KIRISH
,
>
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomida-
gi Toshkent davlat o ‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish” va
“0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to ‘g ‘risida”gi Farmonlari, 0 ‘zbekiston Respublikasining “Dav
lat tili haqida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan ke-
lib chiqqan holda o ‘zbek terminologiyasi sohasining predmeti, maqsadi va
vazifasini
yoritish, fan doirasida o ‘rganiladigan bosh masalalaming maz-
mun-mundarijasini belgilash, talabalarda terminologiyaning maxsus ilm-
iy-texnikaviy m a’nolami ifodalovchi termin yoki so‘z birikmalari tizimi,
uning muayyan adabiy til so‘z
boyligida albatta mavjudligi, leksikaning
ajralmas bir qismi ekanligi, terminlar bilan leksika orasida farq borligi xu-
susida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, terminlar shakllanishida intral-
ingvistik va ekstralingvistik omillaming roli, terminlarning struktur-gram-
matik qurilishi qatlamlari, hosil b o iish yo‘llari,
terminlar tarkibidagi
leksik-semantik jarayonlar, terminlami tartibga solish, muvofiqlashtirish,
terminologik tadqiqotlar, terminologik lug‘atlar borasida m a’lumot berish
muhim vazifalardan hisoblanadi.
Fanning maqsad va vazifalari. “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o ‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Far-
monda ta’kidlanganidek: “Eng aw alo, ona tilimizning qo‘llanish doirasini
kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini ehuqur o'rganish
va ilmiy asosda har
tomonlama rivojlantirish bugungi kunda o‘ta dolzarb masalaga aylanmoq-
da. Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda, fundamental fanlar, zamonaviy
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi,
yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi o‘ta muhim tarmoqlar-
da o‘zbek tili o ‘zining haqiqiy o ‘mini
egallashiga erishish, shu maqsadda
zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lug‘atlar yaratish, zarur atama
va iboralar, tushuncha va kategoriyalami ishlab
chiqish oldimizda muhim
vazifa bo‘iib turganini qayd etish lozim”. Mazkur vazifalardan kelib chiqqan
holda fanni o‘qitishning maqsadi terminologiya sohasining predmeti, obyek-
3
' I
ti va vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalaming
mazmun-mundarijasini belgilash, o‘zbek terminologiyasining shakllanish va
taraqqiyot bosqichlari, qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy
tili, hozirgi o‘zbek adabiy tili va mustaqillik davri o‘zbek tili terminologiya
sining shakllanish va rivojlanishiga turtki bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoit va
omillar, terminlar sistemasining taraqqiy etishida o‘zbek tili qatori boshqa
tillaming salmoqli o ‘mi, terminlaming yasalish qoliplari, terminologik izla-
nishlar, istiqlol yillari o‘zbek terminologiyasida yuz bergan jarayonlar haqi-
da m a’lumot berishdan iborat.
Fanni o‘qitishda “0 ‘zbek terminologiyasi”
fanining vujudga kelishi va
rivojlanishi bo‘yicha bilimlami o‘zlashtirish va mustahkamlash, talabalar-
da o‘zbek terminologiyasi bo'yicha boshlang‘ich bilim ko‘nikmalarini hosil
qilish, jamiyatda ro‘y beradigan har qanday o‘zgarishlaming tcrminologi-
yada yaqqol ifodasini topishi, o ‘zbek terminologiyasi
sistemasining dastlab
qadimgi turkiy til bitiklarida ko‘zga tashlanishi, uning eski turkiy til va eski
o‘zbek adabiy tilida miqdor va sifat jihatdan o‘sib borishi, hozirgi o ‘zbek ad
abiy tilida tub o‘zgarishlarga uchragani, uning sof turkiy (o‘zbekcha) hamda
o‘zlashma qatlamlardan iboratligi, terminlaming struktur-grammatik qurili-
shi haqida bilim berish singari vazifalami amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ushbu qo‘llanma terminologiya sohasida nafaqat respublika, balki chet
el tilshunoslari tomonidan yaratilgan lug‘atlar, monografiyalar, qo‘llanma-
lar, yoqlangan dissertatsiyalar asosida tayyorlangan bo‘lib, terminshunos-
likka oid bilim, xususiyat va ko‘nikmalami egallashga qaratilgan. Mav-
zulami xronologik izchillik va tartib bilan joylashtirishda
talabalaming
malakasi hamda fikrlash qobiliyatlari e’tiborga olingan.
Q o‘llanmada berilgan savol va topshiriqlar, testlar mavzulami inter-
faol metodlar hamda innovatsion texnologiyalar yordamida mustahkam
lash uchun m o‘ljallangan.
4