Aynan bitta testning - erkaklarda turli mezonlarda birdaniga
30 metr masofaga yugurish tezligining informativligini aniqlash
bo‘yicha 3.4 - jadvalda keltirilgan (mazkur ma’lumotlar uzunlikka
sakrash mashqida
6
metrdan 7,72 metrgacha natijalar ko‘rsatgan
62 sportchi ishtirokida; uchkurash natijalari so‘rov asosida
olingan).
Mezonni tanlash masalasi, o‘z mazmun - mohiyatiga ko‘ra,
testning haqiqiy qiymati va informativligini aniqlashda eng
muhim hisoblanadi.
Masalan, sprinterlarda joyidan turib
uzunlikka sakrash testining informativligini aniqlash masalasi
turgan bo‘lsa, u holda turli mezonlami:
1 0 0
metrga yugurish
natijasini, qadam uzunligini, qadam uzunligining oyoq yoki
gavda uzunligiga nisbatini va shu singarilami tanlash mumkin.
Shu bilan birga, testning informativligi o‘zgaradi (keltirilgan
misolda yugurish tezligi uchun uning qiymati 0,558 dan «qadam
uzunligi oyoq uzunligi» nisbati uchun 0,781 gacha ortib bordi;
sinaluvchilar 100 metrga yugurishda 11,6 s dan 10,5 s gacha
natija ko‘rsatgan 44 nafar sprinterlar bo‘ldi).