gidan-yangi rutba, lavozim va mansablaming joriy qilinishi natijasida
yasa-
vulbasi, tabibbasi, qosbegi, naqib, i'naq, biy, divanbegi, toqsaba, parvanaci,
muhassil, mirab singari istilohlar keng qo‘llanishga kirib keldi.
Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lma-
sin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug‘atlarda m a’lurn dara-
jada aksini topadi. Lug‘at til so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulyator
vazifasini bajaradi. Bugun muayyan tilshunoslikning qay darajada rivojlan-
gani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan lug‘atlaming turi, miqdori va si-
fati bilan o‘lchanmoqda.
0 ‘zbek lug‘atchiligi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi.
Hozirga qa-
dar yetib kelgan lug‘atlar ichida 1074-1075-yili atoqli lug‘atshunos Mah
mud Koshg‘ariy tomonidan tuzilgan “Turkiy so‘zlar devoni”, ya’ni “Devonu
lug‘otit turk” ulkan ahamiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Zotan, arab
millati vakillari uchun juda katta hududda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar
til xususiyatlari, chunonchi, alifbosi,
tovush qurilishi, lug‘at boyligi, so‘z
turkumlari va gap qurilishi haqida m a’lumot berish uchun mo‘ljallan-
gan mazkur asaming ilmiy ahamiyati shu kunga qadar dunyo olimlari qa-
lamiga mansub 1800 atrofidagi ilmiy izlanishlarda e ’tirof etilgan. Arab
lug‘atchiligi an’analari va qoidalari asosida tuzilgan bu lug‘atdan taxmi-
nan sakkiz minga yaqin so‘zlar, birikmalar, iboralar,
maqol va matallar,
xalq og‘zaki ijodi namunalari joy olgan. “Devonu lug‘otit turk”, garchi,
lug‘at deb nomlansa-da, biroq unda Qoraxoniylar davri eski turkiy tilning
o ‘ziga xos xususiyatlari juda yuqori tahlil qilingan (Dadaboyev, 2017).
Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Devon”dan o ‘rin olgan leksik bir
liklar qatori, qoraxoniylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy,
harbiy, maishiy turmush tarzida mavjud tushunchalami ifodalovchi isti
lohlar va leksik birliklar son jihatdan salmoqli hisoblanadi. Turfa soha isti-
lohlari bilan yonma-yon onomastika, jumladan, atoqli otlar-antroponimlar,
joy nomlari-toponimlar, geografik obyektlar nomi, gidronimlar, ekologiya,
hayvonot (fauna) va o ‘simlik dunyosi(flora)ga
oid talaygina leksemalar
qiyomiga yetgan holda izohlangan.
0 ‘zbek terminologiyasining qaror topishida XIV asrga oid arab ti
lida yozilgan grammatik (filologik) risolalaming sezilarli o ‘m i borligi
turkologiyada allaqachon e ’tirof etilgan. Turkiy tilning grammatikasi
haqida bahs yurishishga y o ‘naltirilgan Abu Hayyon (vafoti 1344-yil)ning
“Kitob ul-idrok li-lison ul-atrok”, M.T. Xoutsmaning fikricha, 1245-yil-
da Mamluklar davlati (1250-1517)da Halil bin Muhammad bin Yusuf al-
16
Ko‘nyaviy tomonidan yaratilgan “Kitobi majmuai tarjumoni turki va aja-
mi va m ug‘ali”, muallifi nom a’lum “Kitobi at-tuhfat uz-zakiya fi-l-lug‘atit
turkiya”, Jamoluddin Turkiyning “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-l-lug‘atat-
turk va-l-qifchaq”, XVI asr boshida Qohirada ta ’lif etilgan “ Al-qavon-
inu-1 kulliya li-zabtil-lug‘atit-turkiya”
singari asarlarda
turkiy tilning
so‘z boyligi, alalxusus, istilohlar tizimi m a’lum darajada ifodasini topgan.
Mazkur davr asarlarida qayd etilgan turkiy til leksikasi, chunonchi, isti
lohlar sistemasini “Kitobi majmuai tarjumoni turki va ajami va m o‘g ‘ali-
y”da keltirilgan quyidagi mavzuiy guruhlaming ajratilganini qayd etish bi
lan cheklanamiz: kishi nomlari
-A la q u s, Aqtay, Altuntas, Baybars, Sonqur
va sh.k.; astroponim (kosmonim)lar : U
Ikar; geografik nomlar: Sam,
Misr;
uy hayvonlari:
at, okuz, qati'r, boga, aygir va sh.k.; yirtqich hayvonlar: