|
TerminologiyasiBog'liq H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasis
g ‘irko ‘k va sh.k., yosh - g 'o ‘nan, do ‘nan, tallon, to ‘Ion, kaltatoy va sh.k.,
odat, qiliq - gajir, gijing, juyruq va sh.k. o ‘z in’ikosini topgan (Usmonov,
1986; 89-910). Ayni shunday holatni o‘zbek chorvachilik terminologiyasi
tizimida ham kuzatish mumkin ( 0 ‘rinova, 2007).
Sheva elementlarining tanlanishi va o ‘zbek tili terminologik leksikasi
tarkibiga kiritilishining bosh sababi, shubhasiz, adabiy tilda kerakli ekviv-
alent(teng m a’noli) so‘zning mavjud b o ‘lmasligidir.
Savol va topshiriqlar:
1. Transterminlashuvning nechta turi mavjud?
2. Umumadabiy so‘z qachon termin maqomiga ega bo‘ladi?
3. Terminologiya tizimining boyishida shevalaming roli qanday?
4. Qanday paytlarda terminlar tizimi sheva elementlari hisobiga ken-
gaytiriladi?
5. Terminologik lug‘atlarda qayd etilgan sheva elementlaridan misollar
keltiring.
6. Maxsus m a’noning shakllanishiga misol keltiring.
7. Mezon ul-avzon dagi quyidagi matn asosida terminologik leksika va
umumadabiy leksika orasidagi munosabat xususida mulohaza yuritishda
Lotos usulini qo‘llang:
Ajam sudrasi-u fu rs fusahasi har qaysi uslubdakim, soz arusiga jilva-u
namdyis berib erdilar, turk tili bila qalam surdim va har nectik qoidadakim,
та ‘ni abkdriga ziynat-u ardyis korgtizub erdilar, cigatay lafzi bila raqam
urdum. Andaqki, ta bu mazkur bolgan til-u lafz bindsidur, hec nazmga bu
dast bermaydiir va hec rdqimga bu muyassar bolmaydur.
Test
1.Transterminlashuvning nechta turini bilasiz?
A) uch
B) ikki
S) to‘rt
D) besh
2.“Tos suyagi, dumg‘aza suyagi” m a’nosini ifodalavchi termin qaysi?
A) tovoq
B )chanoq
S) tuvoq
D) quloq
34
3. Leksik birliklaming terminlashuvi jarayoni nimaga olib keladi?
A) polisemiya
B) antonimiya
S) paronimiya
D)omonimiya
4. Terminologik leksika va umumadabiy leksika o ‘rtasidagi munosabat
qanday kechadi?
A) ko‘p tomonlama
B) ikki tomonlama
S) har tomonlama
D) bir tomonlama
5. Terminlaming umumadabiy leksika doirasiga o ‘tishi nechta belgiga
ega?
A) ikki
B) uch
S) to‘rt
D) besh
6. Quv termini qaysi sohada qoMlanadi?
A) zoologiya
B) biologiya
S) geologiya
D) psixologiya
7. Pilla termini qaysi fan sohasida ishlatiladi?
A) biologiya
B) tibbiyot
S) zoologiya
D) botanika
8. Bayir zoonimi otning qanday belgisini ifodalaydi?
A) tashqi ko‘rinish
B) nasi
S) odat, qiliq
D) rang-tus
35
|
| |