• Mavzu: DARYO
  • Mavzu: Dunyodagi eng iflos shaharlar
  • Ayrim gazlamalaming nomlari ham toponimlardagi olingan




    Download 29,06 Mb.
    bet35/38
    Sana24.11.2023
    Hajmi29,06 Mb.
    #104674
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
    Bog'liq
    GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

     Ayrim gazlamalaming nomlari ham toponimlardagi olingan: doka (ruscha "marli") so'zi Bangladeshning poytaxti Dakka shahri nomidan, krepdeshin — fransuzcha "xitoy matosi", Xitoy nomidan olingan, jersi—Fransiya shimolidagi orol nomidan olingan.
    Panama (bosh kiyim, shlyapa) nomi ham Markaziy Amerikadagi Panama davlati nomidan olingan. Olimpika (sport kiyimi) nomi esa Gretsiyadagi Olimp tog'i nomidan kelib chiqqan.
    Ko'pchilik buyuk allomalar, yozuvchi va shoirlaming taxalluslari ham ular tug'ilgan yoki yashagan joy nomidan olingan: Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Yassaviy, Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Hofiz Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Muhammad Narshaxiy va hokazo. Hatto Rudakiy tug'ilgan joy uning taxallusi yordamida topilgan va u hozirgi Tojikistondagi Rudak qishlog'ida tug'ilganligi aniqlangan.
    Joy nomlari juda qiziq: 1 -2-3 harfdan iborat juda qisqa nomlar ham, uzundan uzoq nomlar ham bor. YIL — Shvesiyadagi, E — Fransiya va Belgiyadagi aholi punktlari, U — Fransiyadagi daryo irmog'i, Ar — Uraldagi daryocha, Po — Italiyadagi daryo, Nil — dunyodagi eng uzun daryo, Chad—Afrikadagi, Chud — Rossiyadagi, Eyr — Avstraliyadagi, Eri — Shimoliy Amerikadagi ko'llar.
    Mashhur geograf-toponimist olim H. Hasanovning yozishicha: "...Geografik nomlarning "chempionlari" ham aniqlangan. Angliyadagi bir temir yo'l stansiyasining nomi 54 harfdan iborat. Yangi Zelandiyadagi bir shaharning nomi maori tilida 57 harf bilan yoziladi. O'zbekcha tarjimasi bunday: "Tamatea Pokan Uenda o'z ma'shuqasiga nay chalib bergan tepalik". Bu faqat "bronza" medaliga mansub. Lekin "kumush" medalga loyiq nom ham bor: bu Yangi Zelandiyadagi bir tepalikning nomi — u 85 harfdan iborat. "Oltin" medal Tailand poytaxti Bangkok shahriga berilsa bo'ladi: uning norasmiy nomi jami 159 harf bilan yoziladi".
    Xullas, joy nomlari ajoyib va g'aroyib. Hayotimizni ularsiz tasavvur etib bo'lmaydi.

    Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.


    13- -Mashg’ulot Sana ____________


    Mavzu: DARYO

    Mashg’ulot maqsadi:
    Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
    Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:
    Daryolar yer osti suvlari va yog‘inlardan ham to‘yinadi. Har bir daryo­ning boshlanish joyi (manbasi) hamda dengiz, ko‘l yoki boshqa daryoga quyilish joyi (mansabi) bo‘ladi.
    Deyarli har bir daryo tog‘dagi muzliklar­ning erishidan, buloq yoki botqoqliklardan boshlanadi. Kichik jilg‘alar qo‘shilib soyni hosil qiladi. Soylardan daryolar vujudga keladi. Daryolar yer osti suvlari va yog‘inlardan ham to‘yinadi. Har bir daryo­ning boshlanish joyi (manbasi) hamda dengiz, ko‘l yoki boshqa daryoga quyilish joyi (mansabi) bo‘ladi.
    Biroq buloqlardan boshlanmaydigan dar­yolar ham bor. Masalan, Biya daryosi Oltoydagi Telets ko‘lidan oqib chiqadi, u 400 metr kenglikdagi tosh tizmalaridan otilib tushadi. U boshlanish va quyilish joyida ham keng va ulug‘vordir.
    Shunday daryolar ham borki, ularning quyi­lish joyi yo‘q. Turkmanistondagi Murg‘ob va Tajan daryolari shular jumlasidan. Bu daryo­larning suvi dalalarni sug‘orishga sarflanadi, natijada ular biron havzaga quyilmaydi. Sharqiy Yevropadagi Volga (bu daryoni o‘rta asrlarda mahalliy elatlar Itil deb atashgan), Afrikadagi Nil, Amerikadagi Missisipi kabi yirik,­ sersuv daryolar dengizga ko‘p miqdorda loyqa, qum keltiradi. Ularning oqimi quyilish joyida va tekisliklarda sekinlashadi, bunday yerlarda loyqa va qum to‘planadi, natijada loyqa yoki qumloq orollar hosil bo‘ladi. Daryo oqimi ko‘plab tarmoqlarga ajraladi, natijada daryo deltasi vujudga keladi. Missisipi deltasida joylashgan Yangi Orlean shahri xuddi shunday oqiziq jinslar tufayli chuqurlikka tushib­ qolgan, undan yuqorida Missisipi daryo­sining o‘zani mavjud.
    Daryolar ikki qirg‘oq orasida, o‘zanlarda oqadi. Qor yoki muzliklarning jadal erishi natijasida suv sathi ko‘tarilib, toshqin ro‘y bergan kezlarda daryo qayiri va hatto sohilning talay qismini suv bosadi. Shunday yerlarda, odatda, yaxshigina yaylovlar vujudga keladi. Tekislikdagi daryolar sekin, ravon oqadi. Faqat keskin burilish yerlarida va sayoz joylardagina suv oqimi tezlashadi. Hatto shunday daryolar ham toshqin paytlarida ba’zan o‘zanini o‘zgartirib yu­boradi. Eski o‘zanlarni, ko‘p o‘tmay, qamish, nilufar kabi o‘simliklar qoplab, ko‘l va botqoqliklar vujudga keladi.

    Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.


    14- -Mashg’ulot Sana ____________


    Mavzu: Dunyodagi eng iflos shaharlar

    Mashg’ulot maqsadi:
    Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
    Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:
    Америкадаги Блэксмит (Blacksmith Institute)нотижорат илмий текшириш институти мутахассислари турли сабабларга кўра ифлосланиб, ахоли саломатлиги учун хавфли худудларга айланган дунё шахарлари рейтинини тузиб чикди. Биз улар орасида хаддан ортик даража даражада ифлосланган ўнта шахар хакида маълумот бермокчимиз.

    Download 29,06 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Download 29,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ayrim gazlamalaming nomlari ham toponimlardagi olingan

    Download 29,06 Mb.