Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o ‘zbek
tili leksik xazinasida
muayyan darajada qo‘llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan
butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar
tarkibida terminologik leksika ham sezilarli o ‘rinni egallaganligi bilan
xarakterlidir. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha ter
minologiyasi asosan sof turkiy tub va yasamalar hamda buddizm va moni-
yizm ta ’sirida sug‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o ‘zlashmalar-
dan tashkil topgan edi.
Jumladan,
bargu “o‘lja”,
qargu “soqchi, dozor”,
tamga “tug‘ro”,
konig “ayg'oqchi”,
elci “elchi; hukmdor, yurtboshi”,
yo lci “sardor”,
cigay “yo‘qsil, kambag‘al”,
qislag(q) “qo‘shinning qish-
ki qarorgohi”,
ayguci “davlat maslahatchisi” singari asl turkcha,
cerig/
cerik “qo‘shin, armiya”,
sart “tojir, savdogar” kabi sanskritcha,
xatun/
qatun “m alika”,
kent “qishloq; shahar” singari sug‘dcha,
qagan “hukm
dor”,
xan “hokim”,
tegin “xonzoda, shahzoda”,
yabgu “xoqondan keyingi
oliy lavozim egasi”,
setjun “xitoy generali”,
tarqan “tarxon”,
tutug “tuman
hokimi” kabi xitoycha,
sad “Turk xoqonligida oliy lavozim”,
sadapi't sing
ari eroncha terminlar faol qo‘llanishda bo‘lganligini manbalar so‘z boyligi
yaqqol ko‘rsatadi.
Ayni chog‘da e ’tirof etish joizki, sanskrit, eron, xitoy tillarida bitilgan
asarlaming turkiy tilga qilingan tarjimalarida
qayd etilgan ijtimoiy-si-
yosiy, harbiy, iqtisodiy, sotsial, hayvonot dunyosi-fauna, o‘simlik duny-
osi-flora, ilmi nujum-astronimiya va sh.k. sohalarga xos
terminlar keyin-
chalik deyarli qo'llanmadi, turkiy tillar, chunonchi, o ‘zbek tili ulami qabul
qilmadi.
Sakkizinchi asrdan e ’tiboran arab tili, arab xati va islom mafkurasining
Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolalar (Qoraxoniylar,
G ‘aznaviylar, Saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari
obyektiv jarayonlar ostida o ‘zligini yo‘qotmagan eski turkiy til(XI-XIV)da
terminologik leksika ko‘lamining bir qadar kengayganini kuzatish mum-
kin. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida
shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy
til davriga nisbatan yanada
taraqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori, so‘z
yasash andozalari - model lari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim
ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli oiaro q eski turkiy tilda
sanskrit, sug‘d, xitoy tiliga oid o ‘zlashmalaming ishlatilish sur’ati pasaydi,
aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o ‘zlashmalaming qo‘llanish chastotasi
va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o‘zag-
14
ini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi.
Alim “qarz, kredit”,
berim
“to‘lov, qarzni qaytarish”,
beglig “beklik”,
bitigci “mirza, munshiy, kotib”,