tekshiradi: agar, autentlik isbotlansa, u holda ushbu vazifani test
deb aytish mumkin.
Bunda, dastlabki test, har qanday ilmiy maqsadlar uchun
ishlatilishi mumkin: jismoniy tayyorgarlik darajasini nazorat
qilish, sportchining imkoniyatlari istiqbolini belgilash, u yoki
bu sport faoliyati uchun tanlash paytida tadqiq qilinayotgan
sportchining xususiyatlarini aniqlash va hokazo.
Qayta testlash paytida natijalami variatsiya qilishni individning
ichidagi yoki guruh ichidagi, yoki sinf ichidagi variatsiya deb
aytiladi.
Ushbu variatsiyani quyidagi to'rtta asosiy sabablar vujudga
keltiradi:
1. Tadqiq qilinayotganlar holatining o‘zgarishi (toliqish, ishga
kirishish, o‘rganish, motivatsiyaning o ‘zgarishi, diqqat-e’tibomi
konsentratsiya qilish va hokazolar).
2. Tashqi sharoitlar va apparaturani nazorat qilib boTmaydigan
o'zgarishlari (harorat, shamol, namlik, elektr tarmog‘idagi
kuchlanishni tasodifan sakrashi, begona shaxslaming ishtiroki va
hokazolar), ya’ni «o‘lchashning tasodifiy xatoliklari» atamasiga
birlashtirilgan barcha narsalar.
3. Testni o‘tkazayotgan yoki baholayotgan odamning holatini
o‘zgarishi (va albatta, bir tadqiqotchini yoki hakamni boshqasi
bilan almashtirilishi).
4. Testning mukammal emasligi (oldindan ishonchli bo‘lmagan
testlar ham mavjud) yoki ayrim yaroqsiz testlami noto‘g‘ri
tanlanishi (Masalan: agar, basketbolchiningjarimato‘pini savatga
aniq tushirishi o‘rganilayotgan bo‘Isa, yuqori mahoratga ega
basketbolchi ham, endi boshlayotgan sportchi ham to‘pni birinchi
tashlayotganida tasodifiy xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin).