Birinchi mavzu: Tenmin va terminologiya
Reja:
1 .Termin va terminologiya.
3.Termin so‘zining interpretatsiyasi.
2.Termin va nomenklatura.
Asosiy tushunchalar: terminologiya, termin, notermin, terminologik
leksika, terminologik maydon, umumadabiy til, terminlar sistemasi, fa n
tili, texnika terminlari, ta 'rif, nomenklatura, nomenlar, ilmiy nomenlar, sa-
vdo-sotiq nomenlari, kodlash, indeksatsiya.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili qurilishida terminologiya alohida o ‘rin
va mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Terminologiyaning til lug‘at
tarkibidagi roli haqida ikki dunyoqarash mavjud. Birinchi g‘oyaga ko‘ra,
terminologiya adabiy til leksikasining mustaqil qatlami tarzida e ’tirof etil-
sa, ikkinchi ta ’limotga muvofiq u adabiy til so‘z boyligi tarkibidan ajratila-
di, “alohida turuvchi” obyekt tarzida baholanadi va nutqning turlari (sheva,
jargon, jonli so‘zlashuv)ga tenglashtiriladi.
V.P.Danilenkoning ta’kidlashicha, terminologiya deganda umumadabiy
tilning mustaqil funksional turi, ya’ni an’anaviy fan tili (fan, ilm yoki tex
nika tili) nazarda tutiladi (Danilenko, 1977; 8). Fan tili umumadabiy tilning
funksional sistemalaridan biri sifatida jonli so'zlashuv tili va badiiy adabiyot
tili tushunchalari bilan bir qatorda turadi.
Fan tili millatning umumadabiy tili asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Shu bois fan, ilm tili poydevorini umumadabiy tilning leksikasi, so‘z yasa-
lishi va grammatikasi tashkil qiladi.
X. Xyuellning qayd etishiga ko‘ra, terminologiya muayyan fanga oid
terminlar yoki texnika sohasida qo‘llanadigan so‘zlar yig‘indisidir. Biz ter
minlar m a’nosini qayd etish orqali ular ifodalaydigan tushunchalami ham
qayd etamiz (Whewell, 1967).
5
Termin so‘zini turlicha tushunish mavjud. Chunonchi, mantiqshunoslar
(logiklar) uchun termin-aniq obyektga tegishli tavsif (yoki tavsiflar) yig'in-
disini nazarda tutuvchi va unda tatbiq etiluvchi so‘z hisoblanadi. Har qanday
tildagi istalgan so‘z termin bo‘lishi mumkin.
Fan va texnikada termin sun’iy o ‘ylab topilgan yoki tabiiy tildan olingan
maxsus so‘z sanaladi. Bunday so‘zlaming qo‘llanish sohasi u yoki bu ilmiy
maktab vakillari tomonidan aniqlashtiriladi yoxud chegaralanadi. Umum-
til terminlaridan farqli o‘laroq, ilm-fan, texnikaga xos terminlar iyerarxik
birliklar sifatida terminologik sistemalarga birlashadi, ular o‘z ma’nolariga
faqat ayni sistema ichida erishadi, bu sistemada ularga mantiqiy (tushuncha-
ga oid) terminologik maydon mos keladi.
Fandagi har qanday rivojlanish, taraqiyot ilmiy terminlaming yuzaga
chiqishi yoki oydinlashishidan darak beradi.
Tamg‘alangan (markerlangan) va tamg'alanmagan (markerlanmagan)
birliklar nazariyasi mantiqiy (logik) bo‘linishning rivojlanish va takomil-
lashishida yangi qadam sanaladi. XX asming 30-yillarida ushbu masa-
la bilan yaqindan shug‘ullangan Praga lingvistik maktabi (PLM) a ’zolari
(N.Trubetskoy, R.Yakobson) g'oyalarining 60-yillarda matnga mashina
(EHM) yordamida ishlov berish, ya’ni matnlami kodlash va qaytakodlash,
m a’lumotlami mashina yordamida axtarish, matnni bir tildan boshqa bir
tilga tarjima qilish singari jarayonlarda o‘ta mahsuldor ekanligi isbotlandi.
Tamg‘alanmagan birliklaming nol ko‘rsatkichli, tamg‘alangan birliklaming
esa tamg‘alanmagan birliklarga nisbatan qo‘shimcha m a’lumot tashishi ji-
hatidan farqlanishi aniqlandi.
Termin va terminologik leksika tushunchalarini bir-biridan farqlash zarur.
Terminlaming qoilanish, tarqalish k o iam i muayyan terminologik
sistema bilan cheklangan bo ‘lib, ular insonning faoliyati doirasidagi aniq
uslubda harakat qiladi, voqelanadi.
Terminologik leksika o ‘z tarkibiga tor mutaxassislik doirasidan om-
maviy muloqot doirasiga ko‘chgan noprofessional nutqiy kontekstda keng
qo‘llanadidigan so‘z va so‘z birikmalarini qamrab oladi.
Umumadabiy til doirasiga o ‘tgan termin o‘z terminologiyasi, termi
nologik maydoni va sistemasidan yiroqlashadi, terminlik xarakteristikasidan
ajralib qoladi.
Termin ta’rifi xususida ilmiy adabiyotlarda ko‘pdan-ko‘p mulohazalar
bildirilgan. Deyarli barcha ta’riflarda termin maxsus ilmiy-texnikaviy
tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi tarzida tavsiflanadi.
6
O.Vinokuming fikricha, termin - har doim aniq va ravshan. Termin-
lar sistemasi tili ongli shakllantiriladi. Zero, termin o ‘z-o‘zidan, stixiyali
tarzda paydo boMmaydi, balki zarurligi, jamiyatda unga ehtiyoj mavjudligi
bois yaratiladi.
A.Gerdning mulohazasiga ko‘ra, termin ilm-fan taraqqiyotining
muayyan bosqichida mavjud tushunchalaming asosiy xususiyatlarini aniq
va toialigicha aks ettiruvchi maxsu* terminologik m a’noga ega tabiiy va
sun’iy til birligi, ya’ni so‘z yoki so‘z birikmasidir (Gerd, 1991; 1-4). O.Ax-
manovaning ta’kidlashicha, terminologiya qaysidir fan o ‘z taraqqiyotin
ing oliy darajasiga erishgandagina yuzaga chiqadi, ya’ni termin muayyan
tushuncha aniq ilmiy ifoda kasb etgandan so‘ng tan olinadi. Terminni
notermindan farqlashning muhim vositasi uni ilmiy asosda ta ’riflashning
mumkin emasligidadir. V.G.Gak terminning ta ’rifini berish qatori, uning
mohiyatini ochadi va terminning biror bir til so‘z boyligidagi o ‘mini belgi-
laydi. U ilmiy ishlarda terminga lug‘aviy birliklaming alohida turi tarzida
qaralishiga e ’tiroz bildiradi hamda termin-funksiya, leksik birliklar q o ila -
nishining bir qo‘rinishi, degan g‘oyani ilgari suradi (Gak, 1972; 68 -71).
V.P.Danilenkoning e ’tirof etishicha, jamiyatda sodir bo‘ladigan har qa-
nday jarayonning in’ikosi dastavval terminologiyada o ‘z ifodasini topadi
yoki muayyan terminlaming tranformatsion o ‘zgarishi oqibatida voqela-
nadi (Danilenko, 1971; 9).
D.Lottening ishlarida terminga alohida belgi sifatida emas, balki aniq
sistemaning a ’zosi shaklida qarash, munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlan-
gan. Uning fikriga muvofiq mazmun planidagi sistemli munosabatlar ter
minlaming sistem xarakterga egaligini belgilaydi. Terminlaming terminlar
sistemasidagi o‘mi, mavqei muayyan tushunchaning tushunchalar sistemasi-
dagi o‘mi, mavqei bilan aniqlanadi.
Terminologiya turli-tuman maktab, ilmiy yo‘nalish va aniq fikrlar-
ga xos ketegorial apparatni ifodalovchi, terminlar sistemasiga birlashgan
maxsus tushunchalar yig‘indisi, majmui tarzida qaraladi (Lotte, 1961).
Hozirgi tilshunoslikda yangi terminlaming paydo bo‘lishi, ulaming ha-
yotga tatbiq qilinishidagi to‘siqlar, yasalish prinsiplari va usullari xususida
turfa g ‘oyalar, nuqtai nazarlar ko‘zga tashlanadi.
Termin so'zi interpretatsiyasining substansional, funksional, dervat-
sion, semantik va pragmatik prinsiplari e ’tirof etilmoqda.
Substansional nuqtai nazar vakillariga ko‘ra, termin maxsus so'z yoki
so‘z birikmasi bo‘lib, boshqa nominativ birliklarga nisbatan birm a’nolili-
7
gi, aniqligi, sistemliligi, kontekstdan xoliligi va emotsional jihatdan ney-
tralligi bilan ajralib turadi.
Funksional nuqtai nazarga binoan terminlar maxsus so‘z emas, balki
maxsus funksiyaga ega so‘zlardir; terminning o ‘mi(roli)ni istalgan so‘z
bosishi, o ‘ynashi mumkin.
Derivatsion nuqtai nazar terminlaming yasalish jarayonlari bilan
chambarchas bog‘langan. Ushbu g ‘oya tarafdorlarining fikricha, termin
nafaqat oddiy so‘zning varianti, shuningdek, yangi, o ‘ziga xos spetsifik
belgilarga ega maxsus yasalgan birlik sifatida ham tan olinadi. Yangi ter
minlaming yuzaga chiqish sabablari yangi realiyalami ifodalash ehtiyoji
bilan baholanadi.
Terminga muayyan talablar qo'yiladi, ushbu jihat uni umumtil va lahja
hamda shevalardagi oddiy so‘zlardan ajratib turadi.
Nomenklatura terminologiyaga nisbatan yangi kategoriya hisoblana-
di. Har qanday soha nomenklaturasi shu sohaga oid barcha tur nomlarini
o ‘zida mujassam etadi. Ulaming miqdori haddan ortiq darajaga yetganda,
maxsus strukturani taqozo etadi. Masalan, hozirgi kunda 200 mingdan or
tiq o ‘simlik turlarining har biriga alohida nom qo‘yishga urinish befoyda,
buning imkoni ham yo‘q.
Insoniyatning tabiatni bilish, anglash bosqichlarini o‘zida aks ettiru-
vchi tabiiy fanlar nomenklaturasidan inson tomonidan kashf etiladigan,
yaratiladigan(ishlab chiqarish nomenklaturasi) texnik nomenklatura,
shuningdek, xaridorbop tovarlar bilan ta’minlash, ulami sotish maqsadi-
da maxsus yuzaga chiqariladigan savdo-sotiq nomenklaturasini farqlash
lozim bo‘ladi.
Garchi har uchala nomenklatura ham manfaatdor subyektlar tomoni
dan yaratilsa-da, biroq ular turli asos, turli maqsad va turli prinsiplar neg-
izida voqelanadi.
Ilmiy bilish nomenlarining inson tomonidan yaratilgan ilmiy-texnika-
viy nomenlardan farqi shundaki, ilmiy nomenlar tabiatda mavjud bo‘lsa,
ikkinchisi tabiatda mavjud emas) Kashfiyotchi tomonidan yaratilgan nar-
sa-buyumlar uehun nom xalq tilidan olinmaydi (samolyot, vezdexod,
samokat kabi birliklar bundan mustasno). Ushbu kategoriyalar, ya’ni no-
menlami ifodalovchi so‘zlar o‘z yoki chet tillardagi leksemalarga tayanilib,
sun’iy ravishda yaratiladi, bunda harf va raqamlar indeksatsiyasi alohida
ta’kidlanadi: “Moskvich-412”, “MAZ -5”, “Tu-144”, “Mig-29”, “Su-34”,
“T-90” va sh.k.
Inson tomonidan yasaladigan narsa-buyum ham ishlab chiqarish, ham
savdo-sotiqqa doir nomlarga ega bo‘ladi. Masalan, Volga yengil avtomash-
inasi “GAZ-21”, “GAZ-24”, “GAZ-32” kabi ishlab chiqarish nomenlariga
ega b o ‘lgan. Moskva shahridagi Lixachev nomli korxonada ishlab chiqa-
rilgan yuk mashina (gruzovik) (tur nomi) “ZIL-130” ishlab chiqarish raqa-
mi bilan yuritilgan.
Ayrim hollarda davlatlararo ishlab chiqarilgan ayni mahsulot yoki to-
var turli m a’no kasb etishi mumkin. Chunonchi, sobiq sho‘rolar davlati-
da ishlab chiqarilgan “M-20” yengil avtomashina “Pobeda”, Polshada esa
“Varshava” nomlari bilan atalgan.
Nomenklatura va terminologiya o ‘rtasidagi prinsipial farqlardan biri
- nomenlar, odatda, terminologik lug‘atlarda qayd etilmaydi yoxud o ‘ta
cheklangan miqdorda lug‘atlardan o ‘rin oladi. M a’lumki, rasmiy ilmiy
nomenga ega atsetilsalitsil kislota dorisi tijoriy aspirin nomi bilan keng
ommalashgan va sh.k.
Fan turli sohalarining rivojlanishi jarayonida ayrim nomenlar terminlar
tizimiga o‘tishi, sof leksik nominativ birliklardan mantiqiy (logik) axborot,
m a’lumot elementi, ya’ni ilm-fan terminiga aylanishi mumkin.
Nomenklatura, garchi, tushunchaga aloqador bo‘lsa-da, biroq u hisob-
sizdir. Muayyan fan terminologiyasining esa miqdori, soni aniq, zotan, ular
tushunchalar sistemasini og‘zaki tarzda ifodalaydi.
M a’lumki, terminologiyada polisemiya va sinonimiya hodisalarining
mavjud b oiishi m a’qullanmaydi. Biroq qator terminologik sistemalarda
muayyan narsa-buyum yoki tushunchani ifodalashda ba’zan ikki yoki un-
dan ortiq sinonim (dublet)lardan foydalanish ko‘zga tashlanadi. Chunonchi,
terminologiya masalalariga qaratilgan ayrim ishlarda termin-atama-istiloh
so‘zlaridan sinonimik uya tarzida foydalaniladi. Sir emaski, o ‘zbek tiliga
davlat maqomi berilgandan keyin ba’zi subyektiv nuqtayi nazarlar nati-
jasida termin o ‘mida atama derivatini qo‘llash faollashdi. Bir qaraganda,
baynalmilal o'zlashmaga har jihatdan mos tushgan o ‘zso‘zning qo‘llanishi
m a’quldek tuyuladi. Lekin termin o ‘zlashmasining ta’rifi bilan atama yasa-
masi qamrovini qiyoslash har ikki leksemani sinonim tarzda ishlatishning
maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatadi. 0 ‘z vaqtida A.Hojiyev termin
so‘zini atama yasamasi bilan almashtirishning noto‘g ‘ri ekanligi, uning sa-
bab va oqibatlari xususida jiddiy mulohaza yuritgan edi (Hojiyev, 1996; 22-
25). Shulami hisobga olgan holda, termin o ‘zlashmasini ilm-fan, texnika so-
halari yoki tarmoqlarida qo‘llanuvchi so‘z va so‘z birikmalari, atama so‘zi-
9
ni shartli ravishda qo‘yilgan nomlar (nomenklatura, nomenlar), xususan,
geografik obyektlar, joy nomlari (toponimlar), arabcha istiloh o‘zlashmasini
esa tarixiy terminologiya aspektidagi izlanishlar, tarixiy manbalar matnidagi
tushunchalarga nisbatan ishlatish (Madvaliyev, 2017; 28-30) o ‘zini oqlaydi.
Xullas, terminlar umumadabiy so‘zlardan tubdan farqlanuvchi leksik
qatlamni o ‘zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy xususiyat-
larda aksini topadi: semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi o ‘zaro
simmetrik munosabatga kirishadi); vazifaviy (terminlar nafaqat nomina-
tiv, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi); semantik
(terminlar faqat maxsus tushunchalami ifodalaydi, ulaming har biri o ‘z
m a’nosiga ko‘ra unikaldir); tarqalish, ommalashish (faqat fan tiliga oid
terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi ulaming boshqa
sistemaga xosligiga to‘sqinlik qilmaydi); shakllanish yo‘llari va vositalari
(terminologiyada umumadabiy til so‘z yasalishi vositalarining harakati
maxsuslashgan, standart, turg‘un modellami ishlab chiqishga bo‘ysunadi)
(Danilenko, 1977; 208).
|