• Materiklar va okean botiqlarining paydo boiishi.
  • Tasdiqla yman




    Download 3,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/87
    Sana19.02.2024
    Hajmi3,7 Mb.
    #158581
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
    Bog'liq
    Geografiya fani to\'garak

    XI-Yangi mavzu bayoni:
    Yer va litosferaning paydo bo‘Iishi. Olimlarning ta’kidlashicha, Quyosh 
    tizimi va Yer Koinotdagi harakatlanayotgan changsimon zarrachalaming 
    birikishidan hosil bo ‘lgan. Bunday fikrni dastlab fransiyalik olim 
    R. Dekart 1644- yilda, keyinchalik germaniyalik faylasuf I. Kant 1755- 
    yilda va fransiyalik olim R. S. Laplas 1796- yilda aytishgan. Shuning 
    uchun bu gipoteza Dekart-Kant-Laplas gipotezasi deb ataladi.
    Litosfera va Yer po‘sti yer ichki moddalarining saralanishi natijasida 
    hosil bo‘lgan. Qizigan holatdagi yerning yengil moddalari tepaga 
    ko‘tarilgan, og‘ir moddalari esa pastga cho‘kkan. Oqibatda nisbatan 
    yengil va qattiq litosfera (yunoncha, tosh qobiq) hamda Yer po‘sti, 
    mantiya va yadrolar tarkib topgan.
    Materiklar va okean botiqlarining paydo boiishi. Materik va okean 
    botiqlarining paydo boMishi haqida ko‘plab gipotezalar (ilmiy taxminlar) 
    yaratilgan bo‘lsa-da, olimlar hanuz bir yechimga kelmadilar. Shunday


    gipotezalardan bin mobilizmdir.
    Mobilizm (yunoncha, siljiydigan, harakatlanadigan) gipotezasini 
    1912- yilda nemis geologi A.Vegener ishlab chiqdi. Lekin undan deyarli 
    9 asr awal vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973—1048) materiklar- 
    ning siljishi haqida shunday degan „Qit’alar go‘yo suv sathida suzib 
    yurgan daraxt barglari singari bir-biri tomon yaqinlashib yoki uzoqlashib
    sekin harakatda bo‘ladi“. Beruniyning bu fikri mobilizm gipotezasi
    mohiyatining o ‘zidir.
    Litosfera plitalari tektonikasi. 1968- yilda amerikalik bir guruh 
    olimlar (L.R.Sayks, J. Oliver va b.) tomonidan yangi mobilizm, ya’ni 
    „litosfera plitalari tektonikasi11 gipotezasini e’lon qilishdi. Bu Beruniy, 
    Vegener g*oyaIari asosida yaratilgan eng so‘nggi, mukammal gipote- 
    zadir. Okean tubi tadqiqotlari, kosmik tasvirlar tahlili, aniq geodezik 
    o‘lchovlar va boshqa manbalardan olingan yangi m a’lumotlar natija- 
    sida litosfera plitalarining turli tomonga, har xil tezlikda harakatla- 
    nayotganligi m a’lum bo‘ldi. Bunga yuqori mantiya va astenosfera 
    qatlamlaridagi moddalarning uyurmali harakati sababdir (6- rasm).

    Download 3,7 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




    Download 3,7 Mb.
    Pdf ko'rish