X-O'tilganlarni takrorlash




Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/87
Sana19.02.2024
Hajmi3,7 Mb.
#158581
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
Bog'liq
Geografiya fani to\'garak

X-O'tilganlarni takrorlash:
1. Atlantika okeanini qaysi materiklar o ‘rab turadi?
2. Okeanni kimlar o ‘rgangan?
3. Okeanda qanday tabiat mintaqalari bor?
XI-Yangi mavzu bayoni:
Asosiy xususiyatlari. Eng sho‘r okean, eng issiq ko‘rfazi mavjud, 
eng katta suvosti deltasi 
bor, cho‘kindi jinslar eng qalin (5,5 km, 
Gang deltasi), asosiy qismi Janubiy yarimsharda, o‘simlik va hayvonlarga 
eng kambagcal, eng uzun bo‘g‘izi bor, neft va gaz zaxirasi va qazib 
olinishi, tashiladigan neft hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marva- 
rid va durlar yig‘ib olishda yetakchi hisoblanadi.
Geografik o‘rni. Sanskrit yozuvda hind so‘zi ,,sug‘oradigan“ yoki 
„daryo“ , pushtu tilida esa ,,Abba-Sind“ , ya’ni „daryolar otasi“ degan 
m a’nolarni anglatadi. Forslar „sind“ atamasini hind deb atashgan. 
Demak, ,,hind“ so‘zi daryo nomidan kelib chiqqan.
Hind okeani to ‘rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya, An- 
tarktida) oralig‘ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Janubiy 
yarimsharda joylashgan. Shimoli-sharqiy va shimoli-gcarbiy qirg‘oqlari 
ancha parchalangan. Maydoni 76 mln km2.
0 ‘rganish tarixi. Hind okeanida arablar, shumerliklar Fors ko‘r-
27

" ■" 
—i 
—j 
A
i


fazi, Qizil dengiz va Hind okeanida suzishgan (er. av. 4—5-asrlarda) 
bo‘Isalar, finikiyaliklar (er. av. VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani 
janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan 
qaytib kelganlar.
Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII—XII asrlarda) Hind 
okeanini o‘zlashtirdilar. Ular okean qirg‘oqIarini, orollar, oqimlarni, 
shamollami atroflicha o ‘rgandilar. Vasko da Gama Hindistonga den­
giz yo‘lini ochdi (1498- y). Hind okeanini birinchi bo‘lib A. Tasman 
(1642— 1643) g‘arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga) suzib 
o‘tgan bo‘lsa, J. Kuk (1771 — 1775) okean chuqurligini aniqladi.
Okeanni muntazam o ‘rganish XIX asrning oxiridan boshlandi. 
„Chellenjer41 kemasi a ’zolari, 
UNESCO tashabbusi bilan 1960—
1965 - yillarda tashkil etilgan Xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi 
okean to‘g‘risida mukammal ilmiy ma’lumotlar to ‘pladi.

Download 3,7 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish