|
"Tasdiq layman " maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar
|
bet | 23/38 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 29,06 Mb. | | #104674 |
Bog'liq GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQa) ta’limiy: O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
b) Tarbiyaviy O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi: Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni
O’rta Osiyo Yevrosiyo materigining o’rtasida joylashgan. Olkaning eng shimoliy nuqtasi 53,8° shimoliy kenglikda, Ayirtov yaqinida, eng janubiy nuqtasi Hindukush tog’larining g’arbiy tarrnog’i bo’Igan Safedkoh tog tizmasi bilan Nishopur tog’lari tutashgan joyda — Xarirud vodiysida (34° shimoliy kenglik), g’arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining Mang’ishloq yarimorolidagi Tubqarag’ay burnida (50,3° sharqiy uzunhik) va sharqiy nuqtasi Savir tog’Iarining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85,6° sharqiy uzunBk) joylashgan. Shimoldan janubga 2200 km va g’arbdan sharqqa 2750 km ga yaqin masofaga cho’zilgan.
O’rta Osiyo o’lkasining geografik kengligi Janubiy Yevropa olkasi. Afrikadagi Atlas tog’lari geografik kengligiga to’g’ri keladi. U yerlardagi mamla katlar iliq moladil va subtropik tabiatli mamlakatlardir. O’rta Osiyo yirik materikning o’rtasida, dengiz va okeanlardan uzoqda joylashganligidan juda qurg’oqchil o’lkadir. Buning ustiga eng yaqin okean — Hind okeanidan baland tog’Iar bilan to’silgan.
O’Jkaning chegarasi juda murakkab. Janub va sharq tomonlarida chegara tog’Iarning suvayirg’ichidan o’tkaziladi. Chunki bu tog’lar iqlimiy va gidrografik chegaralar bo’lib hisoblanadi. Lekin shimoli-g’arbiy, shimoliy va shimoli-sharqiy chegaralarni aniqiash ancha murakkab. Bu yerda iqlimiy chegaralar yo’q desa ham bo’ladi. Shuning uchun bu yerda tektonik chegaralarni asos qilib olish mumkin. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda, O’rta Osiyo o’lkasi chegaralarini quyidagicha belgilash mumkin. G’arb tomonda Kaspiy dengizi qirgoqiari chegara bo’ladi. Shimoli-g’arbiy chegara Emba daryosining quyar joyidan janubroqdan boshlanib, Ustyurt platosi shirnoliy chinklari bo’ylab o’tadi va Mug’ojar tog’larining janubiy etakiarigacha boradi.
|
| |