• Mavzu: Shamollar qanday paydo boladi
  • NEGA QOR UCHQUNLARI AYNAN OLTI QIRRALI?




    Download 29,06 Mb.
    bet29/38
    Sana24.11.2023
    Hajmi29,06 Mb.
    #104674
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
    Bog'liq
    GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

    NEGA QOR UCHQUNLARI AYNAN OLTI QIRRALI?
    Qor uchquni tabiatning eng go’zal ijod namunalaridan biridir. Bunday nafis shaklni yasash o’ta mashaqqatli ish. Qor yoqqanda millionlab bunday uchqunlar yerga tushadi, ammo ular orasidan ikkita bir xil uchqunni topib bo’lmaydi.
    Siz qor muzlagan suv ekanini yaxshi bilasiz. Agar u muzlagan suv bo’lsa, nega oppoq? Axir, muzlagan suv rangsiz bo’ladi-ku! Qorning oqligi sababi shuki, muz kristallchalaridan iborat yassi uchqun yorug’likni qaytaradi va ko’zimizga oppoq bo’lib ko’rinadi.
    Suv muzlayotganda kristallar hosil bo’ladi. Negaki, bunda suv molekulalari o’ziga xos tartib bilan tiziladi va biz «kristall» deb ataydigan geometrik shakl hosil qiladi.
    Suv molekulasi uch zarradan: ikki vodorod atomi va bir kislorod atomidan tarkib topadi.
    Shuning uchun ham u kristallashayotgayada, uch yoki olti burchakli shakl hosil qiladi.

    Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish. Test krassvordlar tuzib kelish.


    7- -Mashg’ulot ___ Sana ____________
    Mavzu: Shamollar qanday paydo bo'ladi ?

    Mashg’ulot maqsadi:
    Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
    Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
    III. Yangi mavzu bayoni:Shamolning «sabo», «epkin», «yel», «shabada», «samum», «to’fon», «izg’irin» singari o’nlab nomlari bor. Lekin bu uning hamma turlari nomi mavjud degani emas. Biz: «Shabada esyapti»,yoki «Shamol turyapti» deyishimiz mumkin. Lekin ko’pgina shamollarning o’ziga xos nomi bor.
    Shamolning «sabo», «epkin», «yel», «shabada», «samum», «to’fon», «izg’irin» singari o’nlab nomlari bor. Lekin bu uning hamma turlari nomi mavjud degani emas. Biz: «Shabada esyapti»,yoki «Shamol turyapti» deyishimiz mumkin. Lekin ko’pgina shamollarning o’ziga xos nomi bor.
    Ular bunday o’ziga xos nomlarni turli sabablarga ko’ra olishgan. Masalan, siz «shtilga tushib qolish» nima ekanini yaxshi bilasiz. Bu — bir joyda harakatsiz turib qolish, degani. Shamol turlaridan biri «shtil shamoli» deb ataladi. U ko’tarilayotgan havo va past bosimning keng mintaqasi mavjud ekvatorda paydo bo’ladi.
    Pastdan va yuqoridan ekvatorga qarab esadigan shamollar passatlar deb ataladi. Ular kuchli esishi bilan birga doimiy yo’nalishga ham egadir va shu sababdan dengizchilarning yelkanli kemalarini harakatga keltirishida juda foydali bo’lgan. Qutblarga qarab esadigan shamollar vestlar deb ataladi. AQSh, asosan, ana shunday shamollar zonasida joylashgan.Yana bir qancha o’ziga xos shamollar mavjud. Masalan, mussonlar fasllar almashinuviga qarab o’z yo’nalishini o’zgartirib turadigan shamollardir. «Musson» arabcha «mavsum» so’zidan kelib chiqqan. Mussonlar Hindistonda qish paytida issiq va quruq havo, yozda esa shimol yo’nalishida esib, kuchli yomgirlarni olib keladi.Fransiya janubida istiqomat qiluvchi aholi shimoldan esadigan sovuq va quruq izg’irinni qo’rquv bilan kutishadi. U dengiz tarafdan bir necha kunlab ham esishi mumkin va odamlarga noqulaylik tug’diradi.

    Download 29,06 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




    Download 29,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    NEGA QOR UCHQUNLARI AYNAN OLTI QIRRALI?

    Download 29,06 Mb.