3.4.6. Testning ekvivalentligi
Ekvivalentlik - testni, bir nechta test vazifalari uchun
qo‘llanishi paytida, amaliy jihatdan bir xildagi natijani ko‘rsatish
qobiliyatidir. Boshqacha aytganda, testning ekvivalentligi - bu
bitta belgining o‘zini tadqiq qilish paytida (masalan, tortilish va
yerga ikki qo‘l bilan tiralgan holda gavdani tushirib-ko‘tarish,
joyidan turib uzunlikka va balandlikka sakrash) ushbu test
natijalarini boshqa test natijalari bilan mos kelish darajasi
hisoblanadi.
Ko‘pchilik hollarda test ma’lum sondagi bir xil tipdagi
testlardan tanlanadi. Masalan, basketbol savatiga koptokni turli
nuqtalardan tushirish mumkin; sprinter yugurishi, aytaylik, 50,
60 yoki 100 metr masofalar uchun o‘tkazilishi mumkin; tortilish
halqada yoki baland to‘sinda bajarilishi mumkin va hokazo.
Bunday hollarda parallel shakllar usuli deb ataladigan usuldan
foydalanish mumkin.
Bu usulga ko‘ra sinaluvchilarga aynan bitta testning ikki
xil turini bajarish taklif etiladi va undan keyin ushbu olingan
natijalami o‘zaro mos tushish darajasi baholanadi. Bu yerda test
oUkazish sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
.
1 , 1
minimal