• Test ishonchliligi
  • Yuqori (tepadagi) va past (tagidagi) darajadagi
  •  Testlaming ishonchliligi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/110
    Sana03.12.2023
    Hajmi4,09 Mb.
    #110476
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110
    Bog'liq
    Sport metrologiyasi Musayev B. B.

    3.4. Testlaming ishonchliligi
    3.4.1. Test ishonchliligi tushunchasi
    Aynan o‘sha sinovdan o‘tuvchilarda qo‘llangan bir xil testlarni, 
    bir xil sharoitlarda qayta qo‘llanishi deyarli bir xil natijalarga 
    olib kelishi kerak (agar, sinovdan o‘tuvchilaming o‘zlari 
    almashtirilmagan yoki o ‘zgarmagan bo‘lsalar, albatta). Biroq, 
    eng aniq standartlashtirish amalga oshirilgan va eng “baquvvat” -
    aniqlik darajasi eng yuqori bo‘lgan apparatlami qo‘llangan holda 
    ham test natijalari variatsiya (natijalar oldingisidan bir muncha 
    farq) qiladi.
    Test ishonchliligi deb bir xil sharoitlarda aynan o‘sha 
    sinovdan o ‘tuvchilar (yoki boshqa obyektlar) qayta topshirgan 
    test natijalarining o‘zaro mos tushish darajasiga aytiladi. 
    Ishonchlilikni aniqlashning eng oddiy usuli - birinchi va ikkin- 
    chi testlash natijalarining juft korrelatsiya koeffitsiyentini 
    hisoblashdan iborat. Testning ishonchliligi r >0,70 boMganda 
    ma’qul hisoblanadi.
    Shu narsa o‘z-o‘zidan ayon-ki, qayta o‘lchashlaming 
    natijalarini o‘zaro to‘liq takrorlanishini iloji yo‘q.
    Qayta o ‘ lchashlardagi natijalaming variatsiyasini individlararo, 
    guruhlararo yoki sinflararo variatsiya deb aytiladi. 0 ‘tkazilgan 
    test natijalarining sportchi tayyorgarlik holatining haqiqiy 
    bahosini buzib ko‘rsatadigan, ya’ni ushbu baho darajasiga ma’lum 
    noaniqlik va xatoliklar olib keladigan bunday variatsiyasining 
    asosiy sabablari quyidagilar hisoblanadi:
    33


    1) test o‘tkazish jarayonida sinovdan o ‘tuvchilaming tay- 
    yorgarlik holatidagi tasodifiy o‘zgarishlar (psixologik stress, 
    ko‘nikish, charchash, test bajarishning maqsad va vazifalaridagi 
    o ‘zgarishlar, diqqat va e’tibor konsentratsiyasining o‘zgarishi 
    hamda test o ‘tkazish jarayonidagi o‘lchashning boshqa 
    o‘zgarishlari) ;
    2) nazorat qilib bo‘lmaydigan tashqi sharoitlaming (harorat, 
    namlik, quyosh radiatsiyasi, jarayonga aloqasiz tashqi shaxs- 
    laming ishtiroki va shu kabilaming) o‘zgarishi;
    3) test o‘tkazishda foydalaniladigan texnikaviy o‘lchash 
    vosita 
    (TO‘V)larining 
    metrologik 
    xarakteristikalarining 
    noturg‘unligi. Bunday noturg‘unlik TO‘Vda qo‘llanadigan 
    vositalaming kamchiliklari bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi bir 
    nechta sabablar tufayli vujudga kelishi mumkin: tarmoqdagi 
    kuchlanishning o ‘zgarishi (keskin sakrashi) sababli o‘lchash 
    natijalarining xatoligi, elektron o‘lchash qurilmalari va dat- 
    chiklar xarakteristikalarini harorat, namlik o ‘zgarishi sababli 
    noturg‘unligi, elektromagnit shovqinlaming mavjudligi va 
    boshqalar. Ushbu sababga ko‘ra o‘lchash xatoliklarining qiymati 
    ancha sezilarli bo‘lishini ta’kidlash zarur;
    4) test natijalarini baholashning yoki testni o‘tkazish jarayoni 
    ishtirokchilari (operator, murabbiy, pedagog, hakamlar)ning 
    holatini o ‘zgarishi va (yoki) bir hakam yoki sinov o ‘tkazuvchini 
    boshqasi bilan almashtirilishi;
    5) tayyorgarlikning aniq bir sifatini yoki aniq bir ko‘rsatkichni 
    baholash testini yetarlicha takomillashmaganligi.
    Testlaming ishonchliligi to‘g‘risida xulosalar chiqarish uchun 
    foydalaniladigan usullar g‘oyasini tushunib olish uchun quyidagi 
    soddalashtirilgan misolni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, ikki 
    sportchini joyidan turib uzunlikka sakrash bo‘yicha ikkitadan 
    urinishlarining natijalarini solishtirish kerak bo‘lsin. Xulosalar 
    aniq bo ‘ lishi kerak, shuning uchun faqatgina eng yaxshi natijalarni 
    qayd etish bilan cheklanish mumkin emas. Sportchilaming har 
    biri ko‘rsatgan natijalar o ‘rtacha arifinetik qiymatlardan ± 10 sm 
    gacha oraliqlarda variatsiya qilsin va mos ravishda, 220 ± 1 0
    34


    sm ga (ya’ni, 210 sm va 230 sm) va 320 ± 10 sm.ga (310 sm va 
    330 sm) teng bo'lsin. Bunday holda xulosa aniq va bir qiymatli: 
    ikkinchi sportchi birinchisidan ustun degan xulosa bo‘ladi, albatta. 
    Ulaming ko‘rsatgan natijalari orasidagi farq (ya’ni, 320sm -220 
    sm = 100 sm) tasodifiy tebranishlar (± 10 sm)dan juda katta.
    Agar, xuddi shunday ( ±10 sm) guruh ichki variatsiya mavjud 
    boMgan holda sinovdan o ‘tuvchilar o ‘rtasidagi farq (guruharo 
    variatsiya) kichik bo‘lsa, xulosa (chiqarish ancha qiyin yoki) 
    juda ham noaniq bo‘lgan bo‘lar edi. Aytaylik, o'rtacha arifmetik 
    qiymat 220 sm (birinchi urinishda 210 sm va keyingisida 230 sm) 
    va 222 sm (mos ravishda, 212 sm va 232 sm)ga teng bo‘lsin. Bu 
    holda shunday bo‘lishi mumkin-ki, masalan, birinchi sportchi 
    birinchi urinishda 230 sm ga, ikkinchi sportchi esa 212 sm ga 
    sakrashi va birinchi sportchi ikkinchisiga qaraganda ancha kuchli 
    degan taassurot hosil boMishi mumkin. Misoldan ko‘rinib turibdi- 
    ki, sinf ichki n‘/.garuvchanlikning o‘zi emas, balki uning sinf 
    ichki larqlar bilan nisbati asosiy ahamiyat kasb etadi. Aynan 
    bir sinlichki variatsiyaning o‘zi sinflar o‘rtasidagi (ushbu holda 
    sinovdan o ‘tuvchilar o‘rtasidagi) farqlar turlicha boMganda turli 
    ishonchlilik darajasini beradi (3.1 - rasm).
    3.1-rasm. Yuqori (tepadagi) va past (tagidagi) darajadagi 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish