Bir necha martali takroriy urinishlarda natijalami turli usullar:
a) eng yaxshi urinish;
b) o‘rtacha arifmetik qiymat;
d) mediana;
e) ikki yoki uchta eng yaxshi urinish
natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati va boshqa yondashuvlar
bilan aniqlash mumkin. Tadqiqotlar, ko‘pchilik hollarda, o‘rtacha
arifmetik qiymatdan foydalanish eng ishonchli, medianadan
foydalanish unga nisbatan biroz ishonchliligi kamroq darajada
ishonchli, eng yaxshi urinish esa yana ham pastroq ishonchli
hisoblanishini ko‘rsatdi.
Testlaming ishonchlilik nazariyasini xatoliklar nazariyasidan
asosiy
farqi
shundan
iborat-ki,
xatoliklar
nazariyasida
o‘lchanayotgan kattalik o‘zgarmas hisoblanadi, testlaming
ishonchlilik nazariyasida esa, u bir o ‘lchashdan boshqa
o‘lchashgacha o‘zgaradi deb taxmin qilinadi. Masalan: yugurib
kelib uzunlikka sakrashda bajarilgan urinish natijasini o‘lchash
zarur bo‘Isa, u aniq va vaqt o‘tishi bilan ko‘p o ‘zgarmasligi
mumkin.
Albatta, tasodifiy sabablar tufayli (masalan, mletkani bir
xilda torta olmaslik) ushbu natijani ideal aniqlikda (aytaylik, to
0,0001 mm gacha aniqlik bilan) o’lchab bo‘lmaydi. Lekin, ancha
aniq o‘lchov asbobidan foydalangan holda (masalan, lazerli
o‘lchagich), ulaming aniqligini zaruriy darajagacha ko‘tarish
mumkin. Shu bilan birga, agar sakrovchining tayyorgarligini
mashq qilishning yillik siklining alohida bosqichlarida aniqlash
vazifasi turgan bo‘Isa, u erishgan natijalami eng aniq o ‘lchashning
foydasi kam, chunki ular bir urinishdan boshqasiga qarab o‘zgarib
boradi.