joyidan turib uzunlikka, balandlikka va yugurib kelib uch xatlab
sakrashlardan iborat testlar majmuasi
sportchining tezlik-kuch
sifatlarining rivojlanganlik darajasini baholashda qo‘llanadi, va u
gomogen testlar majmuasi bo‘lishi mumkin.
Aksincha, agar, majmuada ekvivalent testlar bo‘lmasa, u holda
majmuaga kirgan testlar turli xossalami o‘lchaydi, ya’ni uning
tarkibiga kiradigan har xil xususiyatlami o‘lchaydigan
testlar
(masalan, baland to‘sinda tortilish, Abalakov usuli bo‘yicha
balandlikka sakrash, (egiluvchanlikni tekshirish uchun)
oldinga
egilish, 100 metrga yugurishdan tashkil topgan majmua) mavjud
bo‘lsa, u
geterogen test majmuasi deb ataladi.
Yangi test tuzilayotgan paytda albatta uni o‘zaro muvofiq
kelish darajasini tekshirish kerak.
Bu quyidagicha amalga oshiriladi: test o‘tkazishning
unifikatsiyalangan uslubi ishlab chiqiladi, so‘ngra ikki yoki undan
ortiq mutaxassislar navbatma-navbat standart sharoitlarda aynan
bir xil sportchilami testdan o‘tkazadilar.