• Anatomik terminlar
  • Tibbiy terminlar
  • Dunyo (kurra)ning to‘rt tomoni va vaqt (sutka) o‘lchov birligini ifodalovchi terminlar
  • Ekologik terminlar
  • Terminologiyasi




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/70
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,42 Mb.
    #118627
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
    Bog'liq
    H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasi

    Zoonimlar - bugra “ erkak tuya”, arslan “arslon, sher”, at “ot”, ud 
    “qoramol (buqa yoki sigir), qagatir “xo‘kiz”, bori “bo‘ri ”, bars “y o ib a rs”, 
    tisi bars “urg‘ochi yo‘lbars” va sh.k.
    Astroponimlar: ay “o y ”, kiln “quyosh”, A ltunyultuz “Cho‘lpon, Ven­
    era”, Baq'ir soqim “Mars”, (ladan//Cazan// Cayan “Chayon yulduzlar tur- 
    kumi”, Yetigan “”Katta Ayiq”, nujum “astronom iya”, Ot yulduz “Mars”, 
    Suv yulduz “Merkuriy”, Topraq yulduz “Saturn”, Yigac yulduz “Yupiter”, 
    yer “yer, zamin” va sh.k.
    Anatomik terminlar -y u ra k  “yurak”, qaraq “ko‘z, ko‘z gavhari”, qarin 
    “qorin”, qol “q o i ”, has “bosh”, bagir “jigar”, ovka/opka “o ‘pka” va sh.k.
    Tibbiy terminlar - bugan “chipqon ”, kaka tau “yiringli yara, chipqon”, 
    ig “dard, kasallik ”, ig agrig “kasallik, dard”, ig kegan “dard, kasallik”, adaq 
    aSrig “oyoq og‘rig‘i”, agiz agrig ig “og'iz kasalligi”, burun agrig ig “burun 
    kasalligi”, boguz agrig ig “qilizo‘ngach, halqum kasalligi”, yurak agrig ig 
    “yurak kasalligi”, onunc agrig ig “tomog1 og‘rig‘i kasalligi”, qulgaq agrig
    37


    ig “quloq kasalligi”, agrigci “kasal, bemor, dardmand”, tib “tibbiyot”, curni 
    (sanskrit) “surgi dori” va sh.k.
    M a’dan nomlarlarini anglatuvchi terminlar: altun “oltin, tilla, zar”, 
    kiimus “kumush”, temtir “temir”, baqi'r “mis” va sh.k.
    Dunyo (kurra)ning to‘rt tomoni va vaqt (sutka) o‘lchov birligini 
    ifodalovchi terminlar - кип ortu 1) “peshin”; 2) “janub”, tiin ortu 1) 
    “yarim kecha”; 2) “shimol”, tun sari “” shimol”, tat] sari “’’sharq”, кйп 
    tugsiq “sharq, kuntug‘ar”, кйп batsiq “g ‘arb, kunbotar”, batar “G ‘arb”, 
    tugar “Sharq” va sh.k.
    Ilm-fanga oid tushunchalarni ifolalovchi terminlar: bilig, bilim 
    “ilm, bilim”, baqsi (xit.) “ustoz, muallim”, darb, tadif{ar.) “ko‘paytirish”, 
    qismat, ta«.«y“bo‘lish”, adad (ar.) “raqam, miqdor, son”, kuzur, ja z r  (ar.) 
    “ildiz”, misahat (ar.) “chegara, ildiz chiqarish”, handasa “geometriya”, 
    saqis “arifmetika”, davat (ar.) “siyohdon”, kagid (ar.) “qog‘oz”, xat (ar.) 
    “alifbo, xat” va sh.k.
    Diniy tushunchalar nomlari (teonimlar): bayat “Tangri, Xudo”, 
    bacaq//bacag “ro'za”, burxan (xit.) “budda; payg‘ambar, but”, yalabac //  
    yalavac //yalafar “payg‘ambar”, savci “payg‘ambar” va sh.k.
    Ekologik terminlar: suzuk suv “tiniq, ko‘m -ko‘k suv”, tarkin suv 
    “balchiqli suv”, e ty e r  “yumshoq yer; yumshoq tuproq”, tatirlig yer “qat- 
    tiq yer”, qarqag “o‘tsiz va suvsiz joy, qaqroq”, sargan yer “sho‘rxok yer”, 
    sagiz topraq “sog‘ tuproq”, acuq kok “ochiq havo” va sh.k.
    Keltirilgan misollar qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzu 
    nuqtayi nazaridan turfa, miqdor jihatdan ancha ko‘pligi, istilohlaming 
    asosini asl turkiy so‘zlar tashkil etganini tasdiqlaydi. Ayni paytda, sanskrit, 
    xitoy, sug‘d, arab, fors-tojik tillariga xos o ‘zlashmalaming ham o ‘m i bilan 
    qoilangani kuzatiladi
    0 ‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath qilinishi oqibatida islom dini, 
    arab tili va madaniyati, arab xati shu mintaqada azaldan istiqomat qiluvchi 
    xalqlar, millatlar, qabilalar, qavmlar, urug‘lar intellektual hayotidan mus- 
    tahkam o ‘rin oldi. Arablar hukmronligidan keyin eron madaniyati, ayniqsa, 
    Somoniylar humronligi yillarida taraqqiy etdi va uning turkiy tillar tabia- 
    ti, xarakteriga m a’lum darajada ta’siri ko‘zga tashlandi. X asr oxiriga kelib 
    Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Koshg‘arda Qoraxoniylar saltanati tashkil 
    topdi. Shu davrdan e ’tiboran turkiy adabiy tillaming shakllanishida jiddiy 
    ijodiy jarayonlar sodir bo‘ldi. Qoraxoniylar vaqtida jonli tillar adabiy tildan 
    farqli ravishda chet tillar elementlariga nisbatan oz ta’sirda bo‘lgan.
    38


    Fors-tojik tili aksariyat hollarda rasmiy-idoralarda eski turkiy til bilan 
    yonma-yon qo‘llangan u bilan raqobatga kirishgan. Bu kezlarda eski tur- 
    kiy til so‘z boyligi, xususan, terminlar tizimi umumtil leksikasi tarkibida 
    shakllandi va taraqqiy etdi. Bunda ekstralingvistik omillar qator,i intral- 
    ingvistik faktorlaming ham roli katta bo‘lgan edi. Matematika, geografiya, 
    falakiyot, tibbiyot, minerologiya, zoologiya, geometriya kabi aniq fanlar 
    singari falsafa, filologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarixshunoslik
    dinshunoslik kabi gumanitar fan sohalarining jadal rivojlanishi asosida 
    eski turkiy til terminologiyasining qadimgi turkiy til terminlar tizimidan 
    ko‘p jihatdan farqlanishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayni chog‘da, qadimgi 
    turkiy til so‘z boyligida mavjud b o ig an asl turkiy terminlaming salmoqli 
    qismi bu davr terminologiyasida ham iste’molda qolavergan.
    Qoraxoniylar davri terminologiyasi eski turkiy tilning o‘z resurslari, 
    boyliklari hamda arab va fors-tojik tillaridan o ‘zlashgan birliklar hisobiga 
    kengayib borgan.
    Eski o ‘zbek tili terminologiyasi (XV-XIX asr oxiri) sistemasi qadimgi 
    turkiy til va eski turkiy til terminologiyasidek o‘z ichki imkoniyatlari 
    hamda o ‘zlashmalar hisobiga shakllandi va rivojlandi. Eski o ‘zbekcha ter­
    minlar yasalish jihatdan tub va derivatlardan tashkil topgan edi. Termin­
    lar yasalishida qatnashgan affikslami leksik-grammatik xarakteriga ko‘ra, 
    quyidagicha tasniflash mumkin:
    Ism-o‘zaklardan ot-terminlar yasovchi affikslar.- yurt- ci, yulduz- ci, 
    cerig- ci, tura-liq, jiba-lik, kejim-lik va sh.k.
    Fe’l-o‘zaklardan ot-terminlar hosil qiluvchi affikslar: pus-ug, bol-ak// 
    bol- йк, yur-us, cap-qun, quv-gun/Zqav-gun, yasa-vul, tosqa-vul, tata-vul, 
    nika-vul, yasa-l, qaba-l, tunqa-l, suyurga-l, yasa-q, tolga-ma, yasa-v, bas- 
    la-maq va sh.k.
    Ot(ism)lardan fe’l-terminlar yasovchi affikslar: yagi' -la-, oq-la, cer- 
    ik-la -,jiba-lan-, qilic-lan-, at-lan-, ya-la-//yay-la- va sh.k.
    F e’l-o‘zaklardan fe’l-termin hosil qiluvchi qo‘shimchalar: sava-s, -, 
    ur-us -, tala-t-, evr-il-, yig-i'l-, bas-i'l-, q'ir- i'l-, yig-istur-, bas-tur-, qac-ur, 
    ttts-ur-, tut-ul- va sh.k.
    Terminlaming sintaktik (kompozitsiya) yo‘l bilan yasalishiga tuban- 
    dagi faktik materiallar misol b o ‘ladi: koktemiir “zirh, sovut”, kucaband 
    “to‘siq, g ‘ov, barrikada”, yatis tavacisi “askarlami yotoq bilan ta’minlov- 
    chi harbiy mansab egasi”, ulug urus “dahshatli jang”, divanbegi “devon- 
    begi”, onbegi “o ‘nbegi”, ^Mzfea.s7'“yuzbashi”, mirjbegi “ming askardan ibo-
    39


    rat harbiy qism sarkardasi” tumdnbegi “o ‘n ming kishidan tashkil topgan 
    qism, diviziya qo‘mondoni”, qosunbegi “kichik harbiy bo‘linma boshlig‘i” 
    va sh.k.
    XIX asming ikkinchi yarmi - XX asr boshida o ‘zbek adabiy tili xalq 
    turmush tarzida alohida, o ‘zga xos o ‘rinni egalladi. Bu davr adabiy tili 
    va uslubida jiddiy va muhim jarayonlar yuzaga keldi. Ushbu jarayonlar 
    o ‘zbek xalqi hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar-ning 
    o ‘zgarishi natijasida maydonga chiqdi. XIX asming 70-yillaridan e ’tibo- 
    ran 0 ‘rta Osiyo Rossiyaga qaram bo‘lib qoldi. Natijada mahalliy millat 
    vakillari, xususan, ziyolilar orasida ms madaniyati ommalasha boshladi. 
    Kapitalistik munosabatlar o ‘zbek xalqi hayotiga o ‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 
    Ayni davrda keyinchalik progressiv-demokratik, deb nom olgan o ‘zbek 
    adabiyoti shakllandi. 0 ‘zbek tili leksikasi va terminologiyasi uch manba 
    asosida boyib bordi:
    o ‘zbek tilining ichki imkoniyatlari va qonunlari zamirida yuzaga kel- 
    gan terminlar: bosmaxona, nizomnoma “ustav”, nishontosh “yodgorlik”, 
    yig'ilish “majlis” va sh.k.;
    o ‘zbek tili terminologiyasining jonli xalq tili so‘zlari hisobiga kengay- 
    ishi yaqqol namoyon bo‘ldi: bo'zchi, bezgak, iskaptopar, arava va sh.k;
    ruscha-baynalmilal terminlaming o ‘zbek tilida o ‘zlashishi:
    1) ijtimoiy-siyosiy terminlar - uyezd, pristav, soldat, volost, duma va 
    sh.k.;
    2) transport bilan bog'liq tushunchalami anglatuvchi terminlar - poy- 
    ezd, vagon, vokzal, stansiya, depo va sh.k;
    3) sanoat, tijorat va moliya tizimida qo‘llanuvchi terminlar - zavod, 
    fabrika, vistavka, magazin, kredit va sh.k.;
    4) madaniyat, fan, m aorif sohasi terinlari - gimnaziya, teatr, gazeta, 
    muzey, universitet, kafedra va sh.k.;
    5) tibbiy terminlar - gospital, lazaret, feldsher, doktor va sh.k.;
    6) hujjat va mukofotlar nomlari - medal, pasport, orden, attestat, dip- 
    lom va sh.k.;
    7) sudlov terminlari - sud, sudya, zakon va sh.k.;
    8) o ‘lchov birliklari nomi - p u d , minuta, sajen va sh.k.;
    9) harbiy terminlar - general, korpus, konvoy, kapitan, leytenant, 
    polkovnik, mayor va sh.k.
    Zikr etilgan o'zlashm a terminlaming muayyan qismi keyinchalik ular 
    anglatgan tushunchalaming turmushdan chiqib ketishi bois iste’moldan
    40



    Download 3,42 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish