|
"Tasdiq layman " maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar
|
bet | 26/38 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 29,06 Mb. | | #104674 |
Bog'liq GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQUyga vazifa.:Mavzuni o`qish , xarita bilan ishlash.
mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: Tog'lar qanday paydo bo'lgan?
I. Mashg’ulot maqsadi: I.
A. Ta’limiy: o’quvchilarga mitti sayyoralar, dumli yulduz lar hamda uchar yulduzlar haqida dastlabki ma’lumot larni hosil qilish.
B Tarbiyaviy: o’quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
S. Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini o’stirish, mavzuga doir ma’lumotlarni
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
Tog’larni paydo bo’lishiga qarab, to’rt turga bo’lishadi. Shu bilan birgalikda, tog’lar bundan bir necha million yillar avval Yer yuzasida ro’y bergan keskin o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan.
«Burma» tog’lar kuchli bosim ta'sirida qisilib, ulkan burmalar hosil qilgan tog’ jinsi qatlamlaridan iborat. Ko’p joylarda ravoq yoki botiq linzalarga o’xshab, egilib ketgan tog’ jinsi qatlamlarini ko’rish mumkin. Bu Yer yuzasi bosimi va siquvining natijasidir. Bunga Appalachi va Alp tog’lari misol bo’la oladi.
Gumbazsimon tog’larda tog’ jinslari yuqoriga gumbazlar shaklida ko’tarilgan bo’ladi. Katta bosim ostida Yer yuzasiga otilib chiqqan suyuq lava bunday tog’ jinsi qatlamlarini hosil qilgan. Bunga AQShning Janubiy Dakota shtatidagi tog’lar misol bo’la oladi.
O’rkach-o’rkach tog’lar Yer qobig’ining sinib o’pirilishi natijasida hosil bo’lgan. Yer qobig’ining keng ko’lamli maydonlari, butun boshli tog’ tizmalari qisqa vaqt mobaynida ko’tarilib tushib turgan. Bunga bo’yi 740 km, eni 150 km bo’lgan Syerra Nevada tog’ tizmasini misol qilib keltirish mumkin. U AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan.
Vulqon tog’lari Yer yuzasiga otilib chiqqan lava, vulqon kuli va toshqollardan tarkib topadi. Odatda, vulqonlar tepasida krateri bor konus shaklida bo’ladi. AQShdagi Reyner, Shasta va Xud, Yaponiyadagi Fudziyama, Italiyadagi Vezuviy vulqonlari mashhur.
Ko’pgina tog’ tizmalari qayd etilgan usullarning birikishi natijasida hosil bo’lgan. AQShning Rokiz tog’larida qisilish, sinish va hatto lava eroziyasi natijasida hosil bo’lgan tog’ tarmoqlarini kuzatish mumkin.
Uyga vazifa: Mavzuga doir ma’lumotlar to’plash. Test va krassvordlar tuzib kelish.
Sana:____ 2-Mashg’ulot.
Mavzu: Dumli va uchar yulduzlar.
Mashg’ulot maqsadi: Ta’limiy: o’quvchilarga mitti sayyoralar, dumli yulduz lar hamda uchar yulduzlar haqida dastlabki ma’lumotlarni hosil qilish.
B. Tarbiyaviy: o’quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
S. Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini o’stirish, mavzuga doir ma’lumotlarni slaydlar.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzuni ma’ruzasi. Quyosh sistemasida 9 ta yirik sayyoradan tashqari mitti sayyoralar ham mavjud. Quyosh atrofida aylanib yuruvchi bu mitti sayyoralar asteroidlar deb ataladi.Eng katta asteroidning diametri 400-700 kilometr keladi. Bunday kattalikdagi asteroidlar ko’p emas. Asteroidlar, asosan, Mars bilan Yupiter orbitalari orasida harakatlanadi. Italyan astranomi J.Piassi Mars bilan yupiter orasida sayr qilib yuruvchi sayyorani payqab qoladi. Bu yangi mitti sayyoraga Serera deb nom berishadi.Bir yildan keyin bu oraliqda yana bir mitti sayyora topiladi, uni Pallada deb atashadi. Asteroidlar orasida eng ko’p shov-shuvga sabab bo’lgani Ikardir. 1968 yil Ikar asteroidi Yer yaqinidan o’tganida Yer bilan to’qnashishi mumkin , deganmish-mishlar tarqalgan edi. Ikar , darhaqiqat, yerga yaqinlashib, 7 million kilometr naridan o’tib ketdi. Dumli yulduzlar –kometalar. “Dumli yulduz ” lar- kometalar haqida odamlarga uzoq vaqtlargacha hech narsa ma’lum bo’lmagan. Osmonda to’satdan g’alati ko’rinishdagi yulduzlar paydo bo’lishi xurofotchi odamlarni vahimaga solgan. Bundan to’rt asr muqaddam mashhur astranom Tixo Brage va boshqa bir qancha tadqiqotchilar kometalar Yer atmosferasidan , hatto Oydan ham juda uzoqda ekanli-gini va sayyoralar singari Yerdan katta masofa narida harakatlanishini aniqlashgan.Oydan ham juda uzoqda ekanligini va sayyoralar singari Yerdan katta masofa narida hararakatlanishini aniqlashgan . Kometalar barcha sayyoralar kabi sovuq jism bolib, o’zidan nur sochmaydi. Quyosh nurlari kometada aks etib qaytishi natijasida biz ularni ko’ra olamiz. Kometalar dumini uzunligi va shakli har xil bo’ladi. Ba’zi kometalarning dumi osmon gumbazida bo’r bilan chizilgan chiziqlarga o’xshab ko’rinadi, ba’zilarining dumi juda qisqa bo’lib, ko’zga arang chalinadi.1950 yilga qadar topilgan jami kometalar soni mingga yaqin bo’lgan .1967 yilda 14 ta yangi kometa topildi.Eng keyin kashf etilgan kometalardan biri- Kogouten kometasidir. Kometalar massasi nisbatan kichik , ya’ni yer massasidan bir necha yuz milliard baravar kichik. Kometaning ichki tuzilishi Yerning kometa bilan to’qnashuvi tez-tez ro’y berib turadi. Masalan , 1910yil Galley kometasining dumi Yerga tegib o’tdi, lekin bu to’qnashuv vaqtida hech qanday falokat ro’y bermadi, hatto havoda biron bir begona gaz ham paydo bo’lmadi. Uchar yulduzlar-meteorlar . Tun . Osmonda yulduzlar charaqlab turibdi.To’satdan biror yulduz osmonda yorug’ iz qoldirib ko’zdan g’oyib bo’ladi, bamisoli uchib ketadi. ”Uchar yulduzlar” deb ataluvchi bu hodisa Quyosh sistemasida harakat qilib turadigan mayda- mayda qattiq jismlarning atmosferadan shiddat bilan o’tishi natijasida vujudga keladi. ”Uchar yulduzlar” , ya’ni metiorlar Quyosh sistemasidagi asteroid va kometalarning parchalanishidan hosil bo’ladi. Meteorlar kosmik fazodan Yer atmosferasiga , havo qatlamiga kirar ekan , havoga ishqalanish natijasida 2000-3000 0 C gacha qiziydi va yonib yo’q bo’lib ketadi.Lekin yirik meteorlar atmosferada yonib ulgurmasdan Yerga tushadi. Yerga tushgan meteor meteorit deb ataladi.
Uyga vazifa : Mavzu boyicha ma'lumot toplash.
Sana: 3-Mashg’ulot.
Mavzu: DUNYODAGI ENG BALAND TOG’LAR QAYSI?
Mashg’ulot maqsadi: I. A. Ta’limiy: o’quvchilarga mitti sayyoralar, dumli yulduz lar hamda uchar yulduzlar haqida dastlabki ma’lumot larni hosil qilish.
B. Tarbiyaviy: o’quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
S. Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini o’stirish, mavzuga doir ma’lumotlarni
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
IIIYangi mavzuni ma’ruzasi
|
| |