(masalan, 5 daqiqa davomida 5 m/s tezlik bilan tredbanda
yugurish yoki 1 daqiqa davomida yoki 10 marta baland to'sinda
tortilish va hokazolar). Ushbu testlaming o‘ziga xosligi sportchi
tomonidan eng yuqori - chegaraviy yuklama bajarilishi shart
emasligidan iborat va shundan kelib chiqqan holda, maksimal
imkoniyatdagi natijaga erishish uchun motivatsiya bo‘lmaydi.
Bunday testning natijasi yuklama vazifasining usuliga bog‘liq:
agar, yuklamaning kattaligi berilgan bo‘lsa, unda testda tibbiy-
biologik ko‘rsatkichlar o'lchanadi. Agar, testning yuklamasi
tibbiy-biologik ko‘rsatkichlar kattaligining siljishi bo‘yicha
berilsa, unda yuklamaning jismoniy kattaliklari (vaqt, masofa va
h.k.) o‘lchanadi.
Standart testlar - bu shunday testlar - ki, unda barcha tadqiqot
ishtirokchilari bir xil topshiriqlami bajaradilar, bunda yuklama
chegaraviy emas va shu tufayli, maksimal natijaga erishish uchun
motivatsiya yo‘q.
Uchinchi guruh - bu, bajarilishi paytida maksimal imkoni
yatdagi harakat natijasini ko‘rsatish lozim boigan testlar bo‘lib,
unda turli funksional tizimlaming qiymatlari (YuQCh, MKI
va hokazolar) o‘lchanadi. Bunday testlaming o‘ziga xosligi -
sportchining chegaraviy natijalarga erishishga bo‘lgan yuqori
ruhiy safarbarligi (motivatsiyasi)dir.
Shundan kelib chiqqan holda, ulami bajarish paytida qayd
qilinadigan ko‘rsatkichlarning barchasi, eng kami bilan ikkita
omilga:
1)o‘lchanayotgan sifatning (masalan, tezkorlikni, chidam-
korlikni, kuchlilikni yoki taktikani, texnikani va hokazolami)
rivojlanish darajasiga;
2) motivatsiyaga bog'liq bo‘ladi.
Demak, maksimal yuklamali testlar hamda ulaming natijalari
sportchining tayyorgarlik darajasi va motivatsiyaga bog'liq.
Asosida harakatlanish topshiriqlari yotgan testlar harakatli yoki