o‘tkazilgan test, odatda,
retest deb aytiladi.
Stabillik - test
va retestni vaqt birligida sezilarli darajada ajratish holatidagi
ishonchlilikning bir turi. Test stabilligini
baholash sxemasi
quyidagicha:
Vaqt
test------------- > retest
intervali
Shu bilan birga, quyidagi ikki hoi o‘zaro farqlanadi.
Ushbu hollaming birida test va retest o‘rtasida o ‘tgan butun
vaqt intervalida sinaluvchining holati to‘g ‘risida
ishonchli
ma’lumotlar olish maqsadida test stabilligi aniqlanadi (masalan,
chang‘ichi sportchilaming funksional imkoniyatlari to‘g ‘risida
ishonchli m a’lumotlar olish uchun iyun oyida ularda bir hafta
oralig‘i bilan ikki marta maksimal kislorod iste’molini o‘lchash
amalga oshiriladi). Bu holda test natijalarining
aniqligi muhim
va ishonchlilik dispersion tahlildan foydalanib baholanishi kerak.
Boshqa holda faqatgina sinaluvchilaming guruhdagi tartibi
saqlanishi (ya’ni, birinchi sportchi birinchi bo‘lib, oxirgi sportchi
oxirgi bo‘lib qolishi) muhim bo‘lishi mumkin.
Bu holda stabillik
test va retest natijalari o‘rtasidagi korrelatsiya koeffitsiyenti
qiymati bo‘yicha baholanadi.
Test stabilligi quyidagilarga:
1) test tur;
2) sinaluvchilar kontingenti (tarkibi);
3) test va retest o‘rtasida o‘tgan vaqt intervaliga bog1 liq bo‘ ladi.
Masalan, uncha katta bo‘ lmagan vaqt intervallarida morfologik
xarakteristikalar ancha stabil bo‘ladi; harakatlar (masalan,
nishonga otish yoki irg‘itish) aniqligi bo‘yicha testlar eng kichik
stabillikka ega.
Kattalarda bolalarga nisbatan
test natijalari ancha stabil;
sportchilarda sport bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan ancha
stabilligi yuqori bo‘ladi.
Test va retest o ‘rtasidagi vaqt intervalini ortishi bilan testning
stabilligi pasayadi (3.3 -jadval).