• 4.2.1. Standart shkalalar
  • Tarbiyainstituti b. B. Musayev




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/110
    Sana03.12.2023
    Hajmi4,09 Mb.
    #110476
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
    Bog'liq
    Sport metrologiyasi Musayev B. B.

    4.2. Baholash shkalalari
    Baholash, aniq matematik qoidalar asosida amalga oshiriladi 
    va sport natijasining son birligi necha ochko (ball va boshqalar) 
    ga tengligini aniqlovchi baholar shkalasida tasvirlanadi. Absolut 
    kattaliklarni nisbiy kattalikka o‘tkazish jarayonini baholash, 
    olingan nisbiy sonlarni baholash deyiladi. 
    Shunday qilib,
    68


    baholash jarayoni absolut ko‘rsatkichlami baholash shkalasi 
    yordamida nisbiy ko‘rsatkichlarga o‘tkazishni ifodalaydi.
    4.2.1. Standart shkalalar
    Ushbu shkalalami bunday atalishiga sabab shunda-ki, ularda 
    masshtab sifatida standart (o‘rtacha kvadratik) og‘ishlar xizmat 
    qiladi.
    Z - shkala 
    eng oddiy standart shkala hisoblanadi. Ushbu 
    shkalada turli natijalarga beriladigan ochkolar normallashtirilgan 
    og‘ish qiymatiga teng deb olinadi (eslatib o ‘tamiz: o‘rtacha 
    arifmetik qiymatdan chetlashgan va standart og‘ish birliklarida 
    ifodalangan og‘ishga normallashtirilgan og‘ish deb aytiladi). 
    Undagi o‘rtacha arifmetik qiymat nol ochko deb baholanadi
    o‘rtacha arifmetik qiymatdan past natijalar manfiy qiymatli 
    ochkolar bilan, undan yuqorilari esa musbat qiymatli ochkolar 
    bilan baholanadi, baholash natijalarining aksariyat ko‘pchiligi -
    3,0 dan + 3,0 gacha oraliqda joylashadi.
    Manfiy qiymatlar mavjudligi uchun ham bu shkala noqulay va 
    undan amaliyotda kam foydalaniladi. Baholash shkalasini tanlash, 
    natijalar o ‘sishini qaysi zonada rag‘batlantirish lozimligiga 
    bog‘liq.
    Standart shkalalar orasida eng keng ommalashgani 
    T - 
    shkala. Bu yerda o‘rtacha arifmetik qiymat 50 ga, standart esa 
    10
    ga tenglashtiriladi, ya’ni baho quyidagi formula bo‘yicha 
    hisoblanadi:
    T = 50 + 10-^— ^ = 50 + 10 Z 
    (41)

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish