• Statistik baholash
  • IV bob. BAHOLASH NAZARIYASI ASOSLARI 4.1.1. Asosiy tushunchalar




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/110
    Sana03.12.2023
    Hajmi4,09 Mb.
    #110476
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
    Bog'liq
    Sport metrologiyasi Musayev B. B.

    61


    IV bob. BAHOLASH NAZARIYASI ASOSLARI
    4.1.1. Asosiy tushunchalar
    Sportchilar ko‘rsatgan natijalar (shu jumladan, test natijalari 
    ham):
    - birinchidan, turli xildagi o ‘lchov birliklarida (vaqt 
    soniyalarda, soatlarda, daqiqalarda va hatto-ki soniyaning 
    ulushlarida; masofa metr, santimetr yoki kilometrlarda va hokazo) 
    ifodalanadi va shuning uchun ham ulami bir-birlari bilan bevosita 
    taqqoslab bo‘lmaydi;
    - ikkinchidan, bu natijalar o‘z-o‘zlaricha sportchining holati 
    qay darajada ekanligini ko‘rsatib bera olmaydi (aytaylik, 
    1 0 0
    metr 
    masofaga yugurishdagi 
    1 2 ,0
    soniyaga teng bo‘lgan natija kim 
    (qanday toifali sportchi) to‘g ‘risida xulosa chiqarilayotganligiga 
    qarab juda yaxshi deb ham, juda yomon deb ham baholanishi 
    mumkin).
    Shuning uchun olingan natijalar baholarga (ochko, ball, 
    «baho», razryadlarga va shu singari) aylantiriladi.
    Baho (yokipedagogik baho) deb biron-bir topshiriqni, xususiy 
    holda testni, bajarishdagi muvafifaqiyatning unifikatsiyalangan 
    m e’yoriga aytiladi (ilmiy adabiyotlarda pedagogik baholashdan 
    tashqari statistik baholash tushunchasi ham keng qo‘llanadi). 
    Statistik baholash deganda tajriba davomida qayd etilgan biron - 
    bir kattalikning (bosh to‘plam parametrining) qiymatini baholash 
    tushuniladi.
    Bahoni chiqarish (hisoblash, aniqlash) jarayoni baholash 
    deb aytiladi. Mamlakat miqyosidagi klassifikatsiya, sport turlari 
    bo‘yicha ochkolar jadvali, test natijalarining baholari, jismoniy 
    madaniyat va jismoniy tarbiya bo‘yicha maktabdagi va oliy o ‘quv 
    yurtidagi baholar hamda musobaqalar to‘g‘risidagi nizom (qoida)
    62


    lar va olimpiada o‘yinlaridagi norasmiy ochkolar hisoblashning 
    odatga kirib qolgan amaliyoti - bulaming hammasi baholashga 
    misollar bo'la oladi.
    Baho turli usullar bilan, masalan, sifat xarakteristikali sport 
    o‘yinlarida («yaxshi - qoniqarli - yomon» yoki «o‘tdi - o‘tmadi») 
    singari, 
    maktabdagidek 
    («bir»dan 
    «besh»gacha 
    bahoda), 
    lo'plangan ochkolarda (ko‘pkurashda), razryad normalari 
    (me’yorlari) ni bajarilishi faktida ifodalanishi mumkin. Hamma 
    hollarda u umumiy alomatlarga ega.
    Umumiy holda, ta'lim jarayoni davomida o‘qituvchi 
    o'quvchilarga qo‘yadigan o‘quv baholari va baholaming qolgan 
    barcha turlari (xususan, rasmiy musobaqalar natijalari, test 
    natijalari va boshqalar) tushuniladigan kvalifikatsion baholar 
    o'zaro farq qilinadi.
    0
    ‘quv va kvalifikatsion baholar o‘rtasida katta farq yo‘q, 
    fiiqat, odatda, kvalifikatsion baholash muolajasi ancha murakkab 
    jarayon.
    To'liq, kengaytirilgan ko'rinishda kvalifikatsion baholash 
    t|iiyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 
    ko'rsatilgan sport natijalari baholash shkalalari deb ataladigan 
    shkalalar asosida ochkolarga (oraliq baho) aylantiriladi, ikkinchi 
    bosqichda esa, to‘plangan ochkolar oldindan belgilangan 
    me’yorlar bilan tenglashtirilgandan keyin yakuniy baho 
    aniqlanadi.
    Masalan, ko‘pkurashda avval alohida turlardagi natijalar 
    ochkolarga aylantiriladi, keyin esa ular sport kvalifikatsiyasi 
    me’yorlari bilan tenglashtirilgandan keyin yakuniy baho 
    chiqariladi - sport raziyadiga tavsiya etiladi. Baholashda amallar 
    kctma - ketligi quyida tavsiflangan sxemadan ko‘rinib turibdi 
    (4.1-rasm). Unga, shuningdek, test o‘tkazish va test natijalarini 
    o'lchash bosqichlari ham kiritilgan.
    1
    Iamma hollarda ham baholash bunday sxema bo‘yicha sodir 
    bo'lavermaydi.
    63


    Ba’zi hollarda oraliq va yakuniy baholashlar qo‘shilib ketadi.

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV bob. BAHOLASH NAZARIYASI ASOSLARI 4.1.1. Asosiy tushunchalar

    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish