6. Линьфынь, Хитой.
Линьфынь – Хитойдаги иэнг ифлосланган шахарлардан бири. Бу ерда мамлакатнинг энг йирик кўмир конларидан бири жойлашган. Махаллий клиникаларда бронхит, пневмония, ўпка саратони каби касалликлари билан кўплаб одамлар мурожаат килишади.
7. Майлу- Суу, Киргизистон.
Денгиз сатхидан 2000 метр баландликда Майли-суу дарёси водийсида руан казиб олиш ишлари ўтган асрнинг ўрталарида бошланганди. 1968 йилда эса, радий ишлаб чикарувчи иккита завод ўз ишини тўхтатди. Радлиоактив чикндиларни катта кисми эса, ана шу дарё сохилида махсус ўралар казилиб кўмиб ташланди. Турли табиий офатлар, сув тошкинлари бу ерд сакланаётган радиоактив чикиндиларни атрофга катта тезликда таркалишига сабаб бўлаётир. Бу ерда яшовчилар саратон касаллиги билан бошкаларга нисбатан икки баравар кўпрок чалинадилар.
8. Норильск, Россия
Россиянинг бу ифлосланган шахрида хатто кор хам кора рангда ёгади, десак ишонаверинг. Стронций, никель, кўргошин, мис, кобальт чикиндилари 134 минг одаамнинг хаётига хавф солаётир. Нафас олсангиз димогингизга гуп этиб олтингугурт хиди ёпирилади. Бу ерда ўртача умр давомийлиги Россиядаги умумий кўрсаткичдан ўн йил камрок. 2001 йилдан бошлаб шахар хорижликлар кириши учун ёпилган.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
15- -Mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: Aysberg
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
«Aysberg» so‘zi o‘zbek tilida «muz tog‘i» degan ma’noni anglatadi. Haqiqatan ham Yerning qutbiy doiralarida vujudga kelgan muzliklarning uzilib dengizga qulab tushgan chekka qismlari katta muz tog‘larini eslatadi.
«Aysberg» so‘zi o‘zbek tilida «muz tog‘i» degan ma’noni anglatadi. Haqiqatan ham Yerning qutbiy doiralarida vujudga kelgan muzliklarning uzilib dengizga qulab tushgan chekka qismlari katta muz tog‘larini eslatadi. Muzlikning uchi ma’lum vaqtgacha dengiz ustida osilib turadi. Uni suv qalqishlari, dengiz oqimlari va shamollar yemiradi. Nihoyat, u bo‘linib, shaloplab suvga qulaydi. Aysberg chayqalib, ulkan massasining katta qismini suv ostiga yashirgan holda shamol va oqim kuchiga bo‘ysunib, uzoq safarga yo‘l oladi. Yo‘lda asta-sekin eriydi va shu tufayli u ba’zan to‘ntariladi. Uzunligi 1—2 kilometrli, kengligi yarim kilometrli mayda va uzunligi bir necha o‘n kilometr, balandligi esa 100 metrdan oshadigan yirik aysberglar bor.
Aysberglar vatani – Arktika va Antarktida muzliklari.
Okeanda aysberglarga duch kelish juda xavfli, chunki uning suv ostidagi qismi ko‘rinmaydi (odatda, aysbergning suv ostidagi qismi suv ustidagi qismidan benihoya katta bo‘ladi). 1912-yilda yo‘lovchi-sayohatchilarni tashiydigan ulkan «Titanik» kemasi Atlantika okeanida bora turib, tumanda aysbergga urilgan va g‘arq bo‘lgan. Bu 20-asr boshida dengizda sodir bo‘lgan eng katta fojia hisoblanadi, 1997-yil oxirida amerikalik rejissyor Deyms Kameronnning yangi «Titanik» filmi jahondagi ko‘p mamlakatlar kinoekraniga chiqdi. Bu ulkan halokat kema qatnovida aysberglarga nisbatan doim hushyor bo‘lishga chaqiradi. AQSHning Memfis shahrida «Titanik» xotira muzeyi barpo qilingan.
Biroq olimlarning taxminicha, aysberglar kishilarga foyda keltirishi ham mumkin. Axir sayyoramizda toza chuchuk suv tanqisligi tobora kuchliroq sezilmoqda. Aysberglar esa xuddi shunday suv manbaidir. Olimlar aysberglarni shatakka olib, yirik shaharlar gavaniga keltirish va u yerda aysbergga «langar tashlash» mumkin emasmikan, degan mulohaza ustida fikr yuritishmoqda. Aysberglar suvi bilan millionlab kishilarning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirsa bo‘ladi. To‘g‘ri, bu hozircha mo‘ljal, xolos.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
16- -Mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: Alpinizm
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Baland tog‘larning ulug‘vor manzarasi: bahaybat qoyalar, qor va muz bilan qoplangan, havo ochiq kunlarda olisdan kumushday yarqirab ko‘rinadigan osmono‘par cho‘qqilar ko‘p zamonlardan beri odamlarni o‘ziga maftun etib keladi. Juda ko‘p kishilar qorli cho‘qqilarga ko‘tarilishga harakat qilganlar, ammo ularning bu urinishlari muvaffaqiyatsiz tugagan.
1786-yili shveytsariyalik ikki kishi birinchi marta Alp tog‘ining (Yevropadagi eng baland tog‘) Monblan cho‘qqisiga ko‘tarildi. Shu vaqtdan boshlab chiqish qiyin bo‘lgan tog‘ cho‘qqilariga ko‘tarilish alpinizm deb ataladigan bo‘ldi.
Alpinist bo‘lish oson emas. Buning uchun avval uzoq va qunt bilan mashq qilish, marshrutlarni o‘rganish kerak, asta-sekin chiqish uncha qiyin bo‘lmagan tog‘larni, so‘ngra qiyinroq marshrutlarni tanlash lozim. Shundan keyingina yuksak cho‘qqilar sari otlanish mumkin.
Alpinistlar boshqa kishilar chiqa olmaydigan joylarda bo‘ladilar. Masalan, aytaylik, tog‘da biror baxtsizlik yoki avariya ro‘y berdi. U yerga eng zamonaviy vertolyot ham qo‘na olmaydi. Faqat alpinistlargina u yerga ko‘tarila oladilar.
Alpinistlarning maxsus anjomlari bo‘ladi. Bu anjomlarga shamol, yomg‘ir va qordan saqlaydigan kiyim, tishli poyabzal, arqon, muzliklar ustiga chiqayotganda oyoq qo‘ymoq uchun muzni o‘yib, pillapoya qiladigan boltacha, oyoq kiyimiga mahkamlanadigan maxsus ilgak, qoya va muzliklarga ilinadigan ilgak, bolg‘acha, chodir, uxlash uchun qopko‘rpa kiradi.
Alpinistlar tog‘ cho‘qqilariga ko‘tarilish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib boradilar. Ular baland tog‘larda joylashgan meteorologik stansiyalarda ishlaydilar, tog‘larda quriladigan gidroelektr stansiya qurilishlarida quruvchilarga yordam beradilar. 7 ming metrdan yuqori bo‘lgan balandliklarga ilmiy apparatlarni o‘rnatadilar.
Alpinizm mamlakatimizda keng tarqalgan. O‘rta Osiyodagi barcha eng baland tog‘ cho‘qqilari alpinistlarimiz tomonidan zabt etilgan. Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, muhandis-konstruktor V. M. Abalakov, uning ukasi, saqlaydigan kiyim, tishli poyabzal, arqon, muzliklar ustiga chiqayotganda oyoq qo‘ymoq uchun muzni o‘yib, pillapoya qiladigan boltacha, oyoq kiyimiga mahkamlanadigan maxsus ilgak, qoya va muzliklarga ilinadigan ilgak, bolg‘acha, chodir, uxlash uchun qopko‘rpa kiradi.
Alpinistlar tog‘ cho‘qqilariga ko‘tarilish bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib boradilar. Ular baland tog‘larda joylashgan meteorologik stansiyalarda ishlaydilar, tog‘larda quriladigan gidroelektr stansiya qurilishlarida quruvchilarga yordam beradilar. 7 ming metrdan yuqori bo‘lgan balandliklarga ilmiy apparatlarni o‘rnatadilar.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
17- -Mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: Yerning og’irligi qancha?
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Yer Koinotda muallaq turgani uchun uning vaznini tarozi pallasiga qo’yib ulchab bulmaydi. Yerning vazni tugrisida gapirilganda, avvalo, u tarkib topgan moddalar miqdori nazarda tutiladi.
Yer Koinotda muallaq turgani uchun uning vaznini tarozi pallasiga qo’yib ulchab bulmaydi. Yerning vazni tugrisida gapirilganda, avvalo, u tarkib topgan moddalar miqdori nazarda tutiladi.
Yerning massasi, taxminan, 5,976 sekstillion tonnani tashkil etadi. Yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun ushbu raqamni tula keltiramiz: 5 976 000 000 000 000 000 000 000. Olimlar Yerning massasi aynan shuncha ekanini qanday aniqlashgan?
Ular buni aniqlash uchun ikki jismning uzaro tortishish qonunidan foydalanishadi. Gravitatsiya kuchi aynan shu tortishishga boglik.. Oddiy so’z bilan aytganda, ikki jismning uzaro tortishishi ularning massasi va o’rtasidagi masofaga boglik. Narsalar qancha katta bulsa, ular bir-birini shuncha katta kuch bilan tortadi. Ular bir-biridan qancha olisda bulsa, bu kuch shuncha kichik buladi.
Yerning vazni quyidagicha ulchanadi: kichkina bir yuk ipga osib suyiladi, so’ngra bu yukning holati o’lchanadi. Usha yukning yoniga bir tonna qurgoshin qo’yiladi. Yuk va qo’rgoshin urtasida tortishish paydo buladi, natijada yuk bir oz chetga ogadi. (Bu ogish amalda 0,000 02 mm.ni tashkil qiladi. Shuning uziyoq o’lchov qanchalik aniq, bo’lishi lozimligini ko’rsatadi.) Olimlar bunday o’lchashlardan keyin matematika yordamida Yerning vaznini hisoblab chikishdi. Ular Yerning vazniga nisbatan tortish kuchini o’lchashdi hamda bir tonna qurgoshin osigliq turgan yukni uziga tortishini o’lchashdi. Hisoblab chiq;ilgan nisbiy farq Yerning massa-sini kursatadi.
Massa nimadan hosil bo’ladi? Unga qattiq tog’ jinslaridan iborat qobiq, mantiya deb ataladigan qattiq jinslardan iborat qatlam, so’ngra ichki qism - yadro kiradi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
18 -Mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: YANGI YILNI QAYERDA QANDAY KUTISHADI
Mashg’ulot maqsadi: Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III Yangi mavzu bayoni: Har bir xalqning ota-bobolaridan qolgan urf-odatlari, udumlari bo‘ladi. Yangi yilni bayram etish ham shunday odatlardan biridir. Biz Yangi yil haqida gapirar ekanmiz, beixtiyor ko‘z o ‘ngimizda sovg‘a-salomli Qorbobo va yasatilgan archa gavdalanadi. Qorbobo qachondan buyon Yangi yil mehmoni bo‘la boshlagan? Qorboboning yoshi ming yildan ham ortiq qadimgi majusiylar diniy tasawuriga ko‘ra, Qorbobo shimolda sovuq shamol tangrisining timsoli bo‘lgan. Rivoyatlarda aytilishicha sovuq shamol tangrisi — Qorbobo muzdan bunyod etilgan saroyda yashab, har yili qishda Quyosh yuzini parda bilan to'sib qo‘yar va bahordagina pardani коЧагаг ekan. Vaqt o‘tishi bilan Qorbobo majusiylar e’tiqodidagi muqaddaslik ramzini yo‘qotadi va bizning tushunchamizdagi Qorboboga, Yangi yil kirishi arafasida xaltasini sovg‘a-salomlar bilan to‘ldirib, o‘rmondan chiqib keladigan, insonlarga baxtsaodat tilaydigan Qorboboga aylanadi. Yangi yil bayramida nega archa bezatiladi? Shimol xalqlari bilan birgalikda qadimgi slavyan xalqlarining e’tiqodiga ko‘ra, archa baxt keltiruvchi daraxtdir. Baxt ramzi bo‘lmish archa keyinchalik Yangi yil bayramlarida odamlarning uylaridan o‘rin oladigan bo‘lib qolgan. Yangi yilni bayram qilish qachondan odat tusiga kirgan? Qadimgi vaqtlarda ko‘pchilik xalqlar 21-martni yil boshi hisoblab, shu kunni bayram qilishgan. Sharq xalqlarining barchasi, shuningdek, Italiya, Angliya, Rossiya xalqlari ham Yangi yilni martda kutib olishgan. 21- mart muchal yili va o‘n ikki buij hisobi bo‘yicha hutning, binobarin, yilning oxirgi kuni boigan. 22-martdan yangi yilning birinchi oyi — hamal boshlangan. 21-martda quyosh nuri ekvatorga tik tushgan. Shu kuni yer sharining hamma joyida tun bilan kun bir-biriga teng bo‘ladi. Bunga kecha-kunduz baravarligi deyiladi. 21-mart bahorgi kecha-kui'duz baravarligi bo‘lib hisoblanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 22-martdan shimoliy yarim sharga quyosh nuri ko‘proq tusha boshlaydi. Tabiat, butun borliq jonlanadi, dehqonchilikda dolzarb kunlar boshlanadi. Qadim zamonlarda yangi yilning martda kutib olinganligining boisi ham shu. Yangi yilni 1-yanvarda bayram qilishni dastlab rimliklar boshlagan. Rossiyada ham Yangi yil awallari martda kutib olingan. Ammo Rossiyaning janubida martda bahor nafasi esgan paytda shimoliy o‘lkalarda qahraton qish hukm suradi. Shuni e’tiborga olib, Rossiyada yangi yilni kuzda, sentabrda kutib olish rasm qilinadi. Pyotr I davridan boshlab Rossiyada ham yangi yil 1- yanvardan bayram qilinadigan bo‘ladi. 1699- yil 15-dekabrda Pyotr I tomonidan chiqarilgan farmonda: «...yil sanasi bundan buyon... Iso payg‘ambaming tug‘ilgan kunidan 8 kun o ‘tkazib boshlansin, yangi yil 1-sentabrda emas, 1700-yilning birinchi yanvarida boshlangan deb hisoblansin» deyilgan. Shu farmonda yana «Yangi yil boshlanishi munosabati bilan kishilar bir-birlarini Yangi yil bayrami bilan tabriklasinlar.
Uyga vazifa : Mavzu boyicha ma'lumot toplab kelish
19- Mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: YANGI YILNI KIMLAR BIRINCHI BO‘LIB KUTIB OLADI?
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:Yaponlar qadimdan o‘z yurtlarini «kun chiqar mamlakat» deb atashadi. Yer shari bo‘yicha yangi kun va yangi yilni birinchi boiib yaponlar kutib oladi, degan fikr ularning miyasiga singib qolgan. Aslida bunday emas, chunki har bir yangi kun kabi yangi yil ham sanalar o ‘zgarish chizigidan boshlanadi. 180°-meridian sanalar o‘zgarish chizigi deb qabul qilinganligi va bu chiziq Osiyo bilan Amerikani bir-biridan ajratib turgan Bering bo‘g‘ozidan o‘tishi yuqorida aytilgan edi. Sanalar o‘zgarish chizigiga eng yaqin hudud esa Rossiyaning sharqiy chekkasi, ya’ni Chukotka yarimorolidir. Demak, yangi yilni Chukotka yarim orolida istiqomat qiluvchi xalqlar dunyoda birinchi boiib kutib oladi. Sayyoramizda yangi yil boshlanib rosa ikki soat o‘tgandan keyingina Yaponiyaga yetib keladi. Yaponlar yangi yilni Chukotka xalqlaridan ikki soat keyin kutib oladilar. Chukotkada boshlangan yangi yilni mongollar chukotkaliklardan 5 soat keyin, toshkentliklar 7 soat keyin, samarqandliklar 8 soat keyin, Moskva, Sankt-Peterburg va Kiyev aholisi 10 soat keyin, fransuzlar va inglizlar 12 soat keyin, kubaliklar va nyu-yorkliklar 17 soat keyin kutib oladi. YANGI YIL NECHANCHI YIL? Hammamiz dekabr oyi boshidayoq yangi yilni kutish taraddudiga tushib qolamiz. Sarvqomat, yam-yashil archa, saxiy Qorbobo, sovg‘a-salomlar, shinam bayram dasturxoni, tabriknomalar, ezgu tilaklar — bular biz uchun odat boiib qolgan. Ammo yangi yil boshqa oylarda ham bayram qilinishini bilasizmi? Axir, mart oyidagi Navro‘z ham yangi yil bayrami-da! Bunda sumalak, yalpiz somsa pishiriladi. Yoshlar qir-adirlarga lola sayliga chiqishadi. Navro‘z faqat bizdagina emas, Afg‘oniston, Eron, Iroq, Pokistonda ham yangi yil boshi. Buning ilmiy sababi ham bor. www.ziyouz.com kutubxonasi Quyosh 21-mart kuni ekvator ustida tik turadi, keyinchalik shimoliy yarimsharga ko‘proq yog‘du bera boshlaydi, o‘lkamizga bahor va yoz keltiradi. Shu kezda dehqon dalaga chiqadi, ko‘chat o‘tqazadi — tabiat uyg‘onadi. Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida Bog‘i Bobur deyiladigan oromgoh bor. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘sha yerga dafn etilgan. Har yili Navro‘z kunlarida muxlislar shu bog‘ ichiga ko‘chat o‘tqazadilar. Sanab o‘tilgan mamlakatlarda Navro‘z bayrami 12 kun davom etadi. Efiopiyada yangi yil sentabr oyi o‘rtalariga to ‘g‘ri keladi. Shu kuni hamma daryoda cho‘miladi, tunda mash’ala yoqib, raqsga tushadi. Birmaliklar yangi yilni bahor faslida — 17-aprelda tinjan m a’rakasi bilan boshlashadi. Odamlar shlangdan, chelakdan, suvotar to ‘pponchalardan bir-birlarini suvga bo‘ktirishadi. Hech kim qochib qutulolmaydi, hech kim xafa ham bo‘lmaydi. Shunaqa bayram-da, yangi yil ularda. Malayziya ahli esa bir yilda to‘rtta yangi yilni nishonlashadi: yevropacha yangi yil, hindcha, xitoycha va musulmoncha yangi yil. Millati, dini, yoshi va jinsiga qaramay, kimning bayrami bo‘lishidan qat’i nazar, hamma aralashib ketaveradi. Vyetnamliklar yangi yilni fevral oyida kutishadi. Eng chekka shimolda — Grenlandiya va Kanada shimolida yashovchi eskimoslar uchun qutbiy tunlar tugagan kun yangi yil boshi boiadi. Yangi yilni har yerda har kim turli vaqtda kutib olsa, yil sanog‘i qanday bolarkin? Bizda nechanchi yil deb so‘rasangiz bog‘cha bolasi ham «2010-yil!» deb javob beradi. Bu xalqaro, butun dunyoda qabul qilingan yil hisobi, Grigoriy kalendari ekanligi m a’lum. Ammo dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bu xalqaro yil hisobi bilan bir qatorda mahalliy yil hisoblari ham bor. Arabiston, Eron, Afg‘oniston va Pokiston singari mamlakatlarda Oy kalendari-sanasi Qamariya bo‘yicha mart oyidan boshlab 1427-hijriy yil kirgan. Eronda maxsus yil hisobi ham qabul qilingan. Eron kalendari miloddan awalgi 558-yildan boshlangan — o‘sha yili qadimgi Eron shohi Qurush (Kir) taxtga o ‘tirgan ekan. Demak, bizdagi 2006-yil mart oyidan Eronda 2564-yil boshlangan. Isroil davlatining ham milliy — diniy yili bor. Yahudiylar kalendari «dunyo yaratilish» afsonasidan boshlanadi. Emishki,i odamzod — Odamato miloddan 3761-yil muqaddam paydo boigan. U yilni hozirgi yil bilan jam qilinsa, Isroil davlatidagi 5767-yil hosil boiadi.
Uyga vazifa : Mavzu boyicha ma'lumot toplab kelish. test krassvordlar tuzib kelish
20- Mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: Oylar nomlarining kelib chiqishi
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni: Qadimgi Rimda Oy kalendari (qamariy kalendar) ga amal qilingan. Bu kalendar bo‘yicha bir yil 10 oydan — 304 kundan iborat bo‘lgan. Awaliga oylarning nomi bo‘lmagan, ular tartib raqami bilan yuritilgan. Rimliklarning 304 kunlik yili na Oy yili hisobiga va na Quyosh yili hisobiga to‘g‘ri kelar edi. Shuni nazarda tutib, eramizdan awalgi VII asrda islohot o‘tkazilib, kalendar yiliga yana ikki oy: o‘n birinchi yanvar va o‘n ikkinchi — fevral oylari qo‘shiladi. Shunday qilib, qadimgi rimliklarning o ‘n oylik kalendari o‘n ikki oylik kalendarga aylandi. Bu kalendar hozir amal qilib kelinayotgan kalendaming asosini tashkil etdi. Islohotdan oldingi qadimgi rimliklar kalendaridagi oylar nomi 12 oylik kalendarda ham saqlanib qolgan. 10 oylik kalendarda yangi yil bahorda boshlangan. Ko'pchilik kalendarlarda, shu jumladan, qadimgi rimliklar kalendarida yilning birinchi oyi mart boigan. Bu oy urush xudosi, dehqonlar va chorvadorlar homiysi Mars sharafiga mart deb atalgan (mart martius so‘zidan olingan). Maqbul kalendarlardan biri hisoblangan Umar Xayyom kalendarida ham yil mart oyidan boshlangan. XV asrgacha Rossiyada ham yangi yil mart oyidan boshlangan. Hozirgi kalendarda mart yilning uchinchi oyidir. Kalendarimizdagi to‘rtinchi oyning nomi aprel (aprilis) lotincha «apfire» degan so‘zdan kelib chiqqan. Apfire — o‘z in’omlarini namoyon qiluvchi degan m a’noni bildiradi. Boshqa manbalarda aprel so‘zi ma’buda Afrodit — go‘zallik, muhabbat, shuningdek, hosildorlik tangrisi nomidan kelib chiqqan deyiladi. Aprel — bahor oyi, butun borliq uyg‘onib kishilarga orom bagishlaydigan oy; bahorda hatto keksalar ham o‘zlarini go‘yo yasharayotgandek, ancha bardam his qiladi. Aprelda kelgusi hosil uchun taraddud boshlanadi. Birinchi aprel — xushchaqchaqlik kuni. Xushchaqchaqlikni hazil-mutoyibasiz, kulgisiz tasaw ur qilish qiyin. Ko‘ngil kutubxonasi ochish, kulish maqsadida Pyotr I zamonidayoq 1-aprelda birbirini hazillashib aldash odat tusiga kirgan. Kalendarimizdagi beshinchi oyning nomi may (mayus) m a’buda Mayya ismidan olingan: Qadimgi rimliklar e’tiqodi bo‘yicha, Mayya Merkuriyning onasi — Yer tangrisidir. May — go‘zallik, shod-xurramlik oyi hisoblanadi. Kalendarimizdagi oltinchi oyning nomi iyun (yunius) qadimgi rimliklar e ’tiqodiga ko‘ra, Yupiter xotini — ma’buda Yunona sharafiga atalgan. Afsonalarga ko‘ra, Yunona Oy xudosi, ayollar homiysi boiib, er-xotinga qo‘sha qarishni, uvali-juvali boiishni ravo ko‘rarkan. Kalendarimizdagi yettinchi oyning nomi Rim davlat arbobi va lashkarboshisi Yuliy Sezar (eramizgacha 100—44-y.y.) sharafiga iyul deb atalgan. Eramizdan oldingi 46-yilda Yuliy Sezar tashabbusi bilan 12 oylik shamsiy kalendar isloh etilgan va Yuliy kalendari deb yuritiladigan boigan. Kalendarimizdagi sakkizinchi oyning nomi Rim imperatori Oktavian Avgust sharafiga (eramizning 14-yili) avgust deb atalgan. Imperator Avgust—Yuliy Sezarning nabira jiyani — vorisidir. U vaqt (kalendar) hisobidan to‘planib qolgan farqni isloh qilib tugatgan. Kalendarimizdagi to ‘qqizinchi oy — sentabrning nom i (qadimgi rimliklarning 10 oylik kalendarida bu yettinchi oy hisoblanadi) lotincha September (septem — yetti degani) so‘zidan olingan. Kalendarimizdagi o ‘ninchi oy (qadimgi rimliklar kalendarida sakkizinchi oy) lotincha oktober so‘zidan olinib, oktabr deb atalgan (okto — sakkiz degani). Kalendarimizdagi o‘n birinchi oy — noyabming nomi lotincha november so‘zidan olingan. Qadimgi rimliklar kalendarida bu to‘qqizinchi oydir, lotincha novem so‘zi to‘qqiz degan m a’noni bildiradi. Kalendarimizdagi o ‘n ikkinchi oyning nomi — dekabr lotincha desember so‘zidan olingan, chunki bu oy qadimgi rimliklar kalendarida o ‘ninchi oy boiib hisoblanadi (dekem — o‘n degan ma’noni bildiradi). Yuliy kalendaridagi o‘n birinchi oy ikki yuzli xudo Yanus sharafiga yanuarius (yanva) deb atalgan. Rimliklarning e’tiqodicha, ikki yuzli xudo Yanus har bir narsaning boshi va oxirining homiysi boigan emish. Hozirgi kalendarda yanvar yilning birinchi oyi hisoblanadi, rimliklar kalendarining oxirgi — o‘n ikkinchi oyi fevraldir. Fevral lotincha «februum» so‘zidan olingan. Rimliklar bu oxirgi oyga oiiklar tangrisi Februariy nomiga bag‘ishlab februarius deb nom bergan. Lotincha «februarius» so‘zi — tozalanish, poklanish degan m a’noni ham bildiradi. Fevral hozirgi kalendarning ikkinchi oyi hisoblanadi
Uyga vazifa : Mavzuni oqib mavzu boyicha ma'lumot to'plab kelish.
21 Mmashg’ulot Sana ____________
Mavzu: OB-HAVO INJIQLIKLARI
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Sayyoramiz atmosferasi pastki qatlamining holati va uning turli-tuman o‘zgarishlari ob-havo deb ataladi. Ob-havo so‘zini m a’lum vaqtda muayyan joydagi havoning holati deb tushunish kerak. Ob-havo mudom o ‘zgarib, turli tabiat hodisalari ro‘y berib turadi. 1976-yilda yer sharida ob-havo misli ko‘rilmagan darajada o ‘zgarib, turli ofatlar keltirib chiqardi. Masalan, G ‘arbiy Yevropada, chunonchi, Angliya, Fransiya, Belgiya va Italiyada so‘nggi yuz yil mobaynida haddan tashqari issiq va qurg‘oqchilik bo‘ldi. Shu tufayli bu mamlakatlarning ba’zi o‘lkalarida o ‘rmonlarda yong‘in chiqdi. Sena, Temza, Reyn va Maas kabi daryolar benihoya sayozlandi. Angliya hatto xorijiy ellardan ichimlik suv sotib olishga majbur bo‘ldi. Keyin ob-havo yana o ‘zgarib, bir necha kun to ‘xtovsiz jala quyib, ko‘p joylami suv bosdi, qurg‘oqchilikdan omon qolgan don ekinlari namgarchilikdan nobud bo‘ldi. Yer sharining boshqa joylarida ham ob-havoga bog‘liq tabiat hodisalari ro‘y berdi. Masalan, Braziliyada to ‘rt oy davom etgan qurg‘oqchilikdan so‘ng to‘satdan qor yog‘di. Qizig‘i shundaki, braziliyaliklaming ko‘pchiligi umrida qor ko‘rmagan, chunki bu o‘lkada deyarli qor yog‘maydi. Argentinaning ayrim joylarida havoning harorati —7°C gacha pasayib ketdi. Afrikada Sahroi Kabirning janubida joylashgan mamlakatlar qurg‘oqchilik dastidan katta zarar ko‘rsa, subtropik o‘lkalar toshqiniardan ozor chekdi. Ob-havoning bu qadar katta ko'lamdagi ofatlarni keltirib chiqarajagini hatto meteorologlar ham oldindan bilolmadilar. Ular XX asr mobaynida yer sharida iqlim shu tarzda uch marta keskin o‘zgarganligini qayd qilganlar, xolos. Iqlimning dastlabki o ‘zgarishi 1920-yilda sodir bo‘lgan, shu vaqtda Arktikada iqlim birdaniga ilib ketgan. 1940-yillardan boshlab shimoliy yarimsharda iqlim yana soviy boshlaydi, keyin tag‘in biroz isiydi. 1969 va 1976-yillarda 0 ‘zbekistonda qish ancha sovuq keldi, 1977-yil bahorida yog‘ingarchilik kam bo‘ldi. Keyingi yillardagi ob-havo o‘zgarishlariga qarab iqlim keskin o ‘zgarmoqda desa bo‘ladimi? Bu shunchaki, oddiy masala ham emas, shu bilan birga bekorchi gap ham emas. Iqlim qadimdan o ‘zgarib kelmoqda, iqlimning o‘zgarishi davriy xarakterga ega. 0 ‘tgan million yillar mobaynida shimoliy yarimsharda bir necha muzlanish davri kuzatilgan. Muzlanish davrida Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning katta qismlari qalin muz qatlami bilan qoplangan. Muzlanish davrlari almashinib turadi. Bir muzlanish davridan ikkinchi muzlanish davrigacha taxminan 10—12 ming yil vaqt o‘tadi. Juda uzoq davom etadigan bu oraliq davrda ham nisbatan qisqa vaqt iqlim o‘zgarishlari ro‘y beradi. Masalan, 1600—1850-yillar oralig‘ida undan keyingi yillardagiga nisbatan iqlim sovuqroq bo‘lgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, XX asming birinchi yarmida Arktika ancha ilidi. 1940-yillardan to 1972-yilgacha iqlim yana sovigan. Hozir yer sharining ayrim joylarida iqlim ilimoqda. Ob-havodagi bunday o‘zgarishlarga asosiy sabab Quyosh faoliyatidagi tebranishlardir.
Uyga vazifa : Mavzuni o'qib test krassvordlar tuzib kelish
22 Mmashg’ulot Sana ____________
Mavzu: CH O ‘LDAGI KUY YA SAMUM
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Choidagi eng dahshatli va mudhish hodisa — samum deb ataluvchi shamoldir. Bu shamol esganda cho‘1 bamisoli kuylaydi. Havoga ko‘tarilgan chang-to‘zon Quyoshni to ‘sib qo‘yadi, havo juda ogirlashadi, nihoyat darajada qizib ketadi, kishining nafas olishi qiyinlashadi. Rus sayyohi A.V. Yeliseyev Sahroi Kabirda boigan samumni bunday tasvirlaydi: «Karvonimiz uch kun yurgandan keyin с h o i xuddi tuman tushgandek qorongilasha boshladi. Y o i boshlovchilar bir mudhish hodisani sezayotgandek, bir-birlariga qarab qo‘yishdi. Nimagadir ko‘ngil g‘ash. Quyosh qattiq qizdirar, havo diqqinafas, tevarak-atrofda sokinlik hukm surardi. Bir necha soatlab y o i yursak ham qizigan qum dengizida hayot asari ko‘rinmadi. Tush paytida dam olish uchun to ‘xtadik va jazirama issiqdan qochib chodir ichiga bekindik. Shu payt qizigan havoda qandaydir sirli ohang quloqlarga chalindi, ohang tobora zo‘rayib, goh hamma tomondan eshitilayotgandek, goh osmondan kelib yer bag‘riga singib ketayotwww.ziyouz.com kutubxonasi gandek tuyulardi. Y o i boshlovchilardan biri: «Qumning kuylashi yaxshilikka olib bormaydi. Qum kuylab shamolni chaqiradi, shamol ketidan ajal keladi», deb qo‘ydi. Qum goh sho‘x, goh g‘amgin ohangdor kuylardi; jonsiz qumning kuylayotganiga odamning ishongisi kelmasdi. To‘satdan kuy to'xtadi. Atrofni sukunat bosdi. Tuyalar ham dahshatli shamol yaqinlashib kelayotganini sezgandek bezovtalana boshladi. Shamol turib, chodirimiz yaqinidagi baland qum tepaligidan qumlarni sekin-asta uchirib, atrofdagi qum uyumlarini ham to ‘zg‘ita boshladi; havo xiralashdi, osmon go‘yo yerga yaqinlashgandek ko‘rindi. Janub tomonni qizg‘ish changto'zon qoplab oldi. Shiddat bilan osmonga ko‘tarilgan changto ‘zon bir necha minut o‘tar-o‘tmas Quyoshni to‘sib qo‘ydi. Qum bo‘ronining tezligi oshaverdi. Havo juda dim boiib qoldi. Hatto tuyalar ham nafas olishga qiynalishardi. Tevarak-atrof qoramtir-qizgish to ‘zon ichida qoldi. Shu on yana yigiga o‘xshash, g‘alati ovoz eshitila boshladi. Xullas, qum bo‘roni yer yuzidagi jamiki mavjudotni sidirib olib ketgudek b o ia r edi. Biz qandaydir ofat yaqinlashib kelayotganini sezib, vahimaga tushdik, buni samum deyishga tilimiz kelmas edi. Yaqinlashib kelayotgan mash’um samumni xuddi qismatimizni kutayotgandek kutardik-u, ammo u bilan kurashishga ojiz edik. Qum kuylay boshlab, yarim soat o‘tgach, tabiatning eng dahshatli hodisasi — samumning markazida qoldik. Endi, muloyim kuy to‘s-to‘poloni chiqayotgan qumlarning shovqiniga aylandi. Bunday dahshatli shovqinni biron narsaga o‘xshatish qiyin. Samum tabiatda bo‘ladigan hodisalarning atigi bittasidir
Uyga vazifa : Yangi mavzuni oqib mavzu boyicha malumot toplab kelish
23- Mmashg’ulot Sana ____________
Mavzu: QUYUNLAR
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
M o‘tadil kengliklarda ham kuchli dovullar bo‘lib turadi. Shimoliy Amerikada bo‘ladigan dovulni «tornado» deb yuritishadi («tornado» ispancha so‘z bo‘lib, «uyurma» degan m a’noni bildiradi). AQSH dagi gazetalardan birida mana bunday satrlar bosilgan edi: «Biz bilan «tornado» orasidagi masofa tobora qisqarib to‘rt-besh kilometr bo‘lib qolganda uning bir uchi yergacha yetib keldi, shu vaqt to‘satdan shunday qattiq shovqin chiqdiki, oramizdagi eng dovyurak kishilar ham jonini hovuchlab qoldilar. «Tornado» daryodan o ‘tib, eng chekkadagi bir uyning oldiga yetib keldi va bolaxonali bu uyni poydevori bilan birga o‘ttiz besh metrcha nariga uloqtirib tashladi. Uning yonginasidagi yana bir uy ham shimoli g‘arb tomon to‘rt-besh metr siljib, xuddi ichida bomba portlaganday, devorlari turli tarafga otildi. «Tornado» uylarnigina emas, odamlarni ham uzoqqa uloqtirib tashladi, xizmatkor ikki qo‘lidan ajradi, fermer devor tagida qolib halok bo‘ldi, uning sho‘rlik qizini quyun yetmish metrcha masofaga uchirib ketib temir panjaraga urdi ...» (30- rasm). «Tornado» hatto avtomobillarni ham uchirib ketadi. Bunchalik vayrongarchilikka sabab bo‘lgan «tomado»ning o ‘zi nima? Amerikada «tornado» deb ataladigan qattiq shamolni bizda «quyun» deyishadi. Quyun yer yuzining hamma joyida quruqlikda ham, suvda ham, ba’zi joylarda tez-tez, ayrim joylarda kam sodir bo‘lib turadi. Dengiz quyunini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishining hikoyasi: «Ro‘paramizda ulkan tutun ustuni paydo bo‘ldi. Unga yaqinlashib qolganimizda kichikroq yana bir ustun ko‘zga tashlandi. Ajabo, dengizda tutun nima qiladi?! Biz tutun deb o‘ylagan ustun bug‘ va suv qatralaridan tarkib topgan ekan. Fil www.ziyouz.com kutubxonasi 30-pasm. Quyun. xartumini eslatuvchi bu suv ustuni naq bulutga qadar bo‘y cho‘zgan — balandligi 350 metrcha kelardi». Tabiatda bunday g‘aroyibotlarni vujudga keltiruvchi kuch — havo oqimlaridir. Havoning bunday harakatlanishiga sabab nima? Dengiz, daryo va anhorlardagi girdobni har birimiz ko‘rganmiz. M a’lumki, girdob to‘g‘onlar atrofida, ko‘prik ustunlari, umuman, suv yoiidagi to‘siqlar oldida tez-tez hosil boiib turadi. Buning sababini tushunish qiyin emas. Oqar suv to‘siqqa urilib orqasiga qaytganida orqadan «bostirib» kelayotgan suv oqimi bilan to ‘qnashadi, natijada girgirakka o‘xshab aylana boshlaydi. Quyun vujudga kelishi uchun Quyosh nurlari yer sathini qattiq qizitishi hamda havoning yonma-yon qatlamlari o‘rtasidagi harorat bilan havo bosimi o‘rtasida katta tafovut boiishi kerak. Suv to ‘siqqa urilib girdob hosil qilganidek, yerdan ko‘- tarilayotgan issiq havo oqimi ham sovuqroq havo oqimiga urilib aylana boshlaydi, buning natijasida uyurma hosil boiib, shiddat bilan yuqori ko‘tariladi, yengilroq narsalami, ba’zan esa imoratlarning tomini ham «varrak qilib» uchirib ketadi. Quyunlar aksari hollarda elektr zaryadiga ega boiadi
Uyga vazifa : Yangi mavzuni o'qib qo'shimcha ma'lumotlar to'plab kelish
24- Mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: DUNYODAGI ENG UZUN DARYO
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Ko‘pincha, Nil daryosi Viktoriya koiidan boshlanadi, deb hisoblaniladi. Bu — noto‘g‘ri fikr. Aniqrog‘i, Nil daryosi Viktoriya ko‘lidan oqib o ‘tadi. Nil daryosi Viktoriya ko‘liga quyiladigan Kagera daryosidan boshlanib 0 ‘rta yer dengizga quyiladi. Nil daryosining uzunligi 6671 kilometr. U yer sharidagi eng uzun daryodir. Nil daryosining boshlanish joyida qayiqqa o‘tirgan kishi har kuni 100 kilometr y o i bosib o‘tsa, daryoning deltasiga, Qohiraga ikki oydan keyingina yetib keladi. Nil daryosi suvidan, asosan, Misrning shimolida yashovchi kishilargina bahramand bo‘ladilar. Eramizdan oldingi V asrda yashagan yunon olimi Geradot «Misr Nilning sovg‘asidir» degan. Darvoqe, qadimgi madaniyat markazlaridan biri — Misr Nil daryosi tufayligina vujudga kelgan. Har yili kuzda, ya’ni oktabr-noyabr oylarida Nil daryosi 40 kun toshadi. Toshqin paytida qishloqlarni suv bosmasligi uchun ular nisbatan balandroq joylarga qurilgan. Toshqin vaqtida qishloqlardagi aholi bir-birlari bilan qayiqlar yordamida aloqa bogiaydi. Shunga qaramay, Nil daryosining toshishidan aholi faqat xursand boiadi, chunki suv qancha ko‘p toshsa, ekin hosili shuncha m o i boiadi. Suv qaytgandan keyin yerlarda unumli loyqa qatlami qoladi, dehqon (fallax)lar ekin ekishga kirishadilar. Bahorda hosil yigishtirib olingandan keyin yerlar yoz bo‘yi yana qaqrab yotaveradi. Viktoriya koiidan oqib chiquvchi daryo Viktoriya-Nil daryosi deyilib, Kioga koiiga quyiladi. Kioga koiidan oqib o ‘tgach 40—50 metrcha balandlikdan tushib Myorchison sharsharasini vujudga keltiradi, keyin Albert koiiga quyiladi. N il daryosi. shara suvi pastga tushayotganda changdek mayda zarralarga bo‘linib ketadi, bu suv zarralari quyosh nurida rang-barang tovlanib, chiroyli kamalak hosil qiladi. Albert ko‘lidan Albert-Nil daryosi oqib chiqadi. Bu daryo tog‘lar orasidan o‘tib ostona va daralar hosil qilganligi uchun Bahril Jabal, ya’ni «Tog‘ daryosi» deb yuritiladi. Bahril Jabal daryosiga o‘ng tomondan Habashiston tog‘idan Sobat daryosi kelib qo‘shilgandan keyin daryo Oq Nil—Bahril Abyod nomi bilan atala boshlaydi. Bahril Abyod sohillarida kiyiklar, tuyaqushlar, fillar, begemot, hatto sher ham uchraydi. Yowoyi hayvonlar ba’zan qishloq, hatto shahar aholisini ham bezovta qilib turadi. Oq Nilning Tana ko‘lidan oqib chiqqan Ko‘k Nil (Bahril Azrok) bilan qo‘shilishidan haqiqiy Nil daryosi hosil bo‘ladi. Xartum shahridan Asvongacha Nil daryosi 6 ta ostona hosil qilib oqadi
Uyga vazifa : Yangi mavzuni o'qib mavzu boyicha qo'shimcha ma'lumot to'plab kelish
25- mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: VIKTORIYA SHARSHARASI
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Tabiat yaratgan ajoyib m o‘jizalardan biri hisoblanuvchi Viktoriya sharsharasini 1855-yili sayyoh D. Livingston kashf etgan. Zambezi daryosi bo‘ylab daraxtzorlar orasidan o‘tib borayotib, sayyoh, uzoqda tutunga o‘xshash «bulutni» ko‘rib qolgan. Qalin o‘rmondagi daraxtlami ko‘p mashaqqatlar bilan oralab «bulut»ga yaqinlashgan sari o‘sha tomondan eshitilayotwww.ziyouz.com kutubxonasi 38-rasm. Viktoriya sharsharasi. gan g‘uvullash ovozi tobora balandlashaveradi. Nihoyat, sayyoh Zambezi daryosi yoqasiga borib qoladi va ulkan daryoning to ‘satdan tik pastga tushayotganini ko‘radi. Sharsharaga yaqinlashgan sayin daryoning eni kengayib borgan. 122 metr balanddan otilib tushayotgan suvning shovqini momaqaldiroqning gumburlashini eslatadi. Suv tushgan joyda 60—90 metr balandlikka sachrayotgan suv zarralari havoda muallaq turgan bulutga o‘xshab ko‘rinadi. Mahalliy aholi uni Mozi—oa— tunya, ya’ni «Guldurayotgan bug4» deb ataydi. Sekundiga o‘rta hisobda 1400 m3 suv tushadi. Viktoriyada kichikroq GES qurilgan. Viktoriya va unga yondosh hududlarning tabiat manzaralari va noyob hayvonlarini muhofaza qilish maqsadida Zembezi daryosining janubiy sohilida Viktoriya — Fols milliy parki tashkil etilgan.
Uyga vazifa: Mavzu bo'yicha ma'lumot to'plab kelish
26- mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: QIZIL DENGIZ
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Qizil dengiz — Hind okeanining materiklar oralig‘idagi dengizdir. Afrika va Arabiston yarimoroli oralig‘ida, Misr, Sudan, Eritreya, Isroil, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Yaman davlatlari qirg‘oqlariga tutash. Afrikadagi chollar oralig‘ida www.ziyouz.com kutubxonasi joylashganligi uchun ancha quruq. Cho‘llardagi harorat dengiz suvini isitib yuboradi. Qizil dengiz suvining isib ketishiga yil davomida deyarli tik tushib turadigan Quyosh nurlari ham sababchidir. Qizil dengizda kemada suzayotgan kishi jazirama issiq dastidan ta’zirini yeydi: Quyosh uzluksiz ravishda isitaverganidan kemaning metall palubasi tovaga o‘xshab qizib ketadi, hatto botinkada ham oyoq kuyadi. Shuning uchun palubada qo‘lbola oyoq kiyimda — oyoqqa «taxtakach» bog‘lab yurishga majbur bo‘lishadi, «taxtakach» dan issiq kam o‘tadi. Odatda dengizlarda bo‘ladigan salqin, yoqimli va mayin shabada kemada suzuvchilarga orom bag‘ishlaydi. Lekin Qizil dengizda bunday holni ko‘rmaysiz. Qizil dengiz yuzasidagi havo chidab bo‘lmas darajada issiq va dim bo‘lib, nafas olganda o‘pkani bamisoli kuydiradi, badandan ter oqqani-oqqan, diqqinafas havo odamni gangitib qo‘yadi. Kishi kech kirishini sabrsizlik bilan kuta boshlaydi. Kechasi harorat biroz pasaysada, havo dimligicha qoladi. Ertalab qaralsa, kema palubasini «simob donalari»dek yirik-yirik suv tomchilari qoplab olgan bo‘ladi, bu — issiq o‘lka shudringidir. Shunisi qiziqki, Qizil dengiz atrofida yil bo‘yi bir tomchi yomg‘ir yog‘maydi, faqat shudring tushadi. Qizil dengizdan havoga yiliga bir necha metr qalinlikda suv bug‘i ko'tariladi, bu dengiz Bobilmandob bo‘g‘ozi orqali Hind okeaniga tutashmaganda va bu bo‘g‘oz orqali Hind okeanidan muttasil suv kirib turmaganda Qizil dengiz allaqachon qurib qolgan bo‘lur edi. Bu dengizga nega Qizil dengiz deb nom berilgan? Qum bo‘ronlari vaqtida dengiz atrofidagi cho‘llardan ko‘tarilgan qizg‘ish chang hammayoqni qoplab oladi. Shunday paytda dengiz dahshatli qizg‘ish tusga kiradi. Suvda va sohil yaqinida qizg‘ish rang suvo‘tlari ko‘p bo‘lganligidan ham suv qip-qizil bo‘lib ko‘rinadi. Dengizning nomi shundan kelib chiqqan bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. Dengiz suvi haddan tashqari tiniq, dengiz tubida maijonlardan tashkil topgan gulzor-xiyobonlar, turli-tuman suvo ‘tlari, dengiz bulutlari ko‘rinib turadi. Tinch havoda, ertalab ular, ayniqsa, go‘zal va maftunkor manzara kasb etadi. Afsonaviy rang-barang ko‘rinishdagi, xilma-xil shakldagi marjonlardan, nilufar, dengiz qo‘qongulidan, ular orasida sayr qilib yurgan ajoyib tilla baliqlardan ko‘z uzolmaysiz. Dengiz osti dunyosining go‘zalligi, rang-barang ochilib turishi gulzorlamikidan qolishmaydi. Dengiz osti dunyosi tunda o ‘ziga xos i afsonaviy go‘zallik kasb etadi: suvo‘tlari, dengiz gullari, suvosti jonivorlarining kichigidan tortib kattasigacha allaqanday nur chiqarib dengiz ostini yoritib turadi.
Uyga vazifa : Yangi mavzuni o'qib o'tilganlar bo'yicha test va krassvordlar tuzib kelish
26 mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: 0 ‘LIK DENGIZ
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Uzunligi 76, eni 10—15 kilometr keladigan bu ко in i ko‘rgan kishi hayron qoladi. Axir, suv — hayot manbayi, suv bor joyda hayot farovon deymiz. Uning qirg‘oqlarida na bir giyoh va na bir parranda bor. Hatto, suvida birorta baliq zoti uchramaydi. Suvi shu qadar sho‘rki, yuz yuvsangiz sal o ‘tmay betingiz oppoq tuzga bo‘yaladi, cho‘milmoqchi boisangiz — harakatingiz zoye ketadi — suvga kirolmaysiz, oyogingiz botmay, bamisoli pufakdek qalqib yurasiz. Uning bir litr suvida 250—300 gramm tuz boigani sababli suvi juda ogir, hayotdan mahrum. Tevarak-atrofi toshloq cho‘1 va jazirama issiq boiganidan, k o i suvi tez bugianadi. Iordan daryosidan kelayotgan suv bu koining asosiy manbayidir. Uni arablar «Bahri lut», ya’ni «O iik dengiz» deb atashadi. Ushbu k o i hayotdan mahrum boisa-da, ikki xususiyati bilan mashhurdir. Birinchisi shuki, o iik dengiz dunyodagi eng chuqur havzalardan biri. U G ‘arbiy Osiyodagi yer yorigida o ‘mashgan boiib, suvining sathi 0 ‘rta yer dengiz yuzasidan 392 metr pastda, suvining tubi esa yana 356 metr chuqur. Binobarin, O iik de-ngiz tubi okean sathidan 748 metr pastlikdadir. Dengiz suvida bir necha o‘n milliard tonna xilma-xil mineral tuzlar, jumladan kaliy, magniy, natriy xlorid, bromning mavjudligi dengizning ikkinchi xususiyatidir. Bu tuzlar ximiya, meditsina va harbiy sanoat uchun xomashyo manbayidir. Mazkur dengiz tuzini tevarakdagi bir qancha ximiya zavodlari qabul qiladi. Demak, nomi «oiik» boisa ham, dengiz foydasi «tirik»
Uyga vazifa: Mavzu bo'yicha ma'lumot to'plab kelish
27- mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: SUNAMI
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Kuchli zilzilalar paytida dengiz tubi to ‘satdan koiarilishi yoki pasayishi mumkin. Okean tubining to‘satdan qattiq silkinishi, larzaga kelishidan kuchli, bahaybat tolqinlar vujudga keladi. Tabiatdagi bu hodisa Sunami deb ataladi. Sunami qirg‘oqdan uzoqda, okean o ‘rtasida suzayotgan kemalarga xavf tug‘dirmaydi, ammo sohilga yaqinlashgan sari tolqinning balandligi ortib, dahshatli, yemiruvchi kuchga aylanadi. Sunami soatiga 400 dan 800 kilometrgacha tezlikda tarqaladi. Sunami tolqinlari qirg‘og‘idagi qoyalar va tor joylarda 15 metrdan 30 metrgacha balandlikka kolariladi. Sunami katta talofat keltiradi. Sunamining 85 foizi Tinch okean sohillariga to ‘g‘ri keladi. 1883-yilda Krakatau vulqoni otilgan vaqtda hosil boigan sunami 30—40 metr balandlikka kolarilib, Yava orolining qirg‘og‘iga yopirilgan va 36 ming kishining yostigini quritgan. 104 www.ziyouz.com kutubxonasi 1896-yili Yaponiyaning Xonsyu oroli sohiliga yopirilib kelgan sunami toiqinlarining balandligi 30 metrga yetgan, to iq in 10000 uyni yuvib ketgan, 27000 odam qurbon bo‘lgan. 1960-yil may oyi oxirida Chilida ro‘y bergan zilzila vaqtida ham dengiz tubining relyefi o‘zgardi va kuchli sunami vujudga keldi. Sunami Chili sohilida yashovchi yuzlab kishini okeanga oqizib olib ketdi. Sunami toiqinlari reaktiv samolyot tezligida harakatlanib Kaliforniyaga, Gavay orollariga, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Filippin, Yapon va Kuril orollariga, shuningdek, Kamchatka sohillariga borib urildi. T oiqin Yangi Zelandiya sohillaridagi kemalarni ag‘dardi, Filippin sohillaridagi bir necha shahar suv ostida qoldi. 24-may kuni 10 metr balandlikdagi to iq in Chilidan 1500 kilometr uzoqda joylashgan Yaponiya qirg‘oqlariga kelib uril39-rasm. Sunami. 105 www.ziyouz.com kutubxonasi di, natijada 36 ming uy suv ostida qoldi. Baliq ovlaydigan 900 ta kema ag‘darildi, yuzlab odam halok bo‘ldi. Hozirgi vaqtda sunami to‘lqinlarining qayerga, qay vaqtda yetib borishini oldindan aytib berish yo‘llari topildi. Masalan, 1960-yili 24-mayda Rossiya mutaxassislari Kuril orollari va Kamchatka sohiliga sunami to‘lqinlari yetib kelajagini 20 minut oldin aytib berdilar. Shu 20 minut ichida sohildagi aholi bexatar joyga ko‘chirildi. Kishilar o‘sha joydan turib tabiatdagi bu dahshatli hodisaning guvohi boMdilar.
Uyga vazifa: Mavzu bo'yicha ma'lumot to'plab kelish
28- mashg’ulot Sana ____________
Mavzu: SOS NIMA?
Mashg’ulot maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
II,O’tgan mashg’ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
Okeanlarda suzib yurgan kemalaming radiostansiyalari har soatning 15-minutidan 18-minutigacha va 45-minutidan 48- minutigacha taqa-taq jim bo‘Ub, radist diqqat bilan quloq solib turadi. Shunday kelishilgan. Kemaning ayvonlarini alanga olsa, to‘lqin kema darchalarini sindirsa, machta va narvonlami ag‘darsa, hujjatlami suv bosib, motorlami to‘xtatsa, oqibatda kishilar xavf ostida qolib, hech najot bo‘lmasa — havoga SOS signali yuboriladi. Radioda uch nuqta-uch tire-uch nuqta eshitilsa, demak: Qayerdadir kema g‘arq bo‘lmoqda! Kishilar xavf ostida! Tez yordam bering! Yaqin oradagi kema qaysi davlatniki bo‘lishidan va qayerga ketayotganidan qat’i nazar, halokatga uchragan kemaga, albatta, yordamga oshiqishi kerak. SOS signali ana shunday xalqaro va najot chaqirig‘idir. Sobiq sho‘ro davlati kemalarining uzoq-uzoq dengizlarda chet el kemalariga, baliqchi va to‘satdan betob bo‘lib qolgan dengizchilarga bergan beg‘araz yordamlari haqidagi xabarlar gazetalarda tez-tez yozib turilardi. Masalan, 1976-yil dekabrida Qizil dengizda sodir bo‘lgan fojia va dengizchilaming jasoratini eslab ko‘raylik. Yuk tashuvchi kema «Lenino» shimol tomon suzib borardi. To‘satdan 21 gradus shimoliy kenglik va 38 gradus sharqiy uzunlikda SOS xabari olindi — «Patna» nomli Misr kemasiga o‘t tushibdi! Aksiga, «Lenino» omborida 33 ming tonna neft bor, alangaga yaqinlashish juda xavfli. Biroq dengiz qoidasi shunday, qolaversa, «Patna»da yuzlab odamlar taqdiri hal boiyapti! G ’arq bo‘layotgan kemaga befarqlik dengizchilarga xos emas! «Lenino» darhol yo‘lni o‘zgartirib tutun va alanga og‘ushida qolgan «Patna»ga yaqinlashdi. Kemani ko‘rgan jafokashlar o ‘zlarini suvga tashlab, yolvorib qutqaruv qayiqlarga tirmashar, holdan toyib, cho‘kib ketayotganlami matroslar tortib olishardi. Behush qolgan, suvga bo‘kkan, vahimadan esi og‘ganlar bo‘ldi. Matroslar, kema vrachi, restoran xodimlari tun-u kun jonbozlik qildilar. Jami 209 kishi xalos etildi. SOS signali ko‘plami qutqarib qolgan.
|