• ENG UZUN TOG’ TIZMASI QAYSI
  • DUNYODAGI ENG BALAND TOG’LAR QAYSI?




    Download 29,06 Mb.
    bet27/38
    Sana24.11.2023
    Hajmi29,06 Mb.
    #104674
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
    Bog'liq
    GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

    DUNYODAGI ENG BALAND TOG’LAR QAYSI?Avvalo, tog’larning o’zi nima? Tog’lar — quruqlikning tekisliklar ustidan baland ko’tarilgan qismidir. Tog’larning o’lchami ham, yuzasi ham o’zaro farq qiladi. Ayrim ulkan tog’larning balandligi bir necha kilometrga yetadi. Boshqalari esa past va tekisdir. Ularning balandligi o’zini qurshab turgan tekisliklardan hisoblaganda, 300 metrga yetishi mumkin.Ayrim tog’lar alohida qad rostlab turuvchi cho’qqilardan iborat. Ammo ular ko’pincha zanjirday bir-biriga ulanib ketadi. Ayrim tog’ tizmalarining yuzlab, hatto, minglab cho’qqilari bor.Tog’lar faqat quruqlikda emas, dengizlarda ham paydo bo’lishi mumkin. Aslida, Yerdagi eng katta tog’lar okeanlar tubida joylashgan. Agar tog’larning balandligini o’lchashda ularning suv usti va suv ostidagi qismlari ham hisobga olinsa, eng baland tog’ Gavay orollaridagi Mauna Kea bo’lib chiqadi. Uning dengiz sathidan balandligi 4 205 metr, suv ostiga esa yana 4 877 metri yashiringan. Umumiy balandlik esa 9 100 metrdan oshadi va u dunyodagi eng baland tog’dir.Yer ustidagi eng baland tog’ Everestdir. U Xitoy va Nepal o’rtasida joylashgan. Uning balandligi — 8 848 metr. Ikkinchi o’rinda K2 yoki Kashmirdagi Kodvin Austen cho’qqisi turadi. Uning balandligi — 8 611 metr. Shimoliy Amerikadagi eng baland tog’ Makkinlidir (6 194 metr). Yevropadagi eng baland tog’ Elbrusdir (5 633 metr). Afrikadagi eng baland tog’ — Kilimanjaro (5 963 metr). Janubiy Amerikadagi eng baland tog’ Akonkagua (6 969 metr) Argentina va Chili chegarasida joylashgan. Avstraliyadagi eng baland tog’ esa — Kosiusko (2 226 metr).
    ENG UZUN TOG’ TIZMASI QAYSI?
    Shimoliy Amerikaning g’arbiy sohillari Bo’ylab cho’zilib ketgan Qoyali tog’lar eng uzun tog’ tizmasi hisoblanadi. Uning Janubiy Amerikadagi davomi And deb ataladi. And tog’lari Janubiy Amerikaning garbiy yonbag’irlari buylab 7 000 km.ga, ya'ni qit'aning boshidan-oxirigacha cho’zilib ketgan. Ispanlar uning shimoliy qismini bejiz Kordilyeri (aynan tarjimasi — «arqon») deb atashmagan.
    Ushbu tog’ tizimida bir nechta 6 000 metrdan oshiq cho’qqilar bor. Chili bilan Argentina o’rtasidagi chegarada joylashgan Akonkagua tog’ining balandligi 6 969 metrga yetadi. Akonkagua qit'aning eng baland nuqtasi hisoblanadi.Andning ko’pgina cho’qqilari faol vulqonlardir. And tog’lari o’zining mis, oltin, kumush siyagari boy tabiiy qazilmalari bilan ham mashhur.
    Qadim zamonlarda hindular tog’dan qimmat baho metallarni qazib olishgan. Dunyoning ko’pgina muzeylarida ulardan tayyorlangan bezaklar, taqinchoqlar saqlanadi.

    Uyga vazifa: Tog`lar haqida qiziqarli ma`lumot to`plash

    4- -Mashg’ulot


    Sana ____________
    Mavzu: Suv va muzliklar haqida ajoyib ma'lumotlar

    Mashg’ulot maqsadi:
    Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
    Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
    II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:
    Atrof-muhitning temperaturasi pasayib, suv muzlashi natijasida muz hosil bo’ladi. Muzlagan suvning hajmi ancha kengayadi. O’n litr suvdan, taxminan, o’n bir litr muz hosil bo’ladi. Har bir jismning suvda suzishi va cho’kishi miloddan avvalgi III asrda yashab o’tgan qadimgi yunon olimi Arximed kashf etgan prinsip bilan aniqlanadi.

    Download 29,06 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




    Download 29,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DUNYODAGI ENG BALAND TOG’LAR QAYSI?

    Download 29,06 Mb.