II BOB. FIZIKADAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH USLUBIYOTI




Download 9.74 Mb.
bet13/23
Sana18.05.2021
Hajmi9.74 Mb.
#14520
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
II BOB. FIZIKADAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH USLUBIYOTI.

2.1. Тalaba mustaqil ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.

Ma’lumki, fizika (nomutaxassis yo’nalishlar uchun) fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi 243-sonli qarori asosida qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirildi hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2012 yil 24 iyuldagi 3-sonli yig‘ilish bayoni qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 15 avgustdagi 332/1-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan [21].


2.1.1.-jadval.

O‘quv rejasida fizika faniga ajratilgan mustaqil ish soatlari taqsimoti.





Fan bo‘limlari va mavzular

Mustaqil ish soatlari taqsimoti

1.

Kirish.

-

2.

Kinematika.

3

3.

Dinamika.

3

4.

Saqlanish qonunlar.

2

5.

Tebranish va to‘lqinlar.

2

6.

Molekulyar-kinetik nazariyasi asoslari.

3

7.

Suyuqlik xossalari.

2

8.

Qattiq jism xossalari.

3

9.

Termodinamika asoslari.

4

10.

Elektr maydon.

4

11.

O‘zgarmas tok qonunlari.

4

12.

Turli muhitlarda elektr toki.

4

13.

Takrorlash.

-

14.

Magnit maydoni.

3

15.

Elektromagnit indukstiya.

3

16.

Elektromagnit tebranishlar.

6

17.

Elektromagnit to‘lqinlar.

4

18.

Optika.

6

19.

Nisbiylik nazariyasi.

2

20.

Kvant fizikasi elementlari.

4

21.

Atom va yadro fizikasi.

3

22.

Yadro energetikasi.

2

23.

Olamning zamonaviy fizik manzarasi.

-

24.

Umumiy takrorlash.

-




Jami

67

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari, O’MKHT Markazi direktori 2013 yil 5 avgustida tasdiqlagan namunaviy o’quv rejaga asosan, akademik litseylari fizika fani chuqurlashtirilib o’tiladigan guruhlarda, yani aniq fanlar yo’nalishagi guruhlarda mustaqil ish soatlari quyidagicha taqsimlangan:

2.1.2.-jadval.

O‘quv rejasida fizika faniga ajratilgan mustaqil ish soatlari taqsimoti.




Fan bo‘limlari

Mustaqil ish soatlari taqsimoti

1.

Mexanika va molekulyar fizika.

103

2.

Elektrodinamika asoslari.

108

3.

Optika va atom fizikasi.

122




Jami

333

Mustaqil o’rganish deganda, o’rganilayotgan fizika kursiga tegishli dastur materiali bilan tanishish, dasturda belgilangan mavzularni o’rganish, mavzuni to’la yoki kerakli qismini o’quv adabiyotlaridan o’qib uni o’zashtirish uchun konspekt yozish, masala yechish, tajriba o’tkazish nazarda tutiladi.

Xalqaro birliklar sistemasi.

1960 yilda bo’lib o’tgan tarozi va o’lchov birliklari Bosh konferensiyasida Xalqaro birliklar sistemasi (SI) qabul qilindi. 1963yil 1-yanvardan boshlab O’zbekistonda Xalqaro birliklar sistemasidan foydalanishga o’tilgan. Bu birlik davlat standarti deb yuritiladi. SI sistemasidagi o’lchanayotgan kattalik qaysi sohadan bo’lishidan qat’iy nazar umumiy bir qoida bilan aniqlanuvchi bir xil o’lchamlikka ega bo’lgan birliklardan iborat.

Fizika rivojiga katta hissa qo’shgan olimlar sharafiga shu olimlar nomlari bilan ataluvchi fizik kattaliklar bor. Masalan, Nyuton, Joul, Paskal, Genri,Gerts, Farada, Om, Volt, Amper, Bel va h.k. bu belgilar belgilash qoidasiga ko’ra bosh harf bilan yoziladi. Masalan, A, V, W, K, C, N, Om, Pa, F va h.k. SI ( Sistema Internatsionalnaya) sistemasida 7 ta asosiy va 2 ta qo’shimcha birlik qabul qilingan, bu quyidagilardan iborat.

2.1.3.-jadval.

SI sistemasidagi asosiy o’lchov birliklar




Kattalik nomi

Birligi

Belgilanishi

1.

Uzunlik

Metr

m

2.

Massa

Kilogramm

kg

3.

Vaqt

Sekund

s

4.

Modda miqdori

Mol

mol

5.

Temperatura

Kelvin

K

6.

Tok kuchi

Amper

A

7.

Yorug’lik kuchi

Kandella

cd

2.1.4.-jadval.

SI sistemasidagi qo’shimchа o’lchov birliklar





Kattalik nomi

Birligi

Belgilanishi

1.

Yassi burchak

Radian

rad

2.

Fazoviy burchak

Steradian

sr

Yuqoridagi 9 ta birliklardan hosil bo’luvchi fizik birliklar hosilaviy birliklar deb ataladi. Masalan, tezlik birligi – sekundiga metr m/s, tezlanish – sekund kvadratiga metr m/s2 kabi bo’ladi.

Talabaning mustaqil ishi yozma ravishda bo’lishi kerak. Ishni bayon qilishda “So’zlar oz bo’lsinu, ma’no soz bo’lsin” qoidasiga amal qilmog’lik kerak. Masala yechganda masala yechish qoidasiga amal qilib, hamma berilganlar bir-xil birlikka, iloji boricha umumiy holga keltirib yechiladi.



Nazariy mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish bo’yicha mustaqil ishlar ro’yxati.

1-mustaqil ish. Vektor kattalik. Vektorni vektorga qo’shish va ayirish. Trayektoriya. Yo’l. Masofa. Ko’chish.

2-mustaqil ish. Moddiy nuqta kinematikasi. Tezlik va tezlanish grafiklari.

3-mustaqil ish. Fizik kattaliklarning o’lchov birliklari.

4-mustaqil ish. Dinamika asoslari. Massa va kuch .

5-mustaqil ish. Kuch turlari: og’irlik kuchi, ishqalanish kuchi, elastiklik kuchi. Inersiya kuchlari.

6-mustaqil ish. Impuls va kuch impulsi. Impulsning saqlanish qonuni.

7-mustaqil ish. O’zgaruvchan massali jism harakati. (Meshcherskiy tenglamasi).

8-mustaqil ish. Aylanma harakatda tezlik va tezlanish.

9-mustaqil ish. Energiya turlari. Energiyani saqlanish qonuni.

11-mustaqil ish. Qattiq jism deformatsiyasi. Deformatsiya turlari.

12-mustaqil ish. Kosmik tezliklar. Masofa, vaqt va massaning jism tezligiga bog’liqligi (Eynshteyn nisbiylik nazariyasi).

13-mustaqil ish. Suyuqlikda statsionar va laminar oqim. Uzluksizlik qonuni.

14- mustaqil ish. Tebranma harakat bilan aylanma harakat orasidagi bog’lanish.

15-mustaqil ish. Tebranishlarning elastik muhitda tarqalishi. To’lqinlar.

Kogerentlik shartlari, to’lqin difraktsiyasi, to’lqin interferentsiyasi.

16-mustaqil ish. Ideal gazlar holat tenglamasi.

17-mustaqil ish. Real gazlar. Gazlarning suyuqlikka aylanishi. Van-der-Vaals tenglamasi, kritik temperatura.

18-mustaqil ish. Suyuqliklarning sirt tarangligi. Kapillyar hodisalar. Molekulalar orasidagi o’zaro tortishish va itarish kuchlar sabablari. Ikki xil modda molekulalarining o’zaro ta’siri. Kapillyarlik hodisalari. Yer tortish kuchi bilan sirt taranglik kuchi orasidagi bog’lanish. Kritik massa.

19-mustaqil ish. Kulon qonuni. Zaryadnig diskretligi. Elektr maydon kuchlanganligining geometrik ifodasi.

20-mustaqil ish. Zaryadning zichligi. Elektr sig’imi. Kondensatorlarni

ketma-ket va parallel ulash.

21-mustaqil ish. O’zgarmas elektr toki. Om qonuni. Qarshiliklarni ketma-ket, parallel, aralash ulash.

22-mustaqil ish. Galvanik elementlar. Akkumulyatorlar.

23-mustaqil ish. Gazlar va vakuumdan elektr tokini o’tishi. Moddalardan elektronlarning chiqishi. Metallardan elektronlarning chiqishi. Lyuminestsent lampalarning ishlash prinsipi.

24-mustaqil ish. Magnit maydonning fizik asoslari va uning tavsifi.

Bio-Savar-Laplas qonuni.

25-mustaqil ish. Uyurmali elektr va magnit maydonni xususiyatlari.

Maksvell tenglamalari.

26-mustaqil ish. O’zgarmas tokning bajargan ishi va quvvati.

27-mustaqil ish. O’zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik, sig’im qarshiligi, induktiv qarshiliklar.

28-mustaqil ish. Tebranish konturi. Ochiq tebranish konturini hosil qilish.

29-mustaqil ish. Linzalar. Linza turlari. Qavariq, botiq linzalar. Linza formulasi. Linzaning optik kuchi. Linzalarning ishlatilishi.

30-mustaqil ish.Yorug’likning qutblanishi. Polyarimetrlar.

31-mustaqil ish. Fotoeffekt hodisasi.

32-mustaqil ish. Atom tuzilishi. Atom modellari.

33-mustaqil ish. Radioaktiv moddalar. Radioaktiv yemirilishlar.



Download 9.74 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 9.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. FIZIKADAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH USLUBIYOTI

Download 9.74 Mb.