NEGA OLIMLAR MARS(MIRRIX)DA HAYOT BO’LISHI MUMKIN, DEB TAXMIN QILISHADI?




Download 29,06 Mb.
bet33/38
Sana24.11.2023
Hajmi29,06 Mb.
#104674
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

NEGA OLIMLAR MARS(MIRRIX)DA HAYOT BO’LISHI MUMKIN, DEB TAXMIN QILISHADI?
Olimlar Koinotdan hayot izlayotgani, turli tajribalar o’tkazayotgani sizga ma'lum.Tabiiyki, hayot izlaganda bepoyon kosmik fazodan ko’ra o’zimizning Quyosh sistemamizni tadqiqqilish osonroqdir.Olimlarning fikricha, qandaydir hayot shakli bo’lishi mumkin bo’lgan sayyora Mirrixdir.Nega ular aynan Mirrixni tanlab olishdi?Bu sayyora Yer bilan egizak, deb hisoblanadi.Mirrix bilan Quyosh o’rtasidagi masofa Yer bilan Quyosh o’rtasidagi masofaga yaqin turadi. Uning diametri Yernikidan ikki marta kichik, Mirrix ikki yilda bir marta Quyosh atrofini aylanib chiqadi. Ammo Mirrixdagi kun davomiyligi Yernikiga to’g’ri keladi.



Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish. Qoshimcha ma’lumot topib kelish.


12- -Mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: "Yerning tili" yoki geografik joy nomlari

Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Geografiya Yer yuzidagi millionlab geografik obyektlarning nomlari bilan ham ish ko'radi. Har bir geografik obyektning o'z nomi bor. H.Hasanov ta'biri bilan aytganda "... dengizlar va daryolar, tog'lar va cho'ggilar, mamlakatlar va shaharlar, soyliklar, quduglaru mayda-mayda orollar, qishloqlaru ko'cha va mahallalar nomlari — shularning hammasi "Yeming tili"dir". Geografiyani joy nomlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Geografik joy nomlari shu qadar ko'pki, dunyoda nechta nom bor degan savolga hech kim aniq javob bera olmaydi. H.Hasanovning yozishicha, maydoni O'zbekistonga teng keladigan Shvetsiyada 12 mln. joy nomlari mavjud ekan. Lekin O'zbekistonda hanuzgacha bunday ma'lumot yo'q. Toponimlar (urli katta-kichiklikdagi geografik obyektlarning nomlarini o'zida mujassamlashtiradi. Shunga ko'ra, u makrotoponimlarga va mikrotoponimlarga bo'linadi. Yirik geografik obyektlar — qit'alar, materiklar, mamlakatlar, o'lkalar, okeanlar, dengizlar, daryolar, tog'lar, shaharlar va boshqalaning nomlari makrotoponimlar deyiladi. Yevropa, Amerika, Osiyo, Afrika, Tinch okean, Hind okeani, Himolay, Pomir, Sirdaryo, Amudaryo, Amazonka, Shimoliy dengiz, Bering dengizi, Toshkent, Moskva, Vashington kabi nomlar makrotoponimlarga misol bo'la oladi. Yirik geografik obyektlarning nomlari kam o'zgarishlarga uchraydi, uzoq vaqt yashaydi.
Kichik geografik obyektlar — soy, jilg'a, buloq, quduq, tepalik, jar, qir, mahalla, guzar, ko'cha va boshqalaming nomlari mikrotoponimlar deyiladi. Mikrotoponimlar tez-tez o'zgarib turishi bilan xarakterlanadi.
Geografik joy nomlari o'ta nozik. Nomdagi bir harf yoki tovush o'zgarsa, boshqa nomni berishi mumkin. Shuning uchun Avstriya bilan Avstraliyani, Shvetsiya bilan Shveysariyani, Riga bilan Risani, Neva bilan Nivani, Amu bilan Amumi, Chud bilan Chadni, Eri bilan Eyrni bir-biriga almashtirib qo'ymaslik lozim.
Ikki davlat hududidan oqib o'tuvchi ayrim daryolar mahalliy til qoidalariga moslanib turlicha atafadi. Masalan, Ispaniyadan oqib o'tuvchi Taxo daryosi Portugaliya hududiga o'tgandan so'ng Teju deb yuriuladi, shuningdek, Polshadagi Odra Germaniyada Oder, Afg'onistondagi Herirud Turkmanistonda Tajan deb yuritiladi.
Geografik joy nomlariga shu qadar o'rganib qolganmizki, hatto ayrim atamalar aynan toponimlardan olinganligini eslab ham o'tirmaymiz.
An'anaviy o'tkazilib kelinadigan olimpiada so'zi Gretsiyadagi Olimp tog'i nomidan, alpinizm, alp burmalanish, alp o'tloqlari-Yevropadagi Alp tog'i nomidan, akademiya so'zi Gretsiyadagi changalzorlardan bin nomidan, vulqon (vulkan) atamasi Tirren dengizidagi Vulkano oroli nomidan, kofe - Afrikadagi Kaffa o'lkasi nomidan, geyzer atamasi Islandiyadagi Geyzer deb ataladigan issiq buloq nomidan, karst atamasi Bolgon yarim orolidagi Karst platosi nomidan, meandra Kichik Osiyo yarim orolidagi Mendere daryosi nomidan, delta atamasi Nil daryosi quyiladigan Delta degan joy nomidan olingan va hokazo.
Toponimlardan vujudga kelgan turli atamalar, so'zlar juda ko'p.

Download 29,06 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Download 29,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NEGA OLIMLAR MARS(MIRRIX)DA HAYOT BO’LISHI MUMKIN, DEB TAXMIN QILISHADI?

Download 29,06 Mb.