|
"Tasdiq layman " maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar
|
bet | 34/38 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 29,06 Mb. | | #104674 |
Bog'liq GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ Geografik atamalar vulqon, meandra, geyzer, karst, artezian va boshqalar.
Geologik davrlar kembriy — Buyuk Britaniyadagi Uelsning qadimgi nomi; ordovik va silur — Angliya janubidagi qabililar nomi; devon — Angliyadagi grailik; perm — Uralning janubidagi shahar; yura — Fransiyadagi Yura tog'lari nomidan olingan.
Burmalanishlar kaledon — Shotlandiyaning qadimgi nomi; baykal - Baykal ko'li nomidan; gertsin — Markaziy Yevropadagi tog'; alp —Yevropadagi tog' nomlaridan paydo bo'lgan.Shamollarning nomlari - Afg'on shamoli, Bekobod shamoli, Qo'qon shamoli, Xo'jand shamoli, Novorossiysk borasi va hokazo.
O'simliklarning nomlari: apelsin — gollandcha "xitoy olmasi" demakdir ("sin" — "Chin", "Xitoy" degani); kashtan — Kichik Osiyodagi Kastan shahri nomidan; kofe — Afrikadagi Kaffa o'lkasi nomidan; bulg'ari qalampiri — Bolgariya nomidan; finikiya palmasi — tarixiy Finikiya davlati nomidan; makkajo'xori — Muqaddas Makka shahri nomidan; qo'qon jo'xori, jilon jiyda — Erondagi G'ilon (Jilon) viloyati nomidan; shotut —Shorn (Suriya) nomidan olingan. Kishmish — Erondagi Keshm oroli nomi bilan bog'liq.
Hayvonlar nomlari: hisor qo'yi, qorako'l qo'yi, angori echki, sardinka—baliq, Sardiniya oroli nomidan olingan.
Turli ichimliklar nomlari: kagor (qizil vino) — Fransiyadagi Kagor shahri nomidan; portveyn (vino) — Portugaliyadagi Oporto shahri nomidan; shampan (vino) — Fransiyadagi Shampan provinsiyasi nomidan; konyak — Fransiyadagi shu nomli shahar nomidan olingan.
Minerallarning aksariyati joy nomlari bilan bog'liq holda nomlangan: alebastr — Misrdagi shahar nomidan, baykalit — Baykal ko'li nomidan, belomorit — Oq dengiz sohilidan topilgani uchun shunday atalgan, boksit — Fransiya janubidagi Boks degan joy nomidan, vezuvian—Italiyadagi Vezuviy tog'i nomidan, kurskit — Kursk shahri nomidan, rumenit — Ruminiya hududidan topilgan qahraboning bir turi, sibirit —Sibir nomidan, surik-mineral bo'yoq, Suriya nomidan, uralit — Ural tog'laridan topilgan mineral nomi, xibinit — Xibin tog'lari nomidan olingan.
|
| |