testlaming murakkabligi va qo'polligiga, test o‘tkazishdagi kerakli
aniqlik darajasiga va shu singari sabablarga bog‘liq bo‘ladi.
3.5. Testlaming informativligi
3.5.1. Asosiy tushunchalar
Test informativligi (validligi) - bu shunday aniqlik darajasi -
ki, shu aniqlik bilan testda xossalar (sifat, qobiliyat, xarakteristika
va shu singarilar) o‘lchanadi hamda xossalami baholashda undan
foydalaniladi.
Testning informativligi - bu mazkur testni o ‘rganilayotgan
jarayon mazmunini yetarlicha to ‘liq aks etish xususiyatidir.
Informativlik, ayrim hollarda, validlik (inglizcha asosan, haqiqiy,
qonuniylik ma’nolarini anglatadigan - validity so‘zidan olingan)
deb ham aytiladi. Faraz qilaylik, sprinterlar - yuguruvchilar
va suvda suzuvchilaming maxsus kuch tayyorgarlik darajasini
aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan:
1) qo‘l panjalari dinamometriyasi;
2) poshnaning egilish kuchi;
3)
yelkaning yoyilish kuchi;
4) bo‘yinning yoyilish kuchi mashqlaridan foydalanishmoqchi.
Ushbu testlar asosida trenirovkajarayonini boshqarish, xususan
harakatlanish apparatining zaif zvenolarini topish va ulami
maqsadli mustahkamlash nazarda tutilmoqda. Buning uchun
yaxshi testlar tanlandi - mi? Maxsus tajribalar o‘tkazmasdan turib
ham yuqorida zikr etilgan ikkinchi test sprinter-yugumvchilarda,
uchinchitest-suzuvchilarda informativligi kattabo'lishi, birinchi
va to‘rtinchi testlar esa - suzuvchilarda ham, yuguruvchilarda
ham, hech qanday qiziqarli natija ko‘rsatmasligi (boshqa sport
turlari,
masalan kurashchilar, vakillari uchun juda ham foydali
boMishi mumkinligiga qaramay) ehtimolini fahmlab olish
mumkin. Turli holatlarda aynan bir test turli informativlikka ega
bo‘lishi mumkin.
48
Testning informativligi masalasi ikkita xususiy masalaga
bo‘linadi:
1) mazkur testda nima o‘lchanadi?
2) qanchalik aniq o‘lchaydi?
Masalan, maksimal kislorod iste’moli singari ko‘rsatkich
bo‘yicha yuguruvchi - stayerlaming tayyorgarlik darajasi
to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin-mi, va agar mumkin bo‘lsa,
u holda qanday aniqlik darajasi bilan buni amalga oshirish
mumkin?
Boshqacha aytganda, stayerlarda maksimal kislorod
iste’molining informativligi qanday?
Bu testdan nazorat
jarayonida foydalanish mumkin-mi?
Testning informativligini mantiqan va empirik aniqlash
mumkin. Mantiqiy usulning m a’nosi - mezon va test tavsiflarini
mantiqiy (sifatli) taqqoslashdan, empirik
usul - test mezoni va
natijasini korrelatsion tahlil qilishni o‘tkazishdan iborat.
Agar testdan sportchining sinov o‘tkazilayotgan paytdagi
holatini aniqlash uchun foydalanilsa, u holda testning tashxisli
(diagnostik) informativligi to‘g ‘risida so‘z yuritiladi. Agar, test
o‘tkazish natijalari asosida sportchining kelajakdagi bo‘lg‘usi
ko‘rsatkichlari to‘g‘risida xulosa qilish niyatida bo‘lsa, u holda
testning bashoratli informativligi to‘g‘risida gapiriladi. Testning
tashxisli
informativligi yuqori, lekin bashoratli informativligi
past, va aksincha, bo‘lishi mumkin.
Mezon sifatida quyidagilar qo‘llanishi mumkin:
1. Musobaqa mashqidagi natija.
2. Musobaqa mashqining eng muhim elementlari.
3. Informativligi isbotlangan test natijalari.
4. Testlar batareyasini bajarish paytidagi tadqiqot ishtirokchisi
ochkolarining yig‘indisi.
Mezon sifatida sport malakasi qo'llanilgan paytda, turli
malakaga ega sportchilar ko‘rsatkichlarining o ‘rtacha arifmetik
qiymatlari taqqoslanadi (Styudentning
tsi mezoni qo‘llaniladi).
Agar, farqlar ishonchli b o isa, test
yuqori darajali informativ
hisoblanadi.
49
Informativlik darajasi miqdoriy - tajriba m a’lumotlari
asosida
(empirik informativlik) va sifat jihatdan - vaziyatni
mazmuniy tahlil qilish
asosida (mazmuniy yoki mantiqiy
informativlik) xarakterlanishi mumkin.
Testning informativligi quyidagicha tasdiqlanadi: m a’lum
bir ko‘rsatkichning son qiymati aniqlanadi yoki informativlikka
(informativlik mezoni bo‘yicha) tekshirilgan boshqa test
tanlanadi; informativlik mezoni bilan ko‘zda tutilgan test
o'rtasida korrelatsiya
koeffitsiyenti hisoblanadi; agar, ushbu
koeffitsiyent yuqori bo‘lsa (odatda,
0 ,8
dan past bo‘lmagan), unda
tekshirilayotgan testni yuqori informativ deb hisoblash kerak.
3.5.2. E m pirik informativlik