Respublikamiz olimlari bu kursning katta tarbiyaviy ahamiyatidan kelib chiqqan holda uning dasturini ishlab chiqdilar, ilmiy maqolalar va ilmiy ommabop asarlarni e’lon qildilar. Shuning bilan bir qatorda, to’plangan tajribalarni umumlashtirib borish asosida dasturni milliy istiqlol g’oyasi, mamlakatimiz taraqqiyoti va tarbiyaviy ishlarni rivojlantirib borish zaruriyatidan kelib chiqqan holda kuchaytirib borish, uni takomillashtirishga ehtiyoj ham ortib bormoqda.
Chunki, ma’naviyatni o’rganish tajribalari ko’rsatdiki, u ko’p qirrali tushuncha bo’lib, o’z ichiga juda ko’p masalalarni qamrab oladi. Ana shu masalalarning boshqa ijtimoiy fanlarda o’rganilmaydigan yoki kam o’rganilayotgan qirralarini bir tizimga keltirishni taqozo qilmoqda. Ammo uni amalga oshirish oson emas. Bu dasturni tuzishda hisobga olinishi kerak bo’lgan birinchi masala bo’lsa, ikkinchidan, mamlakatimiz taraqqiyoti va milliy tiklanishimizning hozirgi bosqichida yuzaga kelgan yangi dolzarb masalalardan kelib chiqqan holda talaba yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, ularni barkamol inson qilib tarbiyalashning yangi uslublari va omillarini izlab topish hamda ularni dasturda aks ettirish ham zarur bo’ladi.
O’qitishning maqsad va vazifalari
Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan jamiyatimizni yangilash maqsadida ishlab chiqilgan besh tamoyil hayotga sobitqadamlik bilan tatbiq etilayotgan hozirgi paytda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, milliy istiqlol g’oyalarini har bir kishi ongiga singdirish va pirovard natijada ma’naviy barkamol, komil insonni, erkin shaxsni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlari bo’lib qolmoqda. Bu g’oya to’laligicha barcha, shu jumladan oliy ta’lim tizimiga ham taalluqlidir.
Jamiyatimizda ta’lim-tarbiya tizimini sog’lom insonparvarlik yo’nalishida qayta tashkil etish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, barkamol, ma’naviy dunyosi boy, axloqiy pok, komil insonlarni tarbiyalash kechiktirib bo’lmaydigan, davlat ahamiyatiga, millat kelajagiga molik vazifa bo’lib turibdi. «Ma’naviyat asoslari» kursini oliy ta’lim tizimida o’qitilishi ham ana shu muhim vazifani amalga oshirilishiga xizmat qilmog’i lozim.
Hozirgi davrda hamma sohada fanning o’rni va mavqei tobora ortib bormoqda, Yangi texnika va texnologiyaga keng yo’l ochish, uni malakali boshqara oladigan va ayni chog’da chinakam insoniy fazilatlarini o’zida mujassamlantirgan, ma’naviy barkamol kadrlarga ijtimoiy talab tobora ortib bormoqda.
Ma’lumki, ilmiy-texnika inqilobining ijtimoiy tabiiy oqibatlari butun taraqqiyparvar insoniyatni jiddiy tashvishga solayotgani sir emas. Binobarin, ro’y berayotgan fan va texnika rivojini har bir jamiyat ma’naviy axloqiy muhitini sog’lomlashtirish bilan uzviy bog’liq holda borishini ta’minlash favqulodda muhim vazifa bo’lib turibdi.
XXI asr odamlarida, avvalo yosh, o’sib kelayotgan kadrlarga tor soxaviy (texnokratik) tafakkur tarzidan doiraviy (falsafiy) tafakkur tarziga o’tish, milliy, irqiy, diniy va boshqa munosabatlarda insonparvarlikni namoyon etadigan yangi davrining boshlanishi asri bo’lib qolishi kerak. Bunda esa ma’naviy tarbiyaning o’rni va ahamiyati kattadir. U inson qalbini munavvar etish, uning ruxi sog’lom, axloqi pok bo’lishiga erishish, uni buyuk maqsadlarga yo’llash uchun ichki rag’bat bo’luvchi g’oya bo’lishi, u odamlarda, xususan talaba yoshlarda komil insonlik sifatlarini tarbiyalash vositasi bo’lib qolmog’i lozim. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot ijtimoiy va ma’naviy qiyofasi bugungi tuzgan rejalarimiz, amalga oshiradigan ishlarimizga monand tarzda namoyon bo’ladi.
Mana shu yuqorida bayon etilgan fikrlar «Ma’naviyat asoslari» kursining umumiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi.
Ma’naviyat hozirgi kunda xaqli ravishda tabiatning oliy va noyob mahsuli - insonning ma’naviy axloqiy kamoloti uning shaxs sifatida shakllanishi, ma’naviy barkamol inson bo’lib etishishini o’rgatuvchi va shunga yo’llovchi kurslardan biriga aylanib qoldi. Talabalarimiz xalqimizning boy ma’naviy merosini umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan uyg’un holda o’rganib o’zlarida ijobiy ma’naviy-ma’rifiy sifatlarni shakllantirishlari lozim.
Bizningcha oliy o’quv yurtlarida «Ma’naviyat asoslari» kursini o’qitishni quyidagi talablar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
-
Ta’limni insonparvarlashtirishning markaziy masalasi yoshlarda yuksak ma’naviyat, yuksak axloq, fuqarolik sifatlarini shakllantirish, insonning or-nomusi, sha’ni, iymoni, mas’uliyati kabi tuyg’ularni, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi ma’naviy-ruxiy fazilatlarni tarbiyalashdan iborat.
-
Mutaxassislarning kasbiy, ixtisoslik tayyorgarligiga millatimiz-ning boy ma’naviy merosidan oziq oladigan, ularning yuksak ma’naviy axloqiy imkoniyatlari, keng dunyoqarashi aql-idroki bilan o’zaro muvofiq kelishi zarur.
-
O’zbekiston mustaqillik tufayli jahonga yuz tutdi, jahon ham
O’zbekistonga o’z bag’rini ochmoqda. Binobarin, endi biz tarbiyalayotgan kadrlar jahon xalqlari bilan doimiy muloqotda bo’ladilar. O’zbekistonga, uning xalqiga har bir kadrning shaxsiy intellekti, ma’naviy-axloqiy qiyofasiga qarab baho beradilar, munosabat belgilaydilar. Bunday sharoitda bo’lajak mutaxassisning o’z kasbini qay darajada ustasi ekanligi, ayni chog’da O’zbekiston fuqarosi sifatidagi fazilatlariga, yani ma’naviy dunyosiga qarab xorijliklar xalqimiz, mamlakatimiz haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Buni har bir yosh avlod, jumladan talaba nazarda tutishi, shundan kelib chiqib ta’limga, xususan o’z ma’naviy dunyosini boyitishga munosabat belgilashi, o’z-o’zini, milliy o’zligini anglashi muhim.
-
Mustaqil Respublikamizda mavjud bo’lgan muammolarni hal etish kaliti yurtimizda ma’naviy-axloqiy muhitni milliy zaminda sog’lomlashtirishdir. O’zbek milliy xususiyatidagi do’stlikni hamkorlikni, hamnafaslikni, iymonli-e’tiqodlilikni ulug’lash, qiyin ahvolda qolganlarga har doim yordamga kelish, shukronalik bilan yashash, bosiq-vazminlik, insof-diyonatlilik, sharm-xayolilik, iffatlilik fazilatlarini shakllantirishga yordam berish kabi talablar quyildi.
O’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi
«Ma’naviyat asoslari» kursi eng avvalo o’quv rejasidagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqada. «Ma’naviyat asoslari» yangi o’quv kursi sifatida o’z maqsadi, vazifalari, ob’ekt, uslubiyati, uslubi vositalariga suyanib ish ko’rish bilan birga O’zbekiston tarixi, falsafa, etika, estetika, dinshunoslik, madaniyatshunoslik, pedagogika, Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar kabi fanlar va kurslar bilan chambarchas bog’liq. Mazkur kurs inson ma’naviy-intelektual o’sishida, ijtimoiy munosabatlarning ma’naviy-axloqiy, hodisaviy asoslari kabi masalalarda uslubiyat, uslubiy va mazmunan bir-birini to’ldirib kelishini ko’rishimiz mumkin.
Ma’naviyat asoslari kursi iqtisod fani bilan bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan tadbirkorlik, omilkorlik ishbilarmonlik sifatlarini yoshlarda, bo’lg’usi mutaxassisda shakllantirish yo’llarini ishlab chiqishda hamkorlik qiladi. Milliy istiqlol g’oyasining ma’naviy asoslari xalqimizning uzoq boy tarixi bilan bog’lanib ketgan. Milliy istiqlol g’oyasi millatning o’z mustaqilligini qo’lga kiritish, uni mustahkamlash, mamlakatni va xalqni taraqkiy ettirishdan iborat bo’lgan maqsadlarni o’zida mujassamlantirgandir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa ma’naviy yuksak komil insonning muhim mezonlaridan biri milliy g’oya mustahkam bo’lishi, millati maqsad va manfaatlarini to’liq anglagan bo’lishi lozimdir.
Demak ma’naviyat asoslari kursidagi har bir mavzuda Milliy istiqlol g’oyasini uzviy ravishda talabalarga etkazish zarur bo’ladi.
Mashg’ulotlar turlari bo’yicha o’quv soatlarining
taqsimlanishi (jami 50 soat)
№
|
Ma’ruza mavzulari
|
Soat
| -
|
“Ma’naviyat asoslari” kursining predmeti vazifalari va uning jamiyat ma’naviy yuksalishidagi o’rni.
|
2
| -
|
I.A.Karimovning milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasi va uning milliy mustaqillikni mustahkamlashdagi ahamiyati.
|
2
| -
|
Qadimgi va O’rta asrlar davrida Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatining shakllanish jarayonlari va uning jahon rivojlanishida tutgan muhim o’rni.
|
2
| -
|
Amir Temur va Temuriylar davrida ma’naviy yuksalish.
|
2
| -
|
Jadidchilarning ma’rifatparvarlik harakatlari va ularning xalq ma’naviyatini ko’tarishdagi muhim xizmatlari.
|
2
| -
|
Milliy o’zlikni anglash va millatlararo totuvlikni ta’minlash- shaxs yuksak ma’naviyatining muhim belgisi.
|
2
| -
|
Ma’naviyat va iqtisodiyot hamda ularning o’zaro uzviy bo’g’liqligi.
|
2
| -
|
Ma’naviy, ma’rifiy meros-jamiyat taraqqiyotining muhim omili.
|
2
| -
|
Yuksak ma’naviyat- jamiyatni yangilash va takomillashtirish kafolati.
|
2
| -
|
Ma’naviy barkamol inson shaxsini shakllantirish-jamiyat rivojlanishining bosh omili.
|
2
|
|
Jami
|
20
|
№
|
Seminar mavzulari
|
Soat
| -
|
Ma’naviy barkamol inson tushunchasining mohiyati. Ma’naviy barkamol insonning ma’rifiy, ahloqiy xislatlari
|
2
| -
|
Vatanparvarlik, insonparvarlik, o’z millatiga sadoqat-shaxs ma’naviyatining muhim mezonlari
|
2
| -
|
Ma’naviyatda milliylik va umuminsoniylik jihatlar
|
2
| -
|
Ma’naviyat, siyosat, huquq va mafkura
|
2
| -
|
Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdid
|
2
|
|
Jami
|
10
|
№
|
Mustaqil ish mavzulari
|
| -
|
Barkamol avlod -O’zbekiston kelajagining poydevori
|
2
| -
|
Islom Karmov asarlarida barkamol inson shaxsini shakllantirish g’oyalari
|
3
| -
|
M.Behbudiy, A.Avloniyning ma’naviy merosi
|
3
| -
|
Vatanparvarlik tuyg’usi-yuksak ma’naviyat ifodasi
|
2
| -
|
Diniy bag’rikenglik, millatlararo totuvlik-shaxs ma’naviy yuksalishida muhim omil
|
3
| -
|
Iqtisodiyot va ma’naviyatininng o’zaro uyg’unligi-jamiyat ma’naviy yuksalishining muhim kafolati
|
3
| -
|
Ma’naviy, madaniy meros, ularning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotidagi muhim o’rni
|
2
| -
|
Shaxs ma’naviyatini yuksaltirish omillari va vositalari
|
2
|
|
Jami
|
20
|
2. «Ma’naviyat asoslari» fanining mazmuni
1-mavzu. “Ma’naviyat asoslari” kursining predmeti vazifalari va uning jamiyat ma’naviy yuksalishidagi o’rni. (2 soat)
|
«Ma’naviyat» tushunchasining mohiyati. Ma’naviyat xar bir insonning ichki ruxiyatining ijobiy qirralari, aql-zakovati, uning o’z-o’zini anglashi, aniq maqsadlar sari faollik ko’rsatish salohiyati ekanligi.
Ma’naviyat asoslarining predmeti inson va jamiyat ma’naviy hayoti, uning maqsadi komil inson, iymon, e’tiqodi bugun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish va jamiyat ma’naviy salohiyatini rivojlantirish ekanligi.
Inson shaxsining shakllanishi ma’naviyatning paydo bo’lishi bilan uzviy bog’liqligi, ma’naviyat, shaxs, millat va jamiyat omillari o’zaro bog’liq ekanligi.
Ma’naviyat rivojlanishidagi milliy ma’naviy meroslarga, uning taraqkiyot tajribalariga tayanish va milliy ma’naviy ta’sir ko’rsatish, uzaro boyitish va umuminsoniy qirralarni o’zlashtirish qonuniyatlari.
Shaxsning o’z-o’zini anglashi, bilimdonlik, qalbi poklik, saxiylik, samimiylik, xayrixoxlik, imonlilik, halollik, e’tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqat, vijdonlilik, rostgo’ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqatlilik, milliy o’z-o’zini anglash, milliy g’urur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan ma’suliyati, milliy manfaat ustuvorligini xis etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san’at, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarni o’zlashtirish, davlat tizimiga hurmat, qonunlarga itoatkorlik, jamoa an’analariga xayrixoxlik, vazminlik, o’z kasbining mohir ustasi bo’lish, mamlakat ichki va tashqi siyosatidan xabardor bo’lish, hayotida bo’ladigan qarashlarda faollik ko’rsatish kabilarning ma’naviyat kategoriyalari ekanligi.
Ma’naviyat jamiyatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri ekanligi. Uning shaxs faolligini va mehnat unumdorligini oshirish, jamiyatda totuvlik, yakdillikni ta’minlash va umummilliy manfaatlarni uyg’unlashtirishda qudratli kuch ekanligi. Milliy istiqlol g’oyasining ma’naviy asoslari.
Ma’naviy meros, madaniyat, qadriyatlar, ma’rifat va mafkura ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligi.
Ma’naviy meros-ma’naviyat rivojlanishining uzoq davrlar davomida tarkib toptan, avloddan-avlodga boylik sifatida o’tib boruvchi, inson aql-zakovatining mevasi sifatida keyingi avlodlarga xizmat qiluvchi boylik ekanligi.
Ajdodlar ma’naviy merosining avlodlar hayotida namoyon bo’lishi va uning xususiyatlari. Ma’naviy meros ildizlarining mustahkamligi va chuqurligi milliy taraqqiyotning muhim omili ekanligi.
Qadriyat tushunchasi. Uning jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan va rivojlangan, o’tmishda, hozirgi kunda va kelajakda ham iktimoiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan, kishilar ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy va ma’naviy boylik ekanligi. Uning butun insoniyat tomonidan fan, texnika, axloq, odob, tafakkur, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda qo’lga kiritilgan yutuqlarda namoyon bo’lishi. Milliy, diniy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar va ularning o’zaro munosabatlari.
Madaniyat tushunchasi. Uning insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasi ekanligi. Ma’rifatning bilim va ilmni anglatuvchi tushuncha ekanligi. Ma’rifatni rivojlantirish savodxonlik va ilmiy salohiyatining darajasini ko’tarish ekanligi.
Mafkura tushunchasi. Uning davlat, jamiyat, millat, sinf yoxud ijtimoiy guruhlar manfaatini ifodalovchi, himoya qiluvchi siyosiy, huquqiy, falsafiy, diniy, badiiy g’oya, nazariya va qarashlar tizimi ekanligi. Milliy g’oya va milliy mafkura, ularning o’zaro munosabati. Milliy g’oya, milliy mafkura millatni birlashtiruvchi va uni umummilliy maqsadlarga yo’naltiruvchi qudratli omil ekanligi.
Ma’naviy meros, qadriyatlar, madaniyat, ma’rifat va mafkura kabi omillarning shaxs, millat, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati.
2-mavzu. Islom Karimovning milliy ma’naviy tiklanish
kontseptsiyasi va uning milliy mustaqillikni
mustahkamlashdagi ahamiyati. (2 soat)
Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanish tushunchasiga tahlili. Uning O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yo’li: — umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; xalqimizning madaniy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; insonning o’z imkoniyatlarini yorqin namoyon qilishi; vatanparvarlik kabi negizlarga asoslanishi to’g’risidagi kontseptsiyasi ma’naviy tiklanishimizning nazariy-metodologik asosi ekanligi.
Islom Karimovning ma’naviyat tushunchasiga ta’rifi va uning ma’naviyatni odamni ruhan poklanishiga, qalban ulg’ayishiga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuch ekanligi haqidagi fikri.
Islom Karimovning xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning hukuqiy tarixi va o’ziga xosligi qayta shakllanayotganligi, jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo’lidan muvoffaqqiyatli ravishda olg’a siljitishdagi xal kiluvchi va belgilovchi ahamiyatga ega ekanligi to’g’risidagi g’oyasi va uning milliy tiklanishidagi tutgan o’rni.
Islom Karimovning milliy g’oya va milliy mafkuqa kontseptsiyasi va u tomonidan ma’naviyatni tiklash va yuksaltirishga mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar tizimida ustuvor vazifa sifatida qaralishi va uning sabablari.
Mustaqillik yillarida milliy ma’naviyatni tiklash va rivoklantirishda Islom Karimovning xizmatlari.
O’zbek xalqining milliy-ma’naviy tiklanishi va mustaqillikni mustahkamlashda Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan kontseptsiyaning nazariy, metodologik va amaliy ahamiyati.
Kursning maqsadi, vazifalari, manbalari va uslubi. Uni o’qitishning zaruriyati rolining oshib borish sabablari va davlat siyosatida ustuvor vazifalardan biriga aylanishi.
3 mavzu. Qadimgi va O’rta asrlar davrida Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatining shakllanish jarayonlari va uning jahon rivojlanishida tutgan muhim o’rni.(2 soat)
Qadimgi xalq og’zaki ijodiyoti va yozma yodgorliklarida Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy hayoti, urf-odatlari va axloqiy fazilatlarining yoritilishi. («Kitobi Jamshid», «Erqo’bbi» afsonasi, «Zarina va Mediya Striotiya», «Tumaris», «Shiroq» afsonalari).Markaziy Osiyodagi eng qadimgi dinlar va ularda ma’naviyat bilan bog’liq bo’lgan g’oyalar. Zardushtiylik. «Avesto» — zardushtiylik dinining muqaddas kitobi.
Moniylik ta’limotida ma’naviyat masalalarining talqini. Mazdakchilik ta’limotida ma’naviyat masalalari. O’rxun-Enisey yozma yodgorliklarida qadimgi turkiy xalqlarning o’z vatanini sevish, o’z xalqiga sadoqati, janglarda mardlik va jasorat ko’rsatish kabi axloqiy fazilatlarning ifoda etilishi. Qadimgi qo’lyozma va og’zaki ijod manbalari ma’naviyat ildizlari va ularni o’rganishning ma’naviy tiklanishda tutgan ahamiyati.
Islom va ma’naviyat. Qur’oni Karim musulmonlarning muqaddas kitobi. Unda ma’naviyat tushunchasi va shaxsning ma’naviy qiyofasining mezonlari. Shariatda huquq va axloq me’yorlarining birligi. Islom dinida xalol va xarom, farz, sunnat, makrux, yaxshilik va yomonlik, savob va gunoh insoflilik, vijdonlilik, mehr va shafqatlilik, rostgo’ylik, firibgarlik, zo’ravonlik, o’g’rilik, bosqinchilik, ta’magirlik va poraxo’rlik tushunchalari.
Islom dinida ota-onaga mehr-muhabbat, g’amxo’rlik, qarindoshchilik, farzand tarbiyasi, oilaga sadoqat, tenglik va birodarlik, hurmat va ehtirom, sofdillik va samimiylik, o’zaro yordam va kamtarlik, salomlashish va do’stlashish, muayyan huquqiy me’yorlarni e’tirof etish va ularga rioya qilish, jamiyatda tartib intizom va osoyishtalikni saqlash masalalari va ularning ma’naviy yuksaklikni ta’minlashdagi roli.
Tasavvuf tushunchasi va uning ma’naviy - g’oyaviy ildizlari. Nazariy va amaliy tasavvuf. Tasavvuf nafs va aql haqidagi ta’limotning tahlili. Tasavvufning asosiy oqimlari va ularning g’oyaviy mazmuni va insonning ma’naviy kamolotida tutgan o’rni.Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk so’fiylar va mutafakkirlarning shaxs ma’naviy kamoloti haqidagi ta’limotlari. Yusuf Hamadoniy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Xo’ja Abdulloh Fijduvoniy, Abu Ali Muhammad Ibn Hakim Termiziy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Axror, Abdurahmon Jomiy, Mir Alisher Navoiy, Mashrab va boshqalarning ma’naviyat va shaxs ma’naviy kamoloti haqidagi g’oyalari.
Islom ma’naviy qadriyatlari va axloq-odob normalarining umuminsoniy xarakteri. Diniy bag’rikenglik — milliy g’oyaning tamoyili ekanligi.Sobiq sho’ro totalitarizmi sharoitda islom ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarining ta’qib etilishi. Mustaqillik sharoitida ularni qayta tiklash sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar va ularning ma’naviy tiklanishdagi ahamiyati.Islom Karimov asarlarida islom dini va islomiy qadriyatlarning jamiyatimiz hayotida tutgan o’rni va rolini yanada oshirish zarurligi haqidagi masalalarni yoritilishi.Islom dinidan g’arazli maqsadlarni amalga oshirish yo’lida foydalanishga urinishlar, ularning ma’naviy qashshoqlik belgisi ekanligi. Bunday urinishlarning chinakam qadriyatlarga, jamiyatimiz, davlatimiz va millatimiz taraqqiyotiga tahdidi.Islom dinidan umummilliy va umuminsoniy ma’naviyatni tiklash yo’lida foydalanishning nazariy va amaliy ahamiyati.
4-mavzu. Amir Temur va temuriylar sulolasi
davrida ma’naviyat (2 soat)
Amir Temurning buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi ekanligi. Uning ma’naviyat va madaniyat xomiysi ekanligi. «Temur tuzuklari» asarida ma’naviyat masalalari va unda komil inson qiyofasi fazilatlarining qo’yilishi.«Temur tuzuklari»da podshoxlar, hokimlar, davlat arboblari va amadlorlarning, oddiy askarlar va aholi qatlamlarining huquqiy va ma’naviy me’yorlarining ifodalanishi:
- kishining o’ziga, bajarayotgan ishiga, egallab turgan lavozimiga qo’yilgan odob-axloq me’yorlari;
|