|
"Tasdiq layman " maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar
|
bet | 28/38 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 29,06 Mb. | | #104674 |
Bog'liq GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQNEGA MUZ ERIYDI?
Atrof-muhitning temperaturasi pasayib, suv muzlashi natijasida muz hosil bo’ladi. Muzlagan suvning hajmi ancha kengayadi. O’n litr suvdan, taxminan, o’n bir litr muz hosil bo’ladi.
Har bir jismning suvda suzishi va cho’kishi miloddan avvalgi III asrda yashab o’tgan qadimgi yunon olimi Arximed kashf etgan prinsip bilan aniqlanadi. U keyinchalik Arximed qonuni deb nom olgan qonunni kashf etdi. Unga ko’ra, suvga tushgan har qanday jismni ostidan o’zi siqib chiqargan suv miqdoridagi kuch itaradi. Yog’och suvdan o’rtacha ikki marta yengil, shuning uchun g’o’la o’z hajmining yarmiga teng bo’lgan suv miqdori bilan suzib yuradi. Po’kak olinadigan emanning po’stlog’i suvdan besh barobar, muz esa, taxminan, 1/10 marta yengildir. Shuning uchun ham aysbergning 9/10 qismi suv ostida bo’ladi. Uning haqiqiy o’lchamlari suv yuzasidagidan o’n barobar kattadir.
Havo temperaturasi suvning muzlash nuqtasidan, ya'ni Selsiy shkalasi bo’yicha 0 darajadan bir oz past bo’lganda, muzni isitmay turib ham, bosimni oshirish hisobiga eritish mumkin. Qo’shimcha bosim yo’qolganda, suv yana muzlay boshlaydi. Masalan, qo’lingizga bir hovuch qor olib, uni yumaloqlash maqsadida qisa boshlasangiz, u asta-sekin erib, suvga aylana boshlaydi, ammo kaftingizni yozishingiz bilan u yana muzlab qoladi.
Suvning muzga aylanib kengayishi ma'lum miqdorda kuch ajralishiga olib keladi. Qoyadagi biror yoriqqa kirib qolgan suv muzga aylanib kengayadi, yillar o’tishi bilan bu hol bir necha bor takrorlangach, u katta bir granit palaxsasini ikkiga yorib yuborishi ham mumkin. Bu tog’ jinslarini nuratib, parchalashda katta ahamiyatga ega. Odamzod qadim zamonlardayoq bu kuchdan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishni o’rganib olgan. Finlyandiyaning ulkan tosh konlarida toshtaroshlar qoyalarning katta bo’laklarini ortiqcha kuch ishlatmasdan sindirib olishadi. Ular buning uchun toshlardagi yoriqlarga suv quyib, uning muzlashini kutishadi. Suv muzlash natijasida kengayib, toshni yorib yuboradi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish.
5- -Mashg’ulot
Sana ____________
Mavzu: SAVANNALAR
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Savannalar issiq o ‘lkalardagi o ‘rm on-dasht zonasidir. Afrika savannalari yilning qurg‘oqchil mavsumida choMdan farq qilmay qoladi. Havo harorati 50°C ga yetib o‘t-o ‘lan, o‘simliklar qovjiraydi, daraxtlarning bargi to‘kiladi, ular xuddi qurigan daraxtga o‘xshab ko‘rinadi. Jazirama issiq odamlar va hayvonlarning madorini quritadi, arzimagan ish, kichik bir harakat ham malol kelib, kishini holdan toydiradi. Yog‘ingarchilik mavsumi boshlanib, dastlabki jala quyishi bilan savannaning manzarasi o‘zgaradi: qaqrab yotgan yerlar suvga to'yinadi, daraxtlar kurtaklaydi, navbatdagi jaladan keyin daraxtlar barg yozadi, nihollar o‘sib chiqadi, gullar ochiladi va hammayoq yashil gilam bilan qoplanadi. Shunisi qiziqki, bizning o‘lkalardagi o‘simliklarda bir, bir yarim oy mobaynida ro‘y beradigan rivojlanish-o‘zgarish savannada to ‘rt-besh kunda sodir bo‘ladi. Janubiy yarim shardagi savannalarda past bo‘yli boshoqli o‘tlar ham, odam bo‘yidan baland o‘tlar ham o ‘sadi. Savannalarning asosiy o‘simligi — o‘t-o ‘landir. Daraxtlar (mimoza va palmalar) ko‘pincha to ‘p-to‘p bo‘lib o ‘sib turadi, shuningdek, daryo va ko‘llarning yoqalarida ham uchraydi. Yer sharidagi eng katta daraxtlardan biri — baobab Afrika savannalarida o ‘sadi. Savannalarning hayvonot dunyosi ham ajoyib. Termitlarning baland inlari o'tloqlarda ehromdek qad ko‘tarib turadi. Hamma joyda juda ko‘p miqdorda har xil zaharli ilonlar sizlik qilib yaqinlashsa bormi, uni ajaldan hech narsa qutqarib qololmaydi... Sher bir sakrasa bas, bechora zebra uning panjalari tagida... Ochofat, qonxo‘r sher oljasini boshqalar bilan baham ko‘rishni yoqtirmasa-da, yirtqich burgut sherdan hayiqmay go‘shtga chang soladi, yuragi dov bermayotgan chiyabo‘rilar sherning «ovqatlanib» bo‘lishini bir chekkada poylab yotadilar... Ularga sherdan qolgani ham boiaveradi. G o‘zal ohular dushmanidan qo‘rqmaydi, ular juda hushyor bo‘lib, xavf-xatarni uzoqdan sezib olishadi va yashin tezligida yugurib xavf-xatardan qutulishadi.
Uyga vazifa : Mavzu boyicha malumot to'plab kelish.
6 -Mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: Qor qanday paydo bo'ladi?
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Qor muzlagan suvdan boshqa narsa emas. Unda nega u muzga o’xshamaydi? Hamma gap shundaki, qor donalari muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorug’lik uning behisob qirralaridan qaytgani uchun ham qor donalari shaffof emas, oq bo’lib ko’rinadi.Qor muzlagan suvdan boshqa narsa emas. Unda nega u muzga o’xshamaydi?Hamma gap shundaki, qor donalari muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorug’lik uning behisob qirralaridan qaytgani uchun ham qor donalari shaffof emas, oq bo’lib ko’rinadi.Qor atmosferadagi suv bug’larining muzlashidan hosil bo’ladi. Dastlab mayda toza va shaffof kristallchalar paydo bo’ladi. Havo oqimlari girdobiga tushib qolgan bunday kristallchalar havoda turli tomonga ko’chib yuradi.Bunday kristallchalar asta-sekin bir-biriga «yopishadi», shu tariqa yuzlab kristallchalar o’zaro birikadi. Bir-biriga yopishgan muzchalar hajmi kattalashib, ma'lum bir nuqtaga yetgach, yerga tusha boshlaydi. Muzchalarning bunday birikuvi qor donalari deb ataladi.Ayrim muz kristallchalari ignasimon shaklga ega, boshqalari yassi ko’rinishda, ammo har qanday holatda ham ularning har biri 6 qirralidir. Qizig’i shundaki, qor donalari tuzilishi hamisha bir xil bo’ladi. Shu bilan birgalikda, ikkita aynan bir xil qor donasini topish qiyin.Qor hamisha ham oq rangda bo’lavermasligini hech eshitganmisiz? Dunyoning ko’pgina mintaqalarida qizil, yashil, zangori va hatto qora qor yoqqan vaqtlar ham bo’lgan. Qorning bunday turfa rangda bo’lishi sababi shundaki, qor donalari yerga tushayotganda, havoda mavjud mayda bakteriyalar, zamburuglar va changni yutadi.Qor o’z donalari orasida ko’plab havo bo’shlig’i bo’lgani uchun ham issiqlikni yomon o’tkazadi. Qor ko’rpasining o’simliklar tomirini sovuq urishidan asrashi sababi ham shunda. Qorning bu xususiyatidan eskimoslar ham ustalik bilan foydalanishadi. Ular qordan o’zlariga boshpana — iglu qurib olishadi.
|
| |