• 1.3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida fizika fanidan talaba mustaqil ishining shakllari.
  • O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limida fizika fani bo’yicha mustaqil ta’lim strukturasi va mazmuni




    Download 9.74 Mb.
    bet10/23
    Sana18.05.2021
    Hajmi9.74 Mb.
    #14520
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
    1.2. O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limida fizika fani bo’yicha mustaqil ta’lim strukturasi va mazmuni.

    Aniq fanlarning ibtidosi, ya’ni dastlabki paydo bo’lgani fizika hisoblanadi. U ijtimoiy-hayotiy zaruriyat sababli falsafadan ajralib chiqdi. Buning boisi hayotda fizik ilmga bo’lgan ehtiyojning ortib borishi va bu fan o’rganadigan bilimlar ko’lamining kengaya borishi edi. Chunki, hayot hamma vaqt taraqqiy etishda va rivojlanishdadir [12].

    Fizika dastlab, o’z tarkibiga ilmi nujumni ham qamrab olgan bo’lsa-da, insoniyatning koinot sirlarini bilishga qiziqishining ortib borishi uning tarkibidan astronomiya fanining ajralib chiqishiga, mamlakatlar, hududlar, joylar, binolar sathini o’lchashga ehtiyojning ortib borishi esa geologiya, geografiya fanlarining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Huddi shuningdek, davrlar o’tishi bilan kimyo, zoologiya, biologiya fanlari ham hayotiy ehtiyojlarning ortib borishi sababli fizika tarkibidan ajralib o’zlari alohida yo’nalishda ilmiy tadqiqot olib bordi [4].

    Fizika fani murakkab, ham eksperimental, ham nazariy fan bo’lib, uning asosiy qonun va qoidalari hamda jarayonlarini o’rganish ko’p mehnat va vaqtni talab qiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ,,Fizika” fani uchun ajratilgan vaqt nisbatan kam bo’lgani uchun fizikadan materiallarning ko’pchiligini mustaqil o’rganish kerak.

    Mustaqil ta’limda o’quvchilar masala yechish va tajriba o’tkazishlari shart, laboratoriya ishlarini bajarish hamda nazariy mavzularni o’rganib hisobot tuzishlari va referat yozishlari zarur. Buning uchun mustaqil ishlarning zamonaviy dasturi, strukturasi metodikasi va mazmuni yaratilishi kerak. Shu sababli mualliflar tomonidan fizikaning ,,Mexanika va molekulyar fizika” va ,,Elektrodinamika” bo’limlaridan mustaqil ishlar shakllarining diagrammasi hamda taqvim – mavzu rejalari tuzilgan edi.

    Shu taqvim rejaning ,,Optika” bo’limida oid qismi hamda uyda o’tkaziladigan tajribalarning qisqacha tavsiflari keltirilmoqda.

    ,,Optika” va ,,Atom fizikasi” bo’limlari bo’yicha mustaqil ishlarning turlari va shakllari dasturiy ketma-ketlikda, ya’ni taqvim-mavzu rejasi ko’rinishida ishlab chiqildi. Bunda mustaqil ish mavzusining nazariy qismi bo’yicha og’zaki javob-hisobot berish, referat topshirish, amaliy mashg’ulot bo’yicha auditoriyada hamda uyda masala va test vazifalarini yechish, laboratoriya ishlarini hamda uy tajriba vazifalarini bajarish ,ular asosida hisobot tayyorlash rejalashtirilgan va ularga oid adabiyotlar keltirilgan.

    Hisobot, referat hamda uy-tajriba vazifalarini baholash ballarini belgilash o’qituvchilarning o’zlariga havola qilindi.

    1.2.1-jadvalda uy tajribalarining mavzulari, ularni bajarish uchun kerak bo’ladigan asbob-uskanalar majmuasi hamda tajribadan olinadigan natijalarning tavsiflari keltirilgan.

    Yorug’lik manbalari sifatida o’yinchoq lazerlar yoki svetodiodlar ishlatilishi mumkin. Oxirgi vaqtda chiqqan har xil tipdagi svetodiod 3-xil nur chiqarishi mumkin. Har bir klemma-oyoqchalari orasiga 1,5-4,5 V kuchlanish berib, yashil, qizil va ko’k rangdagi nurlarni olish mumkin. Manba sifatida 1,5 V li quruq batareyalar ishlatilishi mumkin. Linza sifatida suv solingan 0,5 litrli shisha banka, butilka yoki baklashka ishlatilishi tavsiya etiladi. Shisha prizma bo’lmasa, uni shafof plenka yoki shishadan tayyorlab, suv bilan to’ldiriladi. Fotoelementlardan F-8 yoki F-9 tiplarini ishlatilishi maqsadga muvofiqdir. Tutuvchi potensiallar farqi quruq batareyalarni ketma-ket ulash va ularni o’zgaruvchan qarshilik yordamida o’zgartirish asosida aniqlash mumkin. Tok kuchi va kuchlanish raqami D-830 V tipdagi raqamli testlar yordamida o’lchash tavsiya etiladi.

    Uy tajribalarini tashkil qilish o’quvchilarning bilimini chuqurlashtiradi, fizikadan eksperimentni tashkil qilish va uni o’tkazish ko’nikmasini hosil qiladi hamda texnika malakasini oshiradi. Shu jumladan, kasb-hunar kolleji o’quvchilarning texnik ta’lim va tarbiyasini kuchaytiradi.

    1.2.1.-jadval.



    Optika bo’limi bo’yicha mustaqil-tajriba vazifalari.



    Tajriba vazifalari

    Kerakli asbob uskunalar

    Tajribadan olingan natijalar

    1.

    Yorug’likning qaytish qonunlarini o’rganish.

    Ko’zgu millimetrli yoki karton qog’oz, ignalar, lineyka, qalam.

    Yorug’likning tushish va qaytish burchagi ignalarning vaziyati, ular tasvirining vaziyatlarini geometrik usul bilan aniqlanib, qaytish qonuni tekshiriladi.

    2.

    Yorug’likning sinish qonunlarini o’rganish (masalan, sindirish ko’rsatkichini aniqlash).

    Shisha plastinka, millimertli yoki karton qog’oz, ignalar, lineyka, qalam.

    Ignaning vaziyayati va uning tasviri o’rnidagi ignaning vaziyatlari, tushish va sinish burchaklari, shishaning sindirish ko’rsatkichi aniqlanadi.

    3.

    Suyuqlikning sindirish ko’rsatkichini aniqlash.

    Shisha ballon yoki banka, butilka yoki baklashka, lineyka millimetrli qog’oz, qalam.

    Suvli idish yordamida quyosh tushayotgan deraza romi yoki lampochkaning aniq tasviri hosil qilinib, undan suvning sindirish ko’rsatkichi aniqlaniladi.

    4.

    Yorug’likning prizmadan o’tishini o’rganish.

    Oyinchoq lazer yoki svetodiod, prizma, millimetrli qog’oz, chizg’ich, qalam.

    Yorug’likni uchburchakli prizmaning yon tomoniga har xil burchak ostida tushib, undan chiqishi kuzatiladi va uning chizmasi chizilib, tahlil qilinadi.

    5.

    Suvli silindrik idishlarning focus masofasi va optik kuchini aniqlash.

    Shisha ballon yoki banka, butilka yoki baklashka, lineyka, millimetrli qog’oz, qalam.

    Suvli idish yordamida quyosh tushayotgan deraza romi yoki lampochkaning aniq tasviri hosil qilinib, sistemaning focus masofasi va optik kuchi aniqlanadi.

    6.

    Yorug’likning interferensiyasini yupqa pardalar yordamida kuzatish.

    Doiraviy xalqa, sovunli suv, yorug’lik manbai (lampa yoki svetodiod, lazer).

    Suv pardasida Quyosh nurlarining har xil rangdagi interferensiya manzaralari yoki lazer nuri yordamida interferension polosalar o’rganiladi.

    7.

    Yorug’lik difraksiyasini grammofon plastinka yordamida kuzatish.

    CD va DVD disklarning bo’lagi, yorug’lik manbai (svetodiod yoki lazer).


    Tushish burchagini o’zgartirib, undan qaytgan nurlarning manba tasviri kuzatiladi va har xil plastinka hamda burchaklar uchun tasvir o’rganiladi.

    8.

    Fotoeffekt hodisasidan Plank doimiysini aniqlash.

    Fotoelement (vakuumli), ko’k va yashil rang nurlovchi svetodiodlar, D -830 V tester, tok manbai (0 -10 V).

    Ikkita to’lqin uzunligi uchun tormozlovchi potensiallar farqi aniqlanib, Eynshteyn tenglamasidan Plank doimiysi aniqlanadi.

    9.

    Har xil rangdagi svetodiodlar nurlanishini o’rganish. Ularning to’lqin uzunligini hamda foton energiyasini baholash.

    Uch xil rang chiqaruvchi svetodiod, tok manbai (0-4,5 V) yoki batareyalar.

    To’lqin ranglari o’rganilib, jadvaldan uning to’lqin uzunligi aniqlanadi va har bir rang uchun foton energiyasi aniqlanadi.

    1.3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida fizika fanidan talaba mustaqil ishining shakllari.

    Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika fanidan mustaqil ishni rivojlantirish talabaning o’ziga bo’lgan ishonchini rivojlantiradi, ularning bilim olishdagi ko’nikmasini mustahkamlaydi, tushuncha va ko’nikmalarni izchil yo’lga solishga o’rgatadi. Talaba fizikadan mustaqil ishlarni bajarish jarayonida nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga axborot manbalaridan samarali foydalana olishni yo’lga qo’yadi, axborot tanlashni yoki umumiy qonunga ko’ra ob’yekt tanlashni, modellashtirishni o’rganadi [6, 7].



    O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida fizika fanidan mustaqil ishning shakllari xilma-xil bo’lib, hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalganlari asosan quyidagilardan iborat:



    1. Download 9.74 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




    Download 9.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limida fizika fani bo’yicha mustaqil ta’lim strukturasi va mazmuni

    Download 9.74 Mb.