Mustaqil ishni bajarishda talabaga tavsiya etiladigan axborot-uslubiy ta’minot




Download 9.74 Mb.
bet12/23
Sana18.05.2021
Hajmi9.74 Mb.
#14520
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
1.4. Mustaqil ishni bajarishda talabaga tavsiya etiladigan axborot-uslubiy ta’minot.

Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbai sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, jumladan ularning elektron variantlari; uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar, ma’lumotlar to’plami va banki, ularning elektron variantlari; ilmiy va ommaviy davriy ishlar, internet tarmog’idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.


5

Akademik litsey va kasb-hunar kolleji tegishli kafedra mudiri va ta’lim berayotgan fan o’qituvchisining taqdimnomasi asosida ta’lim muassasasi rahbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy axborot manba va vositalarini belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar, muzeylar, tarmoq muassasa va korxonalardan mustaqil ish uchun zaruriy ma’lumotlar to’plash yuzasidan so’rovnoma xatlarini rasmiylashtirib beradi [13].

O’rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan talabalarga mustaqil ishlarni o’z vaqtida bajarish uchun komp’yuter texnikasi va Internet tarmog’idan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi.

Fizika fanini o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy (interfaol) metodlari, pedagogik va axborot- (mediata’lim, amaliy dastur paketlari Microsoft Visual Studio.Net, SQL, ASP.NET, ADO.NET, taqdimot, elektron-didaktik) texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan [27]. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib borishda bino va inshootlarni hisoblash va loyihalashga taaluqli bo’lgan keys holatlari misollaridan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, kafedrada yillar davomida yig’ilgan INTERNET resurslari bazasi, nashr qilishgan o’quv qo’llanmalar va ularning elektron versiyalari, mavjud yangi darsliklarning elektron versiyalari yordamida nazariy bilimlar mustahkamlanadi.

Maket, model namunalarini, konstruksiyalarini loyihalash va hisoblash uchun «LIRA_9.0», «SCAD», «COSMOS/M_GEOSTAR», «MATHCAD» dasturiy majmualari, chizma va grafik qismlarini bajarishda AutoCAD, ArchiCAD dasturiy mujmualaridan samarali foydalanish mumkin. Тashkiliy-texnologik yechimni optimal tanlovchi dasturiy mahsulotlar: AutoCAD, MathCad, MS Office [28].

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Тalaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina, bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Тalabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish kafedraning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Тalabalar mustaqil ishini tashkil etishda ular muayyan o’quv ishlarini mustaqil bajarish, kerakli ma’lumotlarni izlab topish va tahlil qilishni o’rganadilar, hamda shu asosda mas’uliyatli yechimlar qabul qilish ko’nikmalarini egallaydilar va bu ko’nikmalarni rivojlantiradilar, shuningdek davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan va talaba mustaqil ishi uchun belgilangan o’quv yuklamaning to’liq va sifatli bajarilishi ta’minlanadi, buning uchun kafedralar talabalar mustaqil ishini bajarish uchun zarur bo’ladigan ilmiy - uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar bilan ta’minlaydilar.

O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi o’quv rejasida muayyan o’quv faniga ajratilgan talabaning mustaqil ishi o’quv yuklamasi mashg’ulot turlari: ma’ruza, amaliy mashg’ulot, laboratoriya ishi, seminar, kurs ishi (loyihasi) bo’yicha bu mashg’ulotlarning auditoriyadagi o’quv soatlariga mutanosib (proporsional) taqsimlanadi.

Har bir mashg’ulot bo’yicha mustaqil ish mazmuni va shakli mashg’ulot turi, hamda ushbu o’quv fanining o’ziga xosligidan kelib chiqib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo’llashni inobatga olgan holda belgilanadi.

Тalaba mustaqil ishini tashkil etishda talaba mustaqil ishi uchun belgilangan o’quv yuklamaning to’liq bajarilishi ta’minlanadi, lekin mustaqil ish hajmi belgilangan o’quv yuklamadan ortib ketmasligi kerak. Talaba o’quv fani bo’yicha mustaqil bajaradigan topshiriqlar (masalan: hisob-grafik ishlari, chizmalar va boshqalar) hajm jihatidan mashg’ulotning shu turiga ajratilgan mustaqil ish doirasida bo’lishi lozim [16].

Mustaqil ish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarining turlari bo’yicha talabalarga umumiy yoki individual topshiriqlar, ularning variantlari muayyan o’quv fani bo’yicha mustaqil ish taqvim rejasida keltiriladi.



Xulosa.

1. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta'lim sifatini bеlgilovchi holatlar quyidagilar bo’lib hisoblanadi: darsni yuqori ilmiy-pеdagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pеdagogik tеxnologiyalardan va mul’timеdialardan foydalanish, talabalarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlardir.

2. Mustaqil ta’limda o’quvchilar masala yechish va tajriba o’tkazishlari shart, laboratoriya ishlarini bajarish hamda nazariy mavzularni o’rganib hisobot tuzishlari va referat yozishlari zarur. Buning uchun mustaqil ishlarning zamonaviy dasturi, strukturasi metodikasi va mazmuni yaratilishi kerak.

3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida fizika fanidan mustaqil ishning shakllari xilma-xil bo’lib, hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalganlari asosan quyidagilardan iborat:



  • Ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;

  • Berilgan mavzu bo’yicha axborot tayyorlash;

  • Seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;

  • Nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash;

  • Laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko’rish;

  • Amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;

  • Maket, model namunalarini yaratish;

  • Ilmiy maqola, ilmiy-uslubiy maqola, anjumanlarga ma’ruzalarni tayyorlash.



Download 9.74 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Download 9.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ishni bajarishda talabaga tavsiya etiladigan axborot-uslubiy ta’minot

Download 9.74 Mb.