• Mavzu: Nega oyda hayot yoq
  • NIMA UCHUN KOINOTDAGI GRAVITATSIYA YERDAGIDAN FARQ QILADI?




    Download 29,06 Mb.
    bet31/38
    Sana24.11.2023
    Hajmi29,06 Mb.
    #104674
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
    Bog'liq
    GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

    NIMA UCHUN KOINOTDAGI GRAVITATSIYA YERDAGIDAN FARQ QILADI?
    Koinotda har bir jism boshqasiga ta'sir etadi, ular o`zaro«tortishadi. Bu tortish kuchi yoki gravitatsiya deb ataladi. Tortish kuchi ikki omilga bog’liq.
    Birinchidan, u ob'yekt, jism yoki narsa tarkibida qancha modda borligiga bog’liq. Jism moddasining massasi qancha katta bo`lsa, gravitatsiya shuncha kuchli bo`ladi. Agar jismning massasi kichik bo`lsa, uning tortish kuchi ham kam bo`ladi. Masalan, Yerning massasi Oynikidan ko`p marta katta, shuning uchun Oyga nisbatan ko`proq og’irlik kuchiga ega.
    Ikkinchidan, og’irlik kuchi jismlar o`rtasidagi masofaga bog’liq. Jismlar bir-biriga qancha yaqin joylashgan bo`lsa, ular o`rtasidagi tortish kuchi shuncha katta bo`ladi. Ular o`zaro uzoq joylashgan bo`lsa, gravitatsiya ham kam bo`ladi.

    Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.


    10- -Mashg’ulot Sana ____________


    Mavzu: Nega oyda hayot yo'q?

    Mashg’ulot maqsadi:
    Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
    Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:
    Inson Oy yuzasini sinchiklab tadqiq qilgach, u haqda ko’pgina qiziq narsalarni bilib oldi. Ammo Oyda hayot yo’qligini u yerga qadami yotmasdan oldin ham bilar edi.
    Inson Oy yuzasini sinchiklab tadqiq qilgach, u haqda ko’pgina qiziq narsalarni bilib oldi. Ammo Oyda hayot yo’qligini u yerga qadami yotmasdan oldin ham bilar edi.
    Oyda atmosfera yo’q. Munajjimlar buni Oyda Quyoshning botish payti yoki kechqurungi va tongi g’ira-shira payt bo’lmasligiga qarab aniqlashgan. Yerga tun asta-sekin cho’ka boradi, chunki havo Quyosh botgandan keyin ham uning nurlarini aks ettirib turadi. Oyda esa butunlay boshqa manzarani ko’rish mumkin: bir pasda qorong’ilik tushadi.
    Atmosfera yo’qligi sababli Oyga Quyoshning barcha nurlari to’g’ridan-to’g’ri tushaveradi. Quyosh Uzidan issiqlik, yorug’lik va radioto’lqinlar chiqaradi. Yerdagi hayot shu issiqlik va yorug’likka bog’liqdir.
    Quyosh o’zidan yana zararli radiatsiya ham tarqatadi. Yer atmosferasi bizni ulardan himoya qiladi. Oyda esa bunday zararli radiatsiyani yutadigan atmosfera yo’q. Quyoshdan chiqayotgan barcha foydali va zararli nurlar hech bir to’siqsiz Oy yuzasiga yetib kelaveradi. Atmosfera yo’qligi sababli Oy yuzasi yo haddan ziyod issiq, yoki nihoyatda sovuq bo’ladi. Aylanayotgan Oying Quyoshga qaragan tomoni juda qizib ketadi va temperatura Selsiy shkalasi bo’yicha 150 darajaga yetadi. Bu shaqirlab qaynayotgan suvning temperaturasidir. Jazirama Oy kuni ikki hafta davom etadi.
    So’ngra ikki hafta davom etadigan tunga navbat keladi. Tunda temperatura — 125 darajaga tushib ketadi. Bu Yerning Shimoliy qutbidagi temperaturadan ikki barobar sovuqdir.
    Bunday sharoitda Yerdagi hayot shakllaridan birortasi ham mavjud bo’lishi mumkin emas.

    Download 29,06 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




    Download 29,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    NIMA UCHUN KOINOTDAGI GRAVITATSIYA YERDAGIDAN FARQ QILADI?

    Download 29,06 Mb.