TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti




Download 9.74 Mb.
bet11/23
Sana18.05.2021
Hajmi9.74 Mb.
#14520
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish.

Masalan: Biror bir fizik qonun yoki hodisani o’qituvchi darsga ajratilgan vaqt ichida to’liq bayon etib berishga ulgurmaydi. Ba’zi ikkinchi darajali hollarni bayon etmaydi yoki o’ta qisqa bayon etadi. Shunda talaba bayon etilgan mavzuga tegishli, o’zini qiziqtirgan hodisani o’quv adabiyotlar yoki qo’shimcha yordamida to’la o’rganadi.

  1. Berilgan mavzu bo’yicha axborot tayyorlash.

Bu hol ham yuqorida bayon etilgan 1-holga o’xshaydi, lekin farqi shundaki, 1-holda mavzuni xillari ko’p bo’lib ularni biror bir qismi mustaqil o’rganilsa, bunda bitta mavzu bo’lib, bir necha qismlardan iborat bo’ladi. Bunda talaba mavzu bayon etilgan bir necha muallif tomonidan yozilgan bir necha adabiyotlarni ko’rib chiqib o’z fikri, o’z hulosasini chiqaradi, ya’ni mustaqil fikrlashga o’rganadi.

  1. Seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish.

Seminar so’zi lotincha seminarium – manba, ko’chma ma’noda esa maktab ma’nosini bildiradi. Seminarlar – o’quv amaliy mashg’ulotlardan biridir. Bu shakl asosan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv yurtlarida va ilmiy, amaliy to’garaklarda qo’llaniladi. Akademik litsey va kasb-hunar kolleji talabalari muayyan mavzu, bo’lim, bob yuzasidan ma’ruzalarni o’qituvchi rahbarligida muhokama qiladi. Hozirgi vaqtda seminarni 3 turi mavjud.

  1. biror sistematik kursni chuqur o’rganishga yordam beradigan seminarlar;

  2. fizika kursning ayrim asosiy yoki muhim mavzusini o’rganish uchun o’tkaziladigan seminar;

  3. tadqiqot xarakteridagi seminarlar.

O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi o’quv yurtlarining boshlang’ich kurslarida asosan birinchi va ikkinchi turdagi seminarlar, bitiruvchi kurslarga uchinchi turdagi seminarlarni o’tkaziladi.

  1. Nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash.

Mustaqil ishni bu shakli kichik – kichik, tez amalga oshadigan tajribalar o’tkazishdan iborat. Masalan, hamma jismlar Yerga tortiladi, buni ko’rish uchun jismni qo’l yordamida baland ko’tarib, so’ng barmoqlarni qo’yib yuboriladi. Jism Yerga tushadi. Elastik prujinaga har xil vaznda bo’lgan yuklar osilsa, ular har xil cho’ziladi. Muzli suvni harorati nol gradus, muzli suvga harorat o’lchagichni solsak u nol gradusni ko’rsatadi. Elektr zanjir berk bo’lsa, unda tok bo’ladi, simni ulasak elektr chiroq yonadi. Shisha prizmadan oq yorug’lik nuri o’tsa u har xil, ya’ni 7 xil (spektr) ranga ajraladi va h.k. Ba’zi tajribalar ancha murakkab bo’lib, maxsus tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.

  1. Laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko’rish.

Fizika fani tajribalarga asoslangan fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Akademik litsey va kasb-hunar kolleji talabalariga chuqur bilim berish bilan bir qatorda, fizikaning yutuqlarini texnikaga, ishlab chiqarishning turli sohalariga qo’llay bilish ko’nikmalarini shakllantirish zarur. Shu jumladan qaraganda, fizika bo’yicha o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlari katta ahamiyatga va keng imkoniyatlarga ega. Ma’lumki, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirgan talabalarning dastlabki bilim va ko’nikmarari turlicha bo’ladi. O’rta ta’lim maktablarni bitirib, akademik litsey va kasb-hunar kolleji talabasi bo’lgan yoshlarda nazariy bilim kengroq bo’lib, amaliy ko’nikmalari yetarli bo’lmaydi. Ana shu kamchiliklarni tezroq yo’qotish uchun, amaliy, laboratoriya ishlaridan foydalanish kerak.

  1. Amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish.

Bu ko’rinishdagi mustaqil ish asosan, mavzular bo’yicha fizik masalalarni yechishdan iborat. Fizik masalalar mazmuni, shakli, maqsadi, vazifasiga ko’ra juda xilma xil bo’ladi.

Masalalar mazmuniga ko’ra abstrakt va aniq mazmunli bo’lishi mumkin, shuningdek, sodda, o’rtacha va murakkab mazmunli bo’ladi. Masala matn shaklida, grafik shaklida, jadval shaklida, modul-rasm, chizma va boshqa shakllarda berilishi mumkin. Mavjud muammoni yechimini topish uchun berilgan fizik masalalarning ko’rinishlari orasida qat’iy bir chegara yo’q.

Masalalarni yechish usullari ham xilma xil bo’lib, bular asosan, og’zaki, eksperimental, hisoblash, grafik, aralash usullarda bo’ladi.

Hozirgi vaqtda fizika kursini o’zlashtirishning eng asosiy turi fizik masalalarni yechish bo’lib qoldi. (Izoh: test yo’li bilan berilgan masalalarni to’g’ri javobini tavakkal yo’li bilan belgilash masala yechish hisoblanmaydi.) Test sinovlariga to’g’ri yechimni topish uchun avvaldan berilgan muammo bo’yicha tushuncha, ko’nikma, bilimga ega bo’lish kerak.

Mustaqil ishning yana bir ko’rinishi bu – maket, model namunalarini yaratishdir.


  1. Maket, model namunalarini yaratish.

Bu ko’rinishdagi mustaqil ish talabada ijodiylikni,qunt qilishni, tasavvurni rivojlantiradi. Ayniqsa qo’l mehnati, jismoniy mehnat ko’nikmalarini rivojlantiradi. O’rta maktab kursidan ma’lumki kimyoviy modda molekulalarini, qattiq jismning tashkiliy (strukturaviy) tuzilishini ifodalovchi atom tuzilishi sharchalar orqali ifodalanib, har xil shakllar tuziladi. Shuning singari mashina, traktor, samolyot, hayvonlar maketlari (o’ziga o’hshash katta yoki kichik ko’rinishlari) yasaladi.

Maket – italyancha macchietta – xomaki ma’nosini bildiradi.

Fizik modelda tekshirishlar tekshirilayotgan protsessning fizik tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (o’lchami,tezligi, kuchi) jihatidan farq qiladigan ko’rinishida olib boriladi. Matematik modelda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellanadi. Masalan, to’g’ri chiziqning matematik modeli (ifodasi) va h.k. Fizik – matematik modellashni rivojlanishi natijasida zamonaviy komp’yuterlar paydo bo’ldi.



  1. Ilmiy maqola, ilmiy-uslubiy maqola, anjumanlarga ma’ruzalarni tayyorlash.

Fizikadan bu uslubdagi mustaqil ishlar ko’proq yuqori kurs talabalari ishlarida uchrab, quyi kurs, ayniqsa 1-kurs talabalari ishlarida kamroq uchraydi. Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki, layoqatli, iqtidorli, qobilyatli 1-kurs talabalari yuqorida sanab o’tilgan mustaqil ishlarni izchil, ijodiy bajarishlari natijasida ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar kelib chiqishi mumkin.



Download 9.74 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Download 9.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti

Download 9.74 Mb.