|
TerminologiyasiBog'liq H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasio b y e k ti,
axborot ko‘lami, mazmun-ma’no turi bilan farqlanadi (Danilenko,
1977; 23).
Umumadabiy leksikaning boshqa bo‘lagi yuz bergan m a’noviy
o‘zgarish oqibatida terminlar safiga o ‘tadi. Qoidaga ko‘ra, umuma
dabiy tildan terminologik tizimga olingan so‘zlar muayyan ilmiy tush-
unchani ifodalash uchun xoslanadi, ilmiy termin maqomiga ega bo‘ladi.
Masalan, o ‘zbek tili texnik terminologiyasi tizimida detallar, me-
xanizmlar, mashina qismlari hamda turli buyum-asboblami anglatish
uchun xoslangan ko'z, oyoq, qadam, barmoq, qo'ltiq, to'siq, qobirg'a,
og ‘iz, tirnoq, quloq, pichoq, quti, taroq, qozon, qoshiq, panja, musht, tuy-
nuk, til, tish singari so‘zlar talay miqdomi tashkil qiladi. Ilmiy matnlarda
bu so‘zlar o ‘zlarining birlamchi (denotativ) m a’nosini yo'qotib, yakka
m a’noli ilmiy terminga aylanadi.
Ushbu maxsus tushunchalami atash usuli an’anaviy, obyektiv hamda
juda sermahsul hisoblanadi.
Yangi terminlami hosil qilish hisobiga mavjud ehtiyojlami qondir-
ish mushkul kechgan hollarda majburiy chora sifatida til lug‘at fondidagi
so‘zlarga murojaat etiladi (Danilenko, 1977; 23). Mazkur guruhga tegish-
li so‘z-ot va termin-otlar har xil denotatlami ifodalashi bilan o ‘zaro farq
qiladi. Ba’zi bir leksik birliklar misolida maxsus m a’noning shakllanish
jarayonini kuzatish mumkin.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida canaq so‘zi
1) o‘yib yasalgan kichik hajmdagi yog‘och idish; 2) kosa, tovoq, lagancha
ma’nolarida qo‘llanagan (DTS, 1969; 138). Bu leksema eski o ‘zbek adabiy
tilida “ hayvonlar suv ichadigan idish”(ANATIL, 111,1984;450) m a’nosini
anglatgan. Fanning keyingi rivoji bosqichlari davrida kuzatilayotgan so‘z
tibbiyot terminologiyasi tizimiga maxsus m a’noni ifodalovchi termin si
fatida kirgan hamda “tos suyagi, dumg‘aza suyagi” va “kosasimon o ‘yiqli
suyak” m a’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan .
Yuqorida qayd etilgan vaziyatda hozirgi o ‘zbek adabiy tilida o ‘zining
dastlabki m a’nosini yo‘qotgan umumiste’mol so‘z m a’nosidan metafor-
ik ko‘chim asosida maxsus terminning yasalish jarayoni yaqqol namoyon
bo‘ladi. Chunonchi, chanoq tibbiy termini quyidagi sintagmatik birik-
malar tarkibida faol qo‘llanishi bilan diqqatni tortadi: katta chanoq (“taz
bolshoy”), bolalar chanog ‘i (“taz detskiy”), infantil chanoq (“taz infan-
tilniy”), kichik chanoq (“taz maliy”), karlik chanoq (“taz karlikoviy”),
31
yassi chanoq (“taz ploskiy”), yorilgan chanoq (“taz razsheplenniy ”), keng
chanoq (“taz shirokiy”), tor chanoq (“taz uzkiy”) va sh.k. (RLO‘TTIL,
1999; 62).
Qoraxoniylar davri eski turkiy tilga sof turkcha kuch leksemasining si-
nonimi sifatida arab tilidan o ‘zlashgan quw at so‘zi mavhum “kuch, qudrat,
mador” m a’nosini ifodalash uchun kirib kelgan. Hozirgi o ‘zbek adabiy tilida
ushbu o ‘zlashma umum tomonidan qo‘llanuvchi so‘z sifatida nafaqat o ‘z
o‘mini mustahkam saqlab qolishga erishgan, balki fizika fani sohasida “en-
ergiya, q u w at” m a’nosini anglatuvchi termin tarzida ham keng ishlatiladi.
Asl turkiy kuch so‘ziga kelsak, u ko‘lam chegaralari keng ko‘pm a’noli so‘z
sifatida “kuch-qudrat, quvvat”m a’nosida umumadabiy tilda hamon qo‘llanib
kelmoqda.
Umumilmiy leksika tarzida kuch fizika, texnika, harbiy ish, iqtisodiy-
ot, huquqshunoslik sohalarida “ qudrat”, “kuchlar, qo‘shinlar”, “quw at,
qonuniy huquqqa egalik” kabi m a’nolami ifodalashga xizmat qilmoqda -
iroda kuchi', Yerning tortish kuchi; ish//ishchi kuchi; mamlakatning harbiy
kuchlari; yangi qonun kuchga kirdi va sh.k.
Umumadabiy leksik birlikning terminlashuv jarayoni natijasida
omonimlashish sodir bo‘ladi, ya’ni yangi ifodalanmish uchun ilgaridan
m a’lum bo‘lgan qobiqdan foydalaniladi (Danilenko, 1977; 27). Mana
shunday usulda, masalan, burun, qo ‘Itiq, bo ‘g ‘oz, qo 7, barmoq kabi ter
minlar shakllangan.
Terminologik lug‘atlaming salmoqli ulushini tashkil qiluvchi trans-
terminlar o ‘z ifodasini shuningdek, izohli, ensiklopedik hamda tarjima
(umumiy va xususiy) lug‘atlarda ham topadi.
Terminologik leksika va umumadabiy leksika o ‘rtasidagi munosabat
ikki yoqlama kechadi. Terminlaming umumadabiy leksika doirasiga o ‘ti-
shi ham ikki belgiga ega:
a) bir qism terminlar umumiy kundalik hayotga o ‘zlarining denotativ
m a’nosida kiradi - kompyuter, internet, kosmos, kosmik kema, kosmik ap-
parat, SMS, bayonnoma, mavze, viloyat, tuman, fermer, birja, deputat,
fakultet, audit, depozit, biznes, megabayt, investor va sh.k.;
b) boshqa guruh terminlar tub m a’noviy o ‘zgarishlar bilan o ‘zlashtirila-
di. Masalan, botanikada qo‘llanuvchi bo'tako'z (“vasilek priplyusnutiy,
vasilek siniy”) termini umumadabiy tilda ham “ulkan chiroyli ko‘zlar”
ko ‘chma m a’noni, ham katta chiroyli ko‘zli erkak yoki ayol kishini an-
glatadi (URS1, 1988; 90).
32
Azaldan bez anatomik termini umumiy adabiy tilda “o ‘jar, qaysar” in-
songa nisbatan qo‘llanib keladi (URS1, 1988; 56). Bo‘ta zoologik termini
umumiy adabiy tilda “”o ‘g ‘il, bola, o ‘g io n ” majoziy m a’nosini ifodalaydi
(URS1, 1988; 90) va sh.k.
Bu xildagi terminologik leksikaning umumiy qo‘llanuvchi til tomoni
dan o‘zlashtirilishi subyektiv omil hisoblanib, u nutqda ekspressivlikka
oid muayyan ehtiyojni qondirishga qaratilgan boiadi. Terminologiyada
faqat fan tili leksikasi tarkibida o‘zining asl, nominativ-denotativ vazi-
fasida istifoda etilishi aniqlangan. Ba’zi bir terminlaming umumadabiy
leksikaga suqilib kirishi ( va umumadabiy til lug‘atlarida qayd etilishi),
turli adabiyotlarda ommabopligi, yoyilganligi, qoMlanuvchanligi ulaming
adabiy til tomonidan o‘zlashtirilishini ta’minlaydi (Danilenko, 1977; 202).
0 ‘zbek milliy tilining ikki turi hisoblanmish adabiy til va dialektlar
o‘zaro chambarchas bog‘langan. M a’lumki, qarindosh turkiy tillar orasi-
da o ‘zbek tili sheva va lahjalarining ko‘pligi va turfaligi jihatidan yaqqol
ajralib turadi. 0 ‘zbek milliy tilining uch mustaqil, ya’ni - a) qorluq-uyg‘ur;
b) qipchoq; v) o ‘g ‘uz dialektlari zaminida shakllanganligi ayni haqiqat
(Polivanov,1933; Doniyorov, 1979; Shoabdurahmonov, 1962; 1976).
0 ‘zbek tilining leksik boyligi ushbu dialektlardagi so‘zlar hisobiga asr-
lar osha to‘lib borgan. Kasb-hunar leksikasi, maishiy leksika, kiyim-kechak
nomlari, qarindoshlik istilohlari, oziq-ovqat nomlari bevosita ko‘p sonli she-
valaming lug‘at zahirasi yordamida shakllangan. Chunonehi, geografiyaga
xos arna, bo'g'oz, geologiyaga oid quv va sh.k. so‘zlar shular jumlasidan-
dir. 1100 dan ortiq mahalliy o‘simlik nomlari o ‘zbek shevalari va lahjalari
vakillari tilida faol qoilanadi. Bular sirasiga igir, qumarchiq, suvsumbul,
ho ‘kiztili, g ‘ozyaproq, ко ‘kmaraz, oqsasir, randak singari fitonimlami kirit-
ish mumkin. Keyingi vaqtlarda adabiy tilga dialektlardan yelvizak, tangi
(tog‘dagi tor so‘qmoq), sukchak, sinchalak, soz (qamishli botqoq) kabi
so‘zlaming kirib kelishi oddiy holatga aylandi (Ishayev.1986.16-17). Pilla,
sizlog ‘ich, sachratqi, qorason, qizilcha, tirsak singari sheva elementlarining
tibbiy terminologiyada tez-tez ishlatilishi kuzatiladi (RLO’TTIL, 1999).
Alohida shevaga oid so‘zning adabiy tilga kirish tarixi har doim individ
ual, o‘ziga xos bo‘lib, har xil lingvistik va ekstralingvistik omillarga bog‘liq.
0 ‘zbek adabiy tili tomonidan otlaming turfa nomlari xalq - sheva til
idan o ‘zlashtirilgan edi. Otlaming nomlanishida ularga xos belgilar: tash-
qi ko‘rinish- qamishquloq, qilich oyoq, echki oyoq va sh.k., nasi- laqayi,
yovmuti, bayir va sh.k., rang turi va tuslar - b o ‘z, qo'ng'ir, chipor, to'riq,
33
|
| |