Oltinchi mavzu: XX asr o‘zbek terminologiyasi
Reja:
l.Sobiq sho‘rolar davri o ‘zbek terminologiyasi.
2 .0 ‘zbek terminologiyasining baynalmilal terminlar hisobiga kengay-
ishi.
3.Terminologiyada yuzaga kelgan muammolami hal etish borasidagi
harakatlar.
Asosiy tushunchalar: “Davlat tili haqida”gi Qonun, baynalmilal
terminlar, tub lug'at boylik, noilmiy terminlar, taraqqiy etish yo'li, yan-
gi tushunchalar, so ‘z yasash imkoniyatlari, semantik usul, sintaktik usul,
morfologik usul, arabcha о ‘zlashmalar, forscha-tojikcha о ‘zlashmalar, At-
amashunoslik qo ‘mitasi.
Hozirgi vaqtda o ‘zbek terminologiyasi har tomonlama shahdam qa-
damlar bilan taraqqiy etmoqda. Ilm, fan va texnika, siyosat, iqtisodiyot va
madaniy hayotga doir asosiy tushunchalar mutanosib terminologiya tizimi
bilan ta’minlangan. Mustaqillik yillari mamlakatda turfa ikki tilli, ko‘p
tilli hamda izohli lug‘atlar dunyo yuzini ko‘rdi. Ayni paytda turli sohaga
oid terminologik lug‘atlar tuzish borasida jadal ishlar amalga oshirilmoq-
da, terminlogiyaga oid o ‘quv, o ‘quv-metodik va ilmiy adabiyot nashrdan
chiqmoqda. 0 ‘zbek terminologiyasining yanada rivojlanishida ommaviy
axborot vostalarining o ‘mi salmoqli boMmoqda.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili muayyan terminologik tizimi boyishi, to‘ldi-
rilishi va takomillashishining bosh manbasi, boshqa tillarda kechayotga-
nidek, shubhasiz, o ‘z lug‘at boyligi ekanligi ayni haqiqat.
0 ‘zbek terminologiyasining o ‘z boyliklari va imkoniyatlari hisobiga
taraqqiy etishi ikki yo‘l bilan voqelanadi: a) tilda mavjud, tayyor so‘zlardan
yangi narsa-predmet va tushunchalami ifodalashda foydalanish; b) o ‘zbek
adabiy tili so‘z yasash imkoniyatlari zaminida yangi terminlar yaratish.
43
Yangi terminlami ro‘yobga keltirishda so‘z yasashning morfologik,
semantik va sintaktik usullaridan unumli istifoda etiladi. Terminlar yarat-
ishda kalkalash usulining ham sezilarli o ‘mi bor.
0 ‘zbek tili terminologiyasining ulkan ulushini ruscha-baynalmilal
fond asosida yuzaga chiqqan nomlar tashkil etadi. Boshqa noturkiy til-
lardan o‘zlashgan terminlar o ‘zbek xalqi faoliyatning ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy, sotsial, madaniy, m a’naviy jabhalarini qamrab olganligi bilan
xarakterlidir.
0 ‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989-yilning 21-oktabrida
“Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi o ‘zbek tili so‘z boyli-
gining asosiy qatlamlaridan hisoblanmish terminologik leksikaga yangi-
cha munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Qonunning 7-moddasida ta’kid-
langanidek, “Davlat o ‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini
ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e ’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va
ijtimoiy-siyosiy atamalami joriy etish hisobiga ta ’minlaydi”.
Ushbu jahonshumul ahamiyatga molik Qonunning qabul qilinishidan
so‘ng, taxminan 3-5 yil davomida ilgaridan tilda qo‘llanishda boMgan ter
minlami, ayniqsa, ruscha-baynalmilal qatlamni qaytadan ko‘rib chiqish
tendensiyasi kuchayib ketdi. So‘zsiz, bunday sa’y -harakatlar o ‘zbek tilin
ing sofligini saqlash, uning asl tabiatini qayta tiklashga qaratilganligi bilan
muhim ahamiyat kasb etdi. Sobiq sho‘rolar hukmronligi davrida o ‘zbek tili
lug‘at tarkibining shakllanishi va rivojlanishida alohida rolga ega b o ig an
ko‘pdan ko‘p ko‘hna so‘zlar asossiz ravishda eskirgan leksik birliklar kate-
goriyasi, ya’ni arxaizmlar sirasiga kiritilgan edi. Ayni nohaqlikni o ‘nglash,
tarixiy haqiqatni tiklash muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilgan edi.
0 ‘zbek ziyolilari, chunonchi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-
kamasi qoshida tashkil qilingan Atamashunoslik qo‘mitasining samarali
mehnati evaziga muxtoriyat, та 'muriyat, та ’mur, muqobil, hakam, tashrif,
insonparvarlik, xususiylashtirish, boshboshdoqlik, qoldiq fsaldo), iqtisodi-
yot, та ’lumotnoma, reja, dastur, kengash singari juda ko‘p ijtimoiy-siyo-
siy va sotsial-iqtisodiy terminlar qaytadan qo‘llanishga kiritildi. Biroq bu
kezlarda terminlami almashtirish va ishlatishda m a’lum chalkashlik hamda
xatoliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Terminologiyaga xos m e’yorlarga har doim
ham amal qilinmadi. Ilgari muvaffaqiyatli qo‘llangan terminlami muoma-
ladan zo‘rma-zo‘raki siqib chiqarish, ulami so‘z yasalish qonuniyatlariga
javob bermaydigan leksik birliklar bilan almashtirish harakati avj oldi.
Vaqtinchalik eyforiya natijasida totalitar tuzumga nisbatan yillar davo-
44
jnida shakllangan sovuqlik oqibatida qator ruscha-baynalmilal terminlar-
|