O’zbekiston Respublikasi




Download 3,09 Mb.
bet5/36
Sana10.04.2017
Hajmi3,09 Mb.
#3630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36

- insonning Vatanga, xalqiga, o’z oilasiga va do’stiga munosabatini aks ettiruvchi ma’naviy mezonlar;

- insonning kundalik hayoti, yurish turish qoidalarini aks ettiruvchi axloqiy me’yorlari;

- ilm-fan arboblari, din peshvolari, donishmandlarga munosabatlarni aks ettiruvchi odob me’yorlari;

- ota-onaga, o’z ustoziga, unga yaxshilik baxsh etgan kishilarga bo’lgan munosabatlarini aks ettiruvchi ma’naviy-axloqiy normalar.

Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy va Mirzo Bobur Temuriylar sulolasi davridagi ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat rivojlanishida buyuk xizmatlar qilgan davlat arboblari ekanligi. Ularning ma’rifat, ilm, mehr-shafqat, insoniylik, vatanparvarlik g’oyalari va ularning milliy ma’naviyatda tutgan o’rni.

Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida yaratilgan moddiy va ma’naviy meroslar va ularning o’zbek xalqining mustaqillik sharoitida ma’naviy tiklanishidagi ahamiyati.



5-mavzu. Jadidchilarning ma’rifatparvarlik harakati va

uning xalq ma’naviyatini ko’tarishda tutgan o’rni.

Mustamlakachilik va qaramlik yillarida ma’naviyat. (2 soat)
Unda ma’rifat, inson erki, qadri va milliy manfaat g’oyalarini qo’yilishi.Jadidlarning milliy matbuotni shakllantirish borasidagi xarakatlari va uning xalq ma’naviy saviyasining ko’tarilishidagi ahamiyati. Ularning madaniyat va san’at muassasalarini vujudga keltirishdagi xarakatlari.

Jadidchilarning islom diniga bo’lgan munosabatlari.Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon, Abdulla Avloniy va Xamza kabi jadidchilarning ta’lim berishni isloh qilish to’g’risidagi g’oyalari, amaliy xarakatlari va ularning ma’naviyatni ko’tarishdagi roli.Fitrat ijodida ma’naviyat masalalari Abdulla Qodiqiy asarlarida milliy ma’naviyatning yuksak darajaga ko’tarilishi. Uning asarlarida oilaviy munosabatlarning o’zbek milliy ma’naviyatning gultoji sifatida tarannum etilishi. Cho’lpon she’riyatida shaxs ichki ruxiy kechinmalarining aks ettirilishi va uning ma’naviy taraqqiyot uchun ahamiyati. Jadidlik - milliy istiqlol g’oyasining teran tomi ekanligi.Jadidlik haqakatining o’zbek milliy ma’naviy ma’rifiy taraqqiyotida tutgan tarixiy va amaliy ahamiyati.

Chorizm bosqinchilarining mamlakatni va xalqni mustamlakaga aylantirishga uni o’z ma’naviyatidan mahrum qilish to’g’risidagi g’oyalari, amaliy ishlari va ularning mohiyati.

Bosqinchilarning xalqni o’z ma’naviyatidan mahrum qilishdan ko’zlagan maqsadlari. Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olishi sharoitida mintaqa xalqlari ma’naviyatiga etkazgan zararlari va ularning oqibatlari.

Oktyabr inqilobi to’ntarishi va yagona mafkura xukmronliga vujudga kelishi hamda uning xalq ongiga zo’ravonlikni singdirishi.

Bu xatti-harakatlarning milliy ma’naviyatga salbiy ta’siri.

Qaramlik sharoitida o’zbek xalqining ona tili, milliy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, e’tiqodi, g’ururi, an’analaridan mahrum etilishi. Sobiq totalitar sho’ro tuzumining o’zbek xalqi milliy-ma’naviy zaminlaqiga etkazgan zararlari va uning oqibatlari.

Mustamlakachilik va sovet qaramligi sharoitida o’zbek xalqining milliy ozodlik, tarixiy va milliy qadriyatlarni tiklash uchun olib borgan kurashlari va ularning milliy-ma’naviy meroslarini asrab qolishdagi ahamiyati.

O’z milliy merosini, tarixini, urf-odatlari, an’analar va qadriyatlarini saqlab qolish, o’zlashtirish har bir millat va uning vakili hisoblangan har bir shaxsning insoniy va ma’naviy burchi ekanligi.

Mustamlakachilik va qaramlik yillarida milliy ma’naviyatga etkazilgan zarar va uning oqibatlarini tugatishning mustaqillik sharoitidagi muammolari hamda hal qilish imkoniyatlari.


6-mavzu. Milliy o’zlikni anglash va millatlararo totuvlikni ta’minlash- shaxs yuksak ma’naviyatining muhim belgisi. (2 soat)

Milliy o’z-o’zini anglash tushunchasi.

Ona tili, tug’ilib o’sgan zaminga, o’z milliy ma’naviyati, tarixi, merosi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga mansubligini tushunib etishi, ularni o’zlashtirish va rivojlantirish yo’lida g’amxo’rlik ko’rsatish, milliy manfaatlarni tushunish milliy o’z-o’zini anglash ekanligi.Milliy o’z-o’zini anglash millat abadiyligini ta’minlovchi omil ekanligi.

O’zbek millatining jahon tsivilizatsiyasida tutgan o’rnini, milliy ehtiyojlari mohiyatini tushunish va uning manfaatlarini amalga oshirishda fidoiylik ko’rsatish har bir millat vakilining ma’naviy burchi ekanligi.Islom Karimovning «Elim deb, yurtim deb, kuyib, yonib yashash kerak», - g’oyasining milliy o’z-o’zini anglashni rivojlantirishdagi ahamiyati.Millatlararo totuvlik tushunchasi.

Mamlakatda yashayotgan turli millat va elatlar vakillariga, ularning qadriyatlariga, urf-odatlariga, an’analariga, meroslariga, tarixlariga hurmat bajo keltirish, ular bilan do’stona hamda insoniy munosabatlarni o’rnatish millatlararo totuvlikni ta’minlovchi omil va shaxs yuksak ma’naviy fazilati ekanligi. Milliy istiqlol g’oyasida millatlararo totuvlik g’oyasi.

Huquqiy savodxonlik tushunchasi. Qonunlarning mohiyatini tushunish, ularga itoat etish, har bir shaxsning o’z fuqarolik burchini tushunib etishi, o’z haq-huquqlaqini himoya qila bilishi huqukiy savodxonlik va ma’naviylik belgisi ekanligi.

Demokratiya va huquqiy savodxonlik. Demokratik ta’moyillarni ta’minlashda huquqiy savodxonlikning roli. Demokratiyaning umume’tirof tizimida sharq xalqlariga xos bo’lgan xususiyatlarni amaliyotga tadbiq etishning milliy-ma’naviy rivojlanishdagi ahamiyati.Demokratik tamoyillarga befarqlik, qonunlarni mensimaslik, ularni paymol etish joxillik va ma’naviy qashshoqlik belgisi ekanligi.Huquqiy savodxonlikni ko’tarish, fuqarolarning davlat tizimiga huqmatini, qonunlarga itoatkorlik ruhiyatini va fuqarolik burchiga sadoqatini rivojlantirish umumilliy ma’naviy taraqqiyotning zaruriyati ekanligi.

Shaxs ma’naviyati va uni shakllantirishda ota-ona mas’uliyati. Maktabgacha ta’lim muassasalari, ta’lim tizimi, mahalla, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar shaxs ma’naviyatini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi vositalar ekanligi.Oilada ota-onalarning o’z farzandlari va farzandlarning ota-onalari oldidagi burchlari, ularni turli xalq va millatlarda turlicha namoyon bo’lishi.

Farbona va sharqona oila munosabatlari, tarbiya uslublari, ular o’rtasidagi o’xshashliklar va tafovutlarning shaxslar ma’naviyatlarida namoyon bo’lishi.«Ota-onasini tanimagan tanfisini tanimas», «Ota rozi xudo rozi», «Otalar so’zi — aqlning ko’zi», «Onalar so’zi - baxtning o’zi», «Otasini og’ritgan el ichida xor bo’lur, onasini og’ritgan parcha nonga zor bo’lur» xalq maqollarining shaxsda sharqona ma’naviyatni shakllantirishdagi ahamiyati.

Ta’lim tizimi shaxs ma’naviyatini shakllantirishning muhim omili ekanligi. Maktabgacha tarbiya va oliy ta’lim tizimlarida ma’naviyatni shakllantirishning yo’llari va uslublari.

Adabiyot va san’at — shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi ekanligi. Ijtimoiy — gumanitar fanlarning talaba-yoshlar ma’naviyatini rivojlantirishdagi ahamiyati.

Mahalla - tarbiya o’chog’i ekanligi.

Yoshlar ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda mahallaning roli. Radio, televideniya va vaqtli matbuotning ahamiyati.Yoshlar ma’naviyatini rivojlantirishda yoshlar tashkilotlarining roli.

Kadrlar tayyorlash bo’yicha qabul qilingan milliy dasturning, adabiyot va san’atni rivoglantirish, ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat ko’rsatishlari to’g’risida respublika hukumati tomonidan qabul qilingan hujjatlarning umummilliy ma’naviyatni rivoglantirish, milliy istiqlol g’oyalarini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishdagi ahamiyati.

Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishda davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarining dolzarb vazifalari. Islom Karimov Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillari va vositalari to’g’risida.

7-mavzu. Ma’naviyat, iqtisod va ularning o’zaro bog’liqligi (2 soat)


Iqtisodiyotning muayyan ijtimoiy tuzumdagi ishlab chiqarish munosabatlari majmui ekanligi.

Ehtiyojlar, manfaatlar inson xayotiy faoliyatining xarakatlantiruvchi kuchi. Iqtisodiy ehtiyojlar va ma’naviyat.Iqtisodiy hayotni shakllantirish va rivojlantirish - ma’naviyatning o’ziga xos shakli ekanligi, Islom Karimov iqtisodiyot va ma’naviyatning o’zaro bog’liq ekanligi to’g’risida.

Ma’naviyat jamiyatning yuksak iqtisodiy taraqkiyotga erishishining omili ekanligi. Jamiyat ma’naviyati taraqqiyotida iqtisodiy omillarning roli katta ekanligi. Yuksak ma’naviyat iqtisodiy samaradorlik va sifat garovi ekanligi.

Bozor iqtisodiyotini ma’naviylik nuqtai nazaridan taxlili. Unga o’tish yuksak taraqqiyot imkoniyati ekanligi. O’tish davrida sodir bo’ladigan iqtisodiy qiyinchiliklar sharoitida ma’naviy omillar rolining oshib borish sabablari.

Ma’naviyat iqtisodiy hayotda sodir bo’ladigan uyushgan jinoyatchilik, tama’girlik, yulg’uchlik, aldamchilik, poraxo’rlik kabi salbiy illatlarni tugatishning, tadbirkorlik, yaratuvchilik, faollik, saxiylik kabi ijobiy fazilatlarni shakllan-tirishning muhim omili ekanligi. Kishilarning xalol iqtisodiy barkamollikka erishishi, ulardagi sahovat va yordam ko’rsatish, homiylik qilish fazilatlarining namoyon bo’lishi ma’naviy yuksaklik belgisi ekanligi.

Ma’naviyatning iqtisodiy muammolarni hal qilishda mamlakat aholisini uyushtiruvchi va faollashtiruvchi kuch ekanligi. Rivojlangan iqtisodiyot - yuksak ma’naviyat mezoni.

8-mavzu. Ma’naviy, ma’rifiy meros-jamiyat taraqqiyotining muhim omili. (2 soat)

9-mavzu. Yuksak ma’naviyat-jamiyatni yangilash va takomillashtirish kafolati. (2 soat)


Ma’naviyat, siyosat-ijtimoiy hodisa ekanligi. Ularning bir-biridan farqi, o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy funktsiyalari.

Siyosat va siyosiy qarashlarning ma’naviyatga ta’siri.Siyosat, davlat, sinflar, ijtimoiy guruhlar, millatlararo munosabatlar tizimlari va ularning ma’naviy mezonlari. Siyosatning shakllari va ma’naviyatda namoyon bo’lish xususiyatlari. Siyosatning ijtimoiy mohiyati: adolatli, adolatsiz, taraqqiyparvar, zo’ravonlik, reaktsion siyosatlar va ularning ma’naviy zaminlari.

Reaktsion siyosat parokandalik, jamiyat ma’naviyati qashshoqligining belgisi ekanligi. Jamiyat hayotida siyosiy baqrqaqrorlikni ta’minlashda ma’naviyatning ahamiyati.

Ma’na­viyatning shaxs siyosiy faolligini oshirish omili ekanligi. Ma’naviyat va huquq. Huquq ijtimoiy munosabatlarda odamlarning rasman tenglik tamoyillarini ifodalovchi me’yor ekanligi va uning ma’naviy ildizlari. Huquqiy me’yorlarni belgilashda jamiyat a’zolari ma’naviy darajalarining ahamiyati.

Fuqarolak huqukiy madaniyatining taraqqiy etishi jamiyatda barqarorlikni ta’minlashning muhim shakli ekanligi. Huquqiy madaniyatni rivojlantirishda ma’naviy omilning roli.Ma’naviyat va hokimiyat.

Hokimiyatning alohida shaxs, guruh, odamlar, tashkilot, siyosiy partiya, davlatning ijtimoiy hamkorlik harakatlarini boshqarish instituti ekanligi. Hokimiyatning ma’naviy ildizlari. Hokimiyat faoliyatida ma’naviy omillarning ahamiyati. Ma’naviyat hokimiyat tizimida manfaatlarni uyg’unlashtiruvchi omil ekanligi. Hokimiyat tizimida rahbar ma’na­viyati va uning mezonlari. Ularda fidoyilik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, qonun ustuvorligiga amal qilishlik, mamlakat manfaatlarini himoya qilishlik, xushyorlik, vazminlik kabi fazilatlarning zarurligi.Hokimiyatning boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish davlat taraqqiyotining muhim shakli ekanligi. Siyosat, huquq va hokimiyat institutlarining ma’naviy asoslarini mustahkamlash jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligi.

Ma’naviyat, etnoslar, xalqlar va mamlakatlar.Milliy ma’naviyat tushunchasi, uning millat ruxiyati, milliy ong, uning tafakkuri, xatti-harakatlari, turmush tarzi, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar bilan bog’likligi.

Milliy ma’naviyag har bir millatning o’ziga xosligi va umrboqiyligini ta’minlovchi omil ekanligi.Milliy ma’naviyatning o’ziga xos rivojlanish xususiyatlari. Milliy ma’naviyatning umuminsoniy ma’naviyat darajasiga ko’tarilish kontseptsiyasi.

Umuminsoniy ma’naviyat tahlili. Uning barcha millatlar va etnoslarning o’ziga xos tomonlarini o’zida mujassamlashtirganligini va ehtiyojlarini, manfaatlarini aks ettirishi.

Etnik birlik va milliy ma’naviyatlar. Turli tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda milliy ma’naviyatlarning o’zaro aloqadorligi.


Millatlararo ma’naviy-ma’rifiy munosabatlarning tarixiy shakllari.Demokratik jamiyat sharoitida milliy ma’naviy ehtiyojning o’sib borishi, millatlar va mamlakatlararo ma’naviy-ma’rifiy munosabatlarining kengayishi va chuqurlashuvi.

Ma’naviyat ildizlari mustahkam millatning kelajagi porloqligi va uning bukilmas qudratga ega ekanligi. Har bir mil­latning umuminsoniy ma’naviyatidan munosib o’rin egallashga intilish tamoyillari.Ma’naviyatda milliy maxdudlik va ayirmachilikka intilishning salbiy oqibatlari. Millatchilik, buyuk davlatchilik va irqchilik ma’naviy qashshoqlikning jirkanch belgisi ekanligi. Sharq va g’arb ma’naviyati, ularning milliy va umuminsoniy xususiyatlari. Sharq va g’arb xalqlari ma’naviyatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga intilishlarni tanqid. Milliy ma’naviy tiklanishning mohiyati. O’zbek milliy ma’naviyatining mustaqillik sharoitida qayta tiklanish jarayonlari va uning jahon tsivilizatsiyasidagi mavqeini tiklashdagi yutuqlari.




10-mavzu. Ma’naviy barkamol inson shaxsini shakllantirish-jamiyat rivojlanishining bosh omili. (2 soat)
Barkamol inson ta’rifi. Islom Karimov tomonidan barkamol inson tushunchasiga berilgan ta’rifning moxiyati. U avvalo, ongi yuksak, mustakil fikrlay oladigan, xulq - atvori bilan uzgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishi ekanligi.

Ma’naviy barkamol va komil insonning aqliy, axloqiy, ma’naviy fazilatlarining yuksak bo’lishi. Kishilarning chuqur va zamonaviy bilimga, keng dunyoqarashga, mustaqil fikrlash salohiyatiga ega bo’lishi, uning yuksak ma’naviy kamolot sohibi bo’lishining asosiy sharti ekanligi.

Ma’naviy barkamollik va komillikning qirralari va asosiy mezonlari: Har bir insonning o’z-o’zini anglashi, o’zga insonlarni qadrlay bilishi, inson zotini ulug’lay bilishi, insoniyat tomonidan bunyod qilingan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o’zlashtirishga intilishi, uning ichki va tashqi dunyosining, sog’lom fikri va oqilona so’zi bilan amaliy faoliyatining, dili bilan tilining birligi ma’naviy etuklikning asosiy qirralari va mezonlari ekanligi.

Komil insonning sharqona fazilatlari, Sharq xalqlari tarbiya tizimi va uslubining o’ziga xos xususiyatlari.Milliy istiqlol g’oyasida komil inson g’oyasining talqini.

Islom Karimov aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’yilgan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi, — degan kontseptual g’oyasining mazmuni, uni amalga oshirish vazifalari va vositalari.Ma’naviy barkamol, komil insonni tarbiyalash zaruriyatining oshib borish sabablari. Uning millat, mamlakat va umuminsoniyat oldida turgan ulkan vazifalar bilan bog’liq ekanligi.

Vatan va vatanparvarlik tushunchalari. Vatanni ona kabi ulug’lab «ona - Vatan», - deyilishining mohiyati. «Vatangadolik», «Vatan-furushlik» tushunchalari, ularning inson uchun og’ir qismat va ma’naviy qashshoqlik belgisi ekanligi.

Har bir insonning o’z ona zaminida yashashi, uning manfaatlari yo’lida fidoiy bo’lishi yuksak oliy ne’mat ekanligi. Yagona zamin va yagona taqdir tushunchalarining ma’naviy ildizlari. «Vatanni sevmoq-iymondandir», - hikmatining mazmuni va unga amal qilish har bir shaxsning insoniy burchi ekanligi.

Vatanparvarlik avloddan-avlodga meros bo’lib o’tayotgan qadriyat ekanligi. Vatanni dushmandan himoya qilish, uni bir butunligini ko’z qorachig’idek asrash, uning ravnaqi yo’lida fidoiy bo’lish har qanday inson ma’naviyatining mezoni ekanligi.

Islom Karimovning «Biz fidoiy vatanparvarga tayanamiz», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» va «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» g’oyalarining mohiyati, ularni yoshlar ruhiyatiga singdirishning zaruriyati.

Milliy mustaqillikni mustahkamlash vatanparvarlikning va millatparvarlikning muhim belgisi.

Mustaqillik va bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida vatanparvarlik tuyg’ularining mustahkamlash zaruriyati.

Insonparvarlik tushunchasi, uning, inson, insonga do’st, hamdard, ko’makdosh kabi fazilatlar ekanligi. Insonparvarlikning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy qirralari.

Insonning o’z-o’zini anglashi insonparvarlikning ma’naviy mezoni ekanligi. Milliy istiqlol g’oyasida vatan ravnaqi, xalq farovonligi masalalari.

O’zbekistonning «Sog’lom avlod» dasturi va uning insonparvarlik mohiyati. Xudbinlik, zo’ravonlik, johillik, manmanlik, o’zini o’zgalardan ustun qo’yishga intilish, yovuzlik kabilarning insonparvarlikka zid ekanligi. Ota-ona, Vatan va o’z millati oldida ma’suliyatini tushunib etish, do’stu-birodarga, qarindosh-urug’ga mehr oqibatli, muruvvatli bo’lish, o’tganlarning ruhini shod etish insonparvarlikning ajralmas belgilari ekanligi.

O’z millatiga sadoqatli bo’lishning mohiyati, uning millat manfaatlari yo’lida fidoiy bo’lish, qadr-qiymatini, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari va milliy birlikni mustahkamlash kabi fazilatlar ekanligi.O’z millatining kelajagi yo’lida qayg’urish, har bir ma’naviyatli insonning burchi ekanligi. Yoshlar va fikrlar xilma-xilligi, yoshlar ongiga milliy g’oya va mafkurani singdirish zaruriyati, yoshlar ruhiyatida vatanparvarlik, insonparvarlik va o’z millatiga sadoqat tuyg’ularini mustahkamlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish milliy ma’naviy taraqqiyotning zaruriy sharti ekanligi.

Iymon tushunchasi. Iymonli shaxc ma’naviy kiyofasining moxiyati. Iymonlilikning shaxs uchun muqaddasligi va yuksak ma’suliyat ekanligi. Iymon tushunchasining islom ta’limotidagi talqini.

Iymon va vikdon tushunchalarining mushtarakligi. Uning har bir kishi hatti-harakatlariga baho berilishida bosh mezon ekanligi.

Diyonat tushunchasi, diyonatli bo’lishlik kishining yuksak ma’naviy fazilati, uning shaxs kundalik amaliy xayotidagi o’rni.

Adolat tushunchasi. Uning axlokiy va xuquqiy me’yoriy tushuncha ekanligi. Adolatning odillik va to’g’rilik mezoni ekanligi, uning ma’naviy qiymati.Mehr-shafqatlilik tushunchasi. Uning shaxs ma’naviyatining ajralmas fazilati ekanligi. Diyonat va mehr-shafqatlik tu­shunchalarining uzviy bog’likligi va ma’naviyat tizimidagi axamiyagi.

E’tiqod tushunchasi. Uning kishi ongi va dunyoqarashida o’rnashib qolgan va amalga oshirilishi lozim bo’lgan shaxsning kundalik extiyojiga aylangan intilish, xatti—harakatlar tizimi va ma’naviyatning ajralmas kismi ekanligi.

Bozor munosabatlariga o’gish davrining murakkab sharoitida kishilar o’rtasidagi munosabatlarda iymonlilik, diiyonatlilik, adolatlilik, mehr-shafqatlilik, e’tiqodlilik, poklik va xalollik fazilatlari rolining oshib borishi. Bu fazilatlarni shakllantirish muammolari.

Yoshlar dunyoqarashlari va hatti-xarakatlarida e’tiqodlilik, poklik, halollik, Vatanni sevish kabi fazilatlarini shakl­lantirish zaruriyatining o’sib borishi.


3. «Ma’naviyat asoslari» fani bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari

O’zbekiston milliy taraqqiyotning eng ma’suliyatli bosqichi – ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning keskin burilish davrini boshidan kechirmoqda. Jamiyatimiz har bir fuqarosi XXI asri ibtidosida, ortda qolgan yillarni sarhisob qilish va kelajak hayotning turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi.

Bunday hollarda jamiyat ijtimoiy rivojining ilmiy asoslangan istiqboli rejasini tuzib, uning ustuvor yo’nalishlarini belgilab olish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Arastu o’z vaqtida aytganidek, har doim va har joyda ezgulikka erishish ikki shartning bajarilishiga:

1. Har qanday faoliyat yakunidagi maqsadni to’g’ri belgilashga;

2. Pirovard maqsadga erishish chora-tadbirlarini izlab topishga bog’liqdir3.

Ilmiy tilda buni faoliyatning metodologik asosini aniqlash va maqsadga etishish, usul va uslublarini to’g’ri belgilash deyiladi4.

«Vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatlarda to’g’ri yo’lni tanlay olish uchun avvalo tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak»5, degan edi Islom Karimov.

Respublika Prezidenti ta’lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib, uni quyidagicha ta’riflaydi: «Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O’sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi»6.

Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida jamiyatimiz taraqqiyotining yaqin kelajagidagi maqsad va vazifalarini ko’rsatadi. U o’z nutqida jamiyat rivojining etti asosiy yo’nalishini birma-bir tavsiyalab, ularning istiqbolga qaratilgan maqsad va vazifalarini belgilab berdi. Dolzarb masalalar ichida ustuvor yo’nalishlar qatoriga siyosat, davlat qurilishi va iqtisodiyot sohalaridan keyin ta’lim-tarbiyani qo’ydi va uning maqsadi hamda unga etishishi chora-tadbirlarini belgilab berdi. Ta’lim sohasidagi birinchi masala qilib «…milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning, ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, uni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»7 - dedi. Prezidentimizning Ushbu ko’rsatmalari ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotganlarga, shu jumladan ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanuvchilarga ham, umumiy metodologik asos vazifasini o’taydi.

Ma’suliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturning tarkibiy qismi sifatida ta’limning yangi modeli yaratildi.

Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta’lim-tarbiya modelini amaliyotga tatbiq etish o’quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog’liqdir. Shu boisdan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim jarayonidagi sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni echimini topib ularni amalda keng qo’llash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o’qitishni keng joriy qilishdan iboratdir.

Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’ladi. Bu o’qituvchining mahoratinigina emas, balki tinglovchining istak-xohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo’lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo’lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo’ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo’ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo’lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga beriladigan ta’lim bir xildir. O’qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo’ladi. Buning uchun u mustaqil o’qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo’ladi, eshitganlari va o’qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo’ladi.


Download 3,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Download 3,09 Mb.