• 4.1.4. Mezon muammosi
  • Baholashning asosiy vazifalari




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/110
    Sana03.12.2023
    Hajmi4,09 Mb.
    #110476
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110
    Bog'liq
    Sport metrologiyasi Musayev B. B.

    4.1.3. Baholashning asosiy vazifalari
    Quyidagilar baholashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    1. Bitta topshiriqning (test, sport turi, mashq va ko‘pkurash 
    turi) o‘zida turli yutuqlami solishtirish. Masalan, sport ustasi 
    va birinchi razryad m e’yori (normasi) ga teng bo‘lgan sport 
    natijalarini solishtirish. Bitta sportustasiga(jamoagakeltiriladigan 
    ochkolar nuqtayi nazaridan) nechta birinchi razryadli sportchilar 
    mos keladi ?
    2. Turli topshiriqlarda erishilgan yutuqlami solishtirish. Bu 
    yerda turli sport turlarida yoki musobaqaning turli yo‘nalishlarida 
    bir xil murakkablikdagi muvafifaqiyatlami tenglashtirish uchun 
    baholash tenglamasi muhim (bosh) hisoblanadi. Bunday teng 
    murakkablikdagi yutuqlar ekvivalent yutuqlar deb aytiladi.
    66


    3. 
    Me’yor (norma) lami aniqlash. Ayrim hollarda (maktabdagi 
    baholar, «Alpomish» va «Barchinoy» majmua natijalarini 
    baholash va boshqalarda) m e’yorlar shkalaning gradatsiyasi bilan 
    mos tushadi.
    Ushbu masalalami hal etilishi baholash tizimini to ‘liq 
    aniqlaydi.
    4.1.4. Mezon muammosi
    Baholash asosida quyidagi ikki guruh mezonlar yotadi:
    1. Adolatli bo‘lish, ya’ni:
    a) o‘zaro teng murakkablikdagi (ekvivalent) yutuqlami teng 
    ochkolar bilan baholash;
    b) o‘zaro teng bo‘lmagan murakkablikdagi yutuqlami turlicha
    - murakkabligi (qiyinchiligi) qancha yuqori bo‘Isa, shunchalik 
    yuqori ochkolar bilan baholash.
    2. Amaliy jihatdan foydali natijalarga (amaliy samara) olib 
    kelish.
    Ushbu mezonlar har doim ham o ‘zaro mos kelavermaydi. 
    Masalan, progressiyalanuvchi shkala, umumiy holda, adolatlikdek 
    tuyuladi: jahon rekordini ozgina yaxshilash ham uchinchi razryad 
    darajasida natijalami xuddi shunday yoki biroz ahamiyatliroq 
    o‘sishiga erishishga nisbatan juda qiyindir. Ushbu teng boim agan 
    qiyinchilikni shkala inobatga oladi: bir xildagi o‘sish uchun 
    sport natijasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘proq ochko 
    beriladi. Bu amaliyotda ko‘pkurashchi - sportchilarni, eng av- 
    valo, eng katta miqdordagi ochkolar olishi mumkin bo‘lgan 
    o ‘zlarining sevimli turlarida zo‘r berib shug‘ullanishlariga 
    olib keladi. Jamoaviy kurash sharoitlarida progressiyalanuvchi 
    shkala yuksak sport natijalari qadr-qimmatini oshiradi, biroq 
    ommaviylikni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi (tormozlaydi): bitta 
    sport ustasi jamoaga bir nechta razryadlilarga nisbatan ko‘proq 
    ochko olib kelishi mumkin.
    Regressiyalanuvchi shkalalarni adolatli deb hisoblash juda 
    qiyin, biroq ular foydali. Ko‘pkurashlarda ular ortda qolayotgan
    67


    sport turlariga e’tibomi, jamoaviy musobaqalarda esa -
    ommaviylikni (mahoratning o‘sishiga to‘sqinlik qilgan holda) 
    rag‘batlantiradi.
    Baholashning qaysi tizimi yaxshiligi to‘g‘risidagi savol, agar 
    ushbu tizim kiritilishidan ko‘zlangan maqsad aniqlanmagan 
    bo‘lsa, ma’noga ega emas. Masalan, agar (aytaylik, umumiy 
    jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha musobaqalarda) tayyorgarlikning 
    zaif zvenolarini bartaraf etish maqsadi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda 
    adolatsizligiga qaramay regressiyalanuvchi shkala eng maqbul 
    hisoblanadi.
    Barcha hollarda, qayerda bu narsani amalga oshirish imkoni 
    bo‘lsa, ikkala guruh (adolatlilik va foydali samara) mezonlarini 
    birlashtirish maqsadga muvofiq.
    Turli topshiriqlardagi yutuqlami (masalan, 100 metr masofaga
    1 1 ,0
    soniyada yugurish qiyinroq-mi yoki 
    2
    metr balandlikka 
    sakrash-mi?) o‘zaro solishtirib bo‘lmasligi yuqorida aytib o'tildi. 
    Bunday hollarda bilvosita yondashuvlardan foydalaniladi. Bir xil 
    yosh va jinsdagi bir xil sonli odamlar bajara oladigan yutuqlami 
    ekvivalent yutuqlar deb hisoblaydigan shkalalar eng keng 
    tarqalgan. Ushbu mezonga ko‘ra, barcha mavjudjahonrekordlari 
    ekvivalent va bir xil miqdordagi ochkolar bilan baholanishi 
    kerak; shuningdek, eng kuchli sportchilar ro‘yxatlaridagi yuzdan 
    bir ulush natijalar ham ekvivalentdir; 
    1 2
    yoshli qiz bolalaming 
    50 % uchun bemalol bajariladigan natijalar ekvivalentlidir va 
    hokazo. Keying! bobda ushbu mezonga asoslangan shkalalar 
    bayon etilgan.

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish