Dunyo okeanidan ovlanadigan organizmlarning 80% ga yaqinini ba-
liqlar, 10—12 % ini umurtqasiz hayvonlar, 8—10% ini dengiz sut-
emizuvchilari va suvoktlari tashkil etadi.
Okean suvlaridan yiliga treska (10,7 mln t), seld (22,3 mln t), skumbriva
(5,1 mln t) baliqlari ko‘plab ovlanadi. Okean tubidan osh tuzi, brom,
magniy, oltingugurt, aluminiy, mis, uran, kumush, oltin olinadi.
Dunyo okeanida
neft \
2
l gazb\v\nch\ o‘rinda Fors ko‘rfazidan, ikkinchi
o‘rinda Venesuella qirg'oqlaridan, Shimoliy dengizdan, Meksika qo‘ltig‘idan
qazib olinadi. Xitoy, Kanada, AQSH, Avstraliya, Irlandiva, Turkiya,
Gretsiya, Fransiya va boshqa mamlakatlar sohillarida toshko‘miming 100
dan ortiq yirik konlari mavjud.
Dunyo okeani eng muhim va arzon
dengiz transport vazifasini
bajaradi. Iqtisodiy, savdo aloqalarining 80% i, mahsulotlar tashishning
95% i dengiz transporti orqali bajariladi. Dunyo xo‘jaligining rivoj-
lanishi, xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, savdo-sotiqning
rivojlanishi dengiz transporti tufaylidir. Hozir Dunyo okeani sohillarida
2700 ta dengiz port-shaharlari mavjud.
Dengiz transportida tashiladigan asosiy yuk neft va neft mahsulot-
lariga to‘g‘ri keladi. Ba’zan bu mahsulotlarni tashiydigan maxsus kema-
tankerlar halokatga uchrab, sohil tabiatiga, dengiz organizmlariga katta
talafot keltirmoqda.
Dengiz turizmi ham okean resurslaridan foydalanishning bir sohasi
sifatida tobora rivojlanmoqda. Undan tushgan yillik daromad 220 mlrd
dollami tashkil etgan.
Dunyo okcanini
muhofaza qilish milliy, regional va xalqaro ko‘lamda
amalga oshiriladigan tadbir. Dunyo okeanini tadqiq etish va foydalanish
hamda muhofaza qilish maqsadida ko‘plab xalqaro tashkilotlar tuzil-
gan. Xalqaro dengiz komiteti, Davlatlararo okeanografik komis-
siya (UNESKO qoshida) va boshqalar Dunyo okeani boyliklaridan
oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ularni muhofaza qilish, tik-
lash va ekologik sharoitini yaxshilash borasida ibratli faoliyat
kocrsatmoqda.