Sakkizinchi mavzu: Istiqlol davrida sodir bo‘lgan
tub o ‘zgarishlarning o ‘zbek term inologiyasiga ta ’siri
Reja:
1. Mustaqillik davri xalq hayotida yuz bergan tub o ‘zlarishlarining
o ‘zbek terminologiyasi rivojiga ta’siri.
2. 0 ‘zbek terminologiyasida mavjud qusurlar.
3. Terminlaming yasalishida faol modellaming o‘mi.
A sosiy tushunchalar:
ijtimoiy-siyosiy hayot, termin yasash modellari,
motivlangan terminlar, motivlanmagan terminlar, metonimik ко ‘chim, af-
fiksal termin yasash, sermahsul affiks, kammahsul qo ‘shimcha, mutaxas-
sislik terminlari, zoonimlar, texnikaviy terminlar, sohaviy terminologiya,
guruhlashtirish, sheva va lahja materiallari, tilning ichki imkoniyatlari,
ekstralingvistik omillar, texnologiya.
M a’lumki, terminlar oddiy so‘zlar singari umumadabiy va maxsus
leksikada bor b o ig a n so‘z va o ‘zaklardan yasaladi.
0 ‘zbek tili terminlari sistemasi o ‘zga qarindosh turkiy tillardagi sing
ari mavjud stmktur turlar, ya’ni sodda, yasama, qo‘shma, qisqartma va
so‘z birikmalarini qamrab oladi.
0 ‘zbek terminologiyasini takomillashtirish borasida qilinishi lozim
bo‘lgan vazifalar yetarlicha.
Bugungi kunda o ‘zbek tili soha terminologiyasi har tomonlama takomil-
lashish jarayonini boshidan kechirmoqda. Terminlaming ular ifodalaydigan
narsa-buyum, voqea-hodisa tushunchasi, ma’no-mazmuniga mutanosib,
mos tushishi, struktur(shakl) jihatdan ixcham bo‘lishi, yakka m a’noni if-
odalashi, m a’nodoshlik(sinonimik) qatorlariga kirmasligi kabi talablar
terminshunoslar diqqat markazidan joy olganligi yangilik emas. Ayniqsa,
ehet tillardan shiddat bilan kirib kelayotgan ilm, fan, texnika, texnologiyaga
doir terminlami qanday tarzda qabul qilish, o‘zlashtirish xususida har xil
58
v o n d a s h u v l a r
ko‘zga tashlanadi. Istiqloldan keyin o ‘zbek terminologiyasi
nafaqat miqdor, shuningdek, sifat o ‘zgarishlarga ham yuz qo‘ydi.
0 ‘zbek
tili imkoniyatlaridan foydalangan tarzda terminlar tizimini tartibga solish
masalasiga alohida e ’tibor qaratilmoqda. Xususan, muayyan narsa-buyum,
t u s h u n c h a ,
voqea-hodisani ifodalashda ona tili qatori, o ‘mi bilan, o‘zbek
tili shevalari va lahjalari so‘z xazinasida mavjud tayyor so‘zlardan foydala-
niimoqda, o ‘zbek tilida asrlar osha sinovlarga bardosh bergan so‘z yasovchi
affikslaming termin hosil qilishdagi ishtirokidan unumli istifoda etilmoqda,
kalkalashning mavjud turlari yordamida terminlar hosil qilishga jiddiy diqqat
qaratilmoqda, mazkur usullaming birortasi ham q o i kelmagan kezlarda chet
tili terminlari aynan, tayyor holda o ‘zbek terminologiyasi tarkibiga olinmo-
qda. So‘nggi fikrning isbotini АКТ va zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
kompyuter, internet bilan bog‘liq terminlaming qo‘llanishida ko‘ramiz.
Shubhasiz, o ‘zbek terminologiyasi tizimi sezilarli rivojlanishda
bo‘lishiga qaramay, ushbu soha ham muayyan qusur va kamchiliklardan
xoli emas. Bizning nazarimizda, ulami quyidagi tarzda gumhlashtirish
o‘zini oqlaydi:
1.
Ilmiy-texnikaviy terminlaming yanada taraqqiy etishi va takomil-
lashuvida ona tilining ichki manbalari va so‘z yasash usullaridan qoniqarli
tarzda foydalanmaslik. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bugungi kunda dun-
yodagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hayotida lokoma-
tiv rolini ado etmoqda. Eng zamonaviy qurol-aslahalar, asbob-anjomlar,
dastgohlar, robotlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz kelajak
jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilish amri mahol.
0 ‘zbek modeli asosida
o ‘z rivojlanish yo‘lini belgilab olgan mamlakatimizda xalq xo‘jaligining
barcha tarmoqlari, xususan, og‘ir va yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-
fan, madaniyat, san’at, sport sohalari ildam qadamlar bilan rivojlanmoqda.
Buning natijasida 0 ‘zbekiston jahon hamjamiyatining faol a ’zosiga aylan-
di. Dunyoning yetakchi davlatlari bilan o ‘matilgan siyosiy, iqtisodiy, ilm
iy, ijtimoiy, madaniy, diniy va sh.k. aloqalar negizida taraqqiyotning yangi
pallasini boshidan kechirayotgan xalqimiz chet ellardan olib kelinayot-
gan eng so‘nggi texnika va texnologiyalar bilan oshno bo‘lmoqda, ulami
kundalik hayotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Vatandoshlarim-
iz, ayniqsa, iste’dodli yoshlaming xorijning nufuzli oliy o ‘quv yurtlarida
tahsil olishi, yosh mutaxassislaming chet ellardagi universitetlarda malaka
oshirishi, zamonaviy axborot texnologiyalarining insonlar turmushidan
° ‘rin olishi kabi omillar oqibatida yangidan yangi tushunchalar va ular bi-
59
Ian bog‘liq terminlar tilimizning so‘z xazinasidan o ‘rin olmoqda. Mubo-
lag‘asiz ta’kidlash joizki, ayni kezlarda o ‘zbek tili terminologik tizimiga
G ‘arbiy Yevropa tillaridan bevosita va bilvosita yopirilib kirib kelayotgan
terminlami tartibga solish, unifikatsiya qilish, ulami o ‘zbek tili qoidalariga
bo ‘ysundirish qiyin kechmoqda. Chetdan kelayotgan axborotning haddan
tashqari ko‘pligi va serqirraligi terminologiyaga xos jihatlami har doim
ham diqqat markazida ushlab turish imkoniyatini bermayapdi. Bu holat ter
minlami o ‘zlashtirish, kalkalash, izohlash paytida muayyan qiyinchiliklar-
ni yuzaga chiqarmoqda.
0 ‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan samarali
foydalanishga zam r e ’tibor qaratilmoqda, so‘z yasash usullaridan har doim
ham unumli iste’foda etilmoqda, deb b o‘lmaydi. Chet tilidan o ‘zlashayot-
gan terminlami aynan qabul qilish an’anasi hamon yetakchilik qilmoqda.
Masalan, internet tarmog‘ida qo‘llanayotgan netabayt, ping, piksel, plagin,
rastr, gigabayt, gigabit, interfeys, megabayt, terabayt, exabayt, zettabayt,
yottabayt, portativ, additiv, tilshunoslikka doir abzats, agglyutinatsiya, ak-
sent, analogiya, apokopa, grammatika, denotat, diglossiya, jargon, ideo-
gramma, intonatsiya, kalka, konvergensiya, semasiologiya, sotsiolekt, jis-
moniy tarbiya va sportdagi boks, futbol, xokkey, kikboksing, konfu, karate,
gimnastika, arena, stadion kabi terminlar shular sirasidandir.
2. Ayni bir termin bilan bir nechta yoki har xil m a’nolami ifodalash.
Terminologiyada salbiy jihat hisoblangan mazkur holat qator terminlar
sistemasidagi chalkashliklami yuzaga keltirishi mumkin. Masalan, byul-
leten leksemasi 1. xabamoma; 2. byulleten (saylov byulleteni); 3. varaqa
(kasallik varaqasi) m a’nolarida ishlatilmoqda.
Terminning faqat yak-
ka m a’noni ifodalashi lozimligini hisobga oladigan boisak, ayni holatni
o‘nglash borasida jiddiy ishlami amalga oshirishning zarurligi oydinlashadi.
3.
Bir m a’noni ifodalashda ikki, b a’zan bir nechta termin-sinonim
(dublet, leksik variant)laming parallel ishlatilishi.
Terminologiyaga oid tadqiqot ishlarining barchasida bir m a’noni ifo
dalash uchun faqat bitta termin qo‘llanishi zarurligi bot-bot takrorlangan.
Shunga qaramasdan, nafaqat o ‘zbek terminologiyasi, balki boshqa til
teraminologiyalarida ham muayyan m a’noning bir nechta termin-sinonimlar
yoki dubletlar va leksik variantlar yordamida ifodalanishi ko‘zga tashlanadi.
Tibbiy terminlar tizimida qo‘llanayotgan aqlpastlik- telbalik; zayflik-sustlik;
ко ‘rlik-so ‘qirlik; tortishish-qisqarish-tarang tortish, iqtisodiy terminlar sir-
asidagi budjet-mablag', hisobchi-buxgalter; homiy-sponsor; bo ‘nak-avans;
hisob varag ‘i-to ‘lovnoma; taftish-reviziya; kirim-debi; qarzdor-debitor, soliq
60
va bojxona terminologiyasidagi jarima-peniya; dallol-broker; qiymat-tan-
narx; badal-vznos; daromad-tushum-foyda; xaridor-mijoz-sotib oluvchi;
|