedagogik muammolarni hal qilishga qaratilgan o'qituvchi harakatlarining ketma-ket o'zaro bog'liq tizimlari sifatida yoki oldindan ishlab chiqilgan pedagogik jarayon amaliyotida rejali va izchil amalga oshirish sifatida" tanlash kerak.
    Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda nafaqat idrok, xotira, diqqat jarayonlariga, balki yuqoridagi jarayonlarga tayanadigan faoliyat yoki faol ta'lim texnologiyalari (FTT) orqali o'qitishning faol shakllari va usullari alohida o'rin tutadi. Ta'limni kuchaytirishning strategik yo'nalishi bu uzatilayotgan axborot hajmini ko'paytirish emas, balki nazorat faoliyati sonining ko'payishi va ko'payishi emas, balki o'qitishning mazmunli bo'lishi uchun didaktik va psixologik sharoitlarni yaratish, unga talabani qo'shishdir.
    Faol ta'lim texnologiyalarini tasniflashning yondashuvlaridan biri kasblarni ikki toifaga bo'lishdir:
    1. Imitatsion bo'lmagan, xarakterli xususiyat - bu o'rganilayotgan jarayon yoki faoliyat modelining yo'qligi.
    2. Imitatsion, o'ziga xos xususiyat - bu o'rganilayotgan jarayon yoki hodisaning modelining mavjudligi.
    Imitatsion modellarning o'yinli va o'yinli bo'lmagan turlarga aratish mumkin. Kasb-hunarga o'qitish (informatika, kompyuter texnologiyalari va kompyuter texnologiyalari) ixtisosligi bo'yicha o'qituvchilarni kompyuter imitatsion modellar yordamida o'qitish, asosan bilimlarning turli sohalardagi o'yinlardan tashqari imitatsiya usullari asosida olib boriladi. Kompyuter imitatsiyasi o'rganilayotgan tizimning ishlash mantig'ini va uning alohida elementlarining o'zaro ta'sirini eng muhim sabab-oqibatlarni hisobga olgan holda rasmiy (ya'ni ba'zi rasmiy tillarda bajarilgan) tavsifi sifatida tushuniladi.
    (FTT) orqali o'qitishning faol shakllari va usullari alohida o'rin tutadi. Ta'limni kuchaytirishning strategik yo'nalishi bu uzatilayotgan axborot hajmini ko'paytirish emas, balki nazorat faoliyati sonining ko'payishi va ko'payishi emas, balki o'qitishning mazmunli bo'lishi uchun didaktik va psixologik sharoitlarni yaratish, unga talabani qo'shishdir.
    Faol ta'lim texnologiyalarini tasniflashning yondashuvlaridan biri kasblarni ikki toifaga bo'lishdir:
    1. Imitatsion bo'lmagan, xarakterli xususiyat - bu o'rganilayotgan jarayon yoki faoliyat modelining yo'qligi.
    2. Imitatsion, o'ziga xos xususiyat - bu o'rganilayotgan jarayon yoki hodisaning modelining mavjudligi.
    Imitatsion modellarning o'yinli va o'yinli bo'lmagan turlarga aratish mumkin. Kasb-hunarga o'qitish (informatika, kompyuter texnologiyalari va kompyuter texnologiyalari) ixtisosligi bo'yicha o'qituvchilarni kompyuter imitatsion modellar yordamida o'qitish, asosan bilimlarning turli sohalardagi o'yinlardan tashqari imitatsiya usullari asosida olib boriladi. Kompyuter imitatsiyasi o'rganilayotgan tizimning ishlash mantig'ini va uning alohida elementlarining o'zaro ta'sirini eng muhim sabab-oqibatlarni hisobga olgan holda rasmiy (ya'ni ba'zi rasmiy tillarda bajarilgan) tavsifi sifatida tushuniladi.
    qobiliyatiga ega mutaxassisni tayyorlashga bo‘lgan talablarini belgilashi, bu esa o‘z navbatida o‘qitish uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va yaratishni belgilashi kabi fikrlar bayon etilgan[2].
    Dissertatsiyada talabalar tomonidan elektrotexnika va radiotexnika fanlarini o‘rganish pedagogik universitetlarda bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini texnologik tayyorlashning asosiy jihatlaridan biri ekanligi asoslangan. Hozirgi vaqtda zamonaviy elektronika va radiotexnika sohasida eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalish raqamli qurilmalar va uskunalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish muammolarini, shuningdek raqamli ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, o‘zgartirish, uzatish jarayonlarini o‘rganishdir deb keltirilgan.
    V.Lou, A.Keltonlarning «Imitatsionnoe modelirovanie» nomli kitobida maqsadli imitatsion dasturlar, modellarni soslash va yetarliligini tekshirish, ma’lumotlarni kiritishni modellashtirish, tasodifiy sonlar generatorlari, tasodifiy o‘zgaruvchilar va jarayonlarni yaratish, statistik rejalarni o‘z ichiga olgan imitatsiya orqali tizimlarni o‘rganishning barcha muhim jihatlari haqida to‘liq ma’lumot berishliligi keltirilgan. Imitatsiya qilingan tajribalar, shuningdek imitatsiyani qo‘llashning asosiy yo‘nalishlarini, xususan ishlab chiqarish tizimlarini modellashtirish imkoniyatlarini yoritib berishi asoslangan[3].
    Modellashtirish o'rganilayotgan ob'ektni yaxlit o'rganishga imkon beradi, chunki
    tadqiqotchi tomonidan mavjud yoki ishlab chiqilgan tizimlar va jarayonlarning analogini namoyish etish va ko'paytirish mumkin bo'ladi, nafaqat tuzilishini, elementlarini, xususiyatlarini, balki elementlar o'rtasidagi munosabatlar va munosabatlarni ham ochib beradi. Kompyuter imitatsion modeli o'quvchilar e'tiborini ba'zi bir muhim o'rganilgan tushuncha, toifaga, ob'ektga yo'naltirish maqsadida amalga oshiriladi, ijodiy muhitda ma'lum ko'nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash imkoniyatini beradi. Turli mavzulardagi modellardan foydalanish fanlarni fanlararo integratsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Fanlararo aloqalarni hisobga olish muvaffaqiyatli o'rganish uchun zarur shartdir. Talabalarning tafakkuri va dunyoqarashini rivojlantirish ushbu bog'lanish qanday amalga oshirilishiga bog'liq. Ta'lim jarayonini sub'ektlararo aloqalar asosida tashkil etish talabalarni bilimlarni faol egallash, ulardan ijodiy foydalanish, kognitiv faoliyat va mustaqillikni rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni o'z ichiga olgan mavzu-amaliy faoliyatga jalb etishga yordam beradi.
    Kompyuter imitatsion model atrofdagi haqiqatni idrok etishda modellarni yaratish, o'rganish va ulardan foydalanishning tizimli usuli sifatida zamonaviy axborot texnologiyalarini vositasi sifatida ishlatilib, turli fanlarning eng muhim yutuqlarini birlashtiradi. Ko'pgina zamonaviy o'qituvchilar, tegishli metodik ta'minotni ishlab
    chiqish bilan birgalikda amalga oshirilgan yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etishgina, yangi pedagogik texnologiyalarga xos bo'lgan imkoniyatlarni eng samarali ravishda amalga oshiradilar, ulardan biri FTTdir. "Kompyuter imitatsion modellashtirish" jarayon mazmunini shakllantirish voqea-grafik yondashuvi asosida amalga oshiriladi.
    Jarayonni chuqur o'rganish uchun laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Ushbu darslarda nazariy materiallar tushuniladi, amaliy tajriba va o'rganilayotgan nazariyaning asosiy qoidalarini shakllantirish qobiliyati shakllanadi va kasbiy mahoratga ega bo'ladi. Voqealar-grafik yondashuvidan foydalangan holda har xil tabiatdagi hodisalar va jarayonlarning kompyuter imitatsiyasini o'z ichiga olgan laboratoriya va amaliy ishlardan foydalanish taklif etiladi: ijtimoiy guruhning harakati; noaniqlik sharoitida korxonada iqtisodiy zaxiralar holatining o'zgarishi; interfaol ta'lim; o'quv modulini o'rganish va o'qitish jarayoni; mantiqiy funksiyalar sxemasi.
    Ko'rsatilgan laboratoriya-amaliy ishlar nazariya va tajribaning kombinatsiyasini
    ta'minlaydigan, talabalarning bilim faoliyatini faollashtiradigan, ma'ruzalarda o'rganilgan nazariy materialga o'ziga xos xususiyat beradigan va fanlararo ko'plab muammolarga qaratilgan tizimli mazmunli birliklardir. Biroq, an'anaviy ravishda mashg'ulotlarni o'tkazish usullari didaktik imkoniyatlarini to'liq amalga oshirishga imkon bermaydi. Laboratoriya-amaliy va ma'ruza mashg'ulotlarida tushuntirish-illyustrativ o'qitish uslubidan ijodiy uslubga bosqichma-bosqich o'tish talab etiladi (1-rasm).
    Nisbatan sodda fikrlash qobiliyatlarini o'z ichiga olgan usullardan yuqori qobiliyatlarga asoslangan usullarga bosqichma-bosqich o'tish uchta faoliyat darajasiga to'g'ri keladi:
     Reproduktiv faoliyat o'quvchining tushunishga, bilimni oshirishga, modelga muvofiq qo'llash usullarini o'zlashtirishga intilishi bilan tavsiflanadi. Tushuntirish-reproduktiv va reproduktiv o'qitish uslubiga mos keladi.
     Interpretatsiya faoliyati o'quvchining o'rganilayotgan fanning ma'nosini anglash, aloqalarni o'rnatish, o'zgargan sharoitda bilimlarni qo'llash usullarini o'zlashtirish bilan bog'liq. Muammoni bayon qilish uslubiga mos keladi.
     Ijodiy faoliyat - talabaning bilimlarni nazariy idrok etishga intilishini, muammolar yechimini mustaqil izlashni, bilim qiziqishlarining intensiv namoyon bo'lishini nazarda tutadi. O'qitishning qisman izlash va tadqiqot uslubiga mos keladi.


    Download 302,86 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 302,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika o‘qitishda ta’lim texnologiyalarining o‘rni

    Download 302,86 Kb.