|
Uchinchi mavzu: 0 ‘zbek term inologiyasining leksik-genetikBog'liq H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasiUchinchi mavzu: 0 ‘zbek term inologiyasining leksik-genetik
xususiyatlari
Reja:
1. 0 ‘zbek terminologiyasining shakllanish manbalari.
2 .0 ‘zbek terminologiyasi tizimida qadimgi qatlamning o ‘mi.
Asosiy tushunchalar: kategoriya, tur, an 'anaviy terminlar, ter-
m in-o‘zlashmalar, so 'z yasovchi qolip, terminologik leksika, notermi-
nologik leksika, maxsus nom, umumilmiy, zoonim, fonetik о ‘zgarish, termi
nologik material, qardosh turkiy tillar, diplomatik terminologiya.
0 ‘zbek tilida hozirgi ilmiy-texnikaviy terminologiya o ‘z aksini keng
qamrovda topgan.
0 ‘zbek adabiy tili leksikasining ajralmas b o ‘lagi hisoblanmish ter
minologiya hozirgi o ‘zbek tilshunosligi fanining o ‘ta shahdam va di-
namik tarzda taraqqiy etayotgan kategoriyalardan biri b o ‘lib, til lug‘at
boyligining muttasil o ‘sib hamda kengayib borishida tuganmas manba
rolini bajaradi.
0 ‘zbek tili ilmiy terminologiyasida terminlaming uch turi farqlanadi
(Begmatov 1988; 140):
1) tarixiy-an’anaviy terminlar. Ushbu turga taalluqli leksemalar juda
qadimdan termin vazifasida qo‘llanib keladi va o‘zbek terminologiyasining
o ‘zagini tashkil qiladi. Masalan, to ‘siq, yulduz, soliq, kirim, pul, oldi-sotti,
so ‘roq, tomir (tib. arteriya), oqsillar (tib. belok, belki), is it та (tib. lixoradka)
singari ko‘pgina terminlar shular sirasidandir;
2) terminologik tizimning boyishiga bois bo‘lgan nisbatan yangi
termin-o‘zlashmalar: skaner, sayt, karate, Internet auksion, tomografiya,
spektr, respirator, psixolingvistika, pragmatika, lingvokulturologiya, seme-
ma, parodontoz, bakteriya, videotelefon, katapulta, radiolokator, tatami,
pley-off, gravatizatsiya, spagetizatsiya, transgender, freym, geshtalt, kon-
sept, disskurs, lemmatizatsiya va sh.k.;
21
|
| |