O’zbekiston Respublikasi




Download 3,09 Mb.
bet14/36
Sana10.04.2017
Hajmi3,09 Mb.
#3630
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36

Markazchilik g’oyasining takrorlanishi hozirgi kunda ham yuz berib turganligini unutmaslik zarur. Bunday harakatlar faylasuflar, madaniyat xodimlari vakillari va umuman jahon xalqlari va mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikka rahna solishga xizmat qilayotgani ham ma’lum. Binobarin, zamonaviy fan esa G’arb va Sharqni bir-biriga qarama-qarshi qo’yishning asossiz ekanligini isbotlovchi rad etib bo’lmaydigan dalillarga ega.

Shu boisdan ham bugungi kunda asosiy yo’nalishni umuminsoniy qadriyatlarga qaratish — zamonaviy tsivilizatsiya va mustahkamlanishning zaruriy sharti va omilidir. Bunday yondashuv Sharq va G’arbning falsafiy ta’limotlari, oqim, yo’nalishlari va umuman ular madaniyatlari o’rtasidagi musobaqa va hamkorlikning zarurligini ko’rsatib beradi. Busiz bugungi kunda olamshumul muammolarni echish mushkul.

Bu sohada mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 1995 yil 3 oktyabrda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilish marosimida so’zlagan nutqida «tanlagan o’z taraqqiyot va islohot yo’lidan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy-quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, Sharq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand bo’lish muhimdir» degan edi.

«Nur Sharqdan». Bu Rim imperiyasida keng tarqalgan maqol. Yaqin vaqtlargacha Yunon va Rimda ilmu fanning rivoj topishida Misr, umuman, Yakin Sharq mamlakatlari asos bo’lib xizmat qilganligi aytilgan. Haqiqatan ham, eramizdan avvalgi Ioniya fani va falsafasi Yaqin Sharq ta’siri ostida emas, balki zardushtiylik ta’limoti asosida shakllangan.

Sharq madaniyati, ilm-fani, falsafasi va adabiyotining ta’siri Janubiy Frantsiya, Provans, Shimoliy Frantsiya va Italiyada sezilarli darajada kuchli bo’ladi. Parijda Sharq she’riyatining ta’siri ostida Trubadur va Turuverlar lirikasi, Italiyada «yangi yoqimli uslub» shakllandi.

Agar G’arbiy Evropa fan va texnika rivojining oliy darajasiga ko’tarilgan bo’lsa, Sharq xalqlari inson qalbini, ruhiyatini o’rganishda yuqori darajaga ko’tarildilar. Rus adibi S.Sultinskiy: «G’arb — oqil, Sharq — donishmand, G’arb — kenglik, Sharq — teranlik, G’arb — harakat bilan yashagan, Sharq esa orzu-umid bilan, agar G’arbning atoqli olimlari faol bo’lsalar, Sharqda ular faylasuflar... G’arbga nisbatan bir necha asrlar avval Sharqda ilm-fanning deyarli barcha sohalari uchun asos yaratilgan edi», deb yozgan.


Esda tutaylik!

Talabalar takrorlashadi:



  1. Demak, umuminsoniy qadriyat, bu avvalo, bashariyatning mavjud bo’lishi va yashab qolishini ta’minlaydigan tinchlik, umumjahon tsivilizatsiyasi va madaniyati kabi tushunchalar bilan bevosita bog’liqdir.

  2. Ayniqsa hozirgi atom asrida insoniyatning eng oliy qadriyati bu tinchlik va osoyishtalikni har qanday yo’l bilan bo’lsada, saqlab qolishdan iboratdir. Busiz boshqa har qanday qadriyat haqida gapirish aslo mumkin emas. Qadriyat qanday turkumga ajralmasin va qanday ko’rinishga ega bo’lmasin, insoniy munosabatlar va umuman insoniyatsiz u hech qanday ahamiyat kasb etmaydi va tushuncha sifatida ham biror ma’noni anglatmaydi.

  3. Demak, faqat inson va insoniy faoliyat tufayligina qadriyat tushunchasining haqiqiy ma’nosini ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong doirasiga hamda shunga muvofiq kishilarning ijtimoiy faoliyati sohasiga tadbikan tushunish mumkin.

  4. Umuman olganda, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari, tili va ruhi negiziga qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg’unlashgan holda kelajakka muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashni, halollikni, mardlik va sabr bardoshlilikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalash yo’lida xizmat qilmog’i lozim». Bu purma’no fikr-mulohazalarda ta’lim tarbiya jarayoni bilan umuminsoniy va milliy qadriyatlarning o’zaro aloqasi hamda yangicha metodologik yondashuvning butun mazmun-mohiyati to’ladagicha ifodasini topgan.

  5. Odamlarning o’zida jamiyatni yangilash va o’zgartirish zarurligiga ishonch tug’dirmasdan va qadriyatlarga munosabatlarini, daliliy sabablarni o’zgartirmasdan turib isloh qilish yo’lidan amalda olg’a borish, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etish, tamomila yangi munosabatlarni joriy etish mumkin emas.

O’qituvchi darsni yakunlaydi. Har bir guruh va talabani baholaydi. Maslahatlar va uyga vazifa beradi.




9

mavzu


Yuksak ma’naviyat-jamiyatni yangilash va takomillashtirish kafolati

4.1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi



Talabalar soni: 62

Vaqti: 2 soat

Mashg’ulot shakli

Informatsion ma’lumotga ega bo’lgan bahs -munozarali ma’ruza

Ma’ruza rejasi

  1. Ma’naviyat-insonnning ulg’ayish va kuch-qudrat manbai.

  2. Mustaqillik-ma’naviy tiklanish va yuksalish jarayoni.

  3. Vatanimiz rivojlanishining mustahkam poydevori.

Mashg’ulotning maqsadi: Ma’naviyat va siyosat, ularning o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy funktsiyalari, milliy ma’naviyat tushunchasi, uning millat ruhiyati, milliy ong, uning tafakkuri, hatti-harakatlari turmush tarzi, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar bilan bog’liqligi haqida tushuncha hosil qiladi, umumiy tasavvurni shakllantiradi

Pedagogik vazifalar

O’quv faoliyati natijalari:.

Ma’naviyat va siyosat, ularning o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy funktsiyalarini yoritib berish

Ma’naviyat va siyosat, ularning o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy funktsiyalarini sanab beradi

Ma’naviyat va huquq, ularning o’zaro munosabati, hokimiyat boshqaruv tizimi-ga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish davlat taraqqiyotining muhim sharti ekanligini aytib berish

Ma’naviyat va huquq, ularning o’zaro munosabati, hokimiyat boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish davlat taraqqiyotining muhim sharti ekanligini izohlaydi

Milliy ma’naviyat tushunchasi va uning xususiyatlari haqida mashg’ulotlar orqali yoritib berish

Milliy ma’naviyat har bir millatning o’ziga xosligi va umrboqiyligini ta’minlovchi omil ekanligini aytib beradi

Umuminsoniy ma’naviyat va uning barcha zaminlarini tahlil qiladi, milliy - ma’naviy tiklanishning mohiyatini, millatchilik, buyuk davlatchilik va irqchilik ma’naviy qashshoqlikning jirkanch belgisi ekan-ligini yoritib beradi, Sharq va G’arb ma’naviyatining o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berish

Umuminsoniy ma’naviyatning barcha mil-latlar va etnoslarning o’ziga xos tomon-larini o’zida mujassamlashtirganligini va ehtiyojlarini, manfaatlarini izohlab beradi, o’zbek milliy ma’naviyatining mustaqillik sharoitida qayta tiklanish jarayonlari va uning jahon tsivilizatsiyasidagi mavqeini tiklashdagi yutuqlarini sanab beradi, Sharq va G’arb ma’naviyati, ularning milliy va umuminsoniy xususiyatlarini aytib beradi

O’qitish usullari va texnika

Ma’ruza, bahs-munozara, «Pinbord» texnikasi, «Insert» texnikasi.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor.

O’qitish shakllari

Jamoa, to’g’ridan-to’g’ri va juft-juft bo’lib ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat, savol-javob, o’z-o’zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash.

Ma’ruzaning texnologik kartasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

o’qituvchi

talaba

I-bosqich. Mavzuga kirish.

(10 minut)



1.1. Ma’ruzani boshlashdan oldin ma’ruza matni va o’quv-topshiriqlarni tarqatadi. (1-ilova)

Tinglaydilar.

1.2. Ma’ruzaning mavzusini e’lon qila-di, o’quv mashg’ulotining maqsadi va natijalarini tushuntiradi.

Tinglaydilar, O’UM ga qaraydilar.

1.3. Juft-juft bo’lib, topshiriqni ba-jarishni talab qiladi. «Ma’naviyat va siyosat, ularning o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy funktsiyalari deganda nimani tushunasiz?» deb savol bilan murojaat qiladi.

Juft-juft bo’lib topshi-riqni bajaradi. Muhokama qiladi.

1.4. Topshiriqlarni qay darajada to’g’ri bajarilganligini aniqlash maqsadida «blits-so’rov» o’tkaziladi.

Savollarga javob beradi.

II-bosqich. Asosiy

(60 minut)



2.1. Birinchi masala yuzasidan ma’ruza o’qiydi. Diqqatini alohida tushuncha-larga, iboralarga jalb qiladi. Slayd-lardan keng foydalanadi (2-ilova).

Tinglaydilar. Muhokama qila-dilar. Savollar bilan murojaat qiladi.

2.2. «Pinbord» texnikasidan foydala-nilgan holda birinchi masalani mus-tahkamlab, umumlashtiriladi (3-ilova).

Topshiriqni bajaradilar.

2.3. Umuminsoniy ma’naviyat va uning zaminlarini hayotiy misollar bilan tu-shuntiradi. Ikkinchi masalani mustah-kamlash uchun talabalarga jonlanti-ruvchi savollar beradi:

1.Siyosat va uning yo’nalishlarini qanday tushunasiz?

2. O’zbekiston siyosatining ma’na-

viy jihatlarini qanday tushunasiz?

3. Umuminsoniy ma’naviyatni qanday tushunasiz? Misollar keltiring.

4. Milliy va umuminsoniy ma’naviyat-ning o’zaro bog’liqligi nimada?

Javoblarni umumlashtiradi va xulosalaydi.


Tinglaydilar. O’UM ga qaraydilar, savollarga javob beradilar.

2.4. Uchinchi masala bo’yicha bilimlarni shakllantirish maqsadida «Insert» uslubidan foydalanadi. (4-ilova) Doskaga jadval tuzadi va muammoli savol bilan murojaat qiladi: «Nima uchun demokratik jamiyat sharoitida milliy-ma’naviyatga ehtiyoj sezilmoqda? Javoblarni tinglab, uchinchi savolni mustah-kamlaydi, umumlashtiradi.

Tinglaydilar. Yozadilar, jad-valni to’ldiradi-lar. Bahs-munoza-ra yuritadilar. Erkin o’z fikr-larini namoyon etadilar. Juft-juft bo’lib uyga berilgan topshi-riq asosida to’ldiriladi.

2.5. To’rtinchi masala bo’yicha ma’ruzani o’qiydi. Har bir savolni kalit so’zlar orqali umumlashtirib beradi. Slayd-lardan foydalangan holda Sharq va G’arb ma’naviyatini taqqoslaydi. (2-ilova)

O’UM ga qaraydilar. Savollar beradilar. Erkin bahs-munozaraga kirishadi.

2.6. Tayanch iboralarga qaytiladi. Tala-balar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.

Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.

III-bosqich.

Yakuniy bosqich.

(10 minut)


3.1. Ma’ruzada yoritilgan har bir savol qanday hal qilinganligi to’g’risida umumiy yakuniy xulosa chiqaradi.

Eshitadi.

3.2. Talabalarning ma’ruza mashg’uloti-dagi faolligi reyting tizimi asosida baholanadi.

O’zini qiziqtirgan savollar beradi.

3.3. Mustaqil tayyorgarlik ko’rish uchun topshiriqlar beradi:

1) mavzu bo’yicha savollarga to’xtalib o’tib, amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish;

2) «O’zbek xalqi milliy ma’naviya-tining o’ziga xos jihatlari» mavzusida esse yozib kelish


Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlarni yozib oladilar.

1(4.1)-Ilova
Ma’naviyatdagi o’zaro munosabatlar va qonuniyatlar» sxemasini

o’rganish bo’yicha jadvalni to’ldiring




Savol

Javob

1. Ushbu sxemada nimalar aks ettirilgan?

2. Shaxs, jamiyat va millatlarning o’zaro munosabati ushbu sxemada qanday ko’rsatilgan?

3. Shaxs va millat yoki jamiyatning ichki salohiyati ma’naviyat va ma’rifat bilan uzviy bog’liqmi?

4. Millatlararo ma’naviy-ma’ri-fiy munosabatlarga aks ta’sir ko’r-satuvchi qanday omillarni bilasiz?




Ma’naviyatdagi o’zaro munosabatlar va qonuniyatlar









1-qonuniyat:

shaxs va millat yoki jamiyatning ichki salohiyati bilan bog’liq bo’lgan qonuniyat








«Ta’sir»


j

a

m



i

ya


t








«Aks ta’sir»



2-qonuniyat:

Shaxslar va millatlar-

ning o’zaro munosabatlari jarayonida

sodir bo’ladi-

gan «o’zaro ta’sir» va «o’zaro boyi-

tish orqali namoyon bo’ladigan jarayonlar







m

a

r

i



f

a

t






t

ya


i

v

a



n

a



m



O’quv vizual materiallar


2(4.1)-Ilova

1-slayd



Юнонча сўз бўлиб, мазмуни давлат ёки жамоат ишларини англатади. Сиёсат - катта ижтимоий гуруҳлар, миллатлар, давлатлар ички ва ташқи муносабатлари соҳасидаги фаолиятни англатади





2-slayd


Жамиятнинг ижтимоий табиатидан келиб чиқувчи ва ҳукмрон синфнинг, демократик кўпчиликнинг ёки бутун жамиятнинг ягона иродасини ифодаловчи, қонун билан мустаҳкамланган ва давлатнинг мажбурлаш кучи билан таъминланадиган хулқ – атворнинг юридик қоидалари мажмуасидир







3-slayd

Ma’naviyatning tarkibiy qismlari


Маънавият


Миллий маънавият





Минтақавий маънавият





Умуминсоний маънавият

4-slayd

Ma’naviyatning tarkibiy qismlariga ta’rif




Миллий маънавият - муайян элат, миллатга унинг аждодларига хос бўлган ғоят қимматли маънавий бойликлар



Минтақавий маънавият – муайян жуғрофий минтақа миллатларига хос, улар учун умумий бўлган маънавий бойликлар



Умуминсоний маънавият – бутун инсониятга, жаҳон халқларига тегишли бўлган маънавий ахлоқий белгилар

5-slayd

Milliy ma’naviyat


Миллий онг

Миллий руҳият



Миллий тил



Миллий ғурур





Миллий ўз-ўзини англаш



Миллий

ифтихор


Миллий маънавият




Миллий ҳис



Миллий ахлоқ


Миллий туйғу



Миллий манфаат

6-slayd


Milliy ma’naviy boyliklar


Адабиёт ва санъат асарлари


Миллий маънавият

Илм-фан


ютуқлари

Кашфиёт ва

ихтиролар



Маънавий маданият дурдоналари

Ҳурфикрлик




Умуминсоний

ахлоқий меъёрлар

7-slayd


«G’arb - oqil, Sharq – donishmand, G’arb – kenglik, Sharq – teranlik,

G’arb – harakat bilan yashagan, Sharq esa orzu-umid bilan, agar

G’arbning atoqli olimlari faol bo’lsalar, Sharqda ular

faylasuflar… G’arbga nisbatan bir-necha asrlar

avval Sharqda ilm-fanning deyarli

barcha sohalari uchun asos yaratilgan edi»

S.SulgiNskiY

8-slayd


Milliy o’zlikni anglash




Millatga

mansubligini

anglash





Millatning insoniyat

taraqqiyotidagi tari-xiy o’rnini bilish






Milliy

qadriyatlarga

sodiqlik






Milliy O’zlikni

anglash






Milliy

manfaatlarni

tushunib etish





Milliy mustaqillik

va milliy

taraqqiyotga erishish




Vatanparvarlik






3(4.1)-Ilova
Pinbord texnikasi


Pinbord texnikasi

(inglizchadan: pin – mahkamlash, board – doska)

muammoni hal qilishga oid fikrlarni tizimlashtirish

va guruhlashni amalga oshirishga, kollektiv tarzda

yagona yoki aksincha qarama-qarshi

pozitsiyani shakllantirishga imkon beradi




O’qituvchi taklif etilgan muammo bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini

bayon qilishni so’raydi. To’g’ridan-to’g’ri yoki ommaviy aqliy

xujumning boshlanishini tashkil qiladi (rag’batlantiradi)






Fikrlarni taklif qiladilar, muhokama qiladilar, baholaydilar

va eng optimal (samarali) fikrni tanlaydilar. Ularni tayanch

xulosaviy fikr (2 ta so’zdan ko’p bo’lmagan) sifatida alohida

qog’ozlarga yozadilar va doskaga mahkamlaydilar




Guruh namoyondalari doskaga chiqadilar va maslahatlashgan holda:


Download 3,09 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Download 3,09 Mb.