barchas bog‘liqdir. Shu sababli hozirgi paytda o ‘ta tezlik bilan boyib bo-
rayotgan qator terminologik tizimlami yana ham takomillashtirish, yuqori
bosqicha ko‘tarish o ‘zbek terminologiyasi oldida turgan dolzarb, kechik-
tirib bo‘lmas masalalardan hisoblanadi.
Sir emaski, har qanday tilning lug‘at tarkibi uch nisbatan mustaqil,
ya’ni noterminologik (mustaqil m a’noli so‘zlar va yordamchi so‘zlar),
umumilmiy ( ilmiy soha vakillariga xos maxsus leksemalar) hamda termi
nologik (aniq terminologik tizimlarga oid maxsus leksemalar) qatlamdan
tashkil topadi (Mol, 1973; 41; Danilenko, 1977; 27-20).
Boshqa tillarda kuzatilgani kabi o ‘zbek tili
terminologik leksikasi asl
o ‘zbekcha (turkcha), o‘zlashma (sug‘dcha, xitoycha, arabcha, forscha - to-
jikcha, m o‘g ‘ulcha, ruscha-baynalmilal), sodda, oddiy, barcha tomonidan
kunda ishlatiladigan va azaldan qo‘llanishda bo ‘lgan umumadabiy til so‘z
yasash modellari hamda termin yasash qoliplari asosida shakllangan.
Shuni alohida urg'ulash kerakki, o ‘zbek tilining hozirgi soha term i
nologiyasi sistemasida nisbatan ancha keyin yuzaga chiqqan terminlar
safida qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o ‘zbek adabiy tilida qayd
etilgan leksik birliklam ing mavjudligi muhim ahamiyatga molikdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy va sotsial-siyosiy jabhalarga doir hodisa va tu-
shunchalami ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminologi
ya xalq kundalik hayotida sodir b o ‘luvchi turfa voqea va hodisalar bilan
yaqindan bogMangan.
Davlatning siyosiy-ma’muriy qurilishi, tashqi siyosiy faoliyati, ijtimoiy
tuzilishi va sinfiy tabaqalanishi, jamiyat a ’zolariaro savdo-moliyaviy muno-
sabatlar bilan mustahkam aloqaga ega ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy
terminologiya tizimidagi leksik-semantik guruhlarga kiruvchi termin hamda
termin-birikmalar o ‘zbek tili lug‘at tarkibini to‘ldirigan va boyitgan.
XI-XII asrlar, y a’ni Qoraxoniylar davriga oid qo‘lyozma manbalar qa-
rindosh
turkiy tillar, chunonchi, o ‘zbek, uyg‘ur, turkman, qozoq, qirg‘iz,
qoraqalpoq va sh.k. tillar tarixi bilan bevosita bog‘liq.
XI-XIV asrlarda Markaziy Osiyo, Dashti Qipchoq, Volgabo‘yi, Qirim
hamda mamluklar hukmronlik qilgan Misming keng mintaqalarida turfa
mazmun hamda rang-barang janrdagi turkiy yozma yodgorliklar yaratilgan
va shuhrat topgan. Mazkur nodir yozma obidalaming tili ulkan hududa
istiqomat qiluvchi turkiy xalq (o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, tatar, turk,
ozarbayjon va sh.k.)lar adabiy tilining shakllanishida muhim ahamiyat
kasb etganligi turkologiyada isbotini topgan.
23
Qoraxoniylar davlati, Jo‘ji
ulusining sharqiy qismi, ya’ni Xorazm,
shuningdek, Chig‘atoy ulusi adabiy tillari zaminida shakllangan, hozirgi
o ‘zbek adabiy tilining o ‘tmishdoshi hisoblanmish eski o ‘zbek adabiy tili li-
soniy xususiyatlari nuqtayi nazaridan XI-XIV asr turkiy yozma manbalari
tiliga juda yaqinligi bilan xarakterlanadi. Kezi kelganda buyuk Alisher
Navoiy, uning Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Husayniy,
Bobur, Muhammad Solihga o ‘xshash
zamondoshlari, Abulg‘oziy Ba-
hodurxon, Munis, Ogahiy kabi izdoshlari shakllantirgan va rivojlantirgan
eski o‘zbek adabiy tilining ba’zi turkologlar tomonidan chig‘atoy tili bi
lan ayni bir xil, ikkinchi guruh olimlar tomonidan chig‘atoy adabiy tilidan
farqlanuvchi jonli xalq tili, uchinchi mutaxassislar tomonidan esa chig‘atoy
adabiy tilining varianti, deb qaralishini takroran
ta ’kidlamoqchimiz.
Biz tomondan o ‘z vaqtida eski turkiy til va eski o ‘zbek adabiy tilida qo‘lla-
nishda bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlami qiyosiy-statis-
tik tahlili amalga oshirilgan edi. Tahlil XI-XIV asr turkiy obidalar tilida qayd
etilgan 700 ta ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlardan 645 tasi
o ‘zbek adabiyoti klassiklari asarlari tilida deyarli fonetik va semantik o ‘zgar-
ishlarsiz qoilanishda davom etganini ko‘rsatgan edi ( Dadaboyev, 1991).
Eski turkiy til hamda eski o ‘zbek adabiy tiliga xos ijtimoiyo-siyosiy va
sotsial-iqtisodiy terminlaming salmoqli miqdori hozirgi qarindosh turkiy
tillaming terminologik leksikasiga mutanosib tushadi.
Turkiy leksik (terminologik) materialning umumiyligi haqida aniq-
ravshan tasawurga ega b o iish maqsadida biz tomondan ijtimoiy-siyosiy va
sotsial-iqtisodiy terminlardan 503tasi ajratib olingan va ular ba’zi qarindosh
turkiy tillaming muvofiq leksik (terminologik) birliklari
bilan qiyoslangan
edi. Taqqoslash natijasida XI-X IV asr yozma manbalari tilida ishlatilgan 503
termindan 348 tasi uyg‘ur tilida, 230 tasi qozoq tilida, 244 tasi qirg‘iz tilida,
370 tasi turk tilida, 390 tasi o‘zbek tilida qoManishda qolayotgani aniqlandi.
Ushbu taxminiy tahlil ham eski turkiy til davri qo‘lyozma manbalari
o ‘zbek tili kabi boshqa turkiy tillar terminologiyasining shakllanishi va qaror
topishida asos vazifasini o ‘taganligidan dalolat beradi.
Muayyan ashyoviy materiallarga murojaat etamiz.
Harbiy leksika o‘zbek tilining qadimiy qatlamlaridan biri bo‘lib, un
ing hamma rivojlanish bosqichlarida kuzatiladi. Umumadabiy leksikaning
faol ishlatilgan qatlamlaridan sanalmish harbiy terminlar tizimida ichki va
tashqi omillar ta ’siri ostida standartlashgan o ‘zbek tilining shakllanish xu
susiyatlari, rivojlanish bosqichlari o ‘z ifodasini topgan.
24
в turk
■ uyg'ur
o'zbek
qirg'iz
■ qozoq
0 ‘zbek tilining ko‘p asrlik taraqqiyoti davomida harbiy terminlaming
ba’zilari eskirgan va tilning leksik xazinasidan tushib qolgan. Ulaming
o ‘m ida o ‘zbek tilining leksik tarkibini boyitgan o ‘z hamda o ‘zlashma isti
lohlar qo‘llangan. Harbiy terminologiyaning tarixiy-etimologik tahlili lin
ing shakllanishi va rivojlanishida asl o‘zbekcha(turkiy) leksik birliklar qa-
tori arab, fors-tojik, m o‘g ‘ul va rus tillaridan o ‘zlashgan so‘zlarining ham
salmoqli o‘rni borligidan guvohlik beradi.
Hozirgi o ‘zbek tili harbiy terminologiyasi qadimiyligi VII-XIX asrlarga
borib taqaluvchi ko‘pgina so‘zlami o‘z tizimida saqlab qolishga erishgan.
Bunday terminlar sirasiga: 1) askariy qism va qo‘shilmalar, jangchilar, aso-
siy harbiy harakat va amaliyotlar nomlarini ifodalovchi
qamal, yurish, ke-