• Mavzu: Yer nimadan tarkib topgan
  • Mavzu: Nega biz yerning aylanishini sezmaymiz
  • SHAMOLNING TEZLIGI QANDAY O’LCHANADI?




    Download 29,06 Mb.
    bet30/38
    Sana24.11.2023
    Hajmi29,06 Mb.
    #104674
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
    Bog'liq
    GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

    SHAMOLNING TEZLIGI QANDAY O’LCHANADI?
    Shamol esayotganda sizga uning tezligi juda yuqoriday tuyulishi mumkin. Keyinchalik ob-havo ma'lumotini eshitganingizda, «shamol tezligi sekuvdiga 10—15 metrni tashkil etgani»ni bilib olasiz. Shamol tezligi bizni chalg’itishi hech gap emas. Ammo ayrim kishilar uchun shamol tezligini aniq bilib olish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ham bu tezlikni o’lchaydigan ilmiy usullar bor.Ilk shamol tezligini o’lchash asbobini angliyalik Robert Xuk 1667 yili kashf etgan. Uning oti — anemometr. Anemometrning turlari ko’p, ammo bir o’qqa o’rnatilgan bir necha alyuminiy chashka (yarimshar shaklidagi predmet)dan iborat asbob keng tarqalgan. Ular o’qqa erkin o’rnatilgan bo’lib, shamol qancha kuchli essa, shuncha tez aylanadi. Chashkalarning ma'lum bir vaqt ichida necha marta aylanganini sanab, shamolning tezligini hisoblab chiqish mumkin.Odamlar uchishni o’rganganlaridan so’ng atmosfera balandliklaridagi shamol tezligini o’lchash zarurati tug’ildi. Shu maqsadda havo sharlari uchirilar va ular «teodolit» deb ataluvchi maxsus optik asbob yordamida kuzatilar edi. Ammo osmonni bulut qoplab, shar ko’rinmay qolganida kuzatuv ishlarini yuritish mumkin bo’lmay qolar edi. 1941 yili metereologik radar kashf etildi.



    Uyga vazifa: Mavzuni o'qib kelish.


    8- -Mashg’ulot Sana ____________


    Mavzu: Yer nimadan tarkib topgan?

    Mashg’ulot maqsadi:
    Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
    Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:
    Yer, asosan, qattiq tog’ jinslaridan tarkib topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning yadrosi ham qattiqdir, chunki ichki jinslar juda katta bosim ostida turadi.
    Yer, asosan, qattiq tog’ jinslaridan tarkib topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning yadrosi ham qattiqdir, chunki ichki jinslar juda katta bosim ostida turadi.
    Buni batafsilroq ko’rib chiqaylik. Zamonaviy kosmogonik tasavvurlarga ko’ra, Yer bundan, taxminan, 5 milliard yil muqaddam birlamchi Quyosh sistemasidagi tarqoq gaz — chang moddasidan paydo bo’lgan. Yerning gravitatsion maydoni ta'sirida uning geosferasi — yadro (markazda), mantiya, Yer qobig’i, gidrosfera, atmosfera — tashkil bo’ldi. Yer qobig’i, mantiya va yadroning ichki qismi qattiqdir (yadroning tashqi qismi suyuqdir). Yer yuzasi, ya'ni qobiqning qalinligi 18—50 kilometrdir, u tog’ jinslaridan tarkib topgan. U «litosfera» ham deb ataladi. Qobiqning ustki qismi qit'alardir. Undagi chuqurliklar dengiz va okeanlar, quruqlik ichkarisidagi dengiz va ko’llar suvi bilan to’lib qolgan. Yer yuzasidagi barcha suvlar «gidrosfera» deb ataladi.
    Inson shu vaqtgacha Yer qobig’ining faqat eng ustki qismini o’rganishga muvaffaq bo’ldi, shuning uchun ham uning ichki qismi qanday ekanini aytolmaymiz.
    Quduq va shaxtalar qazilganda, pastga engan sayin temperatura ham ortib borishi ma'lum bo’ldi. Temperatura, taxminan, har 40 metrda bir daraja yuqorilab boradi. Chuqurlik Yer yuzasidan 3,5 km.ga yetganda, temperatura suvni qaynatadigan darajaga ko’tariladi.
    Zilzilalarni tadqiq qilish olimlarga Yerning tuzilishini o’rganishda qo’l keldi. Ularning fikricha, katta chuqurlikda temperatura Yer qobig’idagiga o’xshash tez ko’tarilib bormaydi. Shuning uchun ham ular Yerning yadrosidagi issiqlik Selsiy shkalasi bo’yicha 5000—6000 darajadan oshmaydi, deb hisoblashadi. Bu juda baland temperatura ekanligi shubhasiz, chunki Selsiy shkalasi bo’yicha 1200 daraja issiqlikda tog’ jinslari erib ketadi.
    Yer qobig’i ikki qatlamdan iborat. Qit'alarga asos bo’lib xizmat qiladigan ustki qatlam granitdan tarkib topgan. Granit qatlami ostida «bazalt» deb ataluvchi o’ta qattiq jinsdan iborat keng qatlam bor. Olimlarning fikricha, Yer markazida diametri, taxminan, 6370 km bo’lgan ulkan yadro joylashgan. Markaziy yadro bilan qobiq o’rtasida qalinligi 3,5 ming km.ga yaqin bo’lgan «mantiya» deb ataluvchi qatlam joylashgan. Mantiya tarkibida qoyalarga o’xshash «olivinlar» (sarg’ish yashil yoki sariq rangli mineral) deb ataluvchi jinslar bor.



    Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish.
    9- -Mashg’ulot Sana ____________
    Mavzu: Nega biz yerning aylanishini sezmaymiz?

    Mashg’ulot maqsadi:
    Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
    Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:
    Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, Yer tek turadi, Quyosh, Oy va yulduzlar uning atrofida aylanadi, deb o`ylashgan. Nega shunday deb o`ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir ham shunday tuyuladi. Hech kim Yer aylanishini sezmagan. Nega Yer aylansa, uning ustidagi narsalar, okeanlardagi suvlar to`kilib, sochilib ketmaydi?Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, Yer tek turadi, Quyosh, Oy va yulduzlar uning atrofida aylanadi, deb o`ylashgan. Nega shunday deb o`ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir ham shunday tuyuladi. Hech kim Yer aylanishini sezmagan. Nega Yer aylansa, uning ustidagi narsalar, okeanlardagi suvlar to`kilib, sochilib ketmaydi? Endilikda biz Yer ikki yo`nalishda aylanayotganini yaxshi bilamiz. U Quyosh atrofida aylanishi bilan birga o`z o`qi atrofida ham aylanadi. Nega biz buni sezmaymiz, degan savolga kelsak, biz ham Yer yuzasi bilan birga aylanamiz. Bizni va okeanlardagi suvlarni gravitatsiya, Yerning tortish kuchi tutib turadi. Yerning aylanishi biz kuzatadigan va sezadigan ko`pgina narsalarda ko`rinadi. Yer aylangani uchun ham tun bilan kun almashadi. Agar u aylanmaganida, uning Quyoshga qaragan tomonida abadiy kunduz, orqa tomonida esa abadiy tun hukm surgan bo`lar edi. Yerning har bir nuqtasi 24 soat ichida dastlab Quyosh nuri tushadigan tomonda, so`ngra qorongi tomonda bo`ladi.
    Yerning biz «sezmaydigan», ammo hayotimizni o`zgartiradigan yana bir muhim harakati Quyosh atrofida aylanishidir. Aynan shu harakat yil fasllari almashuviga sabab bo`ladi, tevarak-atrof har faslda o`zgaradi. Quyosh atrofidagi sayohat 365,25 kun, ya'ni bir yil davom etadi. Yil esa tarix, har birimizning hayotimiz va hokozolar o`lchovidir.Fasllar almashuvi Yer uqining qiyaligi bilan bog’liq. Yer o`qining ekliptika (Quyoshning ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lgan yillik harakati sodir bo`ladigan katta sfera aylanasi)ga nisbatan qiyaligi 66 gradusdir. Har bir qutb yarim yil davomida Quyoshga, yana yarim yilda esa undan teskari tomonga qiyalagan bo`ladi. Shuning uchun yerning shimoliy qismiga yarim yil davomida Quyosh nuri ko`proq, keyingi yarim yilda esa ozroq tushadi. Quyosh nuri ko`proq tushgan vaqt kamroq tushgan vaqt yilning eng sovuq fasllari bo`ladi. 

    Download 29,06 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




    Download 29,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SHAMOLNING TEZLIGI QANDAY O’LCHANADI?

    Download 29,06 Mb.