O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llan-malardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o’rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi.
Aytilganlardan kelib chiqgan holda «Ma’naviyat asoslari» fani bo’yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondoshuvlarni keltiramiz:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanish-larini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifat-larini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, amaliy ishlash usuli.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asolangan frontal, kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda
o’qitish texnologiyalari
1
mavzu
|
“Ma’naviyat asoslari” kursining predmeti vazifalari va uning jamiyat ma’naviy yuksalishidagi o’rni.
|
-
Ma’ruzani olib borish texnologiyasi
-
Talabalar soni: 62
|
Vaqti: 2 soat
|
Mashg’ulot shakli
|
Informatsion – ko’rgazmali ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi
| -
“Ma’naviyat asoslari” fanining predmeti, uning tariflari hamda maqsad, vazifalari.
-
“Ma’naviyat asoslari” kursining asosiy tamoyillari, uni o’rganish uslublari va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi.
-
“Ma’naviyat asoslari” fanining komil inson shaxsini shakllantirishdagi alohida o’rni.
|
Mashg’ulotning maqsadi: Ma’naviyat asoslari fanining predmeti, ma’naviyat hamda ma’naviyatning kategoriyalari haqida umumiy tasavvurni shakllantirish, ma’naviyatni rivojlantirish – davlat siyosatida ustuvor soha ekanligi haqida tushuncha hosil qilish
|
Pedagogik vazifalar
|
O’quv faoliyati natijalari:
|
Ma’naviyatning ta’rifi to’g’risida mulohazalar yuritadi va uni falsafiy tahlil qilish
|
«Ma’naviyat asoslari» fanining pred-meti va «ma’naviyat» tushunchasi mohiya-tini aytib beradi hamda falsafiy mushohoda yurita oladi
|
Ma’naviyatning asosiy tarki-biy qismlari va kategoriya-lari bilan tanishtirish
|
Ma’naviyatning asosiy tarkibiy qism-lari va kategoriyalari, uning rivoj-lanish qonuniyatlarini sanab beradi va izoh beradi
|
Ajdodlar ma’naviy merosining avlodlar hayotida namoyon bo’lishi va uning xususiyatlari bilan tanishtirish
|
Ajdodlar ma’naviy merosining avlodlar hayotida namoyon bo’lishi va uning xususiyatlarini aytib bera oladi
|
O’qitish usullari va texnika
|
Ma’ruza, «Klaster», bahs-munozara, muammoli vaziyatlar usuli, FSMU texno-logiyasi
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor
|
O’qitish shakllari
|
Jamoa, to’g’ridan-to’g’ri va guruhlarda ishlash
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki nazorat, savol-javob, o’z-o’zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash
|
Ma’ruzaning texnologik kartasi
Ish jarayonlari vaqti
|
Faoliyatning mazmuni
|
o’qituvchi
|
talaba
|
I-bosqich. Mavzuga kirish.
(10 minut)
|
1.1. Ma’ruzaning mavzusini e’lon qila-di, o’quv mashg’ulotining maqsadi va natijalarini tushuntiradi
|
Mavzu nomini
yozib oladilar
|
1.2. Har bir talabaga mavzu bo’yicha tarqatma materiallarni tarqatadi
|
Tarqatmalardan foydalanadi
|
1.3. Mavzu bo’yicha ma’ruza mashg’uloti-ning tayanch iboralari va ma’ruza reja-siga izoh beradi. Mavzu yuzasidan blits-so’rov usulida ma’lum bo’lgan tushunchalarni faollashtiradi
|
O’UM ga qaraydilar.
O’z fikrini erkin namoyon etadi
|
II-bosqich. Asosiy
(60 minut)
|
2.1. O’quv mashg’ulotining birinchi sa-voli bo’yicha ma’ruza qiladi. Ma’na-viyatning ta’rifi to’g’risidagi mulohaza-larni slaydlar orqali falsafiy tahlil qiladi. (1-ilova). Talabalarni mulo-hazaga tortish maqsadida ularga savol-lar bilan murojaat qiladi:
1. Ma’naviyat nima?
2. Ma’naviyatning shaxs, millat, jamiyat hayotidagi o’rni nimada?
3. Ma’naviyatning asosiy tushunchalariga nimalar kiradi? Talabalarning fik-rini tinglab, birinchi rejani umum-lashtiradi
|
Yozadilar. Tinglaydilar. Savollarni muhokama qilib, ularga javob beradi.
|
2.2. Ma’naviyatning asosiy kategoriyalari, uning rivojlanish qonuniyatlari hamda fanni o’rganish metodlarini slaydlar orqali tushuntiradi. (2-ilova) Har bir savolni kalit so’zlar orqali umumlashtirib beradi. Ba’zi bir kalit so’zlarning mohiyatini «Klaster» usulidan foydalanilgan holda yoritib beradi
|
Tinglaydilar. Slaydga e’tibor qaratadi, yozib boradi. Klaster tuzadilar
|
2.3. Mavzu yuzasidan uchinchi savolni tushuntirishda FSMU texnologiyasidan foydalaniladi. FSMU texnologiyasida berilgan: «Yuksak ma’naviyat – jamiyat taraqqiyotining asosi bo’la oladimi?» - degan fikrlarni tinglab, qo’shimcha qiladi. Shu tariqa uchinchi savolni umumlashtirib, xulosalaydi
|
Juft-juft bo’lib, jadvalni to’ldiradilar.
|
2.4. Ma’naviy meros – milliy taraqqiyotning muhim omili ekanligini, «Qadriyat», «Madaniyat», «Mafkura» tushunchalari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini hayotiy misollar yordamida gapirib beradi
|
Tinglaydilar, erkin fikr bildiradilar
|
2.5. Tayanch iboralarga qaytiladi. Talaba-lar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi
|
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.
|
III-bosqich.
Yakuniy bosqich.
(10 minut)
|
3.1. Ma’ruzada qilingan har bir savol qanday hal qilinganligi to’g’risida umumiy yakuniy xulosa beradi
|
Eshitadi.
|
3.2. Talabalarning bilim va ko’nikma-lari baholanadi
|
O’zini qiziqtirgan savollar beradi
|
3.3. Kelgusi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha topshiriqlar va foydala-niladigan adabiyotlar tavsiya etiladi
|
Eshitadi va
O’UM ga qaraydilar
|
1(2.1)-Ilova
O’quv vizual materiallar
1-slayd
«Ma’naviyat» tushunchasining falsafiy tahlili
Ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o’z-o’zini anglashi,
didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan
yomonlikni, go’zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan
johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini,
yuksak maqsad va g’oyalarni qo’ya bilish, ularni amalga
oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir.
I.Karimov
Ma’naviyat – inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo’lib,
kishilar uning vositasida o’zlarini anglaydilar, jamiyatni,
tabiatni, ularning mavjudligi hamda taraqqiyoti
xususiyatlarini o’rganadilar, qonunlarini kashf etadilar
va ularga tayanib, o’z turmush sharoitlari, amaliy
faoliyatlari muammolarini hal etadilar
A.Jalolov
M a’naviyat – jamiyatning, millatning yoki ayrim bir
kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati,
idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha.
A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo’raev
Ma’naviyat – insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot
sifatidagi mohiyati, ya’ni insonning mehr-muruvvat,
adolat, to’g’rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus,
vatanparvarlik, go’zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka
nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko’plab asl insoniy
xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik,
mushtaraklik kasb etgan majmuidir.
A.ERKAEV
2-slayd
Ma’naviyatning tarkibiy qismlari
A x l o q

Ma’naviyatning
tarkibiy qismlari


Q adriyatlar
|
|
Ma’naviy
meros
|
3-slayd
Ma’naviyatning shaxs, millat, taraqqiyot va jamiyat
bilan o’zaro aloqadorligi

Sh a x s
|
|
m i l l a t
|
 
|
|
|
|
m a ‘ n a v i ya t
|
|

|
|

|
jamiyat
|
|
Taraqqiyot
|
|