O’zbekiston Respublikasi




Download 3,09 Mb.
bet12/36
Sana10.04.2017
Hajmi3,09 Mb.
#3630
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36

9.1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi




Talabalar soni: 62

Vaqti: 2 soat

Mashg’ulot shakli

Informatsion ma’lumotga ega bo’lgan bahs-munozarali ma’ruza.

Ma’ruza rejasi

  1. Milliy o’zlikni anglash tushunchasi.

  2. Milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’usi va istiqlol g’oyasi.

  3. Yetuk bilimdon, yuqori saviyali kadrlar tayyorlash ma’naviy-ma’rifiy yuksalish omili.

Mashg’ulotning maqsadi: O’z millatiga sadoqatli bo’lish, ona zamin manfaatlari yo’lida fidoiy bo’lish, o’z millatining kelajagi yo’lida qayg’urish kabi tushunchalarni shakllantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari:.

Xuquqiy savodxonlik - ma’naviy etuklik mezoni, milliy o’zlikni anglash hamda uning mohiyatini yoritib berish

Xuquqiy savodxonlik, milliy o’zlikni anglash tushunchalariga ta’rif beradi

Demokratiyaning ma’naviy-ma’rifiy jihatlari bilan tanishtirish

Demokratiyaning ma’naviy-ma’rifiy jihatlari sanab beradi

Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati ko’rsatib berish

Vatan, millat manfaati yo’lida fidoyi bo’la olishni aytib beradi

Adabiyot va san’at - shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi ekanligini tushuntirish


Adabiyot va san’at - shaxs ma’naviyatini shakllantirish va
rivojlantirishning muhim vositasi ekanligini aytibera oladi

O’qitish usullari va texnika

Ma’ruza, bahs-munozara, B.B.B. va Klaster texnikalari.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, lazerli proektor, elektron darslik.

O’qitish shakllari

Jamoa, to’g’ridan-to’g’ri va juft-juft bo’lib ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat, savol-javob, o’z-o’zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash.

Ma’ruzaning texnologik kartasi



Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

o’qituvchi

talaba

I-bosqich. Mavzuga kirish.

(10 minut)



1.1. Ma’ruzaning mavzusini e’lon qiladi, o’quv mashg’ulotining maqsadi va natijalarini tushuntiradi.

O’UM ga qaraydilar.

1.2. Har bir talabaga mavzu bo’yicha tarqatma materiallarni tarqatadi.

Tarqatmalardan foydalanadi

1.3. Mavzu bo’yicha ma’ruza mashg’ulo-tining tayanch iboralari va ma’ruza rejasiga izoh beradi.

Yozadilar.

II-bosqich. Asosiy

(60 minut)



2.1. Ekranga tayanch ibora va tushuncha-larini chiqaradi. Talabalarga B.B.B. jadvalini tarqatadi. Tayanch iboralar-ning tartib raqamlaridan foydala-nilgan holda B.B.B. jadvalining 1 va 2 ustunlarini to’ldirishni so’raydi. (1-ilova)

Tinglaydilar. Muhokama qiladilar. Savollar bilan murojaat qiladi.

2.2. B.B.B. jadvalini qay darajada to’ldirganliklarini bilish uchun «Blits so’rov bilish» o’tkazadi, shu tariqa talabalar mavzuni qay darajada bilishini aniqlaydi.

Javob

beradilar.



2.3. O’quv mashg’ulotining birinchi savoli bo’yicha ma’ruza qiladi. Milliy o’zlikni anglash, uning mohiyati, huquqiy savodxonlik - ma’naviy etuklik kabi tushunchalarning mohiyatini slaydlar orqali falsafiy tahlil qiladi (2-ilova). Talabalarni bahs-munozaraga tortish maqsadida ularni jonlantiruvchi savollar beradi:

1. «Milliy o’zlikni anglash» tushunchasini izohlang.

2. «Huquqiy savodxonlik» degan tushunchaning mohiyati nimada?

Talabalarning fikrlarini tinglab birinchi masalani umumlashtiradi.



Tinglaydilar. Yozadilar, savollarni muhokama qilib, ularga javob beradilar.

2.4. Demokratiyaning ma’naviy-ma’rifiy jihatlarini «Klaster» texnikasi orqali amalga oshiradi. Fikrlarni umumlashtirib, xulosalaydi.

Tinglaydilar. Organeyzerni to’ldiradilar, Erkin fikr bildiradilar.

2.5. «Ma’naviyat asoslari» fanidan tayyorlangan elektron darslikdan foyda-langan holda, shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati, adabiyot va san’at - shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi mavzusini yoritib beradi. Mavzuni mustahkamlab, umumlashtiradi.

Tinglaydilar, Yozadilar. Fikr bildiradilar.

2.6. Mavzuni qay darajada o’zlashtir-ganliklarini aniqlash maqsadida blits-so’rov o’tkazadi (4-ilova). BBB jad-valining uchinchi ustunini to’ldirishni talab qiladi.

Javob beradilar, BBB jadvalining 3 ustunini to’ldiradilar.

III-bosqich.

Yakuniy bosqich.

(10 minut)


3.1. Kurs bo’yicha yakuniy xulosa chiqaradi. Faol talabalarni baholash mezoni orqali rag’batlantiradi.

Eshitadi.




3.2. Yakuniy nazorat ishiga tayyorgarlik ko’rish uchun maslahatlar beradi.





1(9.1)-Ilova

1-o’quv topshiriq

BBB jadvalini to’ldirish uchun tavsiyalar

1. Tayanch ibora va tushunchalar bilan tanishib chiqing.

2. BBB jadvalini to’ldirish uchun tayanch ibora va tushunchalarning tartib raqamidan foydalaning.


Bilaman

Bilishni istayman

Bilib oldim

1

2

3









Tayanch ibora va tushunchalar




1.

Odam

16.

Bevatanlik

2.

Shaxs

17.

Ma’naviy qashshoq

3.

Inson

18.

Baxtsizlik

4.

Jamiyat

19.

Davlat ramzlari

5.

Insonparvarlik

20.

Odami ersang demagil odami

6.

Vatan

21.

Mustaqillik

7.

Vatanparvarlik

22.

Tafakkur

8.

Milliy o’zlikni anglash

23.

Milliy ruhiyat

9.

Millatparvarlik

24.

Ong

10.

Suqrot

25.

Sho’rolar tuzumi

11.

Milliy g’urur

26.

Milliy valyuta

12.

Milliy iftixor

27.

Ona yurt

13.

Milliy xarakter

28.

Turkiston – umumiy uyimiz

14.

Vatan tuyg’usi

29.

O’tmish

15.

Vatanga muhabbat

30.

Sajdagoh

2(9.1)-Ilova

O’quv vizual materiallar
1-slayd


Milliy


iftixor




Millat ma’naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarini o’z ichiga oladi











Milliy g’urur




O’zlikni anglashdan boshlanadi












Milliy

his





Millat manfaati bilan yashash,

o’zining kimligini tanimoq














Milliy


xarakter




O’zbek xarakteri, milliy o’ziga

xos tomonlari asrlar davomida

shakllangan hamda asta-sekin

ularning qoniga va joniga

singib ketgan


2-slayd



Миллий тарбия - у ёки бу миллатни, элатни ташкил қилувчи кишиларнинг миллий маданиятни, меросни, қадриятларни, урф-одатларни, анъаналарни ўзлаштиришдаги фаолиятини ривожлантириш бўлиб, у миллий онг ва миллий ўзликни англашнинг субъекти. Миллий тарбиянинг асосий йўналишларини миллатпарварликни, халқпарварликни, ватанпарварликни, меҳнатсеварликни, юксак инсонийликни ривожлантириш, меросни, урф-одатни, қадриятларни, фан, техника, технологияларни ўзлаштиришга интилишни ривожлантириш, меҳр-оқибат, иймон-эътиқод, ор-номус, инсоф-диёнат, миллий ва умуминсоний қадриятларнинг моҳиятини тушуниб етиш ва унга амал қилиш руҳиятини шакллантириш кабилар ташкил этади

3-slayd


Миллий ўзликни англаш – ҳар бир инсон ўзининг бошқа миллат вакиллари билан тенглигини ҳис қилиши маълум бир миллатга мансублигини, ягона моддий ва маънавий бойликларга эгалиги ва давлатга ҳиссиётининг шаклланиши, авлодлар меросидан ғурурланиши, она юрт, ватан ғалабаларидан завқланиши, миллат шаъни, қадр – қиммати, обрў-эътибори, ор-номусининг поймол этилишига йўл қўймаслик учун ягона куч билан бирлашиши, она тилини эъзозлаши ва бошқаларда ўз ифодасини топади


3(9.1)-Ilova

2-o’quv topshiriq

Blits-so’rov savollari



Savol

Javob

1.

Milliy o’zlikni anglash deganda nimani tushunasiz?




2.

«Har bir kishining tug’ilib o’sgan shahar va mamlakatini shul kishining Vatani deyilur», - deb kim ta’kidlagan?




3.

«Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir» iborasi muallifi kim?




4.

Odami ersang, demagil odami.

Oniki, yo’q xalq g’amidin g’ami» baytining muallifi kim va uning mohiyatini yoritib bering.






5.

Qanday odamni millatparvar deyish mumkin?







7

mavzu


Ma’naviyat va iqtisodiyot hamda ularning o’zaro uzviy bog’liqligi.

3.1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi



Talabalar soni: 62

Vaqti: 2 soat

Mashg’ulot shakli

Informatsion ma’lumotga ega bo’lgan ma’ruza

Ma’ruza rejasi

  1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning ma’naviyat va ma’rifat tushunchalari bilan o’zaro uzviy bog’liqligi.

  2. Bozor iqtisodiyoti tushnchasi, uning konseptsiyasi va ma’naviyat.

  3. O’zbekiston milliy mustaqilligining iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy asoslari.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Iqtisodiyot muayyan ijtimoiy tuzumdagi ishlab chiqarish munosabatlari majmui ekanligi haqida bilish va ko’nikmalarni shakllantirish, iqtisodiy ehtiyojlar va ma’naviyatning o’zaro bog’liqligi haqida tushuncha hosil qilish.

Pedagogik vazifalar

O’quv faoliyati natijalari:.

Iqtisodiy hayotni shakllanti-rish va rivojlantirish-ma’na-viyatning o’zigi xos shakli ekanligini yoritib berish

Ma’naviyat jamiyatning yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishishning omili ekanligi-ni izohlab beradi, Iqtisodiyot tushuncha-siga ta’rif beradi

Bozor iqtisodiyotini ma’na-viylik nuqtai nazaridan tah-lil qilish

Bozor iqtisodiyotiga o’tish yuksak taraq-qiyot imkoniyati ekanligini aytib beradi

Ma’naviyatning iqtisodiy muammolarni hal qilishda mamlakat aholisini uyushti-ruvchi va faollashtiruvchi kuch ekanligini yoritib berish

Rivojlangan iqtisodiyot – yuksak ma’na-viyat mezoni ekanligini tahlil qiladi

O’qitish usullari va texnika

Ma’ruza, aqliy hujum, «Baliq skeleti» va «Kaskad» texnikalari, «Blits-so’rov» uslubi.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor, video-tasma..

O’qitish shakllari

Jamoa, juft-juft bo’lib ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat, savol-javob, o’z-o’zini nazo-rat qilish, reyting tizimi asosida baholash.

Ma’ruzaning texnologik kartasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

o’qituvchi

talaba

I-bosqich. Mavzuga kirish.

(10 minut)



1.1. Ma’ruzaning mavzusini e’lon qila-di, o’quv mashg’ulotining maqsadi va natijalarini tushuntiradi

Mavzuni nomini yozib oladilar

1.2. Har bir tinglovchiga mavzu bo’yicha tarqatma materiallarni tarqatadi.

Tarqatmalardan foydalanadi.

1.3. Mavzu bo’yicha ma’ruza mashg’uloti-ning tayanch iboralari va ma’ruza rejasiga izoh beradi. Mavzu yuzasidan blits-so’rov usulida ma’lum bo’lgan tushunchalarni faollashtiradi

O’UM ga qaraydilar. O’z fikrini erkin bayon etadilar

II-bosqich. Asosiy

(60 minut)



2.1. O’quv mashg’ulotining birinchi savoli bo’yicha ma’ruza qiladi. Ma’ruza mash-g’ulotini «Aqliy hujum» uslubi bilan boshlaydi. Talabalarda bilimlar mav-jud, uni bevosita mustahkamlash uchun «Iqtisodiyot nima?» deb savol beradi, umumlashtiradi

O’UM ga qaraydilar. O’z fikrini erkin bayon etadilar

2.2. Birinchi rejada berilgan, mustaqil O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’lini, «Kaskad» texnikasi orqali tushuntiradi (1-ilova). Talabalarning fikrini unum-lashtiradi

Erkin o’z fikrlarini bildiradilar. Yozadilar

2.3. Ma’naviyat va ma’rifat jamiyatning yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishish-ning sharti ekanligini jonlantiruvchi savollar bilan yoritiladi:

1. Ma’naviyat ma’rifat va iqtisodsiz jamiyat taraqqiy etadimi?

2. Bozor iqtisodiyoti deganda nimani tushunasiz?

3. O’zbek modeli nima?

Javoblarni tinglab, ularni to’ldiradi va umumlashtiradi.


Javob beradilar. O’UM ga qaraydilar. Tinglaydilar

2.4. Mavzu yuzasidan uchinchi savolni tushuntirishda talabalarni erkin bahs-munozaraga tortish maqsadida «Baliq skeleti» texnikasidan foydalanilgan holda «Nima uchun ma’naviyat va iqti-sodiyot o’zaro bog’liq?» deb yozilgan tarqatma materiallar bilan ishlashni taklif qiladi. (2-ilova).

Talabalarning fikrini umumlashti-rib, ularni xulosalaydi. Video - lavha namoyish etadi



Juft-juft bo’lib, organayzerni to’ldiradilar

2.5. Tayanch iboralarga qaytiladi (3-ilova). Talabalarning bilimlarini mus-tahkamlash maqsadida «Blits–so’rov» o’tkazdi. (4-ilova)

Har bir tayanch tushuncha va ibo-ralarni muho-kama qiladilar. Javob beradilar

III-bosqich.

Yakuniy bosqich.

(10 minut)


3.1. Ma’ruzada qilingan har bir savol qanday hal qilinganligi to’g’risida yakuniy xulosa beradi

Eshitadi

3.2. Talabalarning faolligi rag’batlan-tiriladi

O’zini qiziqtirgan savollar beradi

3.3. Kelgusi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun topshiriqlar va foydala-niladigan adabiyotlar ro’yhati tavsiya etiladi. Uyga vazifa sifatida test-larni ko’rib chiqish topshiriladi (5-ilova)

O’UM ga qaraydilar

1(3.1.)-Ilova

«Kaskad» texnikasi



Ushbu texnologiya g’oyalar tizimini ishlab chiqishga ko’mak beradi: Asosiy maqsadi: aniq va ijodiy fikrlash qobiliyatini faollashtirish.






Мустақил Ўзбекистоннинг бозор иқтисо-диётига ўтишнинг ўзига хос йўли















2(3.1)-Ilova


«Baliq skeleti» texnikasi


Ushbu texnologiya katta muammolarning echimini topishga qaratilgan. Yuqori qismida muammolar turi yozilsa, pastki qismida esa misollar bilan izohlanadi.



Нима учун маънавият ва иқтисодиёт ўзаро боғлиқ



3(3.1)-Ilova

1-slayd


Iboralar asosida vizual materiallar



1.

Iqtisodiyot

9.

O’zbekistonning iqtisodiy

Salohiyati



2.

Ishlab chiqarish

10.

Intellektual salohiyat

3.

Bozor munosabati

11.

Davlat suvereniteti

4.

Bozor iqtisodi

12.

Yangini qurmay, eskini

Buzmang


5.

Tadbirkorlik

13.

Eksport

6.

Taraqqiyotning o’zak modeli

14.

Bozor iqtisodining sharti

7.

Qonun ustuvorligi

15.

Bozor iqtisodining talabi

8.

Turizm darajasi

16.

Ma’rifat

O’quv vizual materiallar

2-slayd

Ma’naviyatning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi








Tarix














Falsafa




Huquq











Ma’naviyat















Iqtisod




Psixologiya














Din



3-slayd


Iqtisodiy yo’nalishning ta’riflari







Iqtisodiy

tiklanish
















Sog’lom kuchli

jamiyat





Iqtisodiy

Rivojlanish






Iqtisodiy









yo’nalish













Ma’naviy

yuksalish






Ma’naviy

O’nglanish
















Ma’naviy

poklanish








4(3.1)-Ilova

Mavzuni mustahkamlashga qaratilgan

«Blits-so’rov» savollari




Savollar

Javoblar

1.

I.Karimov Oliy Majlisning qaysi sessiya-sida «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» mavzusida ma’ruza qildi?




2.

«Har qaysi ijtimoiy toifa va qatlamning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda umumiy gaplar bilan emas, amaliy ishlar bilan ma’naviyatni yuksaltirish diqqatimiz markazida bo’lishi shart», - degan so’zlar I.Karimovning qaysi asarida keltirilgan?




3.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Oliy Majlisning qaysi sessiyasida qabul qilindi?




4.

Oltin zaxirasi bo’yicha O’zbekiston dunyoda nechanchi o’rinda turadi?




5.

O’rta Osiyodagi barcha resurslarning necha foizi O’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi?




6.

O’zbekiston paxta mahsulotini eksport qiladigan mamlakatlar ichida nechanchi o’rinni egallaydi?






5(3.1)-Ilova

1-o’quv topshiriq


Testlar
1. Ma’naviy barkamol inson deganda qanday odamni tushunasiz?

a) Milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni chuqur egallagan va unga amal qilgan ziyoli shaxs;

b) Adabiyot, sanat, falsafa, huquqqa doir chuqur bilimga ega bo’lgan kishilar;

v) Jamiyatda mavjud barcha qonun-qoidalarni, axloq normalarini mukammal o’zlashtirgan shaxslar;

g) Diniy bilimlarni chuqur o’zlashtirgan, unga to’la amal qiladigan shaxs;

d) O’z kasbini yaxshi egallagan, ma’naviy jihatdan etuk shaxs.

2. Milliy manaviy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?

a) O’zbek millatiga tegishli barcha og’zaki va yozma badiiy, ilmiy, falsafiy ta’limotlar;

b) Muayyan millatga tegishli bo’lgan barcha axloqiy, diniy badiiy, huquqiy, siyosiy, ma’naviy meros;

v) Faqat bir millat tomonidan yaratilgan, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan, barcha moddiy meros;

g) Badiiy adabiyot, teatr, musiqa, me’morchilik soxasida yaratilgan, barcha yodgorliklar;

d) Axloq-odob, siyosat, falsafa soxasida yaratilgan milliy-ma’naviy qadriyatlar.

3. Milliy ong nima?

a) Biron-bir mamlakatga tegishli bo’lgan ong;

b) Muayyan millatning ilg’or kishilari tomonidan ishlab chiqilib, ushbu millat kishilari o’rtasiga yoyilgan ijtimoiy-siyosiy qarashlar;

v) Faqat biron-bir millatga xos bo’lgan milliy ruxiyat, kayfiyat, tuyg’ular, qarashlar, nazariyalar va g’oyalar majmuasi;

g) Millatni ravnaqi uchun xizmat qiladigan, uning mustaqilligini ta’minlovchi g’oyalar;

d) Biron-bir millatning siyosiy erkinligini, huquqlarini, axloq normalarini yaratish uchun xizmat qiluvchi qarashlar.

4. O’zbekiston jahonda paxta xom-ashyosi etishtirish bo’yicha nechanchi o’rinda turadi?

a) 2 b) 3 v) 4 g) 6 d) 8 o’rinda.

5. Milliy g’urur nima?

a) Insonning o’z millati erishgan yutuqlaridan, g’alabalaridan, muvaffaqiyatlaridan g’ururlanish;

b) Biron-bir millatning yoki millat vakilining boshqa bir millatga nisbatan afzalligini xis etish;

v) Biron-bir millat vakilida shu millatga tegishli bo’lgan madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, milliy qahramonlar, tarixiy shaxslar mavjudligidan mamnunlik xissiyotlari;

g) Insonning millatdoshi tomonidan ilm-fan, texnika soxasida qilgan kashfiyotlari, erishgan yutuqlaridan faxrlanish tuyg’usi;

d) Biron-bir millat yashaydigan hudud xadlarining kattaligi, er osti qazilmalarining ko’pligidan, shuningdek er usti boyliklarining ko’pligidan g’ururlanish.

6. Huquqiy madaniyat deganda nimani tushunasiz?

a) Davlat tomonidan belgilangan huquqiy normalar va munosabatlarga, qonunlarga, sud, prokuratura organlariga nisbatan bo’lgan qarashlar;

b) Jamiyat a’zolarining huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan barcha qonun-qoidalar va unga tegishli bo’lgan adabiyotlarning o’zlashtirilishi;

v) Muayyan jamiyatda mavjud huquq normalariga, qonun-qoidalariga, tartibga bo’lgan munosabat va unga amal qilinishi;

g) Huquq soxasida chiqarilgan adabiyotlarni muntazam o’rganish natijasida xosil bo’lgan bilimlar;

d) Umumjahon huquq normalarini mufassal o’rganish va unga o’z hayot tajribasida amal qilish.

7. Jamiyatning ma’naviy qiyofasi ijtimoiy taraqqiyotga qanday ta’sir ko’rsatadi?

a) iqtisodiy isloxotlarni tez rivojlantiradi;

b) inqilobiy tarzda tub o’zgarishlarga olib keladi;

v) ilmiy-texnik, texnologiya jarayonlarining yangilanishiga olib keladi;

g) jamiyat hayoti taraqqiyotini tezlashtiradi;

d) jamiyat taraqqiyotiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.

8. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ida aks ettirilgan ranglarning mohiyati?

a) moviy rang - tinchlik, musaffo osmon, obi hayot. Oq rang - tinchlik, poklik. Yashil rang - ezgulik (yam-yashil ekinzorlar). Qizil rang - tetiklik (tomirlardagi oqayotgan qon).

b) moviy rang - dengizdek ulkan yurt. Oq rang - tinchliksevarlik. Yashil rang - Islom diniga mansublik. Qizil rang - tomirlardagi qon.

v) moviy rang - Amir Temur Bayrog’i rangi. Oq rang - poklik, halollik. Yashil rang - ko’m-ko’k dalalar. Qizil rang - kuch, qudrat.

g) moviy rang - musaffo osmonga qiyos. Oq rang - ochiq ko’ngillik. Yashil rang - yam-yashil paxtazor. Qizil rang - sho’rolar tizimiga mansublik.

d) moviy rang - musaffo osmon, obi hayot. Oq rang - oppoq paxtazor. Yashil rang - mevali daraxtlar. Qizil rang - kuch-qudrat.

9. Milliy o’zlikni anglash deganda nimani tushunasiz?

a) O’z ona tiliga, milliy qadriyatlariga, o’z tarixiga egalik qilinishini;

b) Insonning o’ziga yoki o’z millatiga tegishli moddiy va ma’naviy qadriyatlarning jamiyat hayotida tutgan mavqeini anglab etishni;

v) Har bir insonning u yashab turgan jamiyatda egallagan mavqeini, o’z qadr-qimmatini anglab etish tuyg’usini;

g) Mustaqil ravishda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishni anglashni;

d) Madaniyat, ma’rifat, ijtimoiy taraqqiyot soxasida erishilgan yutuqlardan faxrlanishni.

10. O’zbekiston Respublikasi BMT ga qachon a’zolikka qabul qilindi?

a) 1991 y. 22 dekabr

b) 1992 y. 10 yanvar

v) 1992 y. 2 mart

g) 1993 y. 23 fevral

d) 1993 y. 10 may.

11. Vatan tuyg’usi deganda nimani tushunasiz?

a) Vatanni doim eslab yurish, avlodlar yashab o’tgan va dafn etilgan joylarni ziyorat etish, yaqin oshna-og’aynilarni sog’inish xissiyotlari;

b) Vatan haqida doim qayg’urish, uning g’am-tashvishlaridan ogoh bo’lib turish, uni turli balo-qazolardan avaylab-asrash;

v) Kishi tug’ilib o’sgan joyi, mahalla, el-yurt, oshna-og’ayni, qarindosh-urug’ kabi yurtdoshlarni sog’inish;

g) Vatan uchun jon fido qilgan vatandoshlarni eslash, moddiy va ma’naviy milliy qadriyatlarni qumsash;

d) O’zi tug’ilib voyaga etgan, avlodlari hoki to’kilgan Vatanni sevish, e’zozlash, uni himoya qilish, uning ravnaqi uchun mehnat qilish, undan faxrlanish tuyg’usi.

12. O’zbekiston Respublikasi aholisining soni qancha?

a) 23 mln. kishi

b) 24 mln. kishi

v) 25 mln. kishi

g) 26 mln. kishi

d) 27 mln. kishi.

13. Oila barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillar?

a) ma’naviy ruxiy uyg’unlik, o’zaro hurmat, sevgi sadoqati, ishonch, moddiy ta’minlanganlik;

b) Sadoqatli sevgi, iqtisodiy ta’minlanganlik;

v) Qaynona-kelin o’rtasidagi totuvlik;

g) Sevgi, muhabbat, moddiy ta’minlanganlik;

d) Qudalar o’rtasidagi yaxshi munosabat.

14. Burch deganda nimani tushunasiz?

a) Insonning muayyan jamiyat, turli ijtimoiy guruhlar (oila, mahalla, qarindosh-urug’, jamoa va h.k.) tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalar, axloqiy me’yorlarning bajarilish, unga amal qilish;

b) Insonning Alloh oldida bajarilish lozim bo’lgan talablarni anglab etishi, uni bajarishi, unga amal qilishi;

v) Jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va hayotga tadbiq qilinayotgan qonunlarga to’la amal qilish;

g) Ota-onalar bilan farzandlar, qariyalar bilan yoshlar, er va xotin o’rtasida bajarilishi shart bo’lgan me’yorlar;

d) Davlat tomonidan o’rnatilgan barcha qonun-qoidalarga so’zsiz amal qilish.

15. «Temir Xotin», «Eshik qoqqan kim bo’ldi?» asarlarining muallifi kim?

a) Sharof Boshbekov;

b) Said Axmad;

v) O’tkir Xoshimov;

g) Xurshid Do’stmuxammad;

d) Xurshid Davron.

16. «Demokratiya va ma’naviyat» nisbatlariga munosabatingiz?

a) Demokratiya va ma’naviyat bir birlarini istisno qiladi, bir-biriga sig’ishmaydi;

b) Demokratiya va ma’naviyat bir-birlariga daxlsiz;

v) Demokratiya siyosiy termin bo’lganligi uchun ma’naviy hayotga befarq;

g) Demokratik tartiblar ma’naviy etuklik natijasidir;

d) Demokratiya va ma’naviyat bir-birlariga daxldor, bir-birini to’ldiradi.

17. Mamlakat barqarorligini ta’minlovchi asosiy shartlar?

a) mamlakatimiz aholisining mintaqa aholisi tarkibidagi miqdoriy salmog’ining ko’pligi;

b) milliy qadriyatlar, tariximizning chuqur ildizi, milliy o’zlikni anglash, umuminsoniy manfaatning ustuvorligini e’tirof etish;

v) kuchli ijtimoiy siyosat va odamlarni da’vat etuvchi ijtimoiy omillarni ro’yobga chiqarish;

g) Millatimizga xos bo’lgan sabr-qanoat, mehnatsevarlik, mehmon-do’stlik, ochiq ko’ngillilik sifatlarining mavjudligi;

d) Islomiy axloq-odobning kishilarimiz ruxiyatiga singib ketganligi, xalqimiz tabiatidagi baynalmilallik qarashlari.

18. Vijdon erkinligi nima?

a) Vijdon - insonning o’z qilmishlari uchun ruxiy azoblanishi;

b) Vijdon - qilgan gunoh ishlari uchun Olloh oldida qo’rqish xissi;

v) Vijdon - oilaviy munosabatlarda sevgi sadoqatiga hiyonat qilish;

g) Vijdon - el-yurt, qarindosh-urug’ oldida o’z burchini ado etish;

d) Vijdon - insonning o’z xatti-harakatlari uchun ma’suliyatni sezish.

19. Jaloliddin Manguberdi kim?

a) Chingizxon boshliq mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashgan milliy qahramon;

b) Iskandar Zulqarnaynga qarshi mardonavor jang qilgan milliy qahramon;

v) Arab bosqinchilariga qarshi xalqni kurashga etaklagan mard jangchi;

g) XVI-XVII asrlarda yashagan buyuk xattot, musavvir;

d) 1127-1156 yil Xorazm taxtida o’tirgan xukmdor.

20. Madaniyat tushunchasini to’g’ri ta’rifini belgilang.

a) Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy qadriyatlar;

b) Insoniyat tomonidan yaratilgan va insonlarga xizmat qiladigan ma’naviyat va ma’rifat muassasalari;

v) Insonlar tomonidan yaratilgan barcha kuy, qo’shiq, rassomchilik mahsulotlari tarixiy yodgorliklar, teatr va shu kabilar;

g) Maktab va maorif orqali kishilarga singdirilgan bilimlar tizimi;

d) Teatr, kino, televidenie, radio, gazeta va jurnallar orqali ommalashtiriladigan eshittirish va ko’rsatuvlar majmui.


4-Amaliy mashg’ulot mavzusi. Ma’naviyat, siyosat, huquq va mafkura.



Amaliy mashg’ulotni olib borish texnologiyasi


Talabalar soni: 21

Vaqti: 2 soat

Mashg’ulot shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va mustah-kamlashga qaratilgan amaliy mashg’ulot.

Amaliy mashg’ulot rejasi

  1. Ma’naviyat, siyosat, ularning o’zaro bog’liqligi.

  2. Ma’naviyat va huquqning o’zaro munosabati.

  3. Ma’naviyat va mafkura va ularning o’zaro aloqadorligi.

Mashg’ulotning maqsadi: «Ma’naviyatning siyosat, huquq va hokimiyatdagi o’rni. Ma’naviyatda milliylik va umuminsoniylik» mavzusi bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirishni ta’minlash.

Pedagogik vazifalar

O’quv faoliyati natijalari.

  • talabalarning ijodiy izla-nishi va o’z mustaqil fikr-larini bildirishi uchun im-koniyat yaratish;

  • mavzu bo’yicha bilimlarni chuqur o’zlashtirish va mus-tahkamlashga yordam berish;

  • manbalar bilan ishlashni o’rgatish;

  • kichik guruhlarda ishlashni tashkil qilish;

  • o’z nuqtai nazariga ega bo’lishni shakllantirish;

  • mantiqiy xulosa chiqarishga ko’mak berish;

  • amaliy mashg’ulot rejalari bilan oldindan tanishib chiqib, tayyorgarlik ko’radi;

  • siyosat va siyosiy qarashlarning ma’naviyatga ta’sirini yoritib bera oladi;

  • siyosat, huquq va hokimiyat institutlarining ma’naviy asoslarini mustahkamlash jamiyat taraqqiyotining muhim sharti ekanligini ko’rsatib beradi;

  • milliy-ma’naviyat tushunchasi va uning mohiyatini yoritib bera oladi;

  • umuminsoniy ma’naviyatga ta’rif be-radi va uni tahlil qilib beradi;

  • milliy-ma’naviy tiklanishning mohi-yatini yoritib beradi;

  • Sharq va G’arb ma’naviyatini taqqos-laydi;

O’qitish usullari va texnika

Kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, «Klaster», «FSMU» texnikasi.

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, markerlar, qog’ozlar, doska, bo’r.

O’qitish shakllari

Jamoa va guruhlarda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

o’qituvchi

talaba

I-bosqich. Mavzuga kirish.

(10 minut)



1.1. Amaliy mashg’ulot mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi. Ta’lim jarayoni «Kichik guruhlarda ishlash» orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi.

Tinglaydilar.

Yozib oladilar.



1.2. «Klaster» texnikasidan foydala-nilgan holda talabalarga, «Qadriyatlar nima?» degan savol bilan murojaat qiladi. Talabalarni ushbu organayzer orqali faollashtiradi, qadriyatlarni uch guruhga ajratadi. (1-ilova)

O’z fikrlarini bildiradilar. Tushunchalar bilan ishlaydi.

1.3. Talabalarning fikrini umumlash-tirib, ularni 4 ta kichik guruhlarga bo’ladi.

Interfaol usullardan foydalanilgan holda kichik guruhlarga bo’linadi.

1.4. Talabalarning mashg’ulotdagi faol-ligini baholash ko’rsatkichlari va me-zonlari bilan tanishtiradi (2-ilova).

O’UM ga qaraydilar.

1.5. Mavzu bo’yicha tayyorlangan topshi-riqlarni tarqatadi (3-ilova).

Topshiriqlar ustida ishlaydilar.

II-bosqich. Asosiy

(60 minut)



2.1. Guruhlarga topshiriqlarni baja-rishi uchun yordam beradi. Manbalardan foydalanishga imkon yaratadi. Har bir guruh qaysi mavzuni keng yoritib berishi va taqdim etishi kerakligini tushun-tiradi.

Faol

qatnashadilar.



2.2. Har bir guruh topshiriqlarini vatman-qog’ozlarga tushirib, taqdimotini o’tkazishga yordam beradi, izoh-laydi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor qaratadi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to’g’ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi.

Jamoa bo’lib ba-jarilgan ishning taqdimotini o’t-kazadilar, bahs-munozara yurita-dilar, qo’shimcha-lar qiladilar, xu-losa chiqaradilar. Baholaydilar.

2.3. Guruhlarga «FSMU» texnikasidan foydalanilgan holda «Milliy o’zlikni anglash» deganda nimani tushunasiz?» deb savol bilan murojaat qiladi (4-ilova).

Vatmanlarda jadvalni to’ldiradilar.

2.4. Har bir guruh topshiriqlarni vat-man-qog’ozlarga tushirib, taqdimotini o’tkazishda yordam beradi. Yagona xulosa chiqarishga ko’mak beradi va nihoyasida umumlashtiradi.

Taqdimot o’tkazadi. G’olib guruhlarni aniqlab, baholaydi.

III-bosqich.

Yakuniy


(10 minut)

3.1. Ish yakunlarini chiqaradi. Faol tala-balarni baholash mezoni orqali rag’bat-lantiradi.

Eshitadi.

Aniqlaydi.



3.2. Uyga vazifa beradi: «Insert» tex-nikasidan foydalanilgan holda keyingi ma’ruza mavzusini o’qib kelish.

O’UM ga qaraydi.



1(4.2)-Ilova

Klaster


Инсонпар-варлик

Маҳалла

Миллий ғурур

Уй

Урф-

одат


Ватан

Миллий ўзликни англаш


Юрт


Замин







Ота-

она

Қадриятлар

Ҳашар




Қариндошлар



Тўй

Байрамлар

лар

Анъаналар


Бобо


Буви

Klasterni tuzish qoidalari




1. Topshiriqni diqqat bilan o’qib chiqing.

2. Fikrlarni tarmoqlantirish jarayonida paydo bo’lgan har bir fikrni yozing.

3. Imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermang.

4. Belgilangan vaqt tugamaguncha yozishni to’xtatmang, fikringizni jamlashga harakat qiling.

5. Fikrlarni chegaralamang, ular o’rtasida o’zaro aloqadorlikka e’tibor qarating.


(4.2)-Ilova
Guruhlarning mashg’ulotdagi faolligini baholash

ko’rsatkichlari va mezonlari



Topshiriqlar, baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

I-

guruh


II-

guruh


III-guruh

IV-guruh

1-topshiriq: (1,5 ball)













- mavzu yoritib berildi (0,5 ball)













- aniq va mantiqan to’g’ri bayon etildi (0,5 ball)













- guruh faol qatnashdi (0,5 ball)













2-topshiriq: (1,5 ball)













- aniq xulosa chiqarildi (0,5 ball)













- misollar keltirildi (0,5 ball)













- reglamentga e’tibor qaratildi (0,5 ball)













Jami: (3 ball)












0,5 ball – «a’lo». 2,5 – 3 ball – «a’lo».

0,4 ball – «yaxshi». 1,9 – 2,4 ball – «yaxshi».

0,3 ball – «qoniqarli». 2,3 – 1,8 ball – «qoniqarli».


3(4.2)-Ilova
Mavzu bo’yicha o’quv topshiriqlar:
I-guruh

Savol: Milliy ma’naviyat, siyosat va huquq tushunchasi va uning mohiyati.

1) ma’naviyat, siyosat, huquq, etnoslar, xalqlar va mamlakatlar tushunchasini yoritib bering;

2) milliy ma’naviyatning o’ziga xos rivojlanish xususiyatlarini ko’rsatib bering;
II-guruh

Savol: Umuminsoniy ma’naviyat tahlili:

1) Umuminsoniy ma’naviyatning barcha millatlar va etnoslarning o’ziga xos tomonlarini o’zida mujassamlashtirganligini, ehtiyojlarini, manfaatlarini ko’rsating;

2) Ma’naviyatda milliy mahdudlik va ayirmachilikka intilishning salbiy oqibatlarini ko’rsatib o’ting;
III-guruh

Savol: Milliy – ma’naviy tiklanishning mohiyati.

1) o’zbek milliy ma’naviyatining mustaqillik sharoitida qayta tiklanish jarayonlarini ko’rsatib bering;

2) milliy ma’naviyatning jahon tsivilizatsiyasidagi mavqeini tiklashdagi yutuqlarini aytib bering;
IV-guruh

Savol: Sharq va G’arb ma’naviyati.

1) Sharq va G’arb ma’naviyatining milliy va umuminsoniy xususiyatlarini ko’rsatib bering;

2) Sharq va G’arb xalqlari ma’naviyatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yishiga intilishlarni tanqid ostiga oling.

4(4.2)-Ilova
Milliy o’zlikni anglash deganda nimani tushunasiz?


F

(Fikringizni bayon eting)



S

(Fikringiz bayoniga biror sabab ko’rsating).



M

(Ko’rsatilgan sababga tushuntiruvchi misol keltiring)



U

(Fikringizni umumlashtiring)





8-Mavzu.

Ma’naviy-ma’rifiy meros-jamiyat taraqqiyotining muhim omili.





Vaqti-2 soat

Talabalar soni 25-30 nafar

Ma’ruza mashg’uloti rejasi

  1. Ma’naviy-ma’rifiy meros va uning tarixiy-tadrijiy rivojlanishi.

  2. Ma’naviy-ma’rifiy meros-xalqning bebaho ma’naviy qadriyati.

  3. Ma’naviy-ma’rifiy meros-milliy, umuminsoniy qadriyatlar rivojlanishining muhim omili.



O’quv mashg’ulotining maqsadi



Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyat hamda ularning o’zaro munosabati to’g’risida mustaqil fikrlashga va o’z mulohazalarini erkin ifodalashga o’rgatish.


Pedagogik vazifalar:

- ma’ruza olingan bilimlarni mustaxkamlash va ular asosida dokladlar tayyorlash ko’nikmalari xosil qilish;

- bilimlarni tizimlashtirish, taqqoslash, umumlashtirish va taxlil qilish

-Darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ko’nikmalarni xosil qilish




O’quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


Milliy va umuminsoniy qadriyatning mohiyatini to’g’ri anglash

Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi muayyan bir millatning hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili, o’tmishi, kelajagi bilan uzviy bog’liq ekanligini tushunish

Ma’naviyat umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanish jarayonining mazmunini anglab oladi



O’qitish usullari va texnikasi

Muammoli usul, guruh bilan ishlash, suhbat, aqliy hujum, munozara, namoyish qilish.


O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, o’quv materillari, marker, skotch, qog’oz



O’qitish shakllari

Guruxlarda, kollektiv, yakka



O’qitish sharoitlari

Auditoriya



Darsning maqsadi: Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyat hamda ularning o’zaro munosabati to’g’risida mustaqil fikrlashga va o’z mulohazalarini erkin ifodalashga, shu orqali milliy va umuminsoniy qadriyatning mohiyatini to’g’ri anglashga o’rgatish.

Darsning shakli: Guruhlar taqdimoti (prezentatsiyasi). Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar va kerakli adabiyotlar, u bilan birgalikda sinf taxtasi va bo’rdan unumli foydalanish mumkin. Kodoskop va mul’timedia materiallarini tayyorlab foydalanilsa yanada yaxshi.

Darsning tuzilishi:

Tashkiliy daqiqa,

Yangi mavzu bo’yicha guruhda ishlash,

Guruhlar ishining yakuni,

Darsga yakun yasash va uy ishi.

Sinf taxtasiga quyidagi yozuv osib qo’yiladi:
Ma’naviyat — davlat asosi, davlat esa ma’naviyat suyanchig’i. Milliy qadriyat, avvalo, tarixiy hodisadir. U qisqa davrda shakllanmaydi. U milllatning ibtidosi bilan bog’liq. Milliy qadriyat tarixi millatning ma’naviy rivojida namoyon bo’ldi. Milliy ma’naviy kamolot zamonda, ya’ni millatning butun tarixi davomida yuz beradi, ammo u ba’zan shiddat bilan yuksalsa, ba’zan tanazzulga yuz tutishi mumkin. Umuminsoniy qadriyat insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka yo’llaydigan ma’naviy boylikdir.

Noan’anaviy seminar mashg’ulot bo’lganligi uchun dars haqida qisqacha ma’lumot:



  • Ushbu darsning maqsadini o’qituvchi oldindan (oldingi darsda) talabalarga tushuntiradi.

  • Maqsad: talabalarning ijodiy izlanishi va o’z mustaqil fikrlarini bildirish uchun imkoniyat yaratish.

  • O’qituvchi shu maqsadda sinf talabalariiing bilimlarini, qobiliyatlarini hisobga olib guruhlarga bo’ladi.

  • Har bir guruh qaysi mavzuni keng yoritib berishi va uni taqdim etishi (prezentatsiya) nega kerakligi tushuntiriladi.

  • Mavzu taqdimoti plakatga chizilishi yoki sinf taxtasiga yozilishi kerak. Kadoskop yoki multimediaga moslab kompyuterga yoziladi.

  • Guruxdagi talabaning hammasi o’z fikrini bildirishi kerak.

  • Har bir guruh o’z chizmasini sinf taxtasiga ilib qo’yishi kerak.

  • Boshqa guruhdagilar savol berish huquqiga ega.

  • O’qituvchi dars so’ngida guruhlar ishiga yakun yasaydi va uy ishini topshiradi.

Diqqat: Ahamiyat bergan bo’lsangiz, birinchidan, darsda faqat talabalar faol ishtirok etadi. Ikkinchidan: har bir guruh mustaqil fikrga ega bo’lib, o’z fikrini bayon qiladi va uni asoslashga harakat qiladi. Uchinchidan, dars jonli muloqot tarzida olib boriladi. To’rtinchidan: dars ko’rgazmali qurol asosida tashkil qilinib, talabalar o’zlari tayyorlagan ko’rgazmali qurol yoki chizmadan foydalanadilar.

O’qituvchi darsni boshqarib boradi va oldingi o’tgan mavzulardagi eng muhim joylarni talabalar yodiga tushirib turadi.




Download 3,09 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Download 3,09 Mb.